30.01.2020 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ingichka tolali paxta yetishtirishni samarali tashkil qilish, yangi navlarni ko‘paytirish va rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ingichka tolali g‘o‘zaning tola sifati yuqori bo‘lgan, kasallik va zararkunandalarga chidamli, tezpishar, serhosil navlarini yaratish, ularning ekin maydonlarini kengaytirish, yangi va istiqbolli navlari urug‘larini ko‘paytirish hamda yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishni rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil hosilidan boshlab Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ingichka tolali g‘o‘za navlarini joylashtirish va yetishtirishni keng yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ingichka tolali g‘o‘zaning “istiqbolli nav” sifatida ekib kelinayotgan navlarini ularning ishlab chiqarishdagi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surxondaryo viloyatida 40 ming gektar maydonda ingichka tolali g‘o‘za navlarini ilmiy asoslangan holda joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyatida 6 500 gektar, Buxoro viloyatida 5 000 gektar, Navoiy viloyatida 1 000 gektar maydonga ingichka tolali g‘o‘za navlarini joylashtirish va keng ishlab chiqarish sinovini olib borish, ijobiy natijalar olingan taqdirda yetishtirilgan paxta hosilini qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qayta ishlash korxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga har yilgi talabdan kelib chiqqan holda:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki elita-urug‘chilik xo‘jaliklarida ko‘paytirilayotgan ingichka tolali g‘o‘zaning ertapishar, tola hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan navlarining original urug‘larini izchil ko‘paytirish hamda yangi va istiqbolli navlar orasidan eng yaxshilarini tanlab borish. Bunda ekish uchun tavsiya qilinayotgan ingichka tolali g‘o‘za navlarining nav tozaligiga alohida e’tibor qaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitiga mos, ertapishar, tola hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan ingichka tolali g‘o‘za navlaridan yetarli miqdorda urug‘lik materiallarini tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urug‘liklarni yetishtirish sxemalarining texnologik talablariga muvofiq ingichka tolali g‘o‘za navlarining sifatli urug‘lik paxta xomashyosini va chigitlarini ishlab chiqarish vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Ingichka tolali g‘o‘za navlari seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasini tashkil etsin va uning faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bir oy muddatda ingichka tolali g‘o‘za navlari genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarini va ingichka tolali paxta xomashyosini tozalash uskunalarini takomillashtirish bo‘yicha davlat ilmiy dasturlari grant tanlovlarini o‘tkazsin va tanlov g‘olibi bo‘lgan ilmiy loyihalarning 2020-yildan boshlab moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bir oy muddatda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma tuzish mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda respublikada yaratilgan g‘o‘za navlari originatorlari tizimidagi dastlabki elita urug‘chilik xo‘jaliklari hamda ingichka tolali g‘o‘zaning davlat reyestriga kiritilgan va istiqbolli navlari urug‘larini ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi elita urug‘chilik xo‘jaliklarining faoliyati samaradorligini oshirish va ularning laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunlar bilan jihozlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq – ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 09/20/47/0096-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)