30.09.2019 yildagi 833-son
Hujjat 31.10.2020 sanasi holatiga
Hujjat 13.01.2024 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
qarori
Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarini amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kooperatsiyani rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va kichik tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalari va kooperatsiya birjasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kooperatsiyani rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va kichik tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya portalini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qaroriga muvofiq davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan elektron kooperatsiya birjasi portali ishlab chiqilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son hamda “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-14-son qarorlariga muvofiq davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) ishlab chiqilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
3. Belgilansinki:
portal faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga yuklanadi;
portal faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuklanadi;
portalni ishlab chiqish va doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar grantlari, homiylik hayriyalari hamda portal orqali tuziladigan shartnomalardan undiriladigan vositachilik haqi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining faoliyati xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari grantlari, donorlik mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga portal faoliyatiga oid quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga portal faoliyatiga oid quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
respublikada sanoat mahsulotlari, shu jumladan mahalliylashtirilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni sotish yoki sotib olish boʻyicha shartnomalarni tuzish uchun portalda sharoitlar yaratish;
respublikada sanoat mahsulotlari, shu jumladan mahalliylashtirilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni sotish yoki sotib olish boʻyicha shartnomalarni tuzish uchun portalda sharoitlar yaratish;
portalda xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida munosabatlarning erkinligini va shartnomalarni tuzish shaffofligini taʼminlovchi mexanizmlarni tatbiq qilish;
portalda xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida munosabatlarning erkinligini va shartnomalarni tuzish shaffofligini taʼminlovchi mexanizmlarni tatbiq qilish;
respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda portalga joylashtirish.
respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda portalga joylashtirish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet va korporativ buyurtmachilar, shuningdek, strategik xarid qiluvchilar bilan birgalikda ularning kelgusi davr uchun davlat xaridlari reja-jadvallarining portalga muntazam ravishda kiritib borilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet va korporativ buyurtmachilar, shuningdek, strategik xarid qiluvchilar bilan birgalikda ularning kelgusi davr uchun davlat xaridlari reja-jadvallarining portalga muntazam ravishda kiritib borilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har uch oyda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xarid faoliyatiga jalb qilish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning sanoat yarmarkalari oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har uch oyda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xarid faoliyatiga jalb qilish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning sanoat yarmarkalari oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
Bunda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, mahsulotlarni zamonaviy dizayn asosida joylashtirishni hamda buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarning onlayn tarzda portal orqali tuzilishini nazarda tutsin.
Bunda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, mahsulotlarni zamonaviy dizayn asosida joylashtirishni hamda buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarning onlayn tarzda portal orqali tuzilishini nazarda tutsin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalarida respublikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etadiganlar 2-ilovaga muvofiq vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taʼminlanadi;
muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalarida respublikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etadiganlar 2-ilovaga muvofiq vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taʼminlanadi;
mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar respublikaning barcha isteʼmolchilari uchun tenderlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri elektron kooperatsiya birjasi portali orqali xarid qilinadi.
mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar respublikaning barcha isteʼmolchilari uchun tenderlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri elektron kooperatsiya birjasi portali orqali xarid qilinadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi korxonalar ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan sanoat yarmarkalarida koʻrgazmali ishtirok etishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi korxonalar ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan sanoat yarmarkalarida koʻrgazmali ishtirok etishini taʼminlasinlar.
