04.02.2020 yildagi PQ-4585-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqs sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimizda qadimiy va boy madaniy merosimiz, milliy oʻzligimiz, betakror qadriyat va anʼanalarimiz, madaniyat va sanʼatimizni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimizning maʼnaviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan raqs sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yosh avlodni milliy va jahon raqs sanʼatining namunalaridan keng bahramand etishni zamonning oʻzi talab etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqs sanʼati sohasida “ustoz-shogird” anʼanalariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy taʼlim muassasasi shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tizimidagi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabini Akademiya tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Akademiyaning asosiy vazifalari etib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va taʼlimning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqs sanʼati boʻyicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlar asosida ularning xorijda taʼlim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali yoʻlga qoʻyish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, uning samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ushbu yoʻnalishga keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka oʻtash tizimini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bazalarida hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlarida tizimli ravishda qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati va ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatining (keyingi oʻrinlarda — maktab-internatlar) asosiy vazifalari etib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitishning zamonaviy va ilgʻor uslublaridan keng foydalanish, oʻquvchilar iqtidorini har tomonlama rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqs sanʼatiga iqtidori boʻlgan yoshlarni joylarda saralab olish, ularni kasbga yoʻnaltirish va xoreografiya taʼlimi sohasida uzviylikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va sanʼat sohasida ilm-fan boʻyicha erishilgan ilgʻor yutuqlarni tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarni kelgusida raqs yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasasida oʻqishini davom ettirishi yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi uchun ixtisoslik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirgan holda sifatli oʻqitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitish jarayoniga yetuk va malakali raqs sanʼati mutaxassislarini jalb qilish va ularning samarali mehnat faoliyati olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Akademiya Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) maktab-internatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhr, shtamp va blankaga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarda taʼlim 1 — 4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1 — 11-sinflarda olib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻqishga qabul ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarga 1-sinfdan, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 1 va 5-sinflardan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Akademiya va maktab-intarnatlarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Akademiyada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) maktab-intarnatlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusini Akademiya va maktab-internatlarda amalga oshirish tartibi va chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba va oʻquvchilar bilan muntazam asosda faol muloqot olib borish, ularning talab va ehtiyojlarini tizimli ravishda oʻrganish, talaba-yoshlarning oʻquv va maʼnaviy hayotidagi muammoli masalalarni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar koʻrish Akademiya va maktab-internatlar barcha rahbarlarining, professor-oʻqituvchilar tarkibining ustuvor vazifasi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent shahar hokimligi Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Akademiya va maktab-internatlarning professor-oʻqituvchilari, talabalari va oʻquvchilari ijodiy faolligini yanada oshirish, taʼtil davomida ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida zamon talablari asosida 50 oʻrinli oromgoh tashkil qilsin va uning binosini 2021-yil 1-iyulga qadar foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oromgohda amalga oshiriladigan qurilish-montaj va jihozlash ishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyati hokimiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 2021-yil 1-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlari binolarini toʻliq rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarining moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyati mahalliy budjetlarining qoʻshimcha daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahondagi ilgʻor tajribani atroflicha oʻrgangan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini asosan mamlakatimizdagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan, shu jumladan, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek, sohaning salohiyatli yetuk mutaxassislari — amaliyotchilar orasidan shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikadagi mavjud bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarda raqs sanʼatini oʻqitish faoliyatini yanada rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqs sanʼatining ijodiy, ilmiy-uslubiy va ijro anʼanalarini puxta oʻzlashtirish va munosib davom ettirish, bunda taʼlim muassasalariga mohir raqs ustalarini biriktirish va shu asosda “ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Akademiya va maktab-internatlarning rahbarlari hamda professor-oʻqituvchilari tarkibi faoliyatining samaradorligini tasdiqlangan maqsadli dasturlar boʻyicha reyting baholash tizimini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari doirasida ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlar uchun moʻljallangan oʻquv rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarning samarali faoliyat koʻrsatishi, ularning har tomonlama toʻliq ishlashi hamda malakali pedagog-kadrlar bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarni darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2021-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturida Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat binosini rekonstruksiya qilish ishlari uchun zarur kapital qoʻyilma mablagʻlarini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaga 50 oʻrinli avtobus xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻ ajratilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya va maktab-internatlarni joriy saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining Madaniyat vazirligiga taqsimlanadigan mablagʻlar doirasida ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib koʻchasi, 31-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu qaror ijrosining nazorati quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov — ushbu qaror ijrosini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin, belgilangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov ushbu qaror va chora-tadbirlar dasturini ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimlari (Oʻ.I. Barnoyev, Z.T. Mirzayev, X.X. Bozarov, F.U. Ermanov) — tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarida amalga oshiriladigan taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli olib borilishini, bino-inshootlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu qaror va chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritsin hamda raqs sanʼatining xalq orasida ommalashuvini nazarda tutuvchi maxsus ilmiy-ommabop va qisqa metrajli koʻrsatuvlarni namoyish etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 4-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4585-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4585-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chora-tadbirlar dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati,
ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish

