24.09.2019 yildagi 806-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri boʻlgan qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishning klastsr usuli yoʻlga qoʻyildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xoʻjaligi maydonlarining hajmi ekin turlari boʻyicha paxta-toʻqimachilikda 62 foizni, chorvachilikda 8 foizni, meva-sabzavotchilikda 7,5 foizni tashkil etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, zamonaviy resurs tejaydigan texnologiyalarning joriy etilishi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan yer, suv va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish, yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlagan holda tayyor mahsulot koʻrinishida isteʼmolchiga yetkazib berish imkonini bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natijada joriy yilda boshoqli don yetishtirishda gektaridan oʻrtacha 60 sentnerdan hosil olinib, yalpi ishlab chiqarish hajmi 7 mln tonnadan ortiqni tashkil etdi hamda davlatga 3 mln 552 ming tonna don topshirilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 140 foizga oshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi sohasini diversifikatsiya qilish orqali boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil olish, parrandachilik, chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqaga boʻlgan talabini qondirish, ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish xamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining 2020-yil hosilidan boshlab boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik xoʻjaliklari va boshoqli don mahsulotlarini qayta ishlovchi tashkilotlar tomonidan boshoqli donni yetishtirish yoki shartnoma asosida xarid qilish orqali gʻallachilik klasterlarini (keyingi oʻrinlarda gʻallachilik klasteri deb ataladi) bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, gʻallachilik klasterini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish)ning zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, boshoqli don yetishtirish yoki uni shartnoma asosida sotib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zarur infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega boʻlgan, birinchi navbatda, salohiyatli chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik xoʻjaliklari va boshoqli don mahsulotlarini qayta ishlovchi tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi talablariga muvofiq gʻallachilik klasteriga yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilmagan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan, zaxiradagi yerlardan, qayta tiklanadigan hamda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlaridan belgilangan tartibda ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusi yil hosili uchun gʻallachilik klasterini tashkil etish boʻyicha takliflar xar yili 1-sentabrga qadar shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasterining faoliyatini tashkil etish uchun alohida normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi, xorijiy investorlar ishtirok etayotgan gʻallachilik klasteri bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteriga ajratilgan yer maydonlaridan bir yil mobaynida foydalanmaslik, tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga olib keluvchi usullardan foydalanish hamda mazkur qarorda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor boʻlishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Gʻallachilik klasterini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning shunday tartibi belgilansinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer maydonlarini foydalanishga kiritgan gʻallachilik klasteriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmonida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan oʻz vaqtida taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-apreldagi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) gʻallachilik klasteriga yer maydoni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va tashabbuskorlar oʻrtasida yozma ravishda tuziladigan bitim asosida Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xorijiy investorlar ishtirok etayotgan gʻallachilik klasteriga yer maydoni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan tuziladigan investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangandan soʻng Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda gʻallachilik klasterini tashkil etuvchi tashabbuskor tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasterini tashkil etish boʻyicha ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band “b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri faoliyatini tashkil etishda fermer xoʻjaliklarida boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish, gʻallani quritish, saqlash, qayta ishlash hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashabbuskorning bankdagi pul mablagʻlari aylanmasi toʻgʻrisidagi xizmat koʻrsatuvchi bank maʼlumotnomasidan koʻchirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasterini faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilma obyektlari (shu jumladan ijara asosida), shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarning mavjudligi haqida maʼlumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari gʻallachilik klasterlarini tashkil etishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zarur infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega boʻlgan salohiyatli yuridik shaxslar tanlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, 2020-yil gʻalla hosilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) gʻallachilik klasteri tashabbuskorning bevosita oʻziga berilgan yer maydonlarida tashkil etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri tomonidan yetishtiriladigan boshoqli donni davlat xaridi uchun sotish boʻyicha shartnoma tuzilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosildorlikni oshirish choralarini koʻradi hamda har bir gektar sugʻoriladigan yer maydonidan kamida 70 sentner hosildorlikka erishishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi yetishtirgan bugʻdoyning kamida 50 foizini qayta ishlash, shu jumladan ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali qoʻshilgan qiymatni koʻpaytiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki 3 yilda 30 foiz, 5 yilda 50 foiz boshoqli don ekiladigan maydonlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining depozit mablagʻlari hisobidan gʻallachilik klasterlarida boshoqli