Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 11.09.2019 yildagi 932-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Hujjat 11.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais M. ABDUSALOMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 11-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
932-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 932-son qaroriga
1-ILOVA

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini shakllantirishda tavsiyaviy xaraktyerga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganda komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va 6 — 8 nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va 6 — 8 nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari tuman, shahar kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining aʼzolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5 — 19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Zarur boʻlgan hollarda uchastka saylov komissiyasining son tarkibi okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzolari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa saylov komissiyalarining aʼzolari, siyosiy partiyalarning aʼzolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining qolgan yarmini shakllantirishda quyidagi zaxiralardan foydalanish tavsiya etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari (Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar ittifoqi, Nogironlar jamiyati, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va boshqalar) vakillari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy bilim va malakaga ega shaxslar (yuriskonsultlar, advokatlar, h.k.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati kompyuter dasturlari bilan ishlash uchun har bir okrug va uchastka saylov komissiyasi tarkibida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida bilim va amaliy koʻnikmaga ega kamida ikki nafar shaxs (asosiy va zaxira) boʻlishi tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Saylov komissiyalari tarkibida, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida, ayol va erkaklarning teng vakilligini taʼminlashga eʼtibor qaratilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan soʻng uch kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining reglamentlarida belgilangan tartibda ularning majlislarida muhokama etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Okrug saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori komissiyaning rasmiy veb-saytida oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi. Qaror boshqa manbalarda ham eʼlon qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Halq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan soʻng 3 kun ichida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari reglamentlarida belgilangan tartibda ularning majlislarida muhokama etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan soʻng uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21 va 22-moddalarida belgilangan tartibda fuqarolar yigʻinida yoki fuqarolar vakillarining yigʻilishida yoxud fuqarolar yigʻini kengashida muhokama etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muhokama natijalariga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etish toʻgʻrisida Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi qarori qabul qilinadi va tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasiga yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etish toʻgʻrisidagi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari yigʻilishi, fuqarolar yigʻini kengashi) majlisi bayoni (namunaviy shakli mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan) qabul qilinadi va tuman, shahar saylov komissiyasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasining tarkibi tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasining qarori bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasining tarkibi tegishli tuman, shahar saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Okrug saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qarori komissiyaning rasmiy veb-saytida, shuningdek mahalliy matbuotda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Saylov kampaniyasi eʼlon qilinganidan keyin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz tashabbusiga koʻra yoki Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining yoxud tuman, shahar saylov komissiyalarining takliflariga asosan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Saylov uchastkalari tuzilganidan keyin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan — fuqarolar yigʻinida yoki fuqarolar vakillarining yigʻilishida yoxud fuqarolar yigʻini majlisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan — mehnat jamoalari yigʻilishida uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zaxirasi muhokama qilinadi hamda saylovga kamida 50 kun qolganida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga koʻrib chiqish uchun taklif qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlari 5 kunlik muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflarni oʻz majlislarida reglamentda belgilangan tartiba muhokama etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhokama natijalariga koʻra uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib va oʻsha kunning oʻzida tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilayotgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Harbiy qismlarda, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari saylovga kamida 7 kun qolganda tuzilsa, okrug saylov komissiyalariga saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror ham taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tavsiya etilgan uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan saylovchilar soniga nisbatan belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Uchastka saylov komissiyasining tarkibi tegishli okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Uchastka saylov komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi okrug saylov komissiyasining qarori mahalliy matbuotda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasini shakllantirish tartibi Markaziy saylov komissiyasining alohida nizomi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Okrug va uchastka saylov komissiyasi tarkibidan chiqarish yoki tarkibini oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Quyidagi hollarda okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi oʻz arizasiga yoki uni komissiya aʼzosi etib tasdiqlagan organning qaroriga koʻra komissiya tarkibidan chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa saylov komissiyasi tarkibiga saylanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiyaga aʼzo boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanganda (tasdiqlanganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura yoki sudga masʼul lavozimga tayinlanganda (saylanganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya aʼzosining yaqin qarindoshlari (farzand, ota-ona, aka-uka, opa-singil, bobo, buvi) yoki komissiya aʼzosi bevosita buysunuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib roʻyxatga olinganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyasi aʼzosi oʻz xohishiga binoan bergan arizasiga koʻra boshqa hollarda ham uni komissiya aʼzosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib roʻyxatga olingan saylov komissiyasi aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Komissiya aʼzosi Saylov kodeksi talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga muntazam ravishda eʼtiborsizlik qilgan taqdirda, u komissiya aʼzosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan vakolatlaridan mahrum etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda komissiya aʼzosining Saylov kodeksi talablarini buzganligi yoki zimmasidagi majburiyatlarga muntazam ravishda eʼtiborsizlik qilganligiga oid holat u aʼzo boʻlgan saylov komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Komissiya aʼzosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqarilgan yoki saylov komissiyasi aʼzolarining soni koʻpaytirilgan hollarda komissiyaning yangi aʼzosi mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug hamda uchastka saylov komissiyalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha yoʻriqnomaga

