O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. 2019-yil 1-avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida ta’limga oid hujjatlarni, o‘qishga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.
2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Belarus tomoniga yuborsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-yanvar,
PQ-4570-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 07/20/4570/0070-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)