O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hamda biologik chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda) 4-bandiga “shlam to‘plash joylari” so‘zlaridan keyin “biologik chiqindilarni ko‘mish joylari” so‘zlari qo‘shilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi uch oy muddatda biologik chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha davlat kadastriga tegishli ma’lumotlarni (geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari, iqtisodiy bahosi, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hamda ularning xavflilik darajasini kamaytirish chora-tadbirlari haqidagi yangilab boriladigan axborotlar tizimi) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishi davlat qo‘mitasiga taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
938-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/938/4058-son)