Номер акта
PQ-4513
Орган
Президент Республики Узбекистан
Дата подписания
08.11.2019
Дата вступления в силу
08.11.2019
Дополнительная информация
Поделиться
Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Hujjat 13.11.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

I. Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar va o‘smirlarga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish

1.

Joylarda aholiga, jumladan reproduktiv yoshdagi ayollar, bolalar va o‘smirlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda ko‘lamini kengaytirish maqsadida:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov)

reproduktiv yoshdagi ayollar orasida kasallanishni kamaytirishga hamda ularni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan “Sog‘lom ayol oyligi”ni yiliga 2 marotaba o‘tkazish;

doimiy

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti, “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari doirasida

bolalar, o‘smirlar va ayniqsa, o‘smir-qizlarni profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olish;

doimiy

xalqaro hamkorlik doirasida Koreya, Germaniya, Hindiston va boshqa chet el mutaxassislarini jalb etgan holda kam ta’minlangan oilalardagi bemor ayollar va nogiron bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda ularni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish;

2019 — 2023-yillar davomida

homiylik va xayriya mablag‘lari

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXFning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari yordamida tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

2019 — 2023-yillar

14 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti, “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari doirasida

ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) yashovchi aholi uchun “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

2019 — 2023-yillar davomida

450,0 mln so‘m

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF homiylik mablag‘lari

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni sa�lash vazirligi (Shadmanov)

2.

Reproduktiv yoshdagi ayollar orasida onkologik kasalliklarni oldini olish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inlarida bachadon bo‘yni saratoni skriningi pilot loyihasini amalga oshirish yo‘li orqali 6 ming nafar ayolni tekshiruvdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

70 ming AQSh dollari

BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxona (kelishuvga asosan)

3.

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida aholida, ayniqsa bolalarda qandli diabet kasalligini oldini olish maqsadida zaruriy diagnostik test-vositalarini yetkazib berish hamda qandli diabet bilan og‘rigan bemor bolalarni sog‘lomlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil davomida

139,7 mln so‘m

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

4.

Quyidagilarni tashkil etish:

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch bo‘limlarining mavjud pediatrik o‘rinlar fondi va shtat birliklari negizida bolalar anesteziologiya — reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadigan navbatchi shifokor postlari;

hududiy davlat tibbiyot muassasalaridagi umumiy o‘rinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatning ustuvor yo‘nalishlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib tuman (shahar) va (yoki) tumanlararo bolalar bo‘limlari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat byud�eti mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Bolalar, o‘smirlar, ayollar va homiladorlarga ko‘rsatiladigan ambulator tibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati shtatlar me’yorlariga umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish va sonini optimallashtirish hisobiga pediatr va akusher-ginekolog shtat birliklarini kiritish.

Shtat jadvali

2021-yil 1-aprel

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

6.

“Ovqatlanish bo‘yicha milliy tadqiqot” dasturi natijalaridan kelib chiqib reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar o‘rtasida mikronutriyent tanqisligini kamaytirish hamda ovqatlanishni yaxshilash strategiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tuzni yod bilan boyitishga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;

unni majburiy boyitish dasturlarini amalga oshirish;

maktab o‘quvchilarining to‘g‘ri ovqatlanish masalalarida bilimlarini yaxshilash;

aholi orasida ortiqcha vazn va semizlikni baholash uchun monitoring tizimini ishlab chiqish;

reproduktiv yoshdagi ayollar, homilador va bolalar mikronutriyentlar statusini oshirish;

ta’lim tizimida ayollar va bolalar ovqatlanishi bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

239,0 ming AQSh dollari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), YUNISEF va JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxona (kelishuvga asosan)

II. Ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashgan va yuqori texnologiyali yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish

7.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar orasida tug‘ma hamda orttirilgan kasalliklar diagnostikasi, terapiyasi va reabilitatsiyasining yuqori texnologiyali usullarini joriy etish va keng qo‘llash.

Bunda:

tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari bo‘lgan bolalarda rekonstruktiv-tiklash va endovaskulyar operatsiyalar o‘tkazish, shu jumladan yiliga:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, davlat tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, homiylik va xayriya mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1000 tug‘ma yurak yetishmovchiligi;

2020 — 2023-yillar sh.j.,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

14,6 mlrd so‘m sh.j.,

3,65

3,65

3,65

3,65

240 tug‘ma son chiqishi

2020 — 2023-yillar sh.j.,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

1,36 mlrd so‘m sh.j.,

0,34

0,34

0,34

0,34

50 skolioz.