1.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ustavlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.

1. Akademiya va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ustavlari loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustav loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

3. Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2020-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)

2.

Ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlari ustavlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.

1. Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlari ustavi loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustav loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

3. Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2021-yil
iyun

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov)

3.

Ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarini Buxoro shahridagi 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining boʻsh turgan binosida hamda Qarshi va Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining bir qismida tashkil etish.

1. Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarini foydalanishga topshirish.

2020-yil
aprel



2021-yil
avgust

Mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Moliya vazirligi

(Sh. Sharaxmetov),
Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari
(Oʻ. Barnoyev, Z. Mirzayev,

X. Bozarov, F. Ermanov)

4.

Ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarining raqs sinflari uchun zarur sharoitlar yaratish.

1. Ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarining raqs sinflari uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va anjomlarning texnik parametrlarini tasdiqlash.

2. Raqs sinflarini texnik parametrlar asosida jihozlash.

2021-yil
may



2021-yil
avgust

Mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari
(Oʻ. Barnoyev, Z. Mirzayev,

X. Bozarov, F. Ermanov)

5.

Akademiya, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarining (keyingi oʻrinlarda — maktab-internatlari) rahbarlari hamda professor-oʻqituvchilari tarkibi faoliyatining samaradorligini tasdiqlangan maqsadli dasturlar boʻyicha reyting baholash tizimini joriy etish.

1. Reyting baholash tizimini joriy qilishda asos boʻladigan indikatorlarni (koʻrsatkichlarni) tasdiqlash.

2. Indikatorlar (koʻrsatkichlar) asosida Akademiya va maktab-internatlar faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini reyting baholash tizimini tasdiqlash.

3. Reyting baholash tizimini Akademiya va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda joriy etish.

4. Reyting baholash tizimini ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab-internatlarida joriy etish.

2020-yil
aprel



2020-yil
iyun

2020/2021
oʻquv yilidan boshlab


2021/2022
oʻquv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

II. Akademiya va maktab-internatlarda taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

6.

Akademiyaga qabul kvotalari sonini madaniyat sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozidan kelib chiqib belgilash.

1. Madaniyat sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozini tahlil qilish.

2. Tahlil natijasi boʻyicha ehtiyojni oliy taʼlim muassasalariga kvota ajratish rejasiga kiritish.

Har yili
mart


Har yili
aprel

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)

7.

Respublikadagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablarida taniqli raqs ijrochilarining konsert dasturlari va mahorat darslarini tashkil etish.

1. Konsert dasturlari va mahorat darslari oʻtkazishning manzilli rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida respublikadagi barcha bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablarida konsert dasturlari va mahorat darslarini oʻtkazish.

Har yili
sentabr


Reja
asosida

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

8.

Akademiya va maktab-internatlari faoliyatidagi oʻzaro integratsiyani taʼminlash.

1. Akademiyaning maktab-internatlari faoliyatidagi uzviylik, uzluksizlik, kadrlar tayyorlashdagi fanlararo aloqadorlikni taʼminlash.

2. Hamkorlikdagi konsert dasturlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslarini tashkil qilish.

2021/2022
oʻquv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

9.

Respublikadagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda maktab-internati oʻquvilari ishtirokida har yili raqs yoʻnalishi boʻyicha turli respublika tanlovlari va festivallarni oʻtkazish.

1. Hamkorlikdagi tanlov va festivallar nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish choralarini belgilash hamda amalga oshirish.

2020-yil dekabr


2021-yildan boshlab doimiy

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

10.

