1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli “Agrar sohani mexanizatsiyalashni davlat tomonidan ragʻbatlantirishni raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnikani mahalliylashtirishning bazaviy darajasini aniqlash uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining barcha turlari boʻyicha hujjatlarni yuqorida qayd etilgan nizomga muvofiq ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markaziga taqdim qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroservis” AJ va tijorat banklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar va kompensatsiyalar taqdim qilinishini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga zarur mablagʻlar uchun budjet talabnomasi asoslangan hisob-kitob va hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarining mahalliylashtirish bazaviy darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzida aks ettirgan elektron maʼlumotlar bazasining yaratilishini va vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi bilan birgalikda texnikani mahalliylashtirish darajasining oshishini hisobga olgan holda, respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishda subsidiyalarni taqdim qilish mexanizmining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida 2020-yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalarni taqdim qilish va kompensatsiyalarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi buyurtmasiga asosan 2020-2021-yillarga moʻljallangan Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 26-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
952-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-noyabrdagi 952-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom respublikada qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olish uchun subsidiyalarni taqdim etish, shuningdek xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) maqsadida kombaynlarni tashish uchun transport xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mashinasozligining mahalliy tashkiloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi texnikasi — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridor — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, paxta-toʻqimachilik tashkilotchilari va klasterlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalash xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar;
(2-bandining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobvaraq-faktura — qishloq xoʻjaligi texnikasining haqiqatdan sotilganini tasdiqlovchi, mahalliylashtirilganlik darajasini koʻrsatuvchi va qishloq xoʻjaligi texnikasi narxini oʻz ichiga olgan hujjat yoki shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam boʻlmagan respublikadagi qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishda ushbu texnika qiymatining 15 foizini hamda sotib olingan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizini qoplash maqsadida xaridorga ajratiladigan mablagʻlar;
(2-bandining oltinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiya — xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) maqsadida kombaynlarni tashish uchun transport xarajatlarining 80 foizini qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy blankasidagi qishloq xoʻjaligi texnikasini mahalliylashtirish darajasini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport xarajatlari — yuklarni transportda tashish va kombaynni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida belgilangan joyga yetkazib berish vaqtida yuklarni sugʻurtalash xarajatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni toʻlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) oʻzining rasmiy veb-saytida subsidiyalar ajratish va kompensatsiyalarni toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi, shuningdek ularning oʻzlashtirilishi va qoldigʻi haqidagi maʼlumotlarni yangilab boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Subsidiyalar yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun ajratiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligining tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi Markaz tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari har yili 10-yanvardan kechiktirmay Markazga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq, rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarilgan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarining parametrlari va tannarx kalkulyatsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi hujjatlar nusxasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi haqida, qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va butlovchi qismlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (xom ashyo va butlovchi buyumlarni yetkazib berish shartnomalari, import qilinadigan butlovchi buyumlar va materiallar uchun hisobvaraq-fakturalar yoki yuk bojxona deklaratsiyalari (YUBD), Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar va materiallar uchun hisobvaraq-fakturalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish texnologik jarayonni amalga oshirish imkonini beradigan hujjatlar nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlariga mahalliylashtirish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilganligi uchun Markaz tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻttiz kun ichida qayta murojaat qilingan taqdirda, toʻlov undirilmaydi. Agar oʻttiz kundan soʻng qayta murojaat qilinsa, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravar miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import butlovchi qismlar va materiallar yetkazib beruvchilarning almashishi, olib kelinadigan butlovchi qismlar va materiallar narxining oʻzgarishi, mahalliy butlovchi qismlar va materiallar oʻrniga xorijdan shunday butlovchi qismlar hamda materiallar sotib olinishi sababli mahalliylashtirish darajasi yoʻl qoʻyiladigan darajadan pasayib ketganda, mahalliylashtirish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi. Bunday holatda maxalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi mahalliy tashkilotlari Markazni bir oy muddatda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbari qonunchilikka muvofiq mahalliylashtirish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatdan maqsadli va asosli ravishda foydalanishi uchun javobgardir.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliylashtirish darajasi haqidagi sertifikatdan asossiz foydalanilganda, yaʼni mahalliylashtirilganlik darajasi 25 foizdan kam boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasi sotilganda, ishlab chiqaruvchi tashkilot oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu konkret texnika birligi uchun ajratilgan subsidiya mablagʻini Jamgʻarmaga qoplab beradi.
