26.04.1996 yildagi 221-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchi — foyda chiqarib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda shaxsiy isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi — isteʼmolchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochi — maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, taʼmirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat koʻrsatishning boshqa sohalarida shartnoma boʻyicha isteʼmolchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar koʻrsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha isteʼmolchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor;
(1-moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma — tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar toʻgʻrisida isteʼmolchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) oʻrtasidagi ogʻzaki yoki yozma kelishuv;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar — ishlab chiqaruvchi faoliyatining isteʼmolchiga shartnoma boʻyicha sotish uchun moʻljallagan mahsuli, shu jumladan, import mahsuloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ hujjatlar — standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvaqqat farmokopeya qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar, retseptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga va xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarni oʻz ichiga oluvchi boshqa hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi — tovarni isteʼmol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek, ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bogʻliq xavf xatarning yoʻqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni — tovar (ish, xizmat)ning normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovar (ish, xizmat)ning sifatiga odatda qoʻyiladigan talablarga nomuvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni — tovar (ish, xizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmaydigan qilib qoʻyadigan yoxud bartaraf etish uchun koʻp mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat muddati — tovardan (xizmatdan) foydalanishning (onlar hisobidagi) normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib oʻtib va h.k.) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati boʻlib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan boʻlsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat muddati — tovardan foydalanishning belgilangan muddati boʻlib, u tamom boʻlgach, tovarning texnik holatidan qati nazar, undan foydalanish toʻxtatilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaroqlilik (saqlash) muddati — muayyan davr boʻlib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli boʻladi va u tamom boʻlgach, tovar odamlar hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kassa cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi toʻlanganligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq toʻlangan sana va kassa apparatining nomeri koʻrsatilgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq toʻlangan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi maʼlumot koʻrsatilgan hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni (ishni, xizmatni) isteʼmolchidan qaytarib olish — agar tovar (ish, xizmat) isteʼmolchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish — ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan har qanday chora;
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuniga muvofiq oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan isteʼmolchilarning huquqlarini cheklab qoʻyishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Isteʼmolchilarning asosiy huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning toʻliq hajmda qoplanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat koʻrsatishning boshqa turlari boʻyicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisidagi maʼlumot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi oʻz korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida isteʼmolchini xabardor qilishi shart. Bunday maʼlumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida koʻrsatilgan boʻlishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi (ijrochi) oʻz tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini isteʼmolchilarga maʼlum qilishi shart. Bunday maʼlumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumot savdo va xizmat koʻrsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, koʻchma doʻkonchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat koʻrsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham isteʼmolchilar eʼtiboriga yetkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat koʻrsatishning qoidalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Tovar (ish, xizmat)lar toʻgʻrisidagi maʼlumot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat) haqidagi maʼlumotda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart boʻlgan normativ hujjatning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)ning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan, oʻziga xos xususiyatlari roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bahosi (tarifi) va sotib olish shartlari;
(6-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin isteʼmolchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, roʻyxatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular isteʼmolchidan daʼvo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, taʼmirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat koʻrsatadigan korxonalarning manzillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatr-konsert tadbirlari oʻtkazilayotganda fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisidagi axborot.