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda sanoat yarmarkalarini muntazam ravishda oʻtkazib borish joyi toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda sanoat yarmarkalarini muntazam ravishda oʻtkazib borish joyi toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi bozorlar konyunkturasini doimiy oʻrgangan holda, import ulushi yuqori boʻlgan mahsulotlarni kelgusida respublikada ishlab chiqarilishini nazarda tutuvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi bozorlar konyunkturasini doimiy oʻrgangan holda, import ulushi yuqori boʻlgan mahsulotlarni kelgusida respublikada ishlab chiqarilishini nazarda tutuvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
2019-yil 30-sentabr,
833-son
833-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qaroriga
1-ILOVA
Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avans — xarid qilish jarayonida buyurtmachi va yetkazib beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladigan, jumladan tomonlarning zakalatlari (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va operatorning vositachilik yigʻimi oʻz ichiga olgan moliyaviy mablagʻlar summasi;
buyurtmachi — elektron kooperatsiya birjasi portalida tovarlarni xarid qiluvchi yuridik shaxs;
yetkazib beruvchi — taklif etilgan shartlarda oʻzining elektron kooperatsiya birjasi portalida qatnashib, savdolarda gʻolib chiqqan taqdirda, oʻzi ishlab chiqargan tayyor tovarlarni yetkazib berish niyatini bildirgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning dilerlari;
agent — buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarga topshiriq shartnomasi asosida ularning elektron kooperatsiya birjasi portalida qatnashishini taʼminlashga doir professional xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxs;
xarid shartnomasi — xaridlar boʻyicha huquq va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi elektron tartibda tuziladigan bitim;
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi;
shaxsiy idoraviy kabinet — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining elektron kooperatsiya birjasi portalidagi shaxsiy sahifasi boʻlib, unda tegishli individual login va parollarni qoʻllash orqali zarur maʼlumotlar joylashtiriladi;
shaxsiy kabinet — buyurtmachi yoki yetkazib beruvchining elektron xaridlarda ishtirok etishi, shuningdek, zarur axborotni joylashtirishi yoki olish imkoniyati taqdim etiladigan elektron kooperatsiya birjasi portalidagi shaxsiy sahifasi;
reja-jadval — elektron kooperatsiya birjasi portalida joylashtiriladigan tovarlar xaridlari hajmi va muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKKP deb ataladi) — kliring elektron tizimi orqali elektron kooperatsiya birjasi portalida tuzilgan xarid shartnomalari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi operatorning tarkibiy boʻlinmasi;
elektron kooperatsiya birjasi portali — operatorning davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan, shu jumladan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni joylashtirish, undan foydalanish hamda elektron savdo yarmarkalarini oʻtkazishni taʼminlaydigan elektron platformasi;
davlat xaridlari maxsus axborot portali — davlat xaridlari oʻtkazilishini, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va koʻrilishini, shuningdek elektron davlat xaridlari oʻtkazilishini taʼminlovchi veb-sayt va maxsus elektron platforma.
3. Elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish ushbu nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Elektron kooperatsiya birjasi portali quyidagilarni taʼminlaydi:
a) bir necha mezonlar va koʻrsatkichlar boʻyicha izlash imkoniyatiga ega boʻlgan, muntazam yangilab boriladigan hamda quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va joylashtirishni:
10 ta belgidan iborat TIF TN kodlari bilan oʻzaro bogʻliqlikda har bir mahsulot turi boʻyicha tovar bozorining hajmi (ishlab chiqarish, import, eksport hajmi) toʻgʻrisida;
mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi, ularning texnik va narx koʻrsatkichlari toʻgʻrisida;
buyurtmachilarning kelgusi davr uchun xarid reja-jadvallari toʻgʻrisida;
mahalliy korxonalar negizida ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan istiqbolli mahsulot turlari roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan;
b) korxonalar tomonidan kerakli shakllar onlayn rejimida mustaqil toʻldirilishi orqali mahalliy korxonalar uchun axborot maʼlumotlar bazasiga bepul kiritilishini;
v) yetkazib beruvchilar bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻrtasida interaktiv hamkorlik qilish imkoniyatini;
g) davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan davlat xaridlari boʻyicha integratsiyasini;
d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini.
2-bob. Elektron kooperatsiya birjasi portali ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
5. Operator elektron kooperatsiya birjasi portalida joylashtiriladigan maʼlumotlarga texnologik va axborot xavfsizligini taʼminlash talablarini belgilash huquqiga ega. Shuningdek, operator qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
6. Operatorning majburiyatlari:
elektron kooperatsiya birjasi portalining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
elektron kooperatsiya birjasi portalida tuzilgan shartnomalar reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
elektron kooperatsiya birjasi portalida joylashtirilgan axborotning yaxlitligini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
elektron kooperatsiya birjasi portalini bosqichma-bosqich takomillashtirish, logistika, marketing va boshqa axborot tizimlariga ulash kabi xizmatlar majmuasini kengaytirish;
maʼlumotlar bazasida axborotni elektron kooperatsiya birjasi portaliga joylashtirilgan davrdan boshlab besh yil mobaynida saqlash;
davlat buyurtmachilarining elektron kooperatsiya birjasi portali orqali tuzilgan shartnomalarini davlat xaridlari maxsus axborot portaliga avtomatik rejimda yuborilishini taʼminlash.
Elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyati doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarishi mumkin.
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari quyidagi maʼlumotlarni elektron kooperatsiya birjasi portaliga oʻz vaqtida kiritishni, uning ishonchliligi, toʻliqligini va yangilab borilishini taʼminlaydilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzstandart” agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan sanoat mahsulotlarining import va eksport hajmi haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda ustav fondi (kapitali)dagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallari va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari xaridi toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan oʻzlashtirilishi istiqbolli mahsulot turlari toʻgʻrisidagi.
8. Barcha foydalanuvchilar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun ochiq axborotdan foydalanishda yoki uchinchi shaxslarga berishda majburiy tarzda elektron kooperatsiya birjasi portaliga havola qilgan holda, uning ishonchliligini taʼminlashga majbur.
3-bob. Elektron kooperatsiya birjasi portalida axborotni joylashtirish tartibi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan elektron kooperatsiya birjasi portaliga ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari turlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish mazkur nizomga 2-ilovadagi jadvallarga asosan amalga oshiriladi.
10. Buyurtmachilar (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va yetkazib beruvchilar elektron kooperatsiya birjasi portaliga elektron raqamli imzo yordamida elektron roʻyxatdan oʻtish orqali kiritiladi.
11. Budjet buyurtmachilari elektron kooperatsiya birjasi portaliga davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va operator oʻrtasida axborot almashuvi yoʻli bilan kiritiladi.
12. Elektron kooperatsiya birjasi portalida joylashtirilgan xaridlar reja-jadvali quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
xarid predmeti va miqdori;
xarid qilish oyi;
buyurtmachining nomi va manzili;
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari;
tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari.
13. Yetkazib beruvchilar elektron kooperatsiya birjasi portaliga ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
taklif etilayotgan tovarlar nomi;
sotish narxi;
tovarning eng koʻp va eng kam toʻpi;
tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
oʻzi ishlab chiqargan tovarning fotosurati;
tovar yetkazib beriladigan hudud;
kafolat shartlari va muddati haqida maʼlumot;
tovarning ishlab chiqarilgan yil;
tovarning yaroqlilik muddati;
yetkazib berish muddati;
elektron kooperatsiya birjasi portalidagi taklifning boshlanish va tugash sanasi;
zarur boʻlganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot.
4-bob. Elektron kooperatsiya birjasi portali orqali xaridlarni amalga oshirish tartibi
14. Buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar xaridlarda ishtirok etishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga avans joylashtiradi.
Avans miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
15. Buyurtmachilar (davlat buyurtmachilari bundan mustasno) elektron kooperatsiya birjasi portalida tovar joylashtirgan yetkazib beruvchilar bilan elektron tarzda shartnoma tuzadi.
16. Davlat buyurtmachilari elektron kooperatsiya birjasi portalida yetkazib beruvchilarning takliflarini oʻrganish orqali oʻzi uchun maqbul boʻlgan tovarni tanlaydi va majburiy tartibda narxlar soʻrovi mexanizmidan foydalanadi.
Elektron kooperatsiya birjasi portali avtomatik tarzda ofertani taklif etgan yetkazib beruvchiga hamda ushbu portalda oʻxshash tovarni taklif etayotgan boshqa yetkazib beruvchilarga narx soʻrovini yuboradi.
Yetkazib beruvchilar elektron kooperatsiya birjasi portali tomonidan narx soʻrovi yuborilgan paytdan boshlab qirq sakkiz soat ichida pastroq narx takliflarini berishga haqli.
Yetkazib beruvchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslash elektron kooperatsiya birjasi portali tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Elektron kooperatsiya birjasi portalida shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan yetkazib beruvchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda yetkazib beruvchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiriladi.
17. Elektron kooperatsiya birjasi portalida tuzilgan bitim roʻyxatga olinadi, buyurtmachi va yetkazib beruvchining shaxsiy hisobvaragʻidan operatorning vositachilik toʻlovi yechib olinadi. Bitimni roʻyxatga olish ushbu portalda shartnomani shakllantirish va unga oʻziga xos raqam berish bilan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasida ERIdan foydalangan holda elektron kooperatsiya birjasi portalida tuzilgan shartnoma tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.
18. Operator davlat buyurtmachilarining shartnomalari boʻyicha maʼlumotni avtomatik rejimda davlat xaridlari maxsus axborot portaliga yuboradi. Davlat xaridlari maxsus axborot portali shartnoma maʼlumotlarini davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritadi.
19. Tomonlar shartnomani bajarishni rad etganda yoki uni bajarishdan boshqacha tarzda bosh tortganda, buyurtmachi yoki yetkazib beruvchi sudga murojaat etish huquqiga ega.
20. Cud qaroriga asosan buyurtmachi yoki yetkazib beruvchining zakalati jarima sifatida buyurtmachi yoki yetkazib beruvchining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
21. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birja portali faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Muddat


