Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKANING AHOLIGA AVTOMOBIL BENZININI NAQD PULGA SOTUVChI AYRIM AVTOMOBIL YoNILFISI QUYISh ShOXOBChALARINI XUSUSIYLAShTIRISh TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususiy tadbirkorlikni yanada ragʻbatlantirish, ichki bozorni neft mahsulotlari bilan toʻldirish, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 1995-yil mobaynida respublikaning aholiga avtomobil yonilgʻisini naqd pulga sotuvchi ishlab turgan 158 ta avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
*Ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablagʻlar manbai toʻgʻrisida deklaratsiya talab qilmasdan, kimoshdi savdolarida va tanlov asosida sotsinlar.
3. Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini sotishdan tushgan mablagʻ, sotish narxining butun summasini toʻlash uchun bir oy muddat belgilangan holda, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq toʻlash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik vaqtinchalik nizomga muvofiq taqsimlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarida ularning egalari tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidan keltiriladigan yoki tovar-xomashyo birjalarida xarid qilingan neft mahsulotlari sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Xususiylashtirilgan xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq amalga oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining neft mahsulotlari sotib olish, qabul qilish, saqlash, sotish va hisobga olish, texnika va yongʻin xavfsizligi, atrof muhitni muhofaza qilish, sotiladigan neft mahsulotlari sifatiga, shuningdek Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan qoidalarga rioya etishlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari V.A. Chjen va Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 10-iyun,
215-son