2020 — 2023-yillar sh.j.,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

0,87 mlrd so‘m sh.j.,

0,218

0,218

0,218

0,218

nogiron bolalarni Germaniya klinikalarida tezkor davolash;

kam ta’minlangan oilalardagi bolalarda tug‘ma yurak hamda yuqori lab va tanglayning tug‘ma nuqsonlari, kuyishdan keyingi kontrakturali bolalarni operatsiya qilish.

2019-2020-yillar

1,65 mlrd so‘m

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (�admanov)

8.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining zamonaviy infrastrukturasini shakllantirish, shu jumladan:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Respublika bolalar ortopediya markazining yangi davolash-tashxis korpusini qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish;

2020-2021-yillar sh.j,

2020-y.

2021-y.

38,4 mlrd so‘m* sh.j.,

18,4

20,0

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi, davlat tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qurilish vazirligi (Hoshimov), Toshkent shahar hokimligi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududida Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino-inshoatlarini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish;

2020 — 2022-yillar sh.j,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

74,4 mlrd so‘m* sh.j,

15,0

29,7

29,7

Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazining qurilishi to‘xtab qolgan binolarini Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazining davolash-tashxis korpusiga moslashtirib, qurilish ishlarini yakunlash;

2020 — 2022-yillar sh.j,

2020-y.

2021-y.

2022-y.

45,0 mlrd so‘m* sh.j,

20,0

20,0

5,0

Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida tashkil etilayotgan Yordamchi reproduktiv texnologiya markazi binosini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash.

2019-2020-yillar

4,3 mlrd so‘m

Tibbiyot muassasacining budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

9.

Optimallashtirilayotgan tibbiyot muassasalari, bo‘limlarga tegishli barcha asosiy vositalar, shu jumladan mebel va ofis jihozlari, kompyuter va hisoblash texnikalari, tibbiyot uskunalari va buyumlari, nomoddiy aktivlar va boshqalarni o‘rnatilgan tartibda inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda yangi tashkil etilayotgan davlat tibbiyot muassasalari ixtiyoriga berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

Inventarizatsiya yakunlariga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan davlat tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi bolalar anesteziologiya — reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi doirasida jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2020 — 2023 yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

10.

Homilador, tug‘uvchi, tuqqan ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash maqsadida, respublikadagi tug‘ruqqa yordam beruvchi muassasalarni xalqaro standartlarga muvofiq moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

121,0 mln AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

11.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

Bunda:

maxsus zarur uskunalar bilan jihozlangan 29 ta reanimobillarni xarid qilish;

2020-2021-yillar

2,18 mln AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi

mazkur mobil brigadalari uchun haydovchi shtatlarini kiritish.

2020-2021-yillar

1,8 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari

12.

Bolalar orasida nogironlikni kamaytirish, barkamol avlodni sog‘lom voyaga yetkazish maqsadida:

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2023 yillar

Hisob-kitoblar asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi bolalar sanatoriyalarini ixtisosligini o‘zgartirish orqali surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bolalar uchun bolalar tibbiy reabilitatsiya markazlarini tashkil etish;

Mahalliy budjet mablag‘lari

Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining bolalar bo‘limlarida jismoniy va ruhiy-ijtimoiy rivojlanishdan orqada qolish xavfi bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va ularga individual dastur orqali tibbiy-pedagogik yordam bera oladigan “Ilk yordam xizmatlari” xonasini tashkil etish; ushbu xonalarni kerakli pedagogik va reabilitatsion inventarlar bilan jihozlash.

Davlat budjeti mablag‘lari doirasida

13.

Respublikaning barcha hududiy perinatal markazlari, hududiy bolalar ko‘p tarmoqli markazlari tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini hamda ta’lim olish, malaka oshirish va masofaviy telemeditsinani shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

20,0 mln AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

14.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, imkoniyati cheklangan shaxslar, “Muruvvat”, “Saxovat”, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar va davolash profilaktika muassasalari tarbiyalanuvchilarini quritilgan, vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan qo‘llab-quvvatlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

116,0 mln so‘m


600,0 ming AQSh dollari

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF mablag‘lari

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

III. Sog‘liqni saqlash tizimining onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar salohiyatini kuchaytirish.

15.

