25.11.2019 yildagi 950-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy bozor munosabatlarining tatbiq etilishini taʼminlash, 2019-2020-yillarda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston, Oltiariq va Quva tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihasini samarali amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fargʻona viloyati hokimligi hamda loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan mahalliy operator — “Green control” masʼuliyati cheklangan jamiyatining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-2020-yillarda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston, Oltiariq, Quva tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida 2000 gektar yer maydonida dastlabki qiymati 38,6 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bogʻ va tokzorlarni tajriba tariqasida aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish uchun Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik subyektini taʼsis etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga — 6,5 foiz, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga — 6,5 foiz, Fargʻona viloyati hokimligiga — 2 foiz, “Green control” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga — 10 foiz hamda xususiy investorlarga — 75 foiz miqdorida taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fargʻona viloyati hokimligi loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer maydonini bir oy muddatda belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi ulushlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamda Fargʻona viloyati hokimligiga istisno tariqasida, aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat paketlari boʻyicha aksiyador huquqlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yirik shaharlarida loyiha taqdimotlarini oʻtkazish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining boʻsh turgan mablagʻlarini loyihani amalga oshirishga jalb etish, mablagʻlardan maqsadli va samarali ishlatilishi taʼminlash maqsadida auditorlik va konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi dunyoning “katta toʻrtligi”ga kirgan kompaniyalardan birini jalb etish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda intensiv texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlarni aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish natijalariga koʻra, 2020-yil 1-dekabrga qadar mazkur loyihani respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 25-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
950-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2019-y., 09/19/950/4072-son; 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son)