(8-band “v” kichik bandining sakkizinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markaz har yili yanvar oyining 25 sanasidan kechiktirmay mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirishning bazaviy darajalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan elektron maʼlumotlar bazasini yangilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelgusida Markaz yuqoridagi elektron maʼlumotlar bazasini yil davomida kamida chorakda bir marta muntazam ravishda yangilab turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari mazkur Nizomning 8-bandiga asosan zarur hujjatlarni taqdim etganidan soʻng Markaz besh ish kuni davomida qishloq xoʻjaligi texnikasi parametrlari va tannarx kalkulyatsiyasini koʻrib chiqadi va tashkilotga mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan zarur hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, Markaz mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlariga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va oʻttiz kun ichida ularni qayta taqdim qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan tushgan qayta murojaati asosida Markaz taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim etilganidan soʻng Markaz uch ish kunida sertifikat olgan mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari reyestrini unga sertifikatlar nusxalarini ilova qilib va qishloq xoʻjaligi turlarini koʻrsatgan holda Jamgʻarmaga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xaridor oldi-sotdi toʻgʻrisida shartnomani tuzganidan soʻng shartnoma shartlariga muvofiq mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlariga texnikaning qiymatini toʻlab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi texnikasi sotilayotganida shartnomada va hisobvaraq-fakturada sotilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi haqidagi sertifikatga muvofiq mahalliylashtirilganlik darajasi koʻrsatilishi shart. Hisobvaraq-fakturaga mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xaridor shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun toʻlovni amalga oshirganidan soʻng qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya olish uchun Jamgʻarmaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qishloq xoʻjaligi texnikasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldi-sotdi shartnomasi yoki kredit shartlarida xarid qilinganda shartnoma, hisobvaraq-faktura, toʻlov hujjati nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing shartlarida xarid qilinganda, lizing shartnomasi, hisobvaraq-faktura, toʻlov hujjati, lizing obyektini qabul qilish — topshirish dalolatnomasi nusxasi.
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Jamgʻarma, mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni davomida oʻrganib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida ushbu maqsadlarda Jamgʻarmaga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida subsidiya ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdoridagi subsidiyalar pul mablagʻlarini xaridorning arizada koʻrsatilgan bank hisobraqamiga oʻtkazish orqali ajratiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jamgʻarma quyidagi hollarda subsidiya ajratilishini rad etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasi 25 foizdan kam boʻlsa;
(16-bandningikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
(16-bandning uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haridor aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va oʻttiz kun ichida hujjatlarni qayta taqdim qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridor qayta murojaat etganda, Jamgʻarma besh ish kuni davomida mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlarni koʻrib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya ajratadi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish transport xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar har oy hisobot oyidan keyingi har oyning yigirmanchi sanasidan kechikmay mazkur Nizomga 4-ilovaga asosan shaklga muvofiq xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlari toʻgʻridagi yigʻma axborotni Jamgʻarmaga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻma axborotga quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar majburiy tartibda ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuklarni transportda tashish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) transport xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlari nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qishloq xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi, shuningdek, xizmatlar koʻrsatilganligini va ular boʻyicha toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jamgʻarma qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni besh ish kunida koʻrib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida kompensatsiya ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlarining 80 foizi miqdoridagi kompensatsiya qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar bank hisobraqamiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan zarur hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, Jamgʻarma ularni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga va oʻttiz kun ichida ularni qayta taqdim qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar qayta murojaat qilganda Jamgʻarma taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kunida koʻrib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda besh ish kuni davomida xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlarining 80 foizini kompensatsiya qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi xaridorlaridan subsidiya va kompensatsiya olish uchun qonunchilik va mazkur Nizomda koʻzda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tashkilotlar rahbarlari tayyorlanayotgan va taqdim etilayotgan hujjatlarning ishonchliligi va asoslantirilganligi yuzasidan qonunchilikka muvofiq masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalarni ajratish va kompensatsiyalarni toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar, amalga oshirish mexanizmi
Muddatlar
I. Qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya ajratish
I bosqich
Ishlab chiqaruvchi tashkilot ishlab chiqarilayotgan qishloq oʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasini aniqlash uchun Markazga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.
ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra
II bosqich
Markaz ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasini aniqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim etadi.
5 ish kuni davomida
III bosqich
Markaz sertifikat olgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi mahalliy tashkilotlari reyestrini unga sertifikatlar nusxalarini ilova qilib va qishloq xoʻjaligi turlarini koʻrsatgan holda Jamgʻarmaga taqdim qiladi.
3 ish kuni davomida
IV bosqich
Xaridor oldi-sotdi toʻgʻrisida shartnomani tuzganidan soʻng shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarga texnikaning toʻliq qiymatini toʻlab beradi.
shartnomaga asosan
V bosqich
Xaridor shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun toʻlovni amalga oshirganidan soʻng qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya olish uchun Jamgʻarmaga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.
xaridor ixtiyoriga koʻra
VI bosqich
Jamgʻarma subsidiya ajratish uchun xaridor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
5 ish kuni davomida
VII bosqich
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdoridagi subsidiyani xaridorning arizasida koʻrsatilgan bank hisobraqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali ajratadi.
5 ish kuni davomida
II. Eksport xizmatlarini koʻrsatish uchun kombaynlarni tashish transport harajatlarini kompensatsiya qilish
I bosqich
Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi maxalliy tashkilotlar Jamgʻarmaga xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlari boʻyicha yigʻma axborot taqdim qiladi.
hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar
II bosqich
Jamgʻarma qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
5 ish kuni davomida
III bosqich
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport harajatlarining 80 foizini kompensatsiya qilib beradi.
10 ish kuni davomida
(1 ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat/subsidiya va/yoki kompensatsiya olishga ARIZA _______________________________________________________________________________ (yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi) ___________________________________________________________________________________________ (viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami, telefon, faks) Manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan:_____________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (guvohnoma raqami, berilgan sanasi va uni bergan organ) ____________________________________________________________________________________ nomidan (ariza beruvchi rahbarning lavozimi, F.I.O.)
maxalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi xarid qilinganligi munosabati bilan mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim qilishni/subsidiya ajratish va/yoki xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish transport xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilishni soʻraymiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Sotish (sof tushum) summasi mazkur ilovaning “II. Qishloq xoʻjaligi texnikalari narxini hisoblash” boʻlimida koʻrsatilgan mahsulot birligining sotish narxi va miqdorini koʻpaytirish natijasiga tengdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Md=(1 — I/T)*100%. Bu yerda 0< I < T:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Md– mahsulotning mahalliylashtirish darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I — import qilinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlarning soʻmda ifodalangan valyuta qiymati (bojxona toʻlovlari bilan birga);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T — mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Mahalliy yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan import xom ashyolari mahalliy deb eʼtirof etilmaslik kerak).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshigan taqdirda, mahalliylashtirish darajasining oshishini asoslovchi butlovchi qismlar, xom ashyo va materiallarning aniq nomlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Qishloq xoʻjaligi texnikasi tannarxining kalkulyatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida” 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq sotish narx shakllantirigunigacha barcha xarajatlar batafsil koʻrsatilgan holda, maxalliylashtirilgan har bir mahsulot boʻyicha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda xizmatlar koʻrsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish boʻyicha amalga oshirilgan transport xarajatlari toʻgʻrisida
YIGʻMA AXBOROT
Eksport
Qaytarish
Jami
(ustun 8-ustun 11)
Tashuvchi
Yoʻnalish va transport turi
Yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha bayonnoma
Transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma
YUBD raqami va sanasi
Tashish xarajatlari
Boshqa transport xarajatlari
Kompensatsiya qilinadigan transport xarajatlari jami = 80%*(ustun.6 + ustun 7)
YUBD raqami va sanasi
Transport xarajatlarini kompensatsiya qilish sanasi