Birlamchi tibbiy yordam tizimida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishidagi kadrlarni bosqichma-bosqich tayyorlash va optimallashtirish jarayonida mutaxassisligi o‘zgarayotgan umumiy amaliyot shifokorlarini pediatr va akusher-ginekolog mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘rnatilgan tartibda bepul asosida o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2023-yillar

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

16.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida tibbiyot va farmatsevtik ixtisosliklarining nomenklaturasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan holda reanimatsiya va intensiv davolash hamda bolalar reanimatsiyasi va intensiv davolash ixtisosliklarini (mutaxassisliklar bo‘yicha) kiritish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i

2020-yil 1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

17.

Respublikadagi tug‘ruqqa yordam beruvchi muassasalarni, jumladan viloyat perinatal markazlari va tumanlararo perinatal markazlarning akusher-ginekolog, neonatolog va anesteziolog- reanimatologlarning zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malakasini oshirish yo‘li bilan onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarga akusher-ginekologik, perinatal, neonatal va pediatrik tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar reja asosida

100,0 ming AQSh dollari

YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

18.

Toshkent shahrida tashkil etilayotgan 4-darajadagi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bilan hududiy bolalar tibbiyot muassasalari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazlari xodimlari uchun koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini ochish.

Bunda, bolalar kardioxirurgiyasi, nefrologiyasi, neyroxirurgiyasi, gemato-onkologiyasi, radiologiyasi, plastik xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatsiyasi kabi yo‘nalishlarida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2023-yillar reja asosida

2 mln AQSh dollari

KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (Jaffarov)

19.

Bachadon bo‘yini saratoni profilaktikasi va uni nazorat qilish dasturi doirasida:

kolposkopik tekshiruv bo‘yicha milliy standart ishlab chiqish va tasdiqlash;

birlamchi tizimdagi barcha kolposkopiya bo‘yicha mutaxassislarni bosqichma-bosqich xalqaro standartlar asosida o‘qitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

50,0 ming AQSh dollari

BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

20.

Ayollar va bolalarning ovqatlanishi masalalari bo‘yicha diplomgacha, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim dasturlarini xalqaro va milliy ekspertlarning ishtirokida yangilash, o‘quv qo‘llanmalarini chop etish;

ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida ovqatlanish borasidagi maslahatlarni berish orqali onalar va bolalar patronaj tashriflari samaradorligini oshirish modelini ishlab chiqish;

mazkur model asosida patronaj hamshiralarini o‘qitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar

90,0 ming AQSh dollari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

21.

Aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha tibbiyotda dalillarga asoslangan klinik qo‘llanmalarni ishlab chiqish hamda yangilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2023-yillar

85,0 ming AQSh dollari

JSST, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov)

22.

Xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan xolda ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini mustahkamlash mavzularida ilmiy seminar va konferensiyalar o‘tkazish:

“O‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom genofondini saqlash” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

“Milliy oziq-ovqat tadqiqotlari” natijalari bo‘yicha xalqaro konferensiya;

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi yillik konferensiyalar.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2023-yillar

15,0 ming AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari, homiylik mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova), Akusher-ginekolog va pediatrlar assotsiatsiyasi (kelishuvga asosan)

IV. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlikni shakllantirish va tibbiy madaniyatni oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish.

23.

Aholi o‘rtasida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish. Bunda:

reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ularga qarshi kurashishi to‘g‘risida aholi uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish;

fuqarolarning reproduktiv salomatligi sohasida davlat tomonidan kafolatlar, prinsiplar va asosiy tushunchalar;

fuqarolarning reproduktiv salomatligi sohasida davlat organlarining mas’ulligi, tibbiyot tashkilotlari va mutaxassislarning faoliyati;

yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llash tartibi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilishning profilaktik choralariga alohida e’tibor berish.

Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash

2019 — 2023-yillar

3,5 ming AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Davletov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), “Oila” markazi (Toshmuhamedova), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev)

24.

