Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2397-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397, 2012-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat xizmatlari agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Ushbu buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat xizmatlari agentligi direktori X. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-dekabr,
556-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 27-dekabrdagi 556-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
”.
2. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
”.
3. 2a-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʼzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasi bilan tanishtirildik. Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar yoʼq. Nikoh tuzish tartibi va shartlari bilan tanishmiz. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirganligimiz uchun javobgarlik haqida ogohlantirildik. Bir-birimizning sogʼligʼimiz va oilaviy ahvolimiz toʼgʼrisida maʼlumotga egamiz. Bizga kelajakda er-xotin va ota-ona sifatida huquq va burchlarimiz tushuntirildi. Nikoh tuzishga oʼzaro roziligimizni bildiramiz.
Mi oznakomleni so statyey 16 Semeynogo kodeksa Respubliki Uzbekistan. Otsutstvuyut obstoyatelstva, prepyatstvuyuщiye zaklyucheniyu braka. Oznakomilis s poryadkom i usloviyami zaklyucheniya braka. Mi preduprejdeni ob otvestvennosti za sokritiye obstoyatelstv, prepyatstvuyuщix zaklyucheniyu braka. Mi vladeyem informatsiyey o zdorovye i semeynom polojenii drug druga. Nam razʼyasneni nashi prava i obyazannosti v kachestve buduщix suprugov i roditeley. Zayavlyayem o vzaimnom soglasii na zaklyucheniye braka.”.
4. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
”.
5. 3a-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
”.
6. 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
”.
7. 5-ilovada:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dalolatnoma yozuvlari 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanadi. Bunda, 1-raqam dalolatnoma yozuvi turi, 2 — 5-raqamlar FHDY organi kodi, 6-7-raqamlar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil, 8 — 12-raqamlar dalolatnoma yozuvining tartib raqamini bildiradi.”;
b) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. 8-ustunda dalolatnoma yozuvining qogʻoz shaklida “tirik” yoki “oʼlik” soʻzlaridan birining tagi chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli soʻz tanlash orqali kiritiladi. Bittadan ortiq tugʻilgan bolalardan biri oʻlik, qolgani tirik boʻlsa, har bir bolaga alohida dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.”;
v) 30-banddagi “705” raqami “1-1003-20-00030” raqamlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 10/19/2397-4/4237-son)