Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining,Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qarori, 19.02.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1009
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETINING KASSA IJROSI TOʻGʻRISIDA”GI YOʻRIQNOMANI (YaNGI TAHRIRDA) TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 19-fevralda 1009-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011-yil 31-dekabrdagi 38/1, 89-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2320, 01.02.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2612-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning 6-bandiga asosan Davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirish va uning hisobini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Yoʻriqnoma kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 13-yanvarda roʻyxatga olingan 591-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. M. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 12-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
183-B-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 12-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2001-yil 12-yanvardagi 183-B va 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2612 sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u Davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirish va uning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti oʻz ichiga respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni oladi. Bundan tashqari Davlat budjeti tarkibida Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat maqsadli jamgʻarmalarini tuzish, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibidagi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Viloyat budjeti viloyat budjetini, viloyatga boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tumanlarga boʻlinadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tumanga boʻysunadigan shaharlari boʻlgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman boʻysunuvidagi shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi hisobi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 13-iyulda roʻyxatga olingan 773-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”ga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil 25-dekabrdagi 289-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga muvofiq yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II BOB. DAVLAT BUDJETINING DAROMADLARI BOʻYIChA KASSA IJROSI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Davlat budjetining daromadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat budjeti daromadlariga quyidagilar kirim qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat budjetiga kelib tushgan mablagʻlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida kirim qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xos raqami va STIRi (soliq toʻlovchining identifikatsion raqami) bilan Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat banklarida 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” hisobvaragʻi budjet daromadlari tasnifiga asosan ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Davlat budjetiga oʻtkaziladigan umumdavlat soliqlari, yigʻimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha yuridik shaxslar (soliq toʻlovchilar) tomonidan Davlat budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga toʻlanadigan soliq va boshqa toʻlovlar, toʻlov summasidan qatʼi nazar, pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jismoniy shaxslar soliq va boshqa toʻlovlarni naqd pul yoki pul oʻtkazish orqali amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Budjetga toʻlanadigan soliq va boshqa toʻlovlar vakolatli organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda naqd pul shaklida qabul qilinishi va banklarga topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat budjetining 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” hisobvaragʻiga kelib tushgan soliq va boshqa toʻlovlar hisobidan belgilangan tartibda va miqdorda Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratma qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat budjetiga soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlash maqsadida taqdim etilgan toʻlov hujjatlarining toʻgʻri toʻldirilganligi va toʻlov toʻgʻri amalga oshirilayotganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin toʻlovga qabul qilinishi lozim. Banklarga taqdim etilgan toʻlov hujjatlari notoʻgʻri toʻldirilgan boʻlsa, ularning sabablari koʻrsatilgan holda toʻlov hujjatlari taqdim etuvchilarga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Soliq toʻlovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida mablagʻlari yetarli boʻlmasa, banklarga taqdim etilgan toʻlov hujjatlari 2-sonli kartotekaga kirim qilinadi va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 30-yanvarda roʻyxatga olingan 615-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga asosan, qonunchilikda boshqa holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Soliq toʻlovchilarning toʻlov topshiriqnomalari hamda soliq va moliya organlarining inkasso topshiriqnomalari banklarning aybi bilan oʻz vaqtida ijro etilmasa, banklar har bir muddati oʻtgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmagan summaning 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat budjetiga toʻlanadigan soliq va boshqa toʻlovlar alohida yozilgan toʻlov hujjatlariga asosan Davlat budjeti daromadlari hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat budjeti daromadlari hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarning kirim qilinganligi toʻgʻrisida hisobvaraqdan koʻchirma va ilovalar banklar tomonidan oʻrnatilgan tartibda soliq organlariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat budjeti daromadlari hisobvaragʻida koʻzda tutilmagan soliq va boshqa toʻlovlar soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanganda, bu mablagʻlar Davlat budjeti daromadlarining 12-boʻlimi, 25-paragrafi, 352-“Boshqa tushumlar” shartli hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi summasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda ishchi va xodimlarning daromadlaridan daromad soligʻi ushlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar joriy oy davomida ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlab qolingan daromad soligʻini Davlat budjetiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini joriy oyning ikkinchi yarmida ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan bir vaqtda taqdim etishlari lozim. Ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmasa ish haqi olish uchun naqd pul berishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Soliq toʻlovchilar tomonidan daromad soligʻini budjetga oʻtkazish uchun banklarga taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalarining “Toʻlov maqsadi”da “_________ oyi ish haqisidan ushlab qolingan daromad soligʻi summasi budjetga oʻtkazildi” deb yozib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning daromad soligʻini budjetga oʻtkazish uchun taqdim etgan toʻlov topshiriqnomalari banklar tomonidan qabul qilinadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlsa toʻlovlar amalga oshiriladi, agar pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa toʻlov topshiriqnomalari 2-sonli kartotekaga kirim qilinadi va belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlarni va qotishmalarni tekshirish va tamgʻalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” qoʻmitasining sinov nazorati organlariga qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar va qotishmalarni tekshirish va tamgʻalash uchun murojaat qilishi mumkin. Sinov nazorati organlari tomonidan bajarilgan xizmatlar uchun toʻlangan toʻlovlar banklar tomonidan Davlat budjeti daromadlarining 12-boʻlimi, 23-paragrafi, 350-“Qimmatbaho metallardan tayyorlangan qotishmalarni va tamgʻalangan mahsulotlarni tekshirib bergani uchun toʻlovlar” shartli hisobvaragʻi boʻyicha kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlarni va qotishmalarni tekshirib koʻrgani hamda tamgʻalagani uchun toʻlovlarni toʻlov topshiriqnomalariga asosan oʻtkazadilar. Toʻlov topshiriqnomalarida inspeksiya nomi hamda toʻlov maqsadi “Tekshirish va tamgʻalash uchun toʻlovlar” deb koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Sinov nazorati organlari tomonidan tayyor buyumlar va qotishmalarni tekshirib koʻrish hamda tamgʻalash uchun qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida berilgan kvitansiyalarga asosan jismoniy shaxslar toʻlovlarni naqd pul yoki pul oʻtkazish orqali amalga oshiradilar va toʻlovlar banklar tomonidan Davlat budjeti daromadlari hisobiga, budjet daromadlari tasnifining 12-boʻlimi, 23-paragrafi, 350-“Qimmatbaho metallardan tayyorlangan qotishmalarni va tamgʻalangan mahsulotlarni tekshirib bergani uchun toʻlovlar” shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan hisoblangan jarima summalarini qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Jarima solish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga solingan jarima summalari banklar tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Banklar tomonidan qabul qilingan jarima summalari qonunchilikda belgilangan tartibda va jarima soluvchi organlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan tegishli hisobvaraqlarga oʻtkazib beriladi. Bunda Davlat budjetiga oʻtkaziladigan jarima summalari Davlat budjeti daromadlar klassifikatsiyasining “Yigʻimlar va boshqa soliq boʻlmagan daromadlar” boʻlimidagi mos shartli hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Jarima solish huquqi berilgan tashkilotlar va muassasalar hisobot yili davrida kelib tushgan jarima summalari boʻyicha yillik hisobot maʼlumotlarini joriy yilning 1-yanvar holatiga Davlat budjeti daromadlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar va soliq organlari bilan oʻrnatilgan tartibda taqqoslab koʻrishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Davlat bojini toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilar boʻlib hisoblanadilar. Davlat boji Davlat budjeti daromadlari hisobiga oʻtkaziladi. Davlat bojini yigʻuvchi Davlat organlari Davlat bojining Davlat budjeti daromadlari hisobiga oʻtkazish tartibini boj toʻlovchilarga xabar qiladi. Davlat budjetiga oʻtkaziladigan Davlat boji budjet daromadlari tasnifining 11-boʻlimida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Davlat boji pul oʻtkazish yoki naqd pul bilan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Davlat boji naqd pul orqali toʻlanganda, banklar tomonidan Davlat bojini toʻlovchilarga kvitansiya beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Davlat budjeti daromadlari hisobidan ajratmalar qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davlat budjetiga kelib tushgan soliq va boshqa toʻlovlar hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda mahalliy budjetlarga oʻrnatilgan miqdorda ajratma qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratma qilish miqdorini belgilaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyat (shahar) moliya boshqarmalariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shahar) moliya boshqarmalari oʻz navbatida har bir shahar va tuman moliya organlariga hamda tijorat banklariga Davlat budjeti daromadlari hisobidan mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori toʻgʻrisida xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shahar) moliya boshqarmalari Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratma qilish miqdorini oʻzgartirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Respublika budjeti daromadlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratma qilish miqdori joriy yil davomida oʻzgarsa, mazkur Yoʻriqnomaning 36-37-bandlarida belgilangan tartibda qoʻshimcha xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliq va boshqa toʻlovlar hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar banklar tomonidan dasturiy taʼminot asosida belgilangan foiz miqdorida amalga oshiriladi. Zarur boʻlgan hollarda, mahalliy budjetga ajratmalar qoʻl yordamida amalga oshirilishi mumkin. Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga kunlik ajratmalar toʻgʻrisidagi qaydnoma moliya organlariga hamda budjet hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga davlat soliq organlariga beriladi (1-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar alohida har bir soliq va boshqa toʻlovlar boʻyicha, ularning shaxsiy hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Budjetga notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish va oʻzaro boshqa toʻlovlar hisobiga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Budjetga notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilgan soliq va boshqa mablagʻlar soliq toʻlovchilarning yozma arizasiga koʻra qaytarib beriladi yoki kelgusi toʻlovlar yoxud boshqa toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi. Davlat budjetiga notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilgan bojxona toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 14-iyulda 947-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Yoʻriqnomaga asosan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Soliq organlari soliq toʻlovchilarning arizasi va ularning shaxsiy hisobvaraqlari maʼlumotlariga asosan budjetga ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish yoki kelgusi toʻlovlar yoxud boshqa toʻlovlar hisobiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasini tegishli moliya organlariga taqdim etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Moliya organlari budjetga notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilgan mablagʻlarni soliq toʻlovchilarga qaytarish yoki kelgusi toʻlovlar yoxud boshqa toʻlovlar hisobiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi soliq organlarining yozma xulosasini olgan kundan keyingi ish kunidan kechikmasdan banklarga toʻlov topshiriqnomalarini taqdim etadi. Soliq organlarining xulosasi moliya organlariga taqdim etilgan kundan boshlab soliq toʻlovchining boqimandasi boʻyicha jarima hisoblash toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Moliya organlari tomonidan taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomasiga asosan budjetga notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilgan mablagʻlar Davlat budjetiga kunlik tushumlar hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar qilishdan oldin soliq toʻlovchilarga qaytariladi yoki kelgusi toʻlovlar yoxud boshqa toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Soliq va boshqa toʻlovlarning mos daromadlar shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushgan kunlik tushumlar yetarli boʻlmaganda moliya organlari tomonidan banklarga taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha toʻlovlarni qisman toʻlashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Jarima solish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan Davlat budjetiga ortiqcha kelib tushgan jarima summalari, toʻlovchiga, uning arizasiga hamda toʻlov summasini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda moliya organlarining toʻlov topshiriqnomasiga asosan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III BOB. RESPUBLIKA BUDJETINING DAROMADLARI BOʻYIChA KASSA IJROSI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Respublika budjeti daromadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Respublika budjeti daromadlariga quyidagi mablagʻlar kirim qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yigʻimlari, bojlari va majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) davlat moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarni joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” asosiy hisobvaragʻiga quyidagi mablagʻlar kirim qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ajratilgan qisqa muddatli kreditlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan ajratilgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Moliya vazirligining boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Respublika budjetiga Davlat budjetidan ajratma qilingan va boshqa kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xos raqami va STIRi (soliq toʻlovchining identifikatsion raqami) bilan Markaziy bank Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” asosiy va tranzit hisobvaraqlari ochiladi. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida ochilgan 23402 tranzit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV BOB. RESPUBLIKA BUDJETINING XARAJATLARI BOʻYIChA KASSA IJROSI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-§. Respublika budjeti xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Respublika budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjet asosida Respublika budjeti daromadlari hisobvaragʻida mavjud qoldiq doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Respublika budjeti xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilarning joriy xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) joriy budjet transfertlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kapital xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shu jumlaga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat maqsadli jamgʻarmalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublika boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ijtimoiy taʼminot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublika boʻysunuvidagi budjet tashkilotlarini saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning davlat tarmoq dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) gidrometeorologiya, doʻlga qarshi kurash chora-tadbirlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarni moliyalashtirish uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan toʻlovlar Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalarga asosan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402 “Respublika budjetining mablagʻlari” hisobvaragʻidagi qoldiq doirasida amalga oshiriladi (bank kodi 00014).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Respublika budjeti hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasini qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotlari Davlat budjetidan mablagʻlar bilan xarajatlarning 4 ta guruhi boʻyicha taʼminlanishi belgilab qoʻyilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ish haqiga qoʻshimchalar (majburiy ajratmalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kapital qoʻyilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq roʻyxatlarga muvofiq);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) boshqa xarajatlar (ovqatlantirish, dori-darmonlar, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Budjet tashkilotlari smeta va xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvalini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Smetalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlarning toʻliq yoyilmasi ilova qilingan holda, xarajatlarning 4 guruhi boʻyicha tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim etiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvaliga kiritiladigan oʻzgartirishlar ular Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki hududiy moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng amalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Budjet tashkilotlari xarajatlarining 1 va 2 guruhlari mablagʻ bilan birinchi navbatda taʼminlanadi. Bunda xarajatlarning 2 guruhiga tegishli mablagʻ oʻtkazmasdan 1 guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarni moliyalashtirish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalari "toʻlov maqsadi"da xarajatlarning boʻlimi, bobi, paragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi koʻrsatiladi. Toʻlov topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar boʻyicha koʻrsatiladi, bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari boʻyicha koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalar oʻz qaramogʻidagi muassasalarga pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun taqdim etgan toʻlov topshiriqnomalari “toʻlov maqsadi”da xarajatlarni boʻlimi, bobi, paragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi koʻrsatiladi. Toʻlov topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar boʻyicha koʻrsatiladi, bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari boʻyicha koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlarni kirim qilish maqsadida Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarga 23404 “Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarning mablagʻlari” hisobvaraqlari budjet xarajatlari tasnifiga asosan ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalar Respublika budjetidan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan xarajatlarni 23404 “Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarning mablagʻlari” hisobvaragʻidagi qoldiq summa doirasida, tasdiqlangan va Moliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan smetaga asosan amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Respublika budjetidan tegishli budjet tashkilotlariga moliyalashtirish jarayonida ularga belgilangan limitdan ortiqcha mablagʻlar oʻtkazilgan hollarda, ushbu ortiqcha oʻtkazilgan mablagʻlar budjet tashkilotining toʻlov topshiriqnomasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomasiga asosan qaytarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalar budjet hisobvaraqlariga boshqa manbalardan mablagʻlar oʻtkazishga ruxsat etilmaydi. Quyidagi hollar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan bolalar ovqatlangani uchun toʻlanadigan badallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) budjet tashkilotlarining oldingi yillardagi debitorlik qarzlarining joriy moliyaviy yilda kelib tushgan summalari, joriy yilning debitorlik qarzlari qaytarilgan kabi kirim qilinadi va tashkilotlar uchun belgilangan limitning qoldigʻiga, xarajatlarning tegishli guruhi boʻyicha qoʻshiladi hamda bir vaqtda amalga oshirilgan kassa xarajatlari ushbu miqdorga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda holatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi va ularga qarashli muassasalarning hisob-kitob pul hujjatlarida toʻlov maqsadlarini koʻrsatmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarga ish haqi moliya organlari tomonidan roʻyxatga olingan xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvali va xarajatlar smetasiga asosan, belgilangan muddatlarda beriladi. Budjet tashkilotlari va muassasalari oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga moliya organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xodimlar roʻyxati jadvali va xarajatlar smetasining nusxasini taqdim etishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar, ularning 23405 “Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar” hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ish haqi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvali oʻrniga tuzilgan kalkulyatsiya asosida belgilangan muddatlarda beriladi. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar xarajatlar smetasiga ilova qilinadigan xarajatlarning iqtisodiy tasnifi asosidagi yoyilmani va xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvali oʻrniga tuzilgan kalkulyatsiyalarda, ish haqi uchun rejalashtirilgan mablagʻlar miqdorini aniq koʻrsatishi lozim. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning 23405 “Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar” hisobvaraqlaridan amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulyatsiyada koʻrsatilgan maqsadlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarning 23404 “Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarning mablagʻlari” hisobvaraqlaridan, ularning budjetdan tashqari talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazishga ruxsat etilmaydi. Quyidagi hollar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) budjet qaramogʻidagi muassasalarning budjet hisobvaragʻida choraklar oxirida qolgan (foydalanilmagan) tejab qolingan (kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno) budjet mablagʻlari hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet muassasalarning taqdim etgan toʻlov topshiriqnomasiga asosan ularning rivojlantirish jamgʻarmasi (budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) budjet qaramogʻidagi muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmasi (budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobidan ularning budjet xarajatlarini qoplash uchun oʻtkazilgan mablagʻlar budjet hisobvaragʻidan joriy moliyaviy yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida rivojlantirish jamgʻarmasi (budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Budjet muassasalari tomonidan taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalari toʻgʻri toʻldirilganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin, budjet hisobvaraqlarida mablagʻlari mavjud boʻlgan holda ijroga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchi (vazirlik, muassasa va boshqarma)larga budjet mablagʻlari hisobidan markaziy boshqaruv apparatini saqlash, markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar qilishga, shuningdek Moliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan mablagʻlarni quyi pogʻonadagi budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchilar oʻrtasida taqsimlash huquqi berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Quyi pogʻonadagi budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchilar, ularga berilgan huquq doirasiga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchilar tomonidan tashkilot va muassasalar xarajatlari uchun, shuningdek budjet mablagʻlarini quyi tashkilot va muassasalar oʻrtasida taqsimlash uchun oʻtkaziladigan budjet mablagʻlarini oladigan, mustaqil smetaga ega boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchilar tomonidan smetada koʻrsatilgan tadbirlar boʻyicha qilinadigan xarajatlar uchun oʻtkaziladigan budjet mablagʻlarini oladigan, mustaqil smetaga ega boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda holatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklarning nafaqaxoʻrlariga nafaqa toʻlash uchun Xalq banki filiallariga mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining toʻlov topshiriqnomasiga asosan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchilar va budjet tashkilotlari muassasalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari budjet mablagʻlarini ularning hisobvaraqlaridagi qoldiq miqdorida maqsadga muvofiq taqsimlash va oʻtkazish uchun, shuningdek tasdiqlangan smetalar asosida mablagʻlarni toʻgʻri va tejab xarajat qilishga javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Respublika budjeti qaramogʻidagi budjet tashkilotlarining moliyaviy yil oxiridagi budjet mablagʻlari qoldiqlari olib qoʻyilmaydi va ular budjet tashkilotlarning rivojlantirish jamgʻarmasi (budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobvaragʻiga budjet tashkilotlarining toʻlov topshiriqnomalariga asosan oʻtkaziladi (kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-§. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Respublika budjetidan kapital qoʻyilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq roʻyxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kapital qoʻyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarni kirim qilish maqsadida, vazirlik va muassasalarga ularning xos raqami va STIRi (soliq toʻlovchining identifikatsion raqami) bilan 23422 “Respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaraqlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, Hisob-kitob kassa markazida va Respublika tijorat banklarining amaliyot (operatsiya) Bosh boshqarmalarida ochiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan kapital qoʻyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarni kirim qilish uchun vazirlik va muassasalarga boshqa bank boʻlimlarida 23422 hisobvaraqlarini ochishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Respublika budjetidan kapital qoʻyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining toʻlov topshiriqnomasiga asosan vazirlik va muassasalarning 23422 “Respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar boʻyicha 12-shakldagi tayinlash sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlik va muassasalar (buyurtmachilar) Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 12-shakldagi tayinlash sertifikatini 23422 “Respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaragʻi ochilgan banklarga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Vazirlik va muassasalar (buyurtmachilar) 12-shakldagi tayinlash sertifikatiga asosan 23422 “Respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaragʻidan pul mablagʻlarni toʻlov topshiriqnomalariga asosan ish bajaruvchilarga ularning 23422 “Respublika budjetidan moliyalashtirish” hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi. Vazirlik va muassasalar (buyurtmachilar)ning hisobvaraqlaridan 12-shakldagi tayinlash sertifikatida koʻzda tutilmagan toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Kapital qoʻyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish budjet mablagʻlari hamda tashkilot va muassasalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsa, tashkilot va muassasalar hisobidan ajratilgan mablagʻlar ularning 23422 balans hisobvaragʻiga kirim qilinadi. Pudratchi va boshqa ish bajaruvchilar hamda mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar 23422 hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi. Bunda kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan xarajatlar birinchi navbatda korxona va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan, keyinchalik esa Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlovlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Respublika budjetidan ajratilgan kapital qoʻyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi hisobot Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, Hisob-kitob kassa markazi va tijorat banklarining amaliyot (operatsiya) Bosh boshqarmalari tomonidan oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi (3-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Respublika budjetidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar qoldiqlari moliyaviy yil oxirida olib qoʻyilmaydi va keyingi moliyaviy yilda, budjetdan moliyalashtiriladigan limit doirasida ishlatiladi. Keyingi moliyaviy yil uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga budjet mablagʻlari qoldiqlari mavjud boʻlgan obyektlar kiritilmagan boʻlsa, ushbu mablagʻlar qoldiqlari ishlatilmasdan Respublika budjetiga qaytariladi. Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar qoldiqlarini keyingi moliyaviy yilda ishlatish uchun moliya organlarining alohida ruxsati boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-§. Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari va harbiy qismlariga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari va harbiy qismlariga Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarni hisobga olish va tasarruf etish uchun 23404 “Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarining mablagʻlari” hisobvaraqlari moliya organlarining maxsus ruxsatnomasiga va Markaziy bankning “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda holatlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligining harbiy qismlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga bank hisobvaraqlarini ochish qoidalari”ga asosan ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari va harbiy qismlari 23404 “Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarining mablagʻlari” hisobvaragʻidan faqat xarajatlar smetasida belgilangan xarajatlarni amalga oshiradi. Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarni, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobvaragʻiga oʻtkazishga va bu hisobvaraq orqali budjet mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, harbiy qismlari va taʼminlovchi moliya boʻlimlariga budjet mablagʻlari hisobidan ish haqi, safar xarajatlari va boshqa maqsadlar uchun naqd pullar toʻlov maqsadi koʻrsatilmagan chek (oluvchining ismi va familiyasi koʻrsatiladi) bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish uchun, Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, harbiy qismlari va taʼminlovchi moliya boʻlimlari tomonidan banklarga taqdim qilinadigan toʻlov topshiriqnomalari “toʻlov maqsadi”da “Harbiy” soʻzini koʻrsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, harbiy qismlari va taʼminlovchi moliya boʻlimlari budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirish uchun taqdim etgan toʻlov topshiriqnomalari “toʻlov maqsadi”da schyot-faktura raqami va sanasi koʻrsatiladi, tovar va xizmatlarning nomi yozilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Budjet mablagʻlari hisobidan harbiy qismlarning 23404 budjet hisobvaragʻiga mablagʻlar taʼminlovchi moliya boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalariga asosan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Mudofaa vazirligining taʼminlovchi moliya boʻlimlari tomonidan harbiy qismlarning 23404 budjet hisobvaragʻiga ortiqcha mablagʻlar oʻtkazib yuborilganda, ortiqcha budjet mablagʻlari harbiy qismlar tomonidan toʻlov topshiriqnomasiga asosan qaytariladi. Taʼminlovchi moliya boʻlimlari ortiqcha oʻtkazilgan budjet mablagʻlarini qaytarib olish uchun banklarga uchta nusxada tuzilgan yozma farmoyishni taqdim etadi. Bu farmoyishning birinchi nusxasi banklarda nazorat uchun qoldiriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari esa banklar imzosi va muhri bilan tasdiqlanib, harbiy qismlarga xizmat koʻrsatuvchi banklarga yuboriladi (2-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Banklar mablagʻlarni chaqirib olish toʻgʻrisidagi yozma farmoyishni olgandan keyin, farmoyishda koʻrsatilgan mablagʻlarni harbiy qismlarning budjet hisobvaragʻidagi mablagʻlari hisobidan taʼminlovchi moliya boʻlimlarining budjet hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Farmoyishning ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikiladi, uchinchi nusxasi harbiy qismlarning budjet hisobvaraqlari koʻchirmasiga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V BOB. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BUDJETI VA MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLARI KASSA IJROSI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjet daromadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan mahalliy soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan umumdavlat soliqlari, yigʻimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlarining hisobini yuritish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga 23432 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi”, Toshkent shahar hamda viloyat moliya boshqarmalariga 23430 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Viloyat” va tuman (shahar) moliya organlariga 23426 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Tuman/shahar” hisobvaraqlari ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjet hisobida, moliya yilining oxiriga qolgan mablagʻlarning qoldigʻi yangi yil hisobiga qoldiq boʻlib oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI BOB. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BUDJETI VA MAHALLIY BUDJETLAR XARAJATLARI KASSA IJROSI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjet xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻlar ajratish doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) joriy budjet transfertlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kapital xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari kassa ijrosi mazkur Yoʻriqnomaning 56-62, 65-68, 70-71, 75 va 76-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Inkasso toʻlov topshiriqnomalari faqat yuqori moliya organlari tomonidan quyi moliya organlarining budjet hisobvaraqlariga qoʻyilishi mumkin. Boshqa hollarda inkasso toʻlov topshiriqnomalari va toʻlov talabnomalari moliya organlarining budjet hisobvaraqlariga qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqarma va boʻlimlari tomonidan roʻyxatga olingan yuridik shaxslar budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Budjet mablagʻlarini tasarruf etuvchilar, budjet qaramogʻidagi tashkilotlar va muassasalarning budjet hisobvaraqlariga, ularni saqlash xarajatlari uchun, bevosita ular tomonidan markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, boshqaruv apparatini saqlash hamda moliyaviy reja va smetalarda koʻrsatilgan boshqa maqsadlar uchun mablagʻlar oʻtkazish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini yuritadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogʻidagi budjet tashkilotlariga, ularning xos raqami va STIRi (soliq toʻlovchining identifikatsion raqami) bilan 23426 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Tuman/shahar”, 23430 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Viloyat” hamda 23432 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi” mos hisobvaraqlari ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Budjet mablagʻlarini tasarruf etish markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan tashkilot va muassasalarga hisobvaraqlar, ushbu markazlashtirilgan boʻlim nomiga, ularning xos raqami va STIRi bilan 23426 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Tuman/shahar”, 23430 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Viloyat” hamda 23432 “Mahalliy budjet mablagʻlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi” mos hisobvaraqlari ochiladi. Bu hisobvaraqlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga birinchi imzo qoʻyish huquqi markazlashtirilgan boʻlim boshligʻiga va ikkinchi imzo qoʻyish huquqi markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh buxgalteriga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan ajratilgan mablagʻlarni kirim qilish uchun mos 23427 “Nobudjet muassasalarga tuman/shahar budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar”, 23431 “Nobudjet muassasalarga viloyat budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar” va 23433 “Nobudjet muassasalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar” hisobvaraqlari ochiladi. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjet hisobidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ish haqi, moliya organlari tomonidan roʻyxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvali oʻrniga tuzilgan kalkulyatsiya asosida belgilangan muddatlarda beriladi. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar xarajatlar smetasiga ilova qilinadigan xarajatlarning iqtisodiy tasnifi asosidagi yoyilmani va xodimlar roʻyxati (shtatlar) jadvali oʻrniga tuzilgan kalkulyatsiyalarda, ish haqi uchun rejalashtirilgan mablagʻlar miqdorini aniq koʻrsatishi lozim. Xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning 23427, 23431va 23433 hisobvaraqlaridan oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulyatsiyada koʻrsatilgan maqsadlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Mahalliy budjet hisobidan kapital qoʻyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida ajratilgan mablagʻlar investitsiya dasturida belgilangan har bir yoʻnalish boʻyicha alohida ochilgan 23424 “Mahalliy budjetdan moliyalashtirish” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va oʻrnatilgan tartibda toʻlovlar amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan ajratilgan kapital qoʻyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi hisobot banklar tomonidan oʻrnatilgan tartibda moliya organlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII BOB. DAVLAT BUDJETINING KASSA IJROSI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTLARNI TUZISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-§. Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida tezkor, oylik va yillik hisobotlarning hajmi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. Banklar tomonidan Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar oʻrnatilgan tartibda va muddatda tuziladi. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklardan olingan hisobotlar asosida yigʻma hisobotlarni tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari hamda tijorat banklari uchun hisobotlarni topshirish tartibi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109. Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi hamda hisobotning oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda topshirilishi boʻyicha tegishli organlarning rahbarlari hamda bosh buxgalterlari javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-§. Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi tezkor hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi tezkor hisoboti 2234 GBS “Respublika budjeti hamda muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha tezkor hisobot” shakli boʻyicha har ish kuni uchun quyidagi tartibda tuziladi (3-ilova):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) davlat budjeti daromadlari summasi (23402-balans hisobvaragʻi kredit aylanmasi (oboroti) boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) davlat budjeti daromadlari hisobvaragʻidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga qilingan ajratmalar hamda Respublika budjeti hisobidan qilingan xarajatlar summasi (23402-balans hisobvaragʻi debet aylanmasi (oboroti) boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarga ajratilgan budjet mablagʻlarining qoldiq summasi (23404 va 23405 balans hisobvaraqlari boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) respublika budjeti hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar (23422-balans hisobvaragʻi debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tuman va shahar budjetlarining mablagʻlari (23426-balans hisobvaragʻidagi qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tuman va shahar budjetlari qaramogʻidagi muassasalarning mablagʻlari (23426 va 23427 balans hisobvaraqlaridagi qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) viloyat budjetining mablagʻlari (23430-balans hisobvaragʻidagi qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) viloyat budjeti qaramogʻidagi muassasalarning mablagʻlari (23430 va 23431 balans hisobvaraqlaridagi qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti mablagʻlari (23432-balans hisobvaragʻidagi qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti qaramogʻidagi muassasalarning mablagʻlari (23432 va 23433 balans hisobvaraqlaridagi qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) mahalliy budjet hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar (23424-balans hisobvaragʻi debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) respublika va mahalliy budjet qaramogʻidagi muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari (Markaziy bankda 21504, 21506, Tijorat banklarda 20203 va 20204 balans hisobvaraqlaridagi qoldiq boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans hisobvaraqlari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va qoldigʻi boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) respublika yoʻl jamgʻarmasi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans hisobvaraqlari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va qoldigʻi boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans hisobvaraqlari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va qoldigʻi boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans hisobvaraqlari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va qoldigʻi boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) jami nazorat summasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi kunlik tezkor hisobotlar banklar tomonidan Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga taqdim etiladi. Banklar tomonidan kunlik tezkor hisobotlar moliya va soliq organlariga ularning soʻroviga asosan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-§. Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi oylik hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi oylik hisobot 2204 GRE, 2214 GER va 2224 GCR hisobot shakllari boʻyicha har oyning birinchi sanasiga tuziladi. Hisobotlar budjet daromadlari va xarajatlari tasnifiga asosan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113. Davlat budjetining daromadlar boʻyicha 2204 GRE oylik hisoboti, yil boshidan oʻsib boruvchi tartibda tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) davlat budjeti daromadlari hisobvaraqlariga kelib tushgan mablagʻlar hisobotning “Tushum” ustunida koʻrsatiladi (23402-balans hisobvaragʻi kredit aylanmasi (oboroti) boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) davlat budjeti daromadlari hisobvaragʻidan mahalliy budjetlarga qilingan ajratmalar summasi hisobotning “Ajratma” ustunida koʻrsatiladi (23402-balans hisobvaragʻi debet aylanmasi (oboroti) boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) davlat budjeti daromadlari hisobvaragʻidan Respublika budjeti daromadlari hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobotning “Respublika budjetiga oʻtkazilgan mablagʻ” ustunida koʻrsatiladi (23402-balans hisobvaragʻi debet aylanmasi (oboroti) boʻyicha).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114. Davlat budjetiga joriy yilning hisobot oyi oxirgi ish kunida kelib tushgan soliq va yigʻimlar hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston va mahalliy budjetlarga ajratma qilinmagan boʻlsa, bu hisobotning “Tushum” ustunida koʻrsatiladi. Banklar tomonidan tuzilgan hisobotning “Ajratma” va “Respublika budjetiga oʻtkazilgan mablagʻ” ustunlarida Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston va mahalliy budjetlarga haqiqatda oʻtkazib berilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi (4-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115. Banklar 2204 GRE oylik hisobotni keyingi oyning birinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya, soliq va bojxona organlariga hisobot maʼlumotlaridagi daromadlarning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishi uchun taqdim etadi va ular taqdim etilgan hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini tekshirib koʻrishi va hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini imzo qoʻyib muhr bilan tasdiqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116. Respublika budjeti xarajatlari toʻgʻrisidagi 2214 GRE oylik hisobotda Respublika budjeti qaramogʻidagi muassasalarning 23404 budjet hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi summasi koʻrsatiladi (5-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117. Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan berilgan koʻrsatmaga asosan Respublika budjeti xarajatlari toʻgʻrisidagi 2224 GCR “Qoʻshimcha hisobot” oylik hisoboti banklar tomonidan tuziladi va oʻrnatilgan tartibda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118. Banklar 2214 GRE oylik hisobotni keyingi oyning birinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya organlariga taqdim etadi. Moliya organlari taqdim etilgan hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini tekshirib koʻrishi va hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini imzo qoʻyib muhr bilan tasdiqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119. Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi daromadlar va xarajatlar boʻyicha oylik hisobotlarni banklar keyingi oyning 8-kunidan kechiktirmagan holda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari taqdim etishi lozim. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari oylik hisobotlarni olgandan keyin Respublika budjetiga kelib tushgan soliqlar va daromadlardan mahalliy budjetlarga qilingan ajratmalar oʻrnatilgan foizlar miqdorida toʻgʻri amalga oshirilganligiga, shuningdek Davlat budjeti daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi operativ hisobot maʼlumotlari bilan toʻgʻriligiga eʼtibor berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklardan olingan oylik hisobotlar asosida oylik yigʻma hisobot tuzadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga elektron pochta orqali, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan, yuborishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari oylik hisobotlarning nusxasini oʻrnatilgan tartibda tegishli moliya va soliq boshqarmalariga, ularning soʻroviga asosan beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
122. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalaridan olingan oylik yigʻma hisobotlar asosida hisobot tuzadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi oyning 12-kunidan kechiktirmasdan taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Buxgalteriya hisobi, hisoboti va Davlat budjetining kassa ijrosi departamenti Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi oylik hisobotlarni oʻz vaqtida topshirilishini va ularning toʻgʻri taqdim etilishini nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-§. Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124. Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yillik daromadlar va xarajatlar boʻyicha hisoboti banklar tomonidan tuziladi. Banklar daromadlar boʻyicha yillik hisobotni joriy yilning ikkinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya, soliq va bojxona organlariga hisobot maʼlumotlaridagi daromadlarning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishi va hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini imzo qoʻyib muhr bilan tasdiqlashlari uchun taqdim etadi va ular taqdim etilgan hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini tekshirib koʻrishi va hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini imzo qoʻyib muhr bilan tasdiqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125. Banklar xarajatlar boʻyicha yillik hisobotni joriy yilning birinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya organlariga taqdim etadi. Moliya organlari taqdim etilgan hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini tekshirib koʻrishi va hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini imzo qoʻyib muhr bilan tasdiqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126. Banklar daromadlar boʻyicha yillik hisobot tegishli organlar tomonidan tasdiqlangandan keyin joriy yilning sakkizinchi kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga taqdim qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Davlat budjetining kassa ijrosi boʻyicha yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga oʻrnatilgan tartibda taqdim qiladilar. Hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 1-ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QAYDNOMA №
Qoraqa�pogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlarga Davlat budjeti daromadlaridan ajratmalar summasi
(toʻldirish uchun namuna) Operatsiya turi ___ bank kodi hisob raqam Debet
Summa
kredit
Oʻzbekiston Respublikasi
Banklari nomi
Soliqlar va daromadlar nomi
Bir kunlik jami tushum
Ajratmalar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga
Shahar va viloyatlar budjetlariga
Shahar va tuman budjetlariga
%
summa
%
summa
%
summa
1
2
3
4
5
6
7
8
Qoʻshilgan qiymat soligʻi
?
Daromad soligʻi
Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi
Aksiz soligʻi
Er soligʻi….
Jami ….
Nazorat qiluvchi xodim_________
Bajaruvchi___________
200___ y “___”________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 2-ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HARBIY 200_ y. “___” ______________
Oʻzbekiston Respublikasi ___________ viloyati ____________ shahar/tuman __________ bankiga
FARMOYISh №_____________
Sizdan_____________________________________________________________________________________________________________ viloyati (shahar)dagi ___________________________________________________________________________________________________________________________bankidagi _______________________________________________________________________________________________________________________________ ning
soʻmni chaqirib olish toʻgʻrisida koʻrsatma berishingizni va koʻrsatilgan summani Sizning bankda ochilgan 23404 _________________________________ budjet hisobvaragʻiga kirim qilishingizni soʻraymiz.
M.Oʻ
__________________viloyati (shahar) dagi _______________bankiga 23404 _________________________budjet hisobvaragʻidan _______-sonli farmoyishda koʻrsatilgan____________ soʻmni ______________23404 budjet hisobvaragʻiga bank kodi № _______ boʻyicha oʻtkazing 200_ y “___” _________________ m.oʻ. bankning imzosi _______
mablagʻ bilan taʼminlaydigan moliya boʻlimi imzosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 3-ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 4-ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti daromadlari boʻyicha oylik hisobot (2204 GRE) “___” ____________ 200__ yil
Shartli hisobvaraq tartib raqami
B oʻ l i m
S i m v o l
p a r a g r a f
k o d
Respublika budjetiga oʻtkazilgan mablagʻ
Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan tushum
Mahalliy budjetga qilingan ajratma summasi
Hisobot boʻyicha jami summa:
��
Bank boshqaruvchisi
___________
Moliya boʻlimi boshligʻi
___________
m.oʻ.
m.oʻ.
Bosh buxgalter
___________
Bosh buxgalter
___________
Soliq inspeksiyasi boshligʻi
___________
Bojxona boʻlimi boshligʻ i
___________
m.oʻ.
m.oʻ.
Bosh buxgalter
Bosh buxgalter
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 5-ilova