1-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

“Oʻzstandart” agentligi

Portalni yaratish hamda statistika, bojxona, sertifikatlashtirish, soliq, moliya organlari maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalash.

2019-yil
5-oktabrgacha


2-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

“Oʻzstandart” agentligi

Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari turlari, hajmi, texnik tavsiflari, sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida;

import qilinayotgan va eksportga yoʻnaltirilayotgan mahsulotlar turlari va hajmi toʻgʻrisida;

talab yuqori boʻlgan va oʻzlashtirilishi tavsiya etilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar roʻyxatini Portalga joylashtirish.

2019-yil

15-oktabrgacha


3-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi

Buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron savdo maydonchasini toʻlaqonli ishga tushirish va doimiy ishlashini taʼminlash.

2019-yil

1-noyabrgacha va keyinchalik doimiy


4-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

ustav fondi (kapitali)dagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar

Kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallari va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari xaridi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga joylashtirish.

Hisobot davri yakuni bilan


5-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzstandart” agentligining hududiy boʻlinmalari

Respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻri va haqqoniy kiritilishini taʼminlash va uni oʻz vaqtida yangilab borish.

Muntazam

Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA



1-jadval

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida
MAʼLUMOT

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

TN TIF
kodi

Mahsulotlarning
(tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri
(pochta manzili)

Telefon raqami




2-jadval

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT*

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

Mahsulotlarning
(tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqarish hajmi

Oʻrtacha yillik ishlab chiqarish quvvati

miqdori

hajmi,
ming soʻm

* maʼlumotlar har oy yakuni bilan yirik korxonalar boʻyicha va yil yakuni bilan barcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar boʻyicha yangilanib boriladi.



3-jadval

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT**

TN TIF
kodi

Mahsulot nomi

Oʻlchov
birligi

Eksport hajmi

Import hajmi

miqdori

ming
AQSH doll.

miqdori

ming
AQSH doll.

