19.11.2019 yildagi 918-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmini soddalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi sport maktablarining direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, trener, instruktor-metodistlarining bazaviy tarif stavkalari miqdorini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy gvardiya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlarni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) bazasida har 5 yilda attestatsiyadan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi, respublika oliy sport mahorati maktablari (keyingi oʻrinlarda sport maktablari deb ataladi) direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi sport maktablarining direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlarining bazaviy tarif stavkalari 2020-yil 1-yanvardan oʻrtacha 1,35 baravarga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi 658-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 19-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
918-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-son qaroriga
1-ILOVA

Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tizimida sport-taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar trenerlarining malaka talablariga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan malaka talablari (keyingi oʻrinlarda malaka talablari deb ataladi) asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trener — trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan hamda oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlik faoliyati — aholi va sportchilar bilan oʻquv-trenirovka, jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishga, shuningdek, sport natijalariga erishish uchun ularning musobaqa faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxsga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlarning tanlagan sport turi boʻyicha kasbiy koʻnikma, bilim va malakasi ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilish darajasini hamda tayyorlagan sportchilarining erishgan natijalarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport turi boʻyicha malakasi, mashgʻulot oʻtish mahorati, mehnat samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan trenerlarni ragʻbatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari majburiylik, davriylik, oshkoralik, kollegiallik hamda xolislik hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Attestatsiya trenerlar uchun har besh yilda bir marta oʻtkaziladi, attestatsiyadan oʻtishning boshqa muddatlari belgilanadigan quyidagi holatlar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola parvarishi taʼtilidan qaytgan ayol xodimlar — bir yilgacha, homilador ayollar, shuningdek, uch yoshgacha bolalari boʻlgan ayollar, bolani parvarishlash uchun taʼtilga chiqarilgan erkaklar, istisno tariqasida, attestatsiyaga jalb etilmaydi va komissiya qarori bilan ruxsatnoma muddati ishga chiqqunga qadar uzaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda, uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan shaxslarga davolanish yakunlanishidan soʻng komissiya qarori bilan ishga chiqqunga qadar boʻlgan muddat belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslar attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma muddati tugagan trenerlar toʻrt oydan oshmagan muddatda belgilangan tartibda yangi ruxsatnoma olguniga qadar mehnat faoliyatini davom ettirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyani adolatli oʻtkazish maqsadida vazirlik tomonidan trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Attestatsiya belgilangan muddatda malaka oshirish kurslariga jalb etilgan quyidagi shaxslar uchun majburiy hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, oliy mahorat sport maktablarii, oliy sport mahorati maktablari, respublika oliy sport mahorati maktablarining (keyingi oʻrinlarda sport-taʼlim muassasalari deb ataladi) trenerlari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport klublari, davlat hamda nodavlat boshqa sport tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda sport tashkilotlari deb ataladi) trenerlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan va shugʻullanish istagini bildirgan jismoniy shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan trenerlarning malakasini oshirish reja-jadvaliga asosan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallariga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) malaka oshirishga jalb qilingan trenerlar bir vaqtning oʻzida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi trenerlar markazda tashkil etiladigan xizmat koʻrsatuvchi jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha intensiv malaka oshirish (72 soatlik) kurslarida malakasini oshiradi va attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki oʻta olmagan tinglovchilarga ruxsatnoma berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma muddati tugagan hamda mazkur nizomning 6-bandi beshinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatda yangi ruxsatnoma olmagan trenerlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tegishli malaka oshirish sertifikatining muddati amalda boʻlgan, ammo ruxsatnoma muddati tugagan talabgorlarning arizasiga asosan malaka oshirish sertifikatining amal qilish muddatiga mos ravishda ruxsatnoma belgilangan tartibda Markaz hamda uning filiallari tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga ruxsatnoma berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Attestatsiya Komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Markaz va uning filiallari Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazadi va ularga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya jarayonlarining xolisona, adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish sabablari komissiya qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Komissiya raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya trenerlarning huquqlari taʼminlangan holda, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya aʼzolarining komissiyaga yuklangan vazifalarini bajarish boʻyicha ishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya majlislari kun tartibini belgilaydi va majlislarni chaqiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Komissiya aʼzolari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya ishida qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya qarorlarini qabul qilish boʻyicha ovoz berishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan materiallar boʻyicha tegishli xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiya kotibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya qarorlari ijrosining monitoringini olib boradi va uning natijalarini komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organ faoliyatini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya raisi ishtirokida majlislarni oʻtkazish muddatlari va joylarini kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga soʻrovlar tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiya tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq attestatsiya natijalari tahlil qilinadi, baholanadi hamda talabgorlarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomalarni berish boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ishchi organ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning hujjatlarini yigʻadi va attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlar roʻyxatini shaklantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya majlislarini oʻtkazish uchun barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek, komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni va trenerlik faoliyatiga tegishli xulosalarni oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya majlislari oʻtkazilishini va kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlashni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyani sifatli oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya aʼzolarini va taklif etiladigan shaxslarni majlis oʻtkaziladigan sana, joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli materiallarni yuborgan holda xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya qaroriga koʻra attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi, shuningdek, ruxsatnoma yaroqsiz holatga kelib qolganda yoki yoʻqotilganda, ularning dublikatlarini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar reyestrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni komissiyaga koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ishchi guruh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning faoliyati, erishgan natija va yutuqlarining attestatsiya mezonlariga muvofiqligini koʻrib chiqadi va baholaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya qabul qilgan qarorlarning bajarilishini joylarga chiqqan holda oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya qarori boʻyicha ishchi organga komissiyaning faoliyati samaradorligini oshirish va attestatsiyani oʻtkazish maqsadida boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Attestatsiyani tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Trenerlar asosiy ish joyi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladi. Ish joyida oʻrindoshlik asosida ishlaydigan va asosiy ish joyi boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanmaydigan trenerlar esa oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan muassasasidan attestatsiyaga jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Trenerlar jismoniy tarbiya va sport boʻyicha oʻrta maxsus, oliy maʼlumoti, ilmiy darajasi yoki qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomda (keyingi oʻrinlarda diplom deb ataladi) koʻrsatilgan yoʻnalish, mutaxassislik yoki ixtisosliklariga (sport turlari boʻyicha federatsiyalarning tavsiyasi asosida) mos keladigan sport turidan attestatsiyadan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Trenerlarning diplomida bittadan ortiq yoʻnalish, mutaxassislik yoki ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa, ular mashgʻulot olib borayotgan har bir sport turi boʻyicha (ikki sport turidan koʻp boʻlmagan) alohida attestatsiyadan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi trenerlar xizmat koʻrsatuvchi jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlar har bir sport turi uchun alohida hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlarning hujjatlari ularning faoliyat yuritayotgan (yoki ishga qabul qilinayotgan) asosiy yoki oʻrindoshlik asosidagi ish joylari orqali komissiyaning ishchi organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi trenerlarning hujjatlari komissiyaning ishchi organiga toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Komissiya ishchi organiga attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlarning quyidagi hujjatlar yigʻmajildi taqdim qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza (attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha sport turini koʻrsatgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, oliy yoki qayta tayyorlov kasbiy jismoniy tarbiya maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom(lar) (agar talabgor oliy taʼlim muassasasida sirtqi, maxsus sirtqi, kechki taʼlim olayotgan boʻlsa, u holda taʼlim muassasasidan oʻqiyotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma) nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplomda koʻrsatilgan mutaxassislik yoki ixtisoslikdan tashqari boshqa yoʻnalish boʻyicha trenerlik foliyatini yurituvchi shaxsga esa tanlagan sport turi boʻyicha sport federatsiyalarining tavsiyasi (mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy unvoni yoki darajasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joyi boʻyicha tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi yoki undan koʻchirma (mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya va fiziologiya) muassasalarining maʼlumotnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgi 5 yil ichida tayyorlagan sportchilari, ularning tuman (shahar), viloyat, respublika va xalqaro sport musobaqalarida erishgan yutuqlarini hamda oʻquv-metodik faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar oʻrganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Attestatsiyadan oʻtkazish hamda ruxsatnoma berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlar mazkur Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan Talabgorlarning mutaxassisligi boʻyicha faoliyati, tayyorlagan sportchilari va ularning erishgan yutuqlarini baholash mezonlariga (keyingi oʻrinlarda mezon deb ataladi) muvofiq attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Attestatsiyadan oʻtuvchi talabgor mezonga muvofiq yetarli ball toʻplay olmagan taqdirda, uning kasbiy bilim va mahorati Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoki universitet filiallarining mutaxassislik kafedralari tomonidan baholanadi hamda baholash natijasiga koʻra attestatsiya komissiyasining ishchi organiga ruxsatnoma berish yoki bermaslik yuzasidan tegishli xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mezonga muvofiq yetarli ball toʻplay olmagan talabgorning kasbiy bilim va mahoratini baholash mezonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi sport turlari reyestri boʻyicha turdosh sport turlari roʻyxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Komissiya tomonidan attestatsiya yakuni boʻyicha attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorga nisbatan “attestatsiyadan oʻtdi” yoki “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilingan taqdirda, talabgor navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga hamda malaka oshirish kursi yakunida qayta attestatsiyaga jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, komissiya majlisi vakolatli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Agar talabgor komissiya aʼzosi hisoblansa, u attestatsiyadan oʻtishda oʻz nomzodi boʻyicha ovoz berishda qatnashmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Komissiya qarori majlisda qatnashayotgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Komissiya qarori bayonnoma shaklida komissiya kotibi tomonidan rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Komissiya majlislari zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oliy taʼlim muassasalarining sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi yoki olimpiya zaxiralari kollejlari va ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari bitiruvchilariga ushbu taʼlim muassasalarini tamomlaganda, ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlovni undirmagan holda besh yil muddatga ruxsatnoma beriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga ega boʻlgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan taʼlim muassasalarini tamomlagan yilidan boshlab bir yil mobaynida hujjatlar yigʻmajildini komissiya ishchi organiga taqdim etsa, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma rasmiylashtiriladi hamda ulardan belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ayrim hollarda uzrli sabab (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti va boshqalar) bilan attestatsiyaga kelmagan talabgorlar faqat bir marta navbatdagi attestatsiyaga qoʻyiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Talabgor uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ishchi organ tomonidan (hujjatlar, materiallar asosida) talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash hamda unga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi komissiya qarori qabul qilinadi va qarordan koʻchirma talabgorga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Attestatsiyaga uzrli sabablarga koʻra (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki muassasalar rahbarlari maʼlumotnomasi) kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi ishchi organ tomonidan navbatdagi attestatsiya muddatiga koʻchiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Quyidagi shaxslarga attestatsiyadan oʻtmasdan, va ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlovni undirmagan holda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida “Xizmat koʻrsatgan sport ustozi” va “Xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”, “Xalq oʻqituvchisi”, “Oʻzbekiston iftixori”, “Xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlariga hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlganlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olimpiya va paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari hamda ularning trenerlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Sport maktablarida trener-instruktor sifatida ishlash istagini bildirgan davlat umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, professional va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, davlat va nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tavsiyalari asosida attestatsiyadan oʻtmasdan trener-instruktorlik faoliyati bilan shugʻullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Sportning Osiyo va parosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarining oxirgi besh yildagi gʻolib va sovrindorlari boʻlgan sportchilar va ularni tayyorlagan trenerlar sport federatsiyalari (uyushmalari) tavsiyalari asosida komissiyaning qaroriga koʻra attestatsiyadan oʻtmasdan, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun belgilangan tartibda besh yil muddatga tegishli ruxsatnoma oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mazkur Nizomning 37, 38, 39-bandlarda koʻrsatilgan talabgorlar malaka oshirish kurslariga jalb etiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Jismoniy tarbiya sohasida maʼlumotga ega boʻlish talab etilmaydigan sport turlaridan tashqari jismoniy tarbiya va sport boʻyicha oʻrta maxsus, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlarga tegishli sport turi boʻyicha trener-instruktor ruxsatnomasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Komissiyaning qaroriga koʻra ishchi organ tomonidan trenerga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng oʻn ish kuni muddatida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Attestatsiya jarayonini tashkil etish va oʻtkazish, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlov kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari hisobida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisobraqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan toʻlov mablagʻlari ishchi organning attestatsiyadan oʻtkazish, ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish ishlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga, attestatsiya komissiyasi aʼzolarini ragʻbatlantirishga, oʻquv adabiyotlarini chop etish va qonunda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun sarflashga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ruxsatnoma qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanib, unda hisob seriyasi va raqami boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ rahbari ruxsatnomalarning hisobi, saqlanishi hamda maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ishchi organ ruxsatnomalarning trenerlarga tarqatilishini roʻyxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi va unda quyidagilarni qayd etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomaning tartib raqami, seriyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berilishiga asos boʻlgan komissiya qarorining sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma nusxasi (dublikati) berilishining asosi va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Attestatsiya natijalari va unga oid barcha maʼlumotlar vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Komissiya qaroridan norozi boʻlgan trenerlar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda shikoyat berishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Apellyatsiya komissiyasi besh kishidan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasining ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Zarur hollarda, apellyatsiya komissiyasi tarkibiga jamoatchilik asosida malakali mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Shikoyat roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Murojaat etuvchi talabgorlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyati koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Apellyatsiya komissiyasi komissiya qarorinining oʻzgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi talabgorga va komissiyaga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Komissiya yoki apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

