Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 15.10.2019 yildagi 964-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 981-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“981. Uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar yohud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ovozlarni qayta sanab chiqilishini soʻrab tegishli okrug saylov komissiyasiga, okrug saylov komissiyasi tomonidan saylov okrugi boʻyicha saylov natijalari yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar asoslarni keltirgan holda, murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli okrug saylov komissiyasi murojaatni darhol koʻrib chiqadi. Agar murojaatda keltirilgan vajlar asosli deb topilsa, okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasida ovozlarni qayta sanab chiqish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasining kamida bir nafar aʼzosi ishtirokida tegishli saylov uchastkasida saylov byulletenlarini qayta sanab chiqadi. Ovozlarni dastlabki sanab chiqish chogʻida xatolikka yoʻl qoʻyilgani aniqlansa, uchastka saylov komissiyasi aniqlangan xatoliklarni tuzatadi. Bu haqida majlis oʻtkazib, dastlabki bayonnomani bekor qilish asoslarini koʻrsatgan holda qaror qabul qiladi hamda yangi qaror bilan tuzatilgan bayonnomani tasdiqlaydi. Hamma tanishib chiqishi uchun osib qoʻyilgan dastlabki bayonnoma darhol yangisi bilan almashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar saylov byulletenlarini qayta sanab chiqish natijasiga koʻra dastlabki natijalar toʻgʻri boʻlganligi aniqlansa, bu haqda bayonnoma tuziladi va oʻqib eshittiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, murojaatda keltirilgan vajlar okrug saylov komissiyasi tomonidan asossiz deb topilsa, bu haqda murojaatchi xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi ushbu Nizomning 98-bandi birinchi xatboshida belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar yoxud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari qayta ovozlarni sanab chiqish natijalaridan ham norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovozlarni takroran qayta sanab chiqish yuqori turuvchi saylov komissiyasi yoki sudning qaroriga asosan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda yuqori turuvchi saylov komissiyasi aʼzosi ishtirokida amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais M. ABDUSALOMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 15-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
964-son