** maʼlumotlar har hisobot davri yakuni bilan yangilanib boriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qaroriga
1-ILOVA
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Elektron kooperatsiya portali) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avans — xarid qilish jarayonida buyurtmachi va yetkazib beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladigan, jumladan, tomonlarning zakalatlari (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablagʻlar summasi;
buyurtmachi — Elektron kooperatsiya portalida tovarlarni xarid qiluvchi yuridik shaxs;
yetkazib beruvchi — taklif etilgan shartlarda oʻzining Elektron kooperatsiya portalida qatnashib, savdolarda gʻolib chiqqan taqdirda, oʻzi ishlab chiqargan tayyor tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) yetkazib berish niyatini bildirgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning dilerlari;
agent — buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarga topshiriq shartnomasi asosida ularning Elektron kooperatsiya portalida qatnashishini taʼminlashga doir professional xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxs;
xarid shartnomasi — xaridlar boʻyicha huquq va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi elektron tartibda tuziladigan bitim;
raqamli ekotizim operatori — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi;
shaxsiy kabinet — buyurtmachi yoki yetkazib beruvchining elektron xaridlarda ishtirok etishi, shuningdek, zarur axborotni joylashtirishi yoki olishi imkoniyati taqdim etiladigan, individual login va parollarni koʻllash orqali foydalaniladigan Elektron kooperatsiya portalidagi shaxsiy sahifasi;
reja-jadval — Elektron kooperatsiya portalida davlat buyurtmachilari tomonidan joylashtiriladigan tovarlar tavsifi, xaridlar hajmi va muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali Elektron kooperatsiya portalida tuzilgan xarid shartnomalari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi operatorning tarkibiy boʻlinmasi;
Elektron kooperatsiya portali — operatorning davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan, shu jumladan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni joylashtirish, ulardan foydalanish hamda elektron savdo yarmarkalari va xaridlarni oʻtkazishni taʼminlaydigan elektron platformasi;
oʻxshash tovarlar — funksional maqsadi, qoʻllanilishi, sifati va texnik xususiyatlari boʻyicha taqqoslanadigan, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodining (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) dastlabki 4 ta raqami bir xil boʻlgan tovarlar;
davlat xaridlari maxsus axborot portali — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma).
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron tijorat platformasini takomillashtirish choralarini koʻradi va doimiy ishlashini taʼminlaydi.
4. Elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) quyidagilarni:
a) bir necha mezonlar va koʻrsatkichlar boʻyicha izlash imkoniyatiga ega boʻlgan, muntazam yangilab boriladigan hamda quyidagilar:
10 ta belgidan iborat TIF TN kodlari bilan oʻzaro bogʻliqlikda har bir mahsulot turi boʻyicha tovar bozorining hajmi (ishlab chiqarish, import, eksport hajmi) toʻgʻrisidagi;
mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi, ularning texnik va narx koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi;
buyurtmachilarning kelgusi davr uchun xarid reja-jadvallari toʻgʻrisidagi;
mahalliy tashkilotlar negizida ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan istiqbolli mahsulot turlari roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va joylashtirishni;
b) tashkilotlar tomonidan kerakli shakllar onlayn rejimida mustaqil toʻldirilishi orqali mahalliy tashkilotlar uchun axborot maʼlumotlar bazasiga bepul kiritilishini;
v) yetkazib beruvchilar bilan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari oʻrtasida interaktiv hamkorlik qilish imkoniyatini;
g) davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan davlat xaridlari boʻyicha integratsiyasini;
d) davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini;
e) mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar reyestri yuritilishini va jamoatchilikka ochiqlanishini taʼminlaydi.
2-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash tartibi
5. Mahalliy ishlab chiqaruvchi amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilgan yoki mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablariga mos keluvchi yuridik shaxs.
6. Amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi quyidagilar orqali aniqlanadi:
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtganligi;
iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (IFUT) boʻyicha tashkilot (ikki va undan ortiq faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno) faoliyat yuritishi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning muvofiqlik sertifikati (agar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa) mavjudligi;
litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻlgan taqdirda, ushbu faoliyat uchun talab qilingan litsenziyaning mavjudligi;
tashkilot mulki boʻlgan yoki ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan ishlab chiqarish maydoni mavjudligi;
tashkilot mulki boʻlgan yoki ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan asbob-uskunalar mavjudligi;
tashkilotda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, jumladan, ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlar mavjudligi.
Bunda Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha hokimlarning yordamchilari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishliligi boʻyicha sohaviy tarmoq xoʻjalik birlashmalari mutaxassislarini jalb qilgan holda amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash ishlari doimiy ravishda amalga oshiriladi.
7. Portalga joylashtiriladigan mahsulotning mahalliylashtirish darajasi kamida 30 foiz boʻlishi lozim.
Bunda mahalliylashtirish darajasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish va hisobot tizimini yuritish hamda ushbu jarayonda davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandiga muvofiq aniqlanadi.
Yetkazib beruvchi Portalga ariza bilan birgalikda yetkazib beriladigan mahsulotlar boʻyicha mahalliylashtirishning belgilangan minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Yetkazib beriladigan mahsulotlar boʻyicha mahalliylashtirishning belgilangan minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik yetkazib beruvchiga yuklanadi. Operator yetkazib beruvchining maʼlumotlari toʻgʻriligini nazorat qilish yoki tekshirishga haqli emas.
Davlat buyurtmachilari, raqobatchi-yetkazib beruvchilar va davlat organlarida mahalliylashtirish darajasi boʻyicha yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga shubha tugʻilgan taqdirda, ular maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun soliq organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Yetkazib berilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirishning minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisida yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchsiz deb topilgan taqdirda, bunday yetkazib beruvchi Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasining qaroriga koʻra insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestriga kiritiladi.
Insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestriga kiritilgan yetkazib beruvchilar avtomatik ravishda Portaldan chiqariladi.
Portal insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestrini eʼlon qilinishi va muntazam ravishda yangilanib borilishini taʼminlaydi.
8. Zarur boʻlganda yuridik shaxslar muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun talab etiladigan texnik hujjatlarni (texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari) taqdim etadi.
3-bob. Elektron kooperatsiya portali ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
9. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Portalda joylashtirilgan maʼlumotlarga texnologik va axborot xavfsizligini taʼminlash talablarini belgilash;
buyurtmachi tomonidan xaridlarni amalga oshirish toʻgʻrisida eʼlon va xaridlar reja-jadvallari joylashtirilmagan hollarda xaridlarni amalga oshirish natijalari haqidagi axborotni chop etish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Operatorning majburiyatlari:
Portalning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Portalda mavjud boʻlgan axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning bepul erkin foydalanishini taʼminlash;
integratsiya masalalari hamda davlat axborot tizimlari va davlat elektron axborot resurslari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus vakolatli organ bilan hamkorlikni amalga oshirish;
xaridlar natijalari boʻyicha tovarlar, ishlar, xizmatlar narxlari maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yangilab borish;
Portalda tuzilgan shartnomalar reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
Portalda joylashtirilgan axborotning yaxlitligini taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda axborotdan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Portalni bosqichma-bosqich takomillashtirish, logistika, marketing va boshqa axborot tizimlariga ulash kabi xizmatlar majmuasini kengaytirish;
maʼlumotlar bazasida axborotni Portalga joylashtirilgan davrdan boshlab besh yil mobaynida saqlash;
davlat buyurtmachilarining Portal orqali tuzilgan shartnomalari davlat xaridlari maxsus axborot portaliga avtomatik rejimda yuborilishini taʼminlash;
buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar uchun HKKPda alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochish;
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etish;
maʼlumotlari yetarli boʻlmagan oferta takliflarini joylashtirish monitoringini olib borish;
odob-axloq qoidalariga rioya etish.
Portal faoliyati doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Operator davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek, davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas.
11. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari quyidagi maʼlumotlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan sanoat mahsulotlarining import va eksport hajmi toʻgʻrisidagi;
davlat buyurtmachilari kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallarini va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan oʻzlashtirilishi istiqbolli mahsulot turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Portalga oʻz vaqtida kiritilishini, ularning ishonchliligi, toʻliqligi va yangilab borilishini taʼminlaydilar.
Bunda Davlat soliq qoʻmitasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar yuzasidan yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazilganligi toʻgʻrisida yuborilgan va tasdiqlangan elektron hisob-fakturalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Elektron kooperatsiya portali orqali oʻzaro almashinuvini taʼminlaydi.
12. Barcha foydalanuvchilar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun ochiq axborotdan foydalanishda yoki ularni uchinchi shaxslarga berishda majburiy tarzda Portalga havola qilgan holda uning ishonchliligini taʼminlashlari zarur.
4-bob. Elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish tartibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Portalga ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari turlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadvallarga asosan amalga oshiriladi.
14. Buyurtmachilar (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va yetkazib beruvchilar Portalga elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yordamida elektron roʻyxatdan oʻtish orqali kiritiladi.
15. Budjet buyurtmachilari Portalga davlat xaridlariga oid xaridlar reja-jadvallarini davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va operator oʻrtasida axborot almashish yoʻli bilan joylashtiradi.
16. Portalda joylashtirilgan xaridlar reja-jadvali quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
xarid predmeti va miqdori;
xarid qilish oyi;
buyurtmachining nomi va manzili;
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari;
tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari.
17. Yetkazib beruvchilar Portalga oʻzlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi va 10 ta belgidan iborat Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining kodlari;
sotish narxi;
tovarning eng koʻp va eng kam hajmi;
tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
oʻzlari ishlab chiqargan tovarning fotosurati;
tovar yetkazib beriladigan hudud;
kafolat shartlari va muddati haqida maʼlumot;
tovarning ishlab chiqarilgan yili;
tovarning yaroqlilik muddati;
yetkazib berish muddati;
zarur hollarda litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot.
18. Buyurtmachi va yetkazib beruvchilar tomonidan Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, haqqoniyligi va mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun operator javobgar boʻlmaydi.
19. Yetkazib beruvchilarning oferta takliflarini xaridga kiritish portalga mazkur nizomning 17-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni toʻliq kiritilgandan soʻng uch ish kuni davomida amalga oshiriladi.
5-bob. Elektron kooperatsiya portali orqali xaridlarni amalga oshirish tartibi
20. Moliya vazirligi operator uchun oʻzining axborot tizimida maxsus shaxsiy hisobvaraqlar ochadi va operatorga pul mablagʻlarini boshqarish vakolatini beradi.
21. Buyurtmachilar, budjet buyurtmachilardan tashqari, va yetkazib beruvchilar xaridlarda ishtirok etishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga tovar (ish va xizmatlar) boshlangʻich qiymatining 1,1 foizi miqdorida avansni joylashtiradi.
Avans shartnoma summasining 1 foizi miqdoridagi zakalat hamda shartnoma summasining 0,1 foizi miqdoridagi operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga oladi.
Bunda muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalari doirasida xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan shartnomalar boʻyicha ishtirokchilardan avans talab etilmaydi hamda ulardan vositachilik yigʻimi olinmaydi.