1. Belgilangan roʻyxatga asosan tegishli hujjatlarni oʻzi faoliyat yuritayotgan (yoki ishga qabul qilinayotgan) ish joyi orqali attestatsiya komissiyasining ishchi organiga taqdim etish (faoliyat yuritayotgan yoki ishga qabul qilinayotgan jismoniy shaxslar uchun).

2. Belgilangan roʻyxatga asosan tegishli hujjatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiya komissiyasining ishchi organiga taqdim etish (nodavlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan (yoki ishga qabul qilinayotgan) trenerlar uchun).

Har 5 yilda*

2-bosqich

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) va uning filiallari

1. Talabgorlarning hujjatlarini yigʻish va attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlar roʻyxatini shaklantirish.

2. Talabgorning faoliyati, erishgan natija va yutuqlarini mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq Talabgorlarning mutaxassisligi boʻyicha faoliyati, tayyorlagan sportchilari va ularning erishgan yutuqlarini baholash mezonlariga (keyingi oʻrinlarda mezon deb ataladi) mosligini koʻrib chiqish va baholash.

3. Mezonga muvofiq yetarli ball toʻplay olmagan talabgorlar hujjatini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoki universitet filiallariga taqdim etish.

Uch kun muddatda

Besh ish kunida

Koʻrib chiqish va baholashdan soʻng

uch ish kunida

3-bosqich

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoki universitet filiallari

1. Mezonga muvofiq yetarli ball toʻplay olmagan talabgorlarning kasbiy bilim va mahoratini baholash.

2. Baholash natijasiga koʻra ruxsatnoma berish yoki rad etish yuzasidan tegishli xulosani attestatsiya komissiyasining ishchi organiga taqdim etish.

Uch kun muddatda

4-bosqich

Markaz va uning filiallari

1. Mezonga muvofiq yetarli ball toʻplagan talabgorlarning hujjatini baholash natijalari bilan birga attestatsiya komissiyasiga taqdim etish.

2. Mezonga muvofiq yetarli ball toʻplay olmagan talabgorlar hujjatini kasbiy bilim va mahoratini baholash natijalari bilan birga attestatsiya komissiyasiga taqdim etish.

Uch kun muddatda

5-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Attestatsiya komissiyasi tomonidan “attestatsiyadan oʻtdi” yoki “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilish.

2. Attestatsiyadan oʻtmagan talabgorlarga navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga jalb qilish va malaka oshirish kursi yakunida qayta attestatsiyaga jalb etish.

Har oyning 25 sanasi

Talabgor hoxishiga qoʻra

6-bosqich

Markaz va uning filiallari

Attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra, Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma berish.

Attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng oʻn ish kuni muddatida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Malaka oshirish sertifikati muddati amalda boʻlgan, ammo ruxsatnoma muddati tugagan talabgorlarga, malaka oshirish sertifikatining amal qilish muddatiga mos ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Talabgorlarning mutaxassisligi boʻyicha faoliyati, tayyorlagan sportchilari va ularning erishgan yutuqlarini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEZONLARI

T/r

Koʻrsatkichlar

Ballar

(jami

150 ball)

1. Mutaxassisligi boʻyicha

1.

Jismoniy tarbiya maʼlumoti uchun:

oliy;

oʻrta maxsus.

Boshqa maʼlumoti uchun:

oliy (kasbiy qayta tayyorlash);

oʻrta maxsus (kasbiy qayta tayyolash).

15 ball

10 ball

5 ball

3 ball

2.

Sport toifasi uchun:

xalqaro toifadagi sport ustasi;

sport ustasi.

20 ball

10 ball

3.

