Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2010 16.02.1995 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2010
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING MEHNATNI MUHOFAZA QILISh BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mehnat vazirligining Toshkent mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutiga respublika tashkiloti maqomini berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 16-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 16-fevraldagi 58-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish to‘g‘risida” 1994-yil 7-noyabrdagi 538-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish masalalarida bosh organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ bazani takomillashtirishga oid takliflarni hamda mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona talablarni ishlab chiqish va Hukumatga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika organlari bilan birgalikda Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olish va hisobot shakllariga oid metodika hamda takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatkashlarni yakka tartibda va jamoani himoyalash vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish priborlarining ishlab chiqilishi, ishlab chiqarilishi va ular bilan ta’minlash ustidan nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini olib borish va hamma joyda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirish Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalaridagi tegishli bo‘linmalar zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tashkil etilgan bo‘linmalar faoliyati, shu jumladan, mehnatni muhofaza qilish qoida va normalariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda tekshirish masalalarida, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan rioya qilinishini va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maqsadli va tarmoq dasturlarining ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tarmoqlararo normativ hujjatlar, standartlar, qoidalar va qonun hujjatlari loyihalarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va zarur bo‘lgan hollarda bekor qilinishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Mehnat vazirligining respublika Hukumatiga mehnatni muhofaza qilishning ahvoli, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablari to‘g‘risidagi axborotini, ularni bartaraf qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflar bilan tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor organlari bilan birgalikda sanoat korxonalari mahsulotlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatsiyalash bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat sharoitlari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilishini nazorat qiladi va uning natijalari bo‘yicha xulosalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent respublika mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Davlat mehnat sharoitlari ekspertizasi markaziy laboratoriyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari orqali mehnatni muhofaza qilishning targ‘ib qilinishini uyushtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mehnat vazirligi oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish masalalari bilan tanishish maqsadida vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar ishlarini tekshirish, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarga mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tanishish maqsadida to‘siqsiz kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalari bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini tekshirish o‘tkazishga jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarga, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga tekshirish vaqtida aniqlangan mehnatni muhofaza qilishdagi qoida buzilishlarni bartaraf qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga xavfsizlik texnikasi hamda ishlarni xavf-xatarsiz amalga oshirish bo‘yicha qoidalar, normalar, standartlarning buzilish holatlarini bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslar mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganliklari uchun ularga eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solish (1995-yil 1-apreldan kuchga kiritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika organlari bilan birgalikda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ko‘rsatkichlari va ularni hisobga olish shakllarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika organlaridan, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalardan va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan mehnatni muhofaza qilishning ahvoli to‘g‘risida zarur axborotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi normativ-metodik va normativ-texnik hujjatlarning loyihalarini, ishlarni tashkil qilish va mehnatni muhofaza qilish xizmatlari to‘g‘risidagi nizomlarni, qurilish normalari va qoidalarining mehnatni muhofaza qilishga doir bo‘limlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, kelishish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi va rekonstruksiya qilingan ishlab chiqarish obyektlarini qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy o‘quv yurtlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlab chiqarishda davlat imtihon komissiyalari ishida ishtirok etish.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 2-son,4-modda)