(6-modda ikkinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlanishi shart boʻlgan tovar haqida isteʼmolchiga uning sertifikatlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yoʻqligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish maʼlumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi boʻyicha toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Tovar (ish, xizmat) haqida notoʻgʻri maʼlumot berilgan taqdirda isteʼmolchining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovar (ish, xizmat) haqida notoʻgʻri yoki yetarli darajada toʻliq boʻlmagan maʼlumot berilganligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur isteʼmol xossalariga ega boʻlmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab boʻlsa, isteʼmolchi shartnomani bekor qilishga va oʻziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan koʻzlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab boʻlsa, isteʼmolchi tegishli maʼlumot oqilona qisqa (koʻpi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar maʼlumot aytilgan muddatda berilmasa, isteʼmolchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining hayotiga, sogʻligʻiga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining tovar (ish, xizmat) haqidagi notoʻgʻri yoki yetarli darajada toʻliq boʻlmagan maʼlumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida isteʼmolchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notoʻgʻri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Isteʼmolchining savdo va boshqa xizmat koʻrsatish turlari sohasida shartnoma tuzish hamda sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) sifatini tekshirish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi shartnoma tuzish yoʻli bilan tovarni (ish xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga ega boʻlib, bu shartnomaga koʻra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) isteʼmolchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish) majburiyatini, isteʼmolchi esa, shartlashilgan pulni toʻlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxnoma bilan qoʻyilgan tovarlar hamda tovar (ish, xizmatlar) haqida keluvchilar eʼtiboriga havola etiladigan maʼlumot tegishli shartnomani tuzish uchun taklif deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar oʻrtasida shartnoma narsasi, miqdor, narx va boshqa muhim shartlar toʻgʻrisida kelishuvga erishilsa, isteʼmolchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oʻrtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzilgan zahoti bajariladigan shartnoma, qoida tariqasida, ogʻzaki shaklda tuziladi, qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno. Tuzilgan vaqtdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar boʻyicha, joʻnatma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) esa, nazorat-oʻlchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib koʻrsatishi, undan xavfsiz va toʻgʻri foydalanishni oʻrgatishi, zarurat boʻlsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari toʻgʻrisidagi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari toʻgʻrisidagi qoidalar, shuningdek, ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq toʻlash shakli hamda tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq toʻlash shakli hamda tartibi isteʼmolchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Tovarlarni kreditga sotish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan tovarlarni kreditga sotish qoidalari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldi-sotdi amalga oshirilganda isteʼmolchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar isteʼmolchiga sotilgan yoki xizmat koʻrsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qoʻllanilishini, ulardan foydalanilishini) taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat koʻrsatish paytida tovar bilan birgalikda isteʼmolchiga beriladigan boshqa hujjatda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida foydalanish imkoniyatini taʼminlashi, tovarning taʼmirlanishini va unga texnik xizmat koʻrsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning xizmat muddati mobaynida, bunday muddat boʻlmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan eʼtiboran oʻn yil mobaynida yetarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi hamda savdo va taʼmirlash tashkilotlariga yetkazib berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ular ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati hamda saqlash shartlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Sotuvchilarning yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki bu muddati oʻtib ketgan tovarlarni qabul qilishi va realizatsiya qilishi man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Isteʼmolchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz boʻlishiga talab qoʻyish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi oʻzi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan boʻlishiga va uning hayoti, sogʻligʻi, atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlishiga, shuningdek, uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat)ning isteʼmolchilar hayoti, sogʻligʻi, mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlishiga doir talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, xizmat)ning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, tovar isteʼmolchiga sotilgan (ish bajarilgan) dan eʼtiboran oʻn yil mobaynida uning xavfsiz boʻlishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning hayoti, sogʻligʻi, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tugʻdiruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, xizmat koʻrsatganlik) uchun qonun hujjatlariga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi (ijrochi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ hujjatlarni tasdiqlagan organ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik sertifikati bergan organ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoxud realizatsiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz boʻlishi taʼminlanmaganligi oqibatida isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish yoki uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maxsus qoidalarga rioya etish zarur boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday qoidalarni ishlab chiqishi, sotuvchi (ijrochi) esa, ularni isteʼmolchilar eʼtiboriga yetkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovardan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish, ish (xizmat) natijalari isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi, mol-mulkiga yoki atrof-muhitga zarar yetkazayotganligi yoxud zarar yetkazishi mumkinligi aniqlansa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) zarar keltiruvchi sabablar bartaraf etilgunga qadar ularni ishlab chiqarishni (bajarishni, uni realizatsiya qilishni) darhol toʻxtatishi, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan qaytarib olish choralarini koʻrishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat koʻrsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga moʻljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va xizmat koʻrsatishni toʻxtatish, ularni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari koʻrsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
(12-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga hamda atrof-muhit uchun xavfli boʻlgan tovarlarning partiyalarini muomaladan chiqarish, ishlarni bajarishni va xizmatlar koʻrsatishni taqiqlab qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarni qaytarib olish, ishni bajarishni va xizmat koʻrsatishni taqiqlab qoʻyish munosabati bilan isteʼmolchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xavfli xossalarga ega boʻlgan tovarni qaytarib olish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrgan boʻlsa, u isteʼmolchi mazkur tovardan foydalanishni davom ettiraverishi tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Isteʼmolchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nuqsonlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar boʻyicha olti oy mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk isteʼmolchiga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavsumiy tovarlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan boʻlsa, isteʼmolchi mazkur huquqlarini roʻyobga chiqarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi oʻziga sotilgan toʻplamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi boʻlgan va mustaqil narxga ega boʻlgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun toʻplam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni isteʼmolchi sotuvchiga qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatga taqdim etgan taqdirda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining texnik pasportni yoʻqotib qoʻygan taqdirda, uni qayta tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining oʻzaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda isteʼmolchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shu muddatlarning oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) isteʼmolchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining roziligi bilan sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi isteʼmolchi tegishli talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, oʻn kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi kafolat muddati tugaganidan keyin tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchiga talab qoʻyishga haqli. Bunday talab, basharti tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan jiddiy nuqsonlar aniqlangan boʻlsa, belgilangan xizmat muddati mobaynida, agar xizmat muddati belgilanmagan boʻlsa, oʻn yil mobaynida qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarni taʼmirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun isteʼmolchining talabiga binoan nuqsonli tovar qaytarib berilganidan keyin uch kun ichida unga ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan uning oʻzi yoki vakili eltib beradi). Buning uchun ishlab chiqaruvchi sotuvchi bilan birgalikda shartnoma asosida tovarlarning almashuv fondini nazarda tutishlari shart. Mazkur talablar tatbiq etilmaydigan uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish xususida talab qoʻyilgan taqdirda, undan foydalanishning kafolat muddati isteʼmolchining tovardan foydalana olmagan davrga teng muddatga uzaytiriladi. Mazkur muddat isteʼmolchi nuqsonlarni bartaraf etish talabi bilan murojaat etgan kundan eʼtiboran hisoblana boshlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) isteʼmolchining taʼmirlashga ketadigan vaqtda foydalanish uchun shunday tovarni berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf etishning shartnomadan kelib chiqadigan muddatlaridan ortiq kechiktirilgan har bir kun uchun tovar narxining bir foizi miqdorida isteʼmolchiga neustoyka (penya) toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Isteʼmolchining nuqsonli tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) isteʼmolchining tovarni almashtirib berish yoki undagi nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarmagan boʻlsa, isteʼmolchi tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilib yetkazilgan ziyon va maʼnaviy zararni ushbu Qonunning 20 va 22-moddalariga muvofiq qoplashni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Isteʼmolchiga nuqsonli tovar sotilgan taqdirda u bilan hisob-kitob qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilgan vaqtda tovarning narxi oʻzgargan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuqsonli tovar boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilayotganda, agar almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi uning oʻrniga berilayotgan tovar narxidan past boʻlsa, isteʼmolchi narxlardagi farqni qoʻshimcha ravishda toʻlashi lozim, almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi uning oʻrniga berilayotgan tovar narxidan yuqori boʻlsa, isteʼmolchiga narxlardagi farq qaytariladi. Bunday