Trenerlik malaka toifasi uchun:

oliy toifa;

I, II toifa.

20 ball

10 ball

4.

Sport turi boʻyicha hakamlik toifasi uchun:

xalqaro toifa;

milliy toifa.

20 ball

10 ball

5.

Trenerlik kurslari sertifikatlari uchun:

xorijiy davlatlarga tegishli (oxirgi 5 yilda);

Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli (oxirgi 5 yilda).

10 ball
5 ball

6.

Trenerlik ish staji:

20 yil va undan yuqori;

10 yildan 20 yilgacha;

5 yildan 10 yilgacha.

15 ball

10 ball

5 ball

2. Tayyorlagan sportchilari va ularning erishgan yutuqlari boʻyicha

7.

Oʻzbekiston chempionati va Kubogi gʻolib hamda sovrindorini tayyorlaganligi uchun (har bir sportchi uchun):

Olimpiya sport turlari:

1-oʻrin;

2-oʻrin;

3-oʻrin.

Milliy sport turlari:

1-oʻrin;

2-oʻrin;

3-oʻrin.

Noolimpiya sport turlari:

1-oʻrin;

2-oʻrin;

3-oʻrin.

20 ball

15 ball

10 ball

10 ball

7 ball

4 ball

5 ball

3 ball

1 ball

8.

Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzosini tayyorlaganligi uchun:

asosiy tarkib (har bir sportchi uchun):

olimpiya sport turlari;

milliy sport turlari;

noolimpiya sport turlari.

zaxira tarkib (har bir sportchi uchun):

olimpiya sport turlari;

milliy va noolimpiya sport turlari.

10 ball

5 ball

3 ball

7 ball

2 ball

9.

Malakali sportchilar tayyorlaganligi uchun:

xalqaro toifadagi sport ustasi (har bir sportchi uchun);

sport ustasi (har bir sportchi uchun);

sport ustaligiga nomzod (har bir sportchi uchun);

10 ta va undan ortiq kattalar sport toifalari (I, II, III);

50 ta va undan ortiq ommaviy sport toifalari;

20 ball

10 ball

8 ball

10 ball

10 ball

3. Oʻquv-metodik faoliyati

10.

Metodik va oʻquv uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar va adabiyotlar:

respublikada tatbiq etilgan (har bir metodik va oʻquv uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar va adabiyotlar uchun);

viloyat, tuman (shahar)da tatbiq etilgan (har bir metodik va oʻquv uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar va adabiyotlar uchun);

muassasa uchun tatbiq etilgan (har bir metodik va oʻquv uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar va adabiyotlar uchun);

10 ball

5 ball

3 ball

Minimal oʻtish bali

84 ball

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Jadvalda belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha yetarli ball toʻplay olmagan talabgorlar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoki universitet filiallariga kasbiy bilim va mahoratini baholash uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi 658-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandga “shuningdek, trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazadi hamda ularga ruxsatnoma beradi” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 8-bandning ikkinchi xatboshisiga “shuningdek, trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga ruxsatnoma berish” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 9-bandga quyidagi tahrirdagi “e” kichik band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“e) trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga ruxsatnoma berish yoʻnalishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trenerlarning sport turi boʻyicha kasbiy bilim, koʻnikma va malakasi, metodologik madaniyati, shaxsiy, kasbiy oʻsishini, amaliy koʻnikmalariga ega boʻlishi, shuningdek ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilish darajasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport turi boʻyicha malakasi, sport mashgʻulotini oʻtkazish mahorati, mehnat samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni ragʻbatlantirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 10-bandga quyidagi tahrirdagi oʻn beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga ruxsatnoma berish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oʻn beshinchi xatboshi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-bandga quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan takroran oʻtmagan yoki asosiy ish joyi boʻyicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan takroran oʻtmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda boʻsh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qatʼiy nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular oʻz faoliyatini boshqa taʼlim muassasalarida (oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda oʻzining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-bandga “qayta tayyorlash va malakasini oshirish” soʻzlaridan keyin “trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 53-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2013-yil 31-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 7-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablarini malakali trener kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 10-oktabrdagi 284-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 42-son, 519-modda) 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarori)” 2017-yil 16-maydagi 288-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda) ilovaning 18-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son qarori) 2017-yil 16-sentabrdagi 731-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqolgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 15-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi 319-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2019-y., 09/19/918/4038-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)