09.12.2019 yildagi PQ-4545-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5890-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublika yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va uning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondidagi davlat ulushi “Yoʻlqurilish” AJga oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi korxonalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi mustaqil korxonalar va boshqa korxonalar, shu jumladan qoʻshma korxonalar tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qoʻmita tarkibidagi korxonalarni birlashtirish va tugatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari va yoʻl xoʻjaligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Transport vazirligi bilan albatta kelishilishi lozim;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman yoʻl-ekspluatatsiya korxonalari, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning hududiy boʻlinmalari, koʻpriklardan foydalanish korxonalari va Qoʻmitaning boshqa yoʻl-ekspluatatsiya korxonalarini saqlab turish, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularga ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq hamda ustamalar toʻlash ushbu korxonalar tomonidan bajariladigan ish hajmlari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita tomonidan jalb qilinadigan xalqaro konsultantning mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasini rivojlantirish va faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtomobil yoʻllari boʻylab ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritli avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun yigʻimlar undirish va ruxsatnomalar berish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto- va videoqayd etish texnik vositalari Qoʻmita bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllarining qatnov qismlariga uzunasiga joylashgan muhandislik kommunikatsiyalarining yangi tarmoqlarini loyihalashtirish va yotqizish taqiqlanadi, ularning avtomobil yoʻllari bilan koʻndalang kesishishi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chet davlatlar avtotransport vositalarining, shu jumladan respublikaga kirib kelayotgan ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar va toʻlovlar amalga oshirilishi, shuningdek, tashuvchilar tomonidan transport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (har bir oʻqqa tushadigan ogʻirlikni aniqlash imkoniyatiga ega) maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari bilan jihozlangan zamonaviy nazoratni tashkil etish hamda ushbu bojxona postlari hududidagi ichki avtomobil yoʻllarini tegishli holatda saqlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5273-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2021-y., 07/21/5273/1014-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 31-dekabrga qadar quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita tomonidan avtomobil yoʻllarida avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy yuk avtotransport vositalarining respublika avtomobil yoʻllari boʻylab oʻtishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlchov vositalarini jihozlash boʻyicha ishlarni 2021-yil oxirigacha yakunlashni nazarda tutgan holda avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha turgʻun va koʻchma postlar tashkil etish dasturlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalaridagi yer uchastkalari Qoʻmitaga bosqichma-bosqich biriktirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, unga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) Qoʻmita ruxsati asosida quriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasidagi yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa obyektlar Qoʻmita bilan kelishuv boʻyicha joylashtiriladi va quriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari boʻyicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, tashqi reklamaning oʻrnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlar 60 foiz miqdorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi hududiy maqsadli jamgʻarmalarga, 40 foiz miqdorida Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliyalashtirishning belgilangan limitlari doirasida avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash obyektlarining tasdiqlangan manzilli roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar yoʻl boʻyi servisi obyektlarini joylashtirish va ekspluatatsiya qilish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2020-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida pulli avtomobil yoʻllarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining va moliya vazirining birinchi oʻrinbosarlariga ularni amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻlqurilish” AJ ustav kapitali 2019-yil 1-iyuldagi aktivlarni hisobga olish holati boʻyicha Qoʻmita tarkibidan chiqariladigan korxonalar ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlarini nominal qiymati boʻyicha 2020-yil 1-dekabrga qadar oʻtkazish hisobiga shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻlqurilish” AJ aksiyalarining davlat paketi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan boshqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda quyidagi yoʻnalishlarda “Yoʻlqurilish” AJ faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlar asosida innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy avtoyoʻl konstruksiyalari va uskunalarini, shuningdek, yuqori sifatli yoʻl-qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashda mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari boʻylab servis xizmatlari va infratuzilmalarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat tarkibiga kiradigan yoʻl-qurilish va boshqa korxonalarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish choralarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Yoʻlqurilish” AJ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
emissiya qimmatli qogʻozlari chiqarishni davlat tomonidan roʻyxatga olish va qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan korxonalarning oʻtkazib berilayotgan avtotransport vositalarini qayta roʻyxatga olishda avtotransport yigʻimlarini toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzavtosanoat” AJ 2020-yil 1-martga qadar yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda arzon narxlarda, ichki bozor ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli hajmda yuqori sifatli samosvallar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika shaharlari va tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining yoʻl-koʻprik xoʻjaligini ekspluatatsiya qilish boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilishda Qoʻmita boʻlinmalari bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini belgilash boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajriba asosida, mamlakatimizning iqlim xususiyatlarini va harakatlanish intensivligini hisobga olgan holda avtomobil yoʻllari va yoʻl infratuzilmasini qurish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni faollashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda avtomobil-yoʻl sohasida kadrlar tayyorlash tizimini avtomobil yoʻllari qurishning xalqaro standartlariga muvofiq tubdan takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvarga qadar manfaatdor idoralar bilan birgalikda avtomobil yoʻllari boʻyicha yetakchi xalqaro tashkilotlarga (Xalqaro yoʻllar federatsiyasi, Xalqaro yoʻl uyushmasi va boshqalarga) aʼzo boʻlishning, shuningdek, avtomobil yoʻllari sohasidagi xalqaro shartnomalarga (Xalqaro avtomagistrallar toʻgʻrisidagi Yevropa bitimiga (Jeneva shahri, 1975-yil 15-noyabr) va boshqalarga) qoʻshilishning amaldagi ahamiyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikaning avtomobil yoʻllarida yuk avtotransport vositalarining ayrim toifalari harakatlanishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, yilning harorat yuqori boʻlgan vaqtlarida ularning harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar joriy etilishini nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 9-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4545-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari

“Xorazmyoʻlindustriya” UK

“Qoʻyliq koʻpriklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi” UK

“Bekobodyoʻlindustriya” UK

“Buxoroyoʻlgranit” UK

“Yangiyoʻlqurilish” UK

“Oʻzyoʻlmashservis” ilmiy-ishlab chiqarish tajriba korxonasi” UK

“Olmazor tajriba-mexanika, taʼmirlash-yordamchi korxonasi” UK

“1-avtotaʼmirlash zavodi” UK

“10-avtotaʼmirlash zavodi” UK

“Avtoyoʻlnurtaʼmir” UK

“Avtomagistral” UK*

“Transyoʻlqurilish” DUK*

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK

“Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti” UK

“Buxoro yoʻl xoʻjaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish markazi” UK

“Namangan yoʻl xoʻjaligi xodimlari malakasini oshirish oʻquv markazi” UK

“Yoʻl loyiha ekspertiza” UK

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” UK

“Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK

14

“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK*

“Tuman yoʻllardan foydalanish

korxonalari” UK

161

“Doʻrmonavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi” UK

“Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi” UK

“Quvasoy yoʻllardan foydalanish korxonasi” UK

“Toshkent xalqa avtomobil yoʻli” yoʻllardan foydalanish boshqarmasi” UK

“Bardankoʻl yoʻllardan foydalanish

boshqarmasi” UK

“Oʻzyoʻlbutlash” RTB UK

“Respublika dispetcherlik markazi” UK

“Oʻzyoʻlloyiha” loyiha-

qidiruv instituti” DUK

“Maʼmuriy binodan foydalanish direksiyasi” UK

Kasb-hunar kollejlari

4

“Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUK

“Vaxshivor”, “Yoʻlchi” va “Avtoyoʻlsoz” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari

“Avtoyoʻlservis” UK

“Yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalari” UK

39

“Avtoyoʻlinvest” agentligi**

“Koʻpriklardan foydalanish

korxonalari” UK

13

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* tarkibida yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmalar mavjud;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Respublika yoʻl jamgʻarmasi “Avtoyoʻlinvest” agentligiga aylantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi markaziy apparati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Rais

Rais yordamchisi

Rais maslahatchisi

Raisning birinchi oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari — bosh muhandis

Koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari — “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK direktori

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi

3 yed.

Moliya-iqtisodiyot bosh boshqarmasi

6 yed.

Investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlik boshqarmasi

5 yed.

Avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash boshqarmasi

5 yed.

Avtomobil yoʻllaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish boshqarmasi

5 yed.

Yuridik boshqarma

2 yed.

Yigʻma-tahlil boshqarmasi

4 yed.

Davlat-xususiy sheriklikni joriy etish boshqarmasi

4 yed.

Hududiy yoʻllarni taʼmirlash va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish monitoringi boshqarmasi

4 yed.

Ogʻirlik va gabarit nazorati boshqarmasi

4 yed.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

3 yed.

Umumiy boʻlim

5 yed.

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash sektori

2 yed.

Iqtisodiy tahlil va istiqbolli rivojlanish boʻlimi

3 yed.

Avtomobil yoʻllarini hisobga olish va davlat kadastri boʻlimi

2 yed.

Fan va innovatsion texnologiyalar, standartlar va uslubiyotni takomillashtirish boʻlimi

3 yed.

Transport, mexanizatsiya va avtomobil yoʻllarining texnik taʼminoti boshqarmasi

4 yed.

Kadrlar boʻlimi

2 yed.

Sanoatni rivojlantirish boʻlimi

3 yed.

Yoʻl harakati xavfsizligini tashkil etish boʻlimi

2 yed.

Maxsus boʻlim

2 yed.

Mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlimi

2 yed.