hisob-kitob chogʻida almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi oshgan taqdirda, uning talab qoʻyilgan paytdagi narxi, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi narxi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma bekor qilinayotganda tovar narxi oshgan boʻlsa, isteʼmolchi bilan hisob-kitob tovarning tegishli talab qoʻyilgan paytdagi qiymatiga qarab, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi qiymatiga qarab amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar isteʼmolchilarga kreditga sotilgan boʻlsa, shartnoma bekor qilingan taqdirda, pul summasi tovar qaytarilayotgan paytga qadar uzilgan kredit miqdorida qaytarib beriladi, shuningdek, kredit berganlik haqi toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni taʼmirlash, narxini tushirish, almashtirish uchun eltish va isteʼmolchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin Bunda isteʼmolchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan bogʻliq xarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Isteʼmolchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda boʻlmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Ishni bajarish, xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda isteʼmolchining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat koʻrsatishi) shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni bajarish (xizmat koʻrsatish) muddati ish bajarilishi (xizmat koʻrsatilishi) lozim boʻlgan sanaga (davrga), shuningdek, ijrochi ishni bajarishga (xizmat koʻrsatishga) kirishishi lozim boʻlgan sanaga (davrga) qarab belgilanishi mumkin. Agar ish bajarish xizmat koʻrsatish shartnomaning amal qilish muddati davomida qismlarga boʻlib-boʻlib ado etiladigan boʻlsa (vaqtli matbuotni yetkazib berish, texnik xizmat koʻrsatish va boshqalar), ishlar bajarish (xizmatlar koʻrsatish)ning bosqichma-bosqich muddatlari (davrlari) nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ijrochi shartnomani ijro etishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon boʻlib qolsa, isteʼmolchi ishni bajarish, xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ijrochi shartnoma shartlarini ish (xizmat)ni yomonlashtirgan darajada jiddiy buzgan boʻlsa, yoxud ishda (xizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, isteʼmolchi oʻz xohishiga koʻra nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, xuddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini yoxud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, koʻrilgan zarar toʻliq qoplanishini talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan huquqlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishni (xizmatni) qabul qilib olish vaqtida yoki uning bajarilishi jarayonida nuqsonlar aniqlangan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat muddati davomida, kafolat muddati boʻlmagan taqdirda esa, ish (xizmat) qabul qilib olingan kundan eʼtiboran olti oy davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import yoki boshqa koʻchmas mulkda nuqsonlar aniqlangan kundan eʼtiboran ikki yil davomida roʻyobga chiqarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish bajarish (xizmat koʻrsatish) jarayonida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilab qoʻyiladi. Bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)dagi nuqsonlar, agar shartnomada birmuncha qisqaroq muddat belgilanmagan boʻlsa, isteʼmolchi talab qilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilishi kerak. Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek, ish bajarishni (xizmat koʻrsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi isteʼmolchi har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan boʻlsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan boʻlsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi undirib olgan neustoyka (penya) summasi ish bajarish (xizmat koʻrsatish)ning alohida turi bahosidan yoki buyurtmaning umumiy bahosidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bajarilgan ishdagi nuqsonlarni bartaraf etish kechiktirilganligi uchun ijrochi toʻlagan neustoyka (penya) qoplanishi lozim boʻlgan zarar hisobiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochining majburiyatni umuman yoki lozim darajada bajarilmaganlik uchun neustoyka (penya) toʻlashi va zararni qoplashi uni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchidan qabul qilib olingan ashyo (material) yoʻqolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda yoki isteʼmolchining materialidan foydalanib bajarilgan ishda jiddiy nuqsonlar boʻlsa yo u buzib bajarilgan taqdirda ijrochi isteʼmolchiga aynan oʻxshash sifatli ashyoni qaytarishi (oʻzining aynan oʻxshash sifatli materialidan ish bajarishi yoki xizmat koʻrsatishi), buning imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, ashyoning (materialning) talab qoʻyilgan paytdagi qiymatini ikki baravar qilib toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi tomonidan ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun qabul qilib olinayotgan ashyo (material) qiymati shartnoma tuzish paytida tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda (xizmatda) jiddiy nuqsonlar mavjud boʻlganida yoki shartnoma talablari jiddiy buzilganida, shuningdek, ashyo (material) yoʻqolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda isteʼmolchi bilan hisob-kitob ishning (xizmatning) yoki materialning shartnomani bekor qilish paytidan oshgan narxini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifatsiz bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat) tufayli isteʼmolchiga yetkazilgan zarar uchun ijrochi ushbu Qonunning 20, 22, 27, 29-moddalariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalar boʻyicha isteʼmolchilar bilan ijrochi oʻrtasidagi munosabatlarning oʻz mohiyatiga koʻra ushbu moddaga mos kelmaydigan xususiyatlari, shuningdek, shartnomalarning umuman yoki lozim darajada ijro etilmaganligi tufayli kelib chiqadigan oqibatlar bunday shartnomalarning