10.01.2020 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair-2020” birinchi xalqaro koʻrgazma-savdosini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahalliy va yetakchi xorijiy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori samarali ilgʻor texnologiya va uskunalar bilan tanishish, oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish uchun xalqaro va mintaqaviy maydon yaratilishiga koʻmaklashish, milliy zargarlik buyumlarini sotish, zargarlik sanoati buyumlarining ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va isteʼmolchilari bilan oʻzaro texnologiya va maʼlumotlar almashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil may oyining 8 — 10 kunlari Toshkent shahrida “Yoshlar ijod saroyi” koʻrgazmalar maydoni bazasida Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair-2020” birinchi xalqaro koʻrgazma-savdosini (keyingi oʻrinlarda koʻrgazma deb ataladi) oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yildan boshlab doimiy ravishda har yili may oyi birinchi haftasining juma kunidan yakshanba kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma-savdosini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari orasida Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma-savdosini targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazmani tashkil qilish boʻyicha xarajatlarni “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi qoshidagi Zargarlik sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplash boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma-savdosini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini koʻrgazmalarda, koʻrgazma-savdolarda, yarmarkalarda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi va Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Transport vazirligi bilan birgalikda turistik axborot markazlarida, aeroportlarda, avtobus hamda temir yoʻl vokzallarida mahalliy texnologiya va uskunalar, ayniqsa, zargarlik sohasi buyumlari kataloglari tarqatilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda zamonaviy uskuna hamda texnologiyalar, shuningdek, zargarlik sanoati buyumlarining yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda qatnashishga jalb etish boʻyicha faol reklama-axborot kampaniyalari va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning zargarlik tarmogʻida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarning har yilgi jadvaliga Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma-savdosini kiritish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma ishtirokchilari oʻrtasida shartnoma asosida tarqatish maqsadida, zamonaviy texnologiya va uskunalarni, shuningdek, zargarlik sanoati buyumlarining batafsil katalogi chop etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun axborot-maʼlumot bukletlari va boshqa tarqatma materiallari tayyorlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi koʻrgazma tovarlarining belgilangan tartibda tezkor rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma-savdosini tashkil etish va oʻtkazish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik tangalarini sotish nuqtalarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Koʻrgazma ishtirokchilariga tashrif buyuruvchilar oʻrtasida oʻz mahsulotlarini sotishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrgazmaning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining buyurtmanomasiga binoan koʻrgazmaning xorijiy ishtirokchilariga, davlat boji undirmasdan, koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirishni, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda koʻrgazma oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi koʻrgazma oʻtkaziladigan joylarda yongʻin xavfsizligini toʻlov undirmasdan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ toʻlov undirmasdan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma ishtirokchilarini I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish va kuzatib qoʻyishni tashkil etish shtabi faoliyatini muvofiqlashtirish, bunda shtabni zarur miqdorda tashkiliy texnika va aloqa vositalari bilan jihozlash, shuningdek, aeroportda koʻrgazma ishtirokchilariga transport xizmati koʻrsatishni nazarda tutishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazmalar yuklarini I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda tashish, ishlash va saqlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti binosi xonalarini koʻrgazmaga bagʻishlangan stendlar bilan jihozlashni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi buyurtmanomasiga binoan, koʻrgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tashish, belgilangan manzilga yetkazib berish hamda vagonlarning yigʻimlar undirmasdan oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga koʻrgazmaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi D.N. Samatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair-2020” xalqaro koʻrgazma-savdosini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

B.A. Xoʻjayev

iqtisodiyot va sanoat vaziri, Tashkiliy qoʻmita rahbari

D.N. Samatov

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi, Tashkiliy qoʻmita rahbari oʻrinbosari