_________ viloyati __________ tuman (shahar) “____________” fuqarolar yigʻini
‎ (fuqarolar vakillarining yigʻilishi, fuqarolar yigʻini kengashi)
‎______-son BAYoNI ‎‎

‎‎2019-yil “___” ___________

‎‎__________________________
(oʻtkazilgan joy nomi)

‎Raislik qiluvchi:
‎Ishtirok etdi:
‎Taklif etilganlar:
‎‎fuqarolar yigʻini raisi, F.I.Sh
‎(nafar vakillar, nafar kengash aʼzolari)
‎(korxona, tashkilot va muassasalar nomi toʻliq yoziladi)

‎‎KUN TARTIBI:

‎‎1. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasiga asosan xalq deputatlari ______________ tuman (shahar) Kengashiga saylov oʻtkazuvchi ______ _____________okrugi saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni
tavsiya ‎‎etish toʻgʻrisida.

(soni) ‎

(nomi)‎

‎‎Kun tartibiga qoʻyilgan masala boʻyicha fuqarolar yigʻini raisi (yoki boshqa raislik etuvchi) soʻzga chiqib, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayoni boshlanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasiga koʻra, xalq deput�tlari tuman (shahar) Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalarining aʼzolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanishi, ushbu Kodeksning 25-moddasiga asosan, yigirma bir yoshga toʻlgan, qoida tariqasida saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkinligini taʼkidlab oʻtdi.
‎Kun tartibiga qoʻyilgan masala boʻyicha yigʻilganlarning fikr va mulohazalari muhokama qilinib, yigʻilish

‎‎‎QAROR QILADI:

‎‎1. Xalq deputatlari __________ tuman (shahar) Kengashiga saylov oʻtkazuvchi ______ ________________ okrugi
saylov‎‎ komissiyasi aʼzoligiga “_____________” fuqarolar

‎‎(soni)

(nomi)
‎‎yigʻini tomonidan quyidagi nomzodlar tavsiya etilsin.

T/r‎

Familiyasi, ismi, otasining ismi
‎(toʻliq yoziladi)‎‎

Ish joyi, lavozimi, yashash manzili ‎‎

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

‎‎
‎‎2. Mazkur qarorning asl nusxasi ______________________ tuman (shahar) saylov komissiyasiga taqdim etilsin.
‎3. Qaror nusxasi fuqarolar yigʻini yigʻma jildiga tikib qoʻyilsin.
‎4. Ushbu qaror ijrosini taʼminlashni oʻz zimmamda qoldiraman.
‎‎Fuqarolar yigʻini raisi
(yoki uning maslahatchisi)

___________
‎(imzo)‎‎

________________________
‎(F.I.Sh.)‎‎

‎‎Masʼul kotib:

‎‎___________
‎‎(imzo)‎‎

‎‎________________________
‎‎(F.I.Sh.)‎‎

M.Oʻ. ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining saylovchilar soniga nisbatan belgilanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEʼYORLARI

T/r

Saylovchilar soni

Aʼzolar soni

1.

200 nafargacha

5 — 7 nafar

2.

201 — 500

7 — 9 nafar

3.

501 — 1000

9 — 11 nafar

4.

1001 — 1500

11 — 13 nafar

5.

1501 — 2000

13 — 15 nafar

6.

2001 — 2500

15 — 17 nafar

7.

2501 va un�an yuqori

17 — 19 nafar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

Zarur hollarda, uchastka saylov komissiyalari aʼzolari soni hududda saylovchilar joylashuvi masofasi va boshqa asosli sabablarga koʻra yuqori turuvchi saylov komissiyalari bilan kelishilgan holda tegishli komissiya qarorlari asosida koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin (5 — 19 aʼzo doirasida).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 932-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi 852-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 27-maydagi 915-son qarori.