alohida turlari toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan qoidalar bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bogʻliq boʻlgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkining xavfsizligini taʼmin eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qoʻllanilishi oqibatida isteʼmolchining hayotiga, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qatʼi nazar, har qanday isteʼmolchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan eʼtiboran oʻn yil mobaynida yuzaga kelgan boʻlsa, qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoxud tashishning belgilangan qoidalari isteʼmolchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Shartnomaning isteʼmolchi huquqlarini cheklab qoʻyadigan shartlari haqiqiy emasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomaning isteʼmolchi huquqlarini cheklab qoʻyadigan va qonun hujjatlariga zid boʻlgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qoʻllanishi natijasida isteʼmolchiga zarar yetkazilgan boʻlsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Maʼnaviy zarar uchun haq toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor boʻlsa, haq toʻlashi lozim. Maʼnaviy zarar uchun toʻlanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼnaviy zarar uchun haq toʻlash mulkiy ziyon va isteʼmolchi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Isteʼmolchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat isteʼmolchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chogʻidagi huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir: Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi; Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi); Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi; isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi OʻRQ-14-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan isteʼmolchilar huquqlarining himoya qilinishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishini tashkil etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlar, tushuntirishlarni va boshqa axborotni soʻrab oladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) koʻrsatma yuboradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etishga haqlidirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini taʼminlash maqsadida “Oʻzstandart”, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(26-moddaning birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya qilishni toʻxtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar koʻrsatilishini toʻxtatish), ularni isteʼmolchilardan qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) koʻrsatmalar yoʻllaydilar, shuningdek, bu haqda isteʼmolchilarni xabardor qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda daʼvo qoʻzgʻatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati muvofiqlashtirib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi belgilanganligiga qaramay yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning isteʼmol (foydalanish) uchun yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi va ushbu tovarlarning isteʼmol (foydalanish) uchun yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun — realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarga — eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzstandart va ushbu Qonun 26-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan davlat boshqaruvining boshqa organlari:
(27-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi OʻRQ-482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikati qoidalari ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan buzilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlarining koʻrsatmalarini ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bajarishdan boʻyin tovlasa, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ hujjat talablariga javob bermaydigan tovar (xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazilsa, jarimalar solishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima solish ishlab chiqaruvchini (ijrochini, sotuvchini) yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
(27-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza berish, agar sud koʻrsatmalarning ijro etilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqarmagan boʻlsa, uni sudda koʻrib chiqish davrida bu hujjatning bajarilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
(27-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)lar tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazilsa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy xizmatlar koʻrsatadigan ijrochi oʻzining tugatilishi yoki bankrot boʻlishi ehtimolini nazarda tutgan holda isteʼmolchining talablarini qondirish maqsadida oʻz javobgarligini sugʻurta qildirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy xizmatlar ijrochisi isteʼmolchiga yetkazilgan zarar uchun oʻzining javobgarligi toʻgʻrisida sugʻurta shartnomasi borligi haqida isteʼmolchiga axborot berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Isteʼmolchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Daʼvolar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, javobgar, isteʼmolchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilar oʻz huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari isteʼmolchining (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda isteʼmolchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning birlashmalari oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 26-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
221-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda; 2002-y., 4-5-son, 74-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 374-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2008-y., 14-15-son, 90-modda; 2010-y., 40-41-son, 343-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 12.03.2025-y., 03/25/1046/0229-son; 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son; 18.10.2025-y., 03/25/1088/0948-son)