Korporativ buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar oʻzlarining HKKPdagi hisobvaraqlarida avans toʻlovining miqdori yetarli boʻlgan hollarda Portalda tashkil etiladigan elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
Budjet buyurtmachilari esa ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida operatorning vositachilik yigʻimi summasi miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
22. Buyurtmachilar (davlat buyurtmachilari bundan mustasno) Portalda tovar joylashtirgan yetkazib beruvchilar bilan avtomatik ravishda elektron tarzda shartnoma tuzadi.
Portalda roʻyxatdan oʻtkazilgan ishtirokchilarning hech biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, Portal buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Bunda xaridlar toʻxtatilishi muddati ish kuni va ish vaqtiga toʻgʻri kelishi lozim.
23. Davlat buyurtmachisi Portaldagi elektron tijorat platformasida yetkazib beruvchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni tanlaydi va tovar tanlanganidan keyin narxlar soʻrovi mexanizmidan foydalanadi.
Elektron kooperatsiya portali avtomatik tarzda ofertani taklif etgan yetkazib beruvchiga hamda ushbu portalda oʻxshash tovarni taklif etayotgan boshqa yetkazib beruvchilarga narx soʻrovini yuboradi.
Yetkazib beruvchilar Elektron kooperatsiya portali tomonidan narx soʻrovi yuborilgan paytdan boshlab qirq sakkiz soat ichida pastroq narx takliflarini berishga haqli.
Yetkazib beruvchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslash Elektron kooperatsiya portali tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Elektron kooperatsiya portalida shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan yetkazib beruvchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda yetkazib beruvchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiriladi.
24. Agar narx soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narxi va oʻzi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.
Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
25. Portalda tuzilgan bitim elektron roʻyxatga olinadi, buyurtmachi va yetkazib beruvchining shaxsiy hisobvaragʻidan operatorning vositachilik toʻlovi yechib olinadi. Bitimni roʻyxatga olish ushbu portalda shartnomani shakllantirish va unga oʻziga xos raqam berish bilan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasida ERIdan foydalangan holda Elektron kooperatsiya portalida tuzilgan shartnoma tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.
26. Operator davlat buyurtmachilarining shartnomalari boʻyicha maʼlumotni avtomatik rejimda davlat xaridlari maxsus axborot portaliga yuboradi. Davlat xaridlari maxsus axborot portali shartnoma maʼlumotlarini davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritadi.
6-bob. Shartnomaviy majburiyatlar ijrosini taʼminlash tartibi
27. Buyurtmachilar (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) hamda elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida eng maqbul narx taklif etgan yetkazib beruvchilar tomonidan kiritilgan zakalatlar taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar ijrosini taʼminlash maqsadida majburiyatlar toʻliq bajarilgunga yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Shuningdek, ishtirokchilarning kiritgan avans toʻlovlari elektron xaridlarda gʻolib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.
28. Portal orqali elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasida oldindan toʻlov shartlarisiz shartnomalar tuzilgan hollarda buyurtmachilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn bank ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga shartnoma summasining 100 foizi miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazishni taʼminlash majburiyatini oladi.
Portal orqali elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasida oldindan toʻlov shartlari bilan shartnomalar tuzilgan hollarda, buyurtmachilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn bank ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga shartnomada belgilangan oldindan toʻlov miqdoridagi summa oʻtkazilishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Buyurtmachilar ushbu bandning birinchi-ikkinchi xatboshilarida keltirilgan majburiyatlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan taqdirda, majburiyatni bajarish muddati tugagan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida elektron shaklda majburiyatlar lozim darajada bajarilmayotganligi boʻyicha buyurtmachiga xabarnoma yuboradi va xabarnoma yuborilgandan keyingi besh bank ish kunidan soʻng buyurtmachilarning zakalat summasi mahsulot yetkazib beruvchilarning HKKPsidagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
29. HKKP buyurtmachidan elektron tijorat platformasi orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va pul mablagʻlari tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha yetkazib beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Mazkur xabarnoma yetkazib beruvchiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Yetkazib beruvchi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) HKKP tomonidan toʻlov amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirmaslik xavfi yetkazib beruvchining zimmasida boʻladi.
Korporativ buyurtmachilar shartnoma boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilgandan keyin uch bank ishi kuni mobaynida oʻzining shaxsiy kabineti orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) toʻliq hajmda qabul qilganligini tasdiqlaydi.
Budjet buyurtmachilari shartnoma boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilgandan soʻng uch bank ish kuni mobaynida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni budjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (keyingi oʻrinlarda — OʻzBTAD) orqali Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — DMBAT)ga kiritadi.
Budjet buyurtmachilari shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi axborotni DMBAT olgandan soʻng ushbu maʼlumotlarni bir bank ish kuni mobaynida maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Operatorga yuboradi.
30. Portal elektron xaridlarning yakunlariga koʻra buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarning har biridan bitim summasining 0,1 foizi miqdoridagi operatorning vositachilik yigʻimini ushlab qoladi.
31. Ishtirokchilar va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan pul mablagʻlaridan ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki xizmat koʻrsatadigan banklardagi ularning hisobvaraqlariga qaytariladi.
32. Tomonlar shartnomani bajarishni rad etganda yoki uni bajarishdan boshqacha tarzda bosh tortganda, buyurtmachi yoki yetkazib beruvchi sudga murojaat etish huquqiga ega.
33. Portal tomonidan amalga oshirilgan xarid qilish tartib-taomillarining boshqa turlari boʻyicha amalga oshirilgan xaridlar yuzasidan HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va/yoki tegishli hisobvaraqqa oʻtkazishni amalga oshiradi.
Bunda HKKP yetkazib beruvchining zakalati jarima sifatida budjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshiradi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) turlari, hajmi, texnik tavsiflari, sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