Maktab o‘quvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni o‘tkazish:

jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Sog‘liqni saqlashga ko‘maklashuvchi maktablar” dasturini respublikaning 3 ta viloyati hamda Toshkent shahrida pilot loyihasini joriy qilish;

milliy dastur asosida o‘smirlar orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bo‘yicha global izlanish o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

34,0 ming AQSh dollari

JSST O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), tegishli hokimliklar

25.

O‘smirlar, ayniqsa o‘smir qizlar reproduktiv salomatligini quyidagi tadbirlar orqali mustahkamlash:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev)

umumta’lim maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish va joriy etish;

2020-yil 1-aprel

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalarining “Qizlar salomatlig� markazi” qoshida reproduktiv salomatlikni targ‘ib qilish borasida ko‘ngillilar (volontyorlar) guruhini tashkil etish va faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish.

2019 — 2021-yillar

20,0 ming AQSh dollari

BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari

26.

Aholi orasida “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyatini tushuntirish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning to‘g‘ri hamda xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash maqsadida ko‘krak suti bilan emizishni targ‘ib qilishning huquqiy asoslari;

ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi ozuqalar marketingini “Ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi marketing Kodeksi”ga asosan boshqarish;

oziqlanish mahsulotlarining kichik yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariga mosligi va xavfsizligi asoslari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2023-yillar davomida, qonun qabul qilingandan keyin

5,0 ming AQSh dollari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Adliya vazirligi (Davletov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), “Oila” markazi (Toshmuhamedova), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev)

27.

Tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish maqsadida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida aholi orasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

mahallalarda olimlar va mutasaddi soha vakillari ishtirokida mavzuga oid interaktiv muloqotlar, savol-javob kechalari va ta’sirchan davra suhbatlarini o‘tkazish;

teleko‘rsatuv, radioeshittirish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari yordamida targ‘ibot ko‘lamini kengaytirish;

tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olish masalalari bo‘yicha risolalar va bukletlar chop etish hamda tarqatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar davomida

32,0 mln so‘m

“Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “Sog‘lom avlod uchun” HQBXXF (Inamova),

(jadval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

Basitxanova E.I.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Kengash raisi o‘rinbosari

Shadmanov A.Q.

Sog‘liqni saqlash vaziri

Izamov R.Sh.

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi

Xo‘jayev B.A.

Iqtisodiyot va sanoat vaziri

Majidov I.U.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Shermatov Sh.X.

Xalq ta’limi vaziri

Allamjonov K.I.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b.

Xadjayev A.D.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

Axmedov A.T.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi

Isakov O.R.

Moliya vaziri o‘rinbosari

Xadjibayev A.M.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

Javlonov Sh.S.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

Inamova S.T.

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi boshqaruv raisi

Xodjimatov M.M.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

Axmedova D.I.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Lyubchich A.S.

Respublika perinatal markazi direktori

Maqsudova D.S.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Karimov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi

Keyingi tahrirga qarang.

Loyiha ilovada keltirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshiriladi.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Kutilayotgan natija

I maqsad. Perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash va zarur uskunalar bilan jihozlash orqali aholini perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish

1.

Tug‘ruqxonalarni jihozlash uchun zarur bo‘lgan uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari ro‘yxatini tuzish.

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarini jihozlash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarining batafsil tavsifi va ro‘yxati shakllantiriladi.

2.

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan suv ta’minotini yaxshilash, xonalarda elektr energiyasi, sovitish va ventilatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida suv nasoslari va rezervuarlari, suvni isitish va yumshatish tizimlari o‘rnatiladi, elektr ta’minoti, sovitish va ventilatsiya tizimlari modernizatsiya qilinadi.

3.

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish.

(Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi).

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ushbu maqsadda jalb qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

4.

Tug‘ruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda o‘rnatilishini ta’minlash.

(Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi).

2020-yil I — III chorak

(reja asosida)

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlanadi.

5.

Tug‘ruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda o‘rnatilishini ta’minlash.

(Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi).

2020-yil I — III chorak

(reja asosida)

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlanadi.

6.

Xarid qilingan tibbiy texnikadan foydalanish bo‘yicha tibbiyot xodimlari uchun treninglar tashkil qilish.

(Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi).

2020-yil II-III chorak

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarining tibbiyot xodimlari yangi tibbiy texnikadan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.

7.

Xalqaro xaridlar bo‘yicha mutaxassisni yollash.

(Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi).

2019-yil IV chorak — 2020-yil II chorak

Xaridlar bo‘yicha loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi va xaridlar o‘tkazilishini shaffofligi ta’minlanadi.

II maqsad. Onalar va go‘daklarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholining o‘z sog‘ligi va ovqatlanishi bo‘yicha ongli ravishda qaror qabul qilishi uchun tibbiy savodxonligini oshirish

8.

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash (shu jumladan uy-joy xo‘jaliklarini o‘rganish orqali).

2019-yil IV chorak

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati mazkur sohada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega 8 ta malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda baholanadi.

9.

Onalar va chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash natijalariga ko‘ra tibbiyot muassasalari va xodimlari salohiyatini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019-yil IV chorak

Onalar va chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq mexanizmlarni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

10.

O‘quv materiallari, ota-onalar uchun qo‘llanmalar, plakatlar va tarqatma materiallarini chop etish hamda treninglar o‘tkazish uchun kanselyariya buyumlarini xarid qilish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Aholining tibbiy savodxonligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

11.

Chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha 15 ta trening o‘tkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

12.

Kam vaznli yoki xastaligi mavjud chaqaloqlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Erta tug‘ilgan chaqaloqlarga yordam ko‘rsatayotgan 5 ta tibbiyot muassasasi xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

13.

Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha 15 ta trening o‘tkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

14.

Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda yuqori sifatli shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Yuqori sifatli shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha 8 ta tibbiyot muassasasida treninglar o‘tkazish.

15.

Anesteziolog — reanimatologlarni ishdan ajralmagan holda o‘qitish orqali onalarga intensiv terapiya yordamini ko‘rsatish bo‘yicha salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak

Anesteziolog — reanimatologlarni onalar kasallanishi va o‘limi holatlarini kamaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

16.

Chaqaloqlarni parvarishlashda qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

2020-yil I-II chorak

40 nafar tibbiyot va rahbar xodimlari uchun treninglar tashkil qilinadi.

17.

Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatishda qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi bo‘yicha treninglar o‘tkazish.

2020-yil I-II chorak

80 nafar tibbiyot xodimlari uchun 4 ta trening tashkil qilinadi.

18.

Chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha o‘qitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak

O‘tkazilgan trening va o‘quv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan o‘zlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi o‘rganiladi.

19.

Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish.

2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak

O‘tkazilgan trening va o‘quv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan o‘zlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi o‘rganiladi.

20.

Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda o‘qitish orqali chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish.

2020-yil I — IV chorak

8 ta tibbiyot muassasasi xodimlarini chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

21.

Bemorlarning kritik holatini tahlil qilish amaliyotini joriy etish.

2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak

8 ta tibbiyot muassasasi xodimlariga bemorlarning kritik holatini tahlil qilish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.

22.

Perinatal audit amaliyotini joriy etish.

2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak

40 nafar tibbiyot xodimlari perinatal audit o‘tkazish bo‘yicha o‘qitiladi.

23.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining rahbar xodimlarini salohiyatini oshirish.

2019-yil IV chorak, 2020-yil I chorak

20 nafar rahbar xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

24.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining tibbiy xodimlari salohiyatini oshirish.

2020-yil I — IV chorak

63 nafar tibbiy xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

25.

Tajriba almashish va o‘quv tashriflarini amalga oshirish.

2020-yil I va IV choraklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida loyiha ishtirokchilari, ijrochilari va kuzatuvchilar o‘rtasida tajriba almashuvi yo‘lga qo‘yiladi.

26.

Tibbiy xizmat sifati bo‘yicha hisobot berish mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy qilish va doimiy yuritilishini ta’minlash.

2020-yil I — IV chorak

Tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi va uni yuritish uchun 24 nafar tibbiyot xodimi o‘qitiladi.

27.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasini amalga oshirish jarayonining monitoringi (Muvofiqlashtiruvchilar YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari).

Loyihani amalga oshirishning to‘liq davrida

Loyiha bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanadi.

28.

Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yakuniy baholash (shu jumladan uy-joy xo‘jaliklarini o‘rganish orqali).

2020-yil III chorak

Loyihani amalga oshirish natijasida tibbiy xizmat sifatining o‘zgarishi o‘rganiladi va baholanadi.