17.12.2019 yildagi 1010-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlardagi holat va vaziyatni monitoring qilish, kelib tushgan maʼlumotlar tahlili asosida vaziyatning kelgusi rivojlanishini prognoz qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda huquqbuzarlik holatlari, tabiiy va texnogen tusdagi hodisalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor va samarali choralar koʻrish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflar toʻgʻrisida Bosh boshqarma Navbatchilik qismini tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 62-uy manzilida joylashgan Bosh boshqarma hududida Markaz binosini qurish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — Markaz qurilishi ishlari buyurtmachisi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz qurilishi ishlari boʻyicha bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar oʻrnatilgan tartibda tanlov (tender) savdolari orqali aniqlanishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Markaz qurilishi ishlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-montaj ishlarini olib borish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, 2020-yil va kelgusi yillar uchun Investitsiya dasturlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur jihozlar va dasturiy taʼminotlarni xarid qilish hamda oʻrnatish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining moliyaviy resurslari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Markaz qurilishi ishlari oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun xorijiy moliyaviy resurslar jalb etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi Situatsion-tahliliy markazining nizomini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport obyektlarida xavfsizlikni taʼminlovchi profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videoregistrator (bodikamera)lar bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport obyektlarida xavfsizlikni taʼminlovchi profilaktika inspektorlarini qidiruvdagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan dasturiy taʼminotga ega planshetlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Markazni malakali mutaxassislar bilan jamlash boʻyicha choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan airports” AJ Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda transport obyektlari va ularga tutash hududlarni videokuzatuv moslamalari bilan jihozlashning tarmoq jadvalini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazni transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashning markazlashgan boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur yuqori tezlikdagi aloqa transport kanallari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 17-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1010-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi 1010-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish va faoliyatini taʼminlash

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Texnik topshiriqni tasdiqlash.

2. Loyiha — smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2020-yil
15-fevral

2020-yil
1-may

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi

2.

Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish va montaj ishlarini bajarish.

1. Tanlov/tender savdolarini oʻtkazish va shartnomani imzolash.

2. Qurilish-montaj ishlarini bajarish.

2020-yil
1-iyul

Shartnomaga asosan

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi

3.

Situatsion-tahliliy markazning moddiy-texnik bazasini jihozlash.

Tovar — moddiy qiymatlarni xarid qilish.

2020-yil
1-dekabr

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi

II. Situatsion-tahliliy markazni zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash

4.

Situatsion-tahliliy markazni zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash boʻyicha Ishchi guruhni shakllantirish.

Ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2020-yil
10-yanvar

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ

5.

Situatsion-tahliliy markazga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini ulash maqsadida transport obyektlarini, mavjud axborot va kommunikatsiya infratuzilmasini oʻrganish.

Transport obyektlari va ularga tutash hududlar roʻyxatini hamda tahliliy maʼlumot va hisobotlarni tayyorlash.

2020-yil
yanvar-fevral

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ

6.

“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiyalashni hisobga olgan holda Situatsion-tahliliy markaz binosini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash boʻyicha Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Texnik topshiriqni tasdiqlash.

2020-yil
1-may

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ

7.

Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish doirasida qurilmalarni xarid qilish.

1. Tanlov/tender savdolarini oʻtkazish.

2. Shartnoma tuzish.

2020-yil

iyun avgust

2020-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Videokuzatuv qurilmalarini, server qurilmalari va maʼlumotlarni saqlash vositalarini, transport vositalari uchun maxsus monitorlarini oʻrnatish.

Qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.

shartnomaga asosan

Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

Situatsion-tahliliy markazni sinov rejimida ishga tushirish.

Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.

shartnomaga asosan

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2019-y., 09/19/1010/4170-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)