Matbuot xizmati

1 yed.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 82 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga
3-ILOVA

Negizida “Yoʻlqurilish” AJ tashkil etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi korxonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. “Mintaqaviy yoʻllarni taʼmirlashga ixtisoslashtirilgan korxonalar” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Gazli yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Jizzax yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Kattaqoʻrgʻon yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Qashqadaryo yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Kitob yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Qoʻqon yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Namangan yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Surxondaryo yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Sirdaryo yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Fargʻona yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Chirchiq yoʻl qurish-taʼmirlash korxonasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Yangiyeryoʻlindustriya” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Chinozyoʻlindustriya” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Nazarbekavtoyoʻl” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Xorazmyoʻlqurilish” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Yangiyoʻlqurilish” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “Avtoyoʻltaʼminot” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Avtoyoʻlmexanizatsiya” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Toshkent ixtisoslashtirilgan burgʻulash-portlatish boshqarmasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “Angren ixtisoslashtirilgan burgʻulash-portlatish boshqarmasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. “Karatau ixtisoslashtirilgan burgʻulash-portlatish boshqarmasi” UK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. “Maxsusyoʻlqurilish” DUK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yoʻllari qurish-taʼmirlash birlashmasi” UKning Koʻprik qurish uchastkasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. “Transyoʻlqurilish Maxsus pudrat” MCHJ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. “Transyoʻlqurilish Surxon magistral” MCHJ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. “Transyoʻlqurilish Qarshi” MCHJ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. “Transyoʻlqurilish Magistral” MCHJ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining nomlanishi

Joylashuvi

(pochta manzili)

1.

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatsiyasi instituti

Toshkent sh., A. Temur shoh koʻchasi, 20

2.

Buxoro avtomobillar va yoʻllar kasb-hunar kolleji

Buxoro sh., Redaktor koʻchasi, 10

3.

Qoʻqon avtotransport kasb-hunar kolleji

Qoʻqon sh., Turkiston koʻchasi, 145

4.

Urganch avtomobillar va yoʻllar kasb-hunar kolleji

Urganch sh., Gurlan koʻchasi, 2

5.

Toshkent avtomobil yoʻllari kolleji

Toshkent sh., Baynalmilal koʻchasi, 51

6.

“Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti” UK

Toshkent sh., Lokomotiv koʻchasi, 10

7.

“Buxoro yoʻl xoʻjaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish markazi” UK

Buxoro sh., Gʻijduvoniy koʻchasi, 272-A

8.

“Namangan yoʻl xoʻjaligi xodimlari malakasini oshirish oʻquv markazi” UK

Namangan sh., Sanoat koʻchasi, 19

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga
5-ILOVA

2020 — 2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yoʻllarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”

Loyiha nomi

Loyihalarni amalga oshirish mexanizmi va indikativ muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

“Qamchiq” dovonida yangi pullik tonnel qurish

1. Jahon banki tomonidan loyihaning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish — 2020-yil mart.

2. Jahon banki (XMK) bilan kelishuv tuzish — 2020-yil aprel.

3. DTIHni tayyorlash — 2020-yil may.

4. TIHni tayyorlash — 2020-yil oktabr.

5. Loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish — 2020-yil noyabr.

6. Konsepsiya va TIHni tasdiqlash — 2020-yil dekabr.

7. Tender hujjatlarini tayyorlash — 2021-yil aprel.

8. Tanlov oldi saralash jarayoni — 2021-yil avgust.

9. Takliflarni qabul qilish jarayoni — 2021-yil noyabr.

10. Tender gʻolibi bilan kelishuv imzolash — 2022-yil mart.

Transport vazirligi
(I. Maxkamov),

Davlat-xususiy sheriklik agentligi

(G. Xoljigitov),

Toshkent viloyati

(R. Xolmatov), Namangan viloyati

(X. Bozorov) hokimliklari

2.

“Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tonnel qurish

1. YETTB yoki boshqa konsalting kompaniyasi bilan kelishuv tuzish — 2020-yil yanvar.

2. TIHni tayyorlash — 2020-yil iyun.

3. Loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish — 2020-yil iyul.

4. Konsepsiya va TIHni tasdiqlash — 2020-yil sentabr.

5. Tender hujjatlarini tayyorlash — 2020-yil oktabr.

6. Tanlov oldi saralash jarayoni — 2020-yil dekabr.

7. Takliflarni qabul qilish jarayoni — 2021-yil fevral.

8. Tender gʻolibi bilan kelishuv imzolash — 2021-yil may.

Transport vazirligi
(I. Maxkamov),

Davlat-xususiy sheriklik agentligi

(G. Xoljigitov),

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev)

3.