Koʻp asrlik raqs ijodkorligi anʼanalarini oʻzlashtirgan, oʻzining isteʼdodi va salohiyati orqali ularni zamon ruhi bilan boyitib, “ustoz-shogird” anʼanalariga muvofiq yosh avlodga singdirib kelayotgan taniqli raqs ustalari va xoreograflarni moddiy ragʻbatlantirish.

1. Yuqori natijalariga erishgan yosh ijodkorlarni tarbiyalab kelayotgan raqs ustalarini aniqlash.

2. Raqs ustalarini shogirdlari qayd etgan yuqori natijalariga koʻra ragʻbatlantirib borish.

Doimiy

Akademiya mablagʻlari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

11.

Milliy raqs sanʼatining keng miqyosdagi targʻibotini amalga oshirish maqsadida xorijiy davlatlarda konsert dasturlarini tashkil etish.

1. Xorijiy davlatlarning ilmiy-ijodiy va badiiy jamoalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro manfaatli shartnomalar imzolash.

2. Hamkorlik shartnomasiga koʻra yangi ijodiy konsert dasturlarini yaratish.

3. Yaratilgan ijodiy konsert dasturlarini xorijiy sahnalarda namoyish etish.

4. Milliy raqslari, baletmeysterlari va ijrochilari ijodini keng targʻib namoyish etish.

2020 — 2022-yillar




Reja
asosida

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

12.

Ish beruvchilarning tayyorlanayotgan kadrlar malakasiga boʻlgan talablarini Akademiyada mutaxassis tayyorlash dasturlari bilan muvofiqligini taʼminlash.

1. Ish beruvchi muassasa va tashkilotlarning talabalarda amaliy va ijodiy koʻnikmalarni shakllantirishdagi ishtiroki va masʼuliyatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Akademiya marketing xizmati faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish.

3. Bitiruvchining ish beruvchilar zamonaviy talablariga javob beradigan, mehnat bozorida ehtiyoj boʻlgan zarur bilim, koʻnikma va malakalarini aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish.

2021-yil

dekabr

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

III. Akademiya va maktab-internatlarda taʼlim jarayoni sifatini yanada yaxshilash va oʻqitishning ilgʻor uslublarini joriy etish

13.

Milliy raqs sanʼatiga oid fundamental tadqiqotlarni tashkil qilish hamda jahon va milliy raqs sanʼati mavzularida yirik (fundamental) tadqiqotlarni olib borish uchun tadqiqotchi olimlarga yaqindan amaliy koʻmak berish.

1. Akademiyada doktorantura boʻlimini tashkil etish.

2. Oʻzbek va jahon xalqlari raqs sanʼatiga oid fundamental tadqiqotlarni olib boruvchi ilmiy tadqiqot guruhlarini shakllantirish.

2021/2022
oʻquv yilidan boshlab

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

14.

Yosh iqtidorli xoreograf va sanʼatshunos olimlarni milliy raqs sanʼatini targʻib etishda xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish hamda ularga xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda qatnashish imkonini yaratish.

1. Yosh iqtidorli xoreograf va sanʼatshunos olimlar nomzodlarini saralash mexanizmlarini ishlab chiqish.

2. Saralab olingan xoreograf va sanʼatshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish.

3. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2020 — 2022-yillar

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

15.

Oʻquv reja va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish.

1. Tarmoqlar va mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablariga muvofiq oʻquv yuklamalari va fan bloklari hajmini maqbullashtirish.

2. Xorijiy madaniyat va sanʼat muassasalari (A.Ya. Vaganova nomidagi rus balet akademiyasi, Moskva davlat xoreografiya akademiyasi, Qozogʻiston milliy xoreografiya akademiyasi va b.) tajribasini oʻrganish asosida yangi oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish.

2021-yil

iyul-avgust

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

16.

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanish tajribasini oʻrganish.

2. Professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan oʻquv jarayoni uchun samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar boʻyicha taqdimot va muhokamalar oʻtkazish.

3. Muvaffaqiyatli taʼlim innovatsiyalarini ragʻbatlantirish, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllaydigan oʻqituvchilarni kelgusida professor-oʻqituvchilar tarkibida olib qolish choralarini koʻrish.

2020/2021
oʻquv yili davomida


2021-yil iyun-iyul




2022-yil
mart

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

17.

