12.11.2019 yildagi PQ-4518-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3286-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daryo oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalarini taʼminlash va mazkur uchastkalarda qazib olish ishlari ustidan yagona davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3286-son qarori 1-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“daryolar oʻzanlari va qirgʻoqboʻyi mintaqalarida noruda foydali qazilmalarni qazib olish (qum-shagʻal materiallarini qazib olish bundan mustasno) tasdiqlangan zaxiralar mavjudligi va suv rejimiga salbiy taʼsirga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish faqat ularni tozalash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish uchun olingan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarning amal qilishi ularning amal qilish muddati tugagunga qadar kuchda boʻladi (yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va tugatish holatlari bundan mustasno), ushbu muddatni uzaytirish yoxud litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryo oʻzanlarida va qirgʻoqboʻyi mintaqalaridagi istiqbolli uchastkalarda geologik oʻrganish uchun 2019-yil 1-iyul kuniga qadar litsenziyalar olgan tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi bilan qum-shagʻal materiallarini qazib olish yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 12-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4518-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 07/19/4518/4020-son)