Sirdaryo — Baxt shaharlarini aylanib oʻtuvchi pullik avtomobil yoʻlini qurish

1. YETTB yoki boshqa konsalting kompaniyasi bilan kelishuv tuzish — 2019-yil dekabr.

2. Loyihani maqsadga muvofiqligini oʻrganish — 2020-yil yanvar.

3. TIHni tayyorlash — 2020-yil aprel.

4. Loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish — 2020-yil dekabr.

5. Konsepsiya va TIHni tasdiqlash — 2021-yil yanvar.

6. Tender hujjatlarini tayyorlash — 2020-yil iyun.

7. Tanlov oldi saralash jarayoni — 2020-yil sentabr.

8. Takliflarni qabul qilish jarayoni — 2021-yil yanvar.

9. Tender gʻolibi bilan kelishuv imzolash — 2021-yil may.

Transport vazirligi
(I. Maxkamov),

Davlat-xususiy sheriklik agentligi

(G. Xoljigitov),

Sirdaryo viloyati hokimligi

(G. Mirzayev)

4.

Toshkent — Samarqand pullik avtomobil yoʻlini qurish

1. YETTB tomonidan loyihaning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish — 2019-yil dekabr.

2. YETTB bilan kelishuv tuzish — 2019-yil dekabr.

3. DTIHni tayyorlash — 2020-yil may.

4. TIHni tayyorlash — 2020-yil noyabr.

5. Loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish — 2020-yil dekabr.

6. Konsepsiya va TIHni tasdiqlash — 2021-yil yanvar.

7. Tender hujjatlarini tayyorlash — 2021-yil iyun.

8. Tanlov oldi saralash jarayoni — 2021-yil sentabr.

9. Takliflarni qabul qilish jarayoni — 2021-yil yanvar.

10. Tender gʻolibi bilan kelishuv imzolash — 2021-yil may.

Transport vazirligi
(I. Maxkamov),

Davlat-xususiy sheriklik agentligi

(G. Xoljigitov),

Toshkent viloyati
(R. Xolmatov),

Sirdaryo viloyati

(G. Mirzayev),

Jizzax viloyati

(E. Saliyev),

Samarqand viloyati

(E. Turdimov)

hokimliklari

5.

Toshkent — Andijon pullik avtomobil yoʻlini qurish

1. Jahon banki tomonidan loyihaning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish — 2020-yil mart.

2. Jahon banki (XMK) bilan kelishuv tuzish — 2020-yil mart.

3. DTIHni tayyorlash — 2020-yil mart.

4. TIHni tayyorlash — 2020-yil oktabr.

5. Loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish — 2020-yil noyabr.

6. Konsepsiya va TIHni tasdiqlash — 2020-yil dekabr.

7. Tender hujjatlarini tayyorlash — 2021-yil aprel.

8. Tanlov oldi saralash jarayoni — 2021-yil avgust.

9. Takliflarni qabul qilish jarayoni — 2021-yil aprel.

10. Tender gʻolibi bilan kelishuv imzolash — 2021-yil aprel.

Transport vazirligi
(I. Maxkamov),

Davlat-xususiy sheriklik agentligi

(G. Xoljigitov),

Toshkent viloyati (R. Xolmatov), Namangan viloyati

(X. Bozorov),

Andijon viloyati

(Sh. Abdurahmonov) hokimliklari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Loyiha maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda uning kelgusida amalga oshirilishi oʻrnatilgan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning rus tilidagi matnida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “8479 10 000 0” tovar pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

8479 10 000 0

oborudovaniye dlya obshestvennix rabot, stroitelstva ili drugix analogichnix rabot

0

”;.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “8702 40” tovar pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

8702 40

motornie transportnie sredstva, prednaznachennie dlya perevozki 10 chelovek ili boleye, vklyuchaya voditelya, privodimie v dvijeniye tolko elektricheskim dvigatelem

0

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “8703 80” tovar pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

8703 80

transportnie sredstva, privodimie v dvijeniye tolko elektricheskim dvigatelem

0

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) quyidagi mazmundagi “8704 90 000” tovar pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

8704 90 000

motornie transportnie sredstva dlya perevozki gruzov, privodimie v dvijeniye tolko elektricheskim dvigatelem

0

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “8711” tovar pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

8711

mototsikli (vklyuchaya mopedi) i velosipedi s ustanovlennim vspomogatelnim dvigatelem, s kolyaskami ili bez nix; kolyaski, krome:

20

”;.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) quyidagi mazmundagi “8711 60” tovar pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

8711 60

privodimie v dvijeniye elektricheskim dvigatelem

0

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 07/19/4545/4127-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2021-y., 07/21/5273/1014-son; 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son; 22.04.2024-y., 06/24/64/0291-son; 28.01.2025-y., 07/25/28/0076-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)