Oʻquvchilarni raqs sanʼati durdonalarining yuksak namunalaridan keng bahramand qilish, estetik bilimlar targʻibotini yoʻlga qoʻyish, iqtidorli oʻquvchilarni Akademiyaga tayyorlash choralarini koʻrish.

1. Raqs sanʼati yoʻnalishida iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash dasturini ishlab chiqish.

2. Dastur asosida talabalarni Akademiyada oʻqishlari uchun maqsadli tayyorlash.

Doimiy

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

IV. Akademiya va maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash

18.

Oʻquv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, talab darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash.

1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish.

2020-yil

avgust

Akademiya mablagʻlari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

19.

Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uni zarur mebel, inventarlar hamda uskunalar bilan taʼminlash.

1. Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchun zarur mebel, inventar va uskunalar roʻyxatini shakllantirish hamda texnik parametrlarini ishlab chiqish.

2. Zarur jihozlarni xarid qilish.

2020 — 2022-yillar

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(G. Umerova)

20.

Akademiya moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida turli maxsus oyoq kiyim va liboslar bilan taʼminlash.

1. Oʻquv mashgʻulotlari va ijodiy dasturlar namoyishi uchun zarur boʻlgan maxsus raqs liboslariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2. Xorijiy tajribaga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonalarni aniqlash va ular bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish va raqs liboslarini xarid qilish.

2020-yil
iyun



2020-yil
sentabr

Madaniyat
va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

21.

Akademiya va maktab-internatlarning professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida 50 oʻrinli oromgoh tashkil etish.

1. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida oromgoh tashkil etish uchun boʻsh turgan bino yoki yer maydoni ajratish.

2. 50 oʻrinli oromgohning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlarni aniqlash.

3. Oromgohni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish.

2020-yil
1-aprel


2020-yil
1-iyul


2021-yil
1-iyul

Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha daromadlari, homiylik xayriyalari

Toshkent shahar hokimiyati

(J. Artikxodjayev), Toshkent viloyati hokimiyati (R. Xolmatov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4585-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qarorining rus tilidagi matnida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Gosudarstvenniy institut iskusstv i kulturi Uzbekistana, Gosudarstvennaya konservatoriya Uzbekistana, Tashkentskaya gosudarstvennaya visshaya shkola natsionalnogo tansa i xoreografii” blokida “Tashkentskaya gosudarstvennaya visshaya shkola natsionalnogo tansa i xoreografii” soʻzlari “Gosudarstvennaya akademiya xoreografii Uzbekistana” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Sentr uzbekskogo natsionalnogo iskusstva makoma” blokidan keyin “Gosudarstvenniy ansambl tansa “Baxor” imeni Mukarrami Turgunbayevoy” bloki bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Generalnaya direksiya Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya “Shark taronalari” bloki “Direksiya mejdunarodnix festivaley” bloki bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilovada “Gosudarstvennie teatri, Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Uzbekkonsert”, Uzbekskiy gosudarstvenniy sirk, Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Gosudarstvennaya filarmoniya Uzbekistana”, Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Sentr uzbekskogo natsionalnogo iskusstva makoma”, Dvorets “Drujbi narodov”, Ferganskiy oblastnoy dvorets teatra i konserta imeni Islama Karimova, teatri-studii “Diydor” i “Tomosha”, Gosudarstvennoye predpriyatiye “Sentr kulturi i iskusstva molodeji”, redaksii jurnala “Teatr” i “Guliston”, sentri kulturi, parki kulturi i otdixa, zooparki” blokida “Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Sentr uzbekskogo natsionalnogo iskusstva makoma” soʻzlaridan keyin “Gosudarstvenniy ansambl tansa “Baxor” imeni Mukarrami Turgunbayevoy” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-son qaroriga 1-ilova 1-bandining “Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari” ustuni 10-pozitsiyasidagi “Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi” soʻzlari “Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3504-son qarorining rus tilidagi matnida 6-ilovaning “Naimenovaniye sozdavayemix spetsializirovannix shkol i shkol-internatov” ustunining 23-pozitsiyasidagi “Respublikanskaya spetsializirovannaya shkola xoreografii” soʻzlari “Respublikanskaya spetsializirovannaya shkola-internat xoreografii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 07/20/4585/0124-son)