don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun mahsulot qiymatining 70 foizigacha boʻlgan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida (shu jumladan 2 foizi bank marjasi) 12 oygacha boʻlgan muddatga kreditlar ajratiladi, xorijiy investorlar ishtirok etayotgan gʻallachilik klasteri bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteriga ajratilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni toʻlash boshoqli don qabul qilib olingandan soʻng yil yakuniga kadar toʻliq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) gʻallachilik klasteri boshoqli donni fermer xoʻjaliklaridan shartnoma boʻyicha xarid qilish asosida tashkil etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri bilan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don korxonalari oʻrtasida davlat xaridi uchun boshoqli don yetkazib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri bilan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida gʻallachilik klasteri tomonidan davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan boshoqli don miqdorini hisobga olgan holda qoʻshimcha shartnoma tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi gʻallachilik klasterlariga davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan boshoqli don qiymatining 100 foizi miqdorida imtiyozli kreditlar ajratiladi va ushbu mablagʻlar fermer xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri oʻz aylanma mablagʻlari hisobidan fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha xarid qiladigan boshoqli don uchun mablagʻ ajratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri tomonidan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar, birinchi navbatda, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, yonilgʻi moylash mahsulotlari, mexanizatsiya xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan boshoqli don hajmiga nisbatan qoʻshimcha xarid qiladigan don qismi uchun mablagʻ yoki moddiy resurslar ajratmagan taqdirda, ushbu miqdordagi boshoqli don toʻliq fermer xoʻjaligi ixtiyorida qoldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan boshoqli don hajmiga nisbatan qoʻshimcha xarid qilinadigan don qismiga kam miqdorda mablagʻ ajratgan taqdirda, fermer xoʻjaligi ajratilgan mablagʻ miqdoriga teng qiymatda boshoqli don yetkazib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri tomonidan qoʻshimcha xarid qilinadigan boshoqli don narxi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, shartnomaga muvofiq bozor bahosida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri tomonidan fermer xoʻjaliklaridan xarid qilinadigan boshoqli don uchun yakuniy hisob-kitoblar hosil yilining 1-sentabriga qadar toʻliq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Gʻallachilik klasteri quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli don ishlab chiqaruvchi fermer xoʻjaliklari tomonidan tuproq unumdorligi, yer, suv va boshqa resurslardan samarali foydalanish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish borasidagi bilim va koʻnikmalar oshirib borilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli don ishlab chiqaruvchi fermer xoʻjaliklariga mablagʻlarning oʻz vaqtida va yetarli miqdorda ajratilishini hamda hosildorlikni oshirish uchun qoʻshimcha ravishda mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi moylash mahsulotlari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari yetkazib berilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erdan belgilangan maqsadda oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ekologiyani muhofaza qiluvchi texnologiyalarni koʻllash va hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli don ekinlari maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalar bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli don mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Gʻallachilik klasteriga shartnoma asosida boshoqli don yetkazib beruvchi fermer xoʻjaliklari tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli don yetishtirish uchun gʻallachilik klasteri tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosildorlikni oshirish choralarini koʻrish hamda har bir gektar sugʻoriladigan yer maydonidan kamida 70 sentner hosildorlikka erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri bilan tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan boshoqli donni belgilangan miqdor, sifatda va muddatda sotish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, boshoqli donni dastlabki qayta ishlash gʻallachilik klasterining oʻz korxonasida yoki ular tomonidan shartnoma asosida “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korxonalarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari aktivlaridan gʻallachilik klasterlari tomonidan shartnoma asosida foydalanish tartibini va tarif stavkalarini bir oy muddatda ishlab chiqib tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasiga (A.D. Vaxabov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil hosilidan gʻallachilik klasterlarini tashkil etish boʻyicha salohiyatli tashabbuskorlarni aniqlash hamda ularning manzilli roʻyxatini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda, 2020-yil hosili uchun gʻallachilik klasterlarini tashkil etuvchi tashabbuskorlar bilan uchrashib, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi va tarmoq jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻallachilik klasteri faoliyatini monitoring qilib borish hamda 2020-yil hosili yakuni bilan ular faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-sentabrga kadar kelgusi yil hosili uchun gʻallachilik klasterlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlash vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda gʻallachilik klasteri bilan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don korxonasi oʻrtasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomasining yangi namunaviy loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda gʻallachilik klasteri bilan fermer xoʻjaligi oʻrtasida boshoqli donni xarid qilish boʻyicha tuziladigan shartnomaning namunaviy loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan gʻallachilik klasteri oʻrtasida yer maydoni ajratish boʻyicha tuziladigan bitimning namunaviy loyihasini ishlab chiqsin va joylarga yetkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 24-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
806-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 09/19/806/3811-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)