I.T. Neʼmatov

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

M.O. Saliyev

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

X.A. Shakirov

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini koʻrgazmalarda, koʻrgazma-savdolarda, yarmarkalarda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda, koʻrgazma-savdolarda, yarmarkalarda (keyingi oʻrinlarda koʻrgazma deb ataladi) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik va boshqa buyumlarini, shuningdek, buyumlarga biriktirilmagan qirralangan qimmatbaho toshlarni (keyingi oʻrinlarda zargarlik buyumlari deb ataladi) sotish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma tashkilotchisi — koʻrgazmalar, koʻrgazma-savdolar, yarmarkalarni tashkillashtirish va oʻtkazish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma ishtirokchisi — koʻrgazmada ishtirok etish uchun ariza bergan va koʻrgazma ishtirokchilari tarkibiga kiritilgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtmagan xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijiy kompaniyalar vakillari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Koʻrgazma stendlarini qurish va qoʻshimcha koʻrgazma uskunalari hamda shu bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish koʻrgazma tashkilotchisi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar — tadbirkorlik subyektlari koʻrgazmalarda zargarlik buyumlarini davlat soliq xizmati idoralarida roʻyxatdan oʻtgan nazorat-kassa mashinalari, toʻlov terminallarini qoʻllagan yoki majburiy ravishda bilet, talon, chek yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni bergan holda sotadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrgazmalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtmagan xorijiy ishtirokchilari zargarlik buyumlarini koʻrgazma-savdoda Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida naqdga, keyinchalik sotishdan tushgan milliy valyuta mablagʻlarini koʻrgazmada sotilgan zargarlik buyumlari savdosidan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, valyuta ayirboshlash punktlarida naqd xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan sotadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari tomonidan koʻrgazmada sotish uchun xorijdan olib kiriladigan zargarlik buyumlari, ularning probasini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi davlatning asillik darajasi tamgʻalari izlariga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Koʻrgazma tashkilotchisi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda koʻrgazma ishtirokchilarining reyestrini yuritishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koʻrgazma ishtirokchisi koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarga quyidagi maʼlumotlarni davlat, ingliz hamda rus tillarida yetkazishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs — oʻzining nomi (firmaning nomi), joylashgan joyi (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkor — familiyasi, ismi, otasining ismi, davlat roʻyxati va uni roʻyxatdan oʻtkazish joyi (davlat)da roʻyxatdan oʻtkazgan idoraning nomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilgan maʼlumotlar koʻrgazma ishtirokchisining koʻrgazma stendiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Koʻrgazmaga qoʻyilgan barcha buyumlar ishlab chiqaruvchi tashkilotning yorligʻiga, ular mavjud boʻlmagan hollarda, zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda — koʻrgazma ishtirokchisi yorligʻiga ega boʻlishi kerak. Yorliqlarda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi yoki ishlab chiqaruvchi davlat nomi (zargarlik buyumlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yorliqsiz olib kirilganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyumning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metall nomi, probasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyumning grammlardagi massasi (kumushdan yasalgan shaxsiy taqinchoqlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha nomi (qoʻshimchaga ega buyumlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiflari (qimmatbaho toshlardan tayyorlangan qoʻshimchalar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyumning raqami (qimmatbaho toshlardan tayyorlangan qoʻshimchalar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyumning qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga yorliqsiz olib kirilgan, import qilingan zargarlik buyumlari, shuningdek, agar u ishlab chiqaruvchi tashkilot yorligʻida koʻrsatilmagan boʻlsa, artikuli mavjud boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kumushdan yasalgan buyumlar yorligʻida ishlab chiqaruvchi tashkilot (ishlab chiqaruvchi davlat) probasi nomi koʻrsatilgan holda markirovkalashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yorliqdagi buyumning massasi oltindan yasalgan buyumlar uchun — 0,01 g hamda kumushdan yasalgan buyumlar uchun — 0,1 g aniqlikda tasvirlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishlov berilmagan koʻrinishdagi, shuningdek, buyumlarga biriktirilgan qimmatbaho toshlar koʻrgazmada faqatgina eksponat sifatida taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qimmatbaho toshlar tegishli (sertifikatlar, diagnostik xulosalar va boshqa) hujjatlarga ega boʻlishi shart, bunda ularda gemmologik tavsiflar koʻrsatilib, ularning haqiqiyligi tasdiqlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho toshlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi sertifikatlar, diagnostik xulosalar va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar eʼtibori uchun yetkazilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qirralangan qimmatbaho toshlarni sotish faqatgina har bir tosh yoki sotiladigan toshlarning toʻplami uchun sertifikat va individual qadoq mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xaridorga zargarlik buyumlari bilan birga tovar va sotuvchining nomi, artikuli, probasi, ogʻirligi, bir gramm uchun qiymati, qimmatbaho toshning turi va tavsifi, tovarning qiymati va sotilgan sanasi, bevosita tovarni sotgan shaxsning imzosi koʻrsatilgan chek, xarid qilingan qirralangan qimmatbaho toshlar uchun esa qoʻshimcha ravishda sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Koʻrgazmalarda zargarlik buyumlarini realizatsiya qilish faqatgina koʻrgazma ishi yakunlangandan soʻng qoʻriqlash xizmatiga topshiriladigan, koʻchma obyektlarning xonalari (zallari)da amaga oshiriladi. Koʻrgazma tashkilotchisi va ishtirokchisi buyumlarning saqlanishi uchun koʻrgazma tashkilotchisi va ishtirokchisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrgazma ishtirokchilari zargarlik buyumlarini transportda tashishda ularning saqlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini koʻrgazmalarda, koʻrgazma-savdolarda, yarmarkalarda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrgazma ishtirokchilarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REYESTRI

T/r

Yuridik shaxsning nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi

Yuridik manzili yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi

Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Telefon raqami

Litsenziya raqami vaberilgan sanasi, uning amal qilish muddati

Litsenziya bergan idoraning nomi

Litsenziyalangan faoliyat turi

Davlat asillik darajasini belgilash palatasining kvitansiya raqami va sanasi

1

2

3

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/17/0041-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.01.2023-y., 07/23/452/0015-son)