import qilinayotgan va eksportga yoʻnaltirilayotgan mahsulotlar turlari va hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

talab yuqori boʻlgan va oʻzlashtirilishi tavsiya etilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar roʻyxatini Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirish.

Har chorakda

2-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron tijorat platformasini takomillashtirish va doimiy ishlashini taʼminlash.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, davlat buyurtmachilari

Kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallari va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari xaridi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirish.

Hisobot davri yakuni boʻyicha

4-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari

Respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari haqidagi maʼlumotlar toʻgʻri va haqqoniy kiritilishini taʼminlash va uni oʻz vaqtida yangilab borish.

Doimiy ravishda

5-bosqich

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha hokimlarning yordamchilari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari

Amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash.

Doimiy ravishda

6-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi

Elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar yuzasidan yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazilganligi toʻgʻrisida yuborilgan va tasdiqlangan elektron hisob-fakturalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga taqdim etish.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

Budjet buyurtmachilari tomonidan shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi axborotni DMBAT olgandan soʻng ushbu maʼlumotlarni maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Elektron kooperatsiya portaliga yuborish.

Doimiy ravishda, bir bank ish kuni mobaynida

8-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi

Elektron kooperatsiya portalini takomillashtirish hamda statistika, bojxona, sertifikatlashtirish, soliq, moliya organlari maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalash.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
1-jadval
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida
MAʼLUMOT

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

TIF TN kodi

Mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Yuridik shaxsning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili)

Telefon raqami

2-jadval
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT*

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

Mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqarish hajmi

Oʻrtacha yillik ishlab chiqarish quvvati

miqdori

hajmi, ming soʻm

* Maʼlumotlar har oy yakuniga koʻra yirik tashkilotlar boʻyicha va yil yakuniga koʻra barcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar boʻyicha yangilanib boriladi.
3-jadval
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT**

TIF TN kodi

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Eksport hajmi

Import hajmi

miqdori

ming AQSH dollari

miqdori

ming AQSH dollari

** Maʼlumotlar har bir hisobot davri yakuniga koʻra yangilanib boriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qaroriga
2-ILOVA
Muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalarida respublikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etuvchilar
Muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalarida respublikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etuvchilar
ROʻYXATI
ROʻYXATI

T/r

Buyurtmachilar guruhi

Buyurtmachilarni sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida qatnashishini taʼminlashga masʼul vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

1.

Neft, gaz, kimyo va energetika sanoati tashkilotlari

Energetika vazirligi,
“Oʻzkimyosanoat” AJ

2.

Sogʻliqni saqlash muassasalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Maktabgacha taʼlim muassasalari

Maktabgacha taʼlim vazirligi

4.

Xalq taʼlimi muassasalari

Xalq taʼlimi vazirligi

5.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Transport tashkilotlari

Transport vazirligi

7.

Qurilish, arxitektura va loyihalashtirish tashkilotlari

Qurilish vazirligi

8.

Issiqlik taʼminoti, ichimlik suvi taʼminoti, kanalizatsiya va taʼmirlash-tiklash tashkilotlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

9.

Irrigatsiya-meleoratsiya tizimi tashkilotlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

10.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tashkilotlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat muassasalari

Madaniyat vazirligi

12.

Mahsulotlarni import qiluvchi mahalliy tashkilotlar

Davlat bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Togʻ-kon va metallurgiya sanoati tashkilotlari

“Navoiy KMK” DK

“Olmaliq KMK” AJ

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

14.

Avtomobilsozlik sanoati va qishloq xoʻjaligi texnikasi tashkilotlari

“Oʻzavtosanoat” AJ

15.

Boshqa tashkilotlar va sanoat tashkilotlari

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

T/r

Buyurtmachilar guruhi

Buyurtmachilarni sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida qatnashishini taʼminlashga masʼul vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

1.

Neft, gaz, kimyo va energetika sanoati tashkilotlari

Energetika vazirligi,
“Oʻzkimyosanoat” AJ

2.

Sogʻliqni saqlash muassasalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Maktabgacha taʼlim muassasalari

Maktabgacha taʼlim vazirligi

4.

Xalq taʼlimi muassasalari

Xalq taʼlimi vazirligi

5.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Transport tashkilotlari

Transport vazirligi

7.

Qurilish, arxitektura va loyihalashtirish tashkilotlari

Qurilish vazirligi

8.

Issiqlik taʼminoti, ichimlik suvi taʼminoti, kanalizatsiya va taʼmirlash-tiklash tashkilotlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

9.

Irrigatsiya-meleoratsiya tizimi tashkilotlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

10.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tashkilotlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat muassasalari

Madaniyat vazirligi

12.

Mahsulotlarni import qiluvchi mahalliy tashkilotlar

Davlat bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Togʻ-kon va metallurgiya sanoati tashkilotlari

“Navoiy KMK” DK

“Olmaliq KMK” AJ

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

14.

Avtomobilsozlik sanoati va qishloq xoʻjaligi texnikasi tashkilotlari

“Oʻzavtosanoat” AJ

15.

Boshqa tashkilotlar va sanoat tashkilotlari

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi