17.09.2019 yildagi 778-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 847-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi va shartlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-noyabrgacha — ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-noyabrdan — Nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul asosda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-dekabrdan — Nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali pulli asosda roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish maqsadida mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimi operatorining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida bitim tuzilishini hamda fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtganligi haqidagi maʼlumotlar bilan avtomatik tarzda almashish uchun ularning elektron tizimlariga ulanishini bir oy muddatda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Transport vazirligi bilan birgalikda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, ushbu qarorning maqsad va vazifalarini aholi, turistlar va respublika mehmonlari oʻrtasida keng yoritib borilishini tizimli asosda tashkil qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 17-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
778-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil telefonlar hamda mobil aloqa moduliga ega qurilmalarni (keyin oʻrinlarda mobil qurilmalar deb ataladi) roʻyxatga olish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GSMA (Global System for Mobile Communication Association) — GSM xalqaro uyushmasi. Ishlab chiqaruvchini va mobil qurilmalar modelini identifikatsiyalash imkonini beradigan IMEI-kodlar roʻyxatlarini shakllantiradigan tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IMEI (International Mobile Equipment Identifier) yoki xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodi (keyin oʻrinlarda IMEI-kod deb ataladi) — 15 raqamdan iborat boʻlgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartidagi mobil aloqa operatorini identifikatsiyalovchi seriya raqami (IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini taʼminlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud boʻlib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan koʻp slotlari mavjud boʻlsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega boʻladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSISDN (Mobile Station Integrated Services Digital Network) — GSM/UMTS standartlarida aloqa uchun xizmatlar integratsiyalashtirilgan raqamli tarmoq mobil abonentining raqami (masalan, +998 XX-XXX-XX-XX);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SIM-karta — ichiga mikrosxema oʻrnatilgan identifikatsiyalash moduli boʻlib, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiyalash, mobil aloqa tarmogʻida undan foydalanish, shuningdek, GSM tarmogʻida abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SMS (Short Message Service) — mobil qurilma yordamida qisqa matnli xabarlarni qabul qilish va uzatish imkonini beradigan texnologiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
USSD (Unstructured Supplementary Service Data) — qisqa xabarlarni uzatish rejimida tarmoq abonenti va servis ilova oʻrtasida interaktiv oʻzaro hamkorlikni tashkil qilish imkonini beradigan GSM tarmoqlaridagi standart servis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abonent — mobil aloqa operatori bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qiluvchi — mobil qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun olib kiradigan tadbirkorlik subyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IMEI-kodlar maʼlumotlar bazasi — Tizim roʻyxatga oluvchilari, mobil aloqa operatorlari, import qiluvchilar, ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, huquqni muhofaza qilish organlari va jismoniy shaxslar taqdim etadigan maʼlumotlar asosida Tizim operatori tomonidan shakllantiriladigan baza. IMEI-kodlar maʼlumotlar bazasi mobil qurilmalar IMEI-kodlarining oq roʻyxati, qora roʻyxati, kul rang roʻyxati va bogʻlangan oq roʻyxatidan iborat;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oq roʻyxat — mobil qurilmalar IMEI-kodlarining roʻyxati boʻlib, ular:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-noyabrgacha boʻlgan davrda mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga ularni ulash (aktivlashtirish) orqali avtomatik rejimda roʻyxatga olingan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga muvofiq roʻyxatga olingan boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oq roʻyxatga kiritilgan mobil qurilmalarga mobil aloqa xizmatlaridan mobil aloqa operatori bilan tuzilgan shartnomaga va amaldagi tarifga koʻra belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qora roʻyxat — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda roʻyxatga olinmagan mobil qurilmalar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarining axborotiga koʻra yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan mobil qurilmalar IMEI-kodlarining roʻyxati va mobil qurilmalarning klonlangan hamda aniqlanmagan IMEI-kodlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qora roʻyxatga kiritilgan mobil qurilmalarning abonentga qora roʻyxatga kiritilganligi sababi toʻgʻrisida SMS-xabarnomani yuborgan holda, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklanadi (bir vaqtning oʻzida bogʻlangan oq roʻyxatda boʻlgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishni cheklash deganda ushbu mobil qurilma orqali istalgan telekommunikatsiya xizmatini olish imkoniyati yoʻqligi nazarda tutiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kul rang roʻyxat — oq yoki qora roʻyxatlarga kiritilmagan, ammo mobil aloqa operatorining tarmogʻida birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kunidan koʻp boʻlmagan muddatga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bogʻlangan oq roʻyxat — mobil qurilmalar IMEI-kodlarining roʻyxati boʻlib, ular:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klonlangan yoki aniqlanmagan, ammo 2019-yilning 1-noyabrigacha boʻlgan davrda IMEI-kodni abonentning telefon raqami bilan bogʻlagan holda avtomatik ravishda roʻyxatga olingan boʻladi (IMEI — MSISDN);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GSMA talablariga javob beradigan, boshqa qurilma bilan birgalikda IMEI-kodlar maʼlumotlar bazasiga kiritilgan IMEI-kodli yangi mobil qurilma hisoblanadi va IMEI-kodning klonlanganligi aniqlanguniga qadar abonent tomonidan Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisiga kelib, mobil qurilma hujjatlarini IMEI-kod hamda abonent telefon raqami bilan birgalikda (IMEI — MSISDN) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bogʻlangan oq roʻyxatdagi IMEI-kodli mobil qurilmalardan faqat abonentlarning bogʻlangan mobil raqamlari tomonidan foydalaniladi (IMEI — MSISDN);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil qurilma hujjatlari — texnik pasport, kafolat taloni, mobil qurilma qutisi yoki arizada koʻrsatilgan mobil qurilmaning IMEI-kodi roʻyxatga olinadigan mobil qurilma IMEI-kodiga mos kelishini isbotlash uchun asos boʻluvchi boshqa hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klonlangan IMEI-kod — GSMA tomonidan belgilangan boshqa mobil qurilma IMEI-kodining belgilari va ramzlarini toʻliq qaytaruvchi mobil qurilmaning IMEI-kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil qurilmalar — mobil aloqa moduliga ega boʻlgan mobil telefonlar va qurilmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlanmagan IMEI-kod — GSMA tomonidan belgilangan talablarga javob bermaydigan mobil qurilmaning IMEI-kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil aloqa operatori — mobil aloqa tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim operatori — mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga oluvchi, Tizimning muntazam ishlashini va takomillashtirilishini taʼminlovchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JSHSHIR — jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) aniqlash tartibiga muvofiq uning pasporti boʻyicha aniqlash mumkin boʻlgan va 14 raqamdan iborat shaxsiy identifikatsiya raqami;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IMEI-kodlarni tekshirish — aniqlanmagan va klonlangan IMEI-kodlarni, shuningdek, yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan mobil qurilmalarni aniqlash uchun mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Tizim bazasi bilan taqqoslash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil qurilmalarni roʻyxatga olish — mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Tizim operatori IMEI-kodlarining maʼlumotlar bazasiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim roʻyxatga oluvchisi — mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish uchun Tizim operatori bilan shartnoma tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki istalgan ketma-ket oʻn ikki oy davomida jami boʻlib bir yuz sakson uch va undan koʻp kun boʻlgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti — Oʻzbekiston rezidenti hisoblanmaydigan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rouming — bir mobil aloqa operatorining abonenti boshqa mobil aloqa operatorining xizmat koʻrsatish hududida bir davlat doirasida (milliy rouming) yoki boshqa mamlakatda (xalqaro rouming) boʻlganda uning boshqa mobil aloqa operatorining tarmogʻidan foydalanishini taʼminlovchi xizmat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) — ushbu Nizomda nazarda tutilgan mobil qurilmalarni texnik identifikatsiyalash parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatga olish, yigʻish, saqlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq hodisasi — mobil qurilmani mobil aloqa operatorining tarmogʻiga uning abonent SIM-kartasidan foydalanish orqali ulash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tizimning vazifasi va imkoniyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tizim ushbu Nizomning talablariga koʻra mobil qurilmalarni roʻyxatga olish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan barcha mobil qurilmalarning IMEI-kodlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan yagona maʼlumotlar bazasini yaratish, shuningdek, mobil qurilmalar IMEI-kodlarining oq, kul rang, qora, bogʻlangan oq roʻyxatlarini shakllantirish va taʼminlash uchun moʻljallangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. IMEI-kodlarni tekshirish va mobil qurilmalarni roʻyxatga olish bilan bogʻliq barcha jarayonlar Tizim yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Import qiluvchilar va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilmani xarid qilishdan avval IMEI-kodning maqomini tekshirish va aniqlanmagan, klonlangan, yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan mobil qurilmalarni aniqlash uchun IMEI-kodlarning maʼlumotlar bazasiga SMS/USSD soʻrov yuborishlari yoki www.uzimei.uz manzil boʻyicha Tizim operatorining saytiga murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mobil qurilmaning IMEI-kodini roʻyxatga olish va maqomini tekshirish bilan bogʻliq Tizim operatoridan barcha SMS-xabarlar va abonentlardan SMS/USSD soʻrovlar bepul asosda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish majburiy hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro roumingda boʻlgan mobil qurilmalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Klonlangan va aniqlanmagan IMEI-kodli mobil qurilmalar Tizimda roʻyxatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimida roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan mobil qurilmalar turlarining roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovada beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish ushbu Nizomning 4, 5 va 6-boblarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisiga qilgan murojaatlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Avval roʻyxatga olingan mobil qurilmalar qayta roʻyxatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat tomonidan qoʻriqlanishi kerak boʻlgan shaxslarning xavfsizligi, mamlakatda mudofaa qobiliyati, xavfsizlik va ichki tartibni taʼminlash va favqulodda vaziyatlar holatida ehtiyojlarni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish vakolatli organlarning tegishli murojaatlari boʻyicha alohida tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Import qiluvchi va ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga/hududida import qiluvchilar tomonidan olib kiriladigan va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Eksport qilish uchun ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari roʻyxatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchi deb ataladi) mobil qurilmalarni roʻyxatga olishni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim operatoriga oʻzi kelib murojaat etish orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali amalga oshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga/hududida olib kirilgan/ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari koʻrsatilgan holda, tegishli ravishda ariza beruvchining turiga qarab, ushbu Nizomga 3a yoki 3b-ilovalardagi shaklga muvofiq toʻldirilgan anketani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import qiluvchilar anketada olib kirilgan qurilmalar toʻplami uchun yuk bojxona deklaratsiyasining (keyingi oʻrinlarda YUBD deb ataladi) raqami va sanasini koʻrsatadi. Agar import qiluvchi tomonidan anketada koʻrsatilgan axborot YUBDda aks ettirilgan axborotga mos kelmasa, qurilmalarning butun toʻplami roʻyxatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni toʻgʻrisidagi axborot va ular IMEI-kodlarining roʻyxati ariza beruvchilar tomonidan elektron koʻrinishda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Roʻyxatga olish uchun oʻzi kelib murojaat qilish tartibida toʻldirilgan anketa Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisining masʼul shaxsi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul shaxs tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etilgan mobil qurilmani roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi anketa uning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan qabul qilinadi, shuningdek, roʻyxat raqami berilgan holda avtomatik ravishda YIDXPda roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Roʻyxatga olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan mobil qurilmalarning soni cheklanmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish zarur boʻlganda, Tizim operatori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda ularni soʻraydi va oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotga ega boʻlgan davlat organlari tegishli idoralararo soʻrovni olgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bunday hujjatlar va axborotni (arxiv maʼlumotlaridan tashqari) taqdim etishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ishonchli boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun ariza beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ariza beruvchining anketasini koʻrib chiqish va mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish 3 (uch) ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Roʻyxatga olish jarayoni tugaganidan keyin Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisi 1 ish kuni ichida belgilangan tartibda ariza beruvchiga toʻlash uchun hisobni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ariza beruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilgandan keyin Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisi 1 ish kuni ichida barcha IMEI-kodlarni oq roʻyxatga kiritadi va agar mavjud boʻlsa, roʻyxatga olib boʻlmaydigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari roʻyxatini koʻrsatgan holda, ariza beruvchini anketada koʻrsatilgan usul orqali roʻyxatga olish tugaganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Abonentlar tomonidan foydalaniladigan va 2019-yilning 1-noyabrigacha tarmoqda aktiv (ulangan) holatda boʻlgan barcha mobil qurilmalar roʻyxatga olinadi va Tizim operatori IMEI-kodlarining maʼlumotlar bazasiga avtomatik ravishda kiritiladi (ular egalarining hech qanday qoʻshimcha arizalari talab etilmaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Jismoniy shaxslar tomonidan Tizim operatorining bazasida import qiluvchilar yoki ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan avval roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalar dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi kunidan boshlab 30 kalendar kuni davomida roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mobil aloqa operatori mobil qurilmasi dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasidan oʻtgan abonentni 30 kalendar kuni davomida ushbu mobil qurilmani roʻyxatga olish zarurligi va koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin roʻyxatga olinmaganda, uning mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi cheklanishi toʻgʻrisida xabardor qilish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabar dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi paytida va 30 kun muddat tugashidan besh kun oldin davlat, rus va ingliz tillarida SMS-xabar joʻnatish orqali beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Jismoniy shaxslar mobil qurilmalarni roʻyxatga olishni quyidagicha amalga oshirishlari mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisiga oʻzi kelib murojaat etgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil aloqa tizimlari orqali (SMS va/yoki USSD soʻrovlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP yoki Tizim operatori sayti orqali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalar faqat Tizim operatori yoki Roʻyxatga oluvchisiga oʻzi kelib murojaat etish orqali pochta identifikatorining shtrix kodi va kalendar shtempeli boʻlgan konvert taqdim etilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldirilgan Anketani, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi kelib murojaat etganda — Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisi tomonidan nusxani olish uchun fuqarolik pasportini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anketa YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etilganda jismoniy shaxsdan fuqarolik pasporti va elektron raqamli imzosi talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SMS orqali — abonent roʻyxatdan oʻtkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi va ariza beruvchining JSHSHIR kiritilgan SMS-xabarni maxsus raqamga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
USSD soʻrovi orqali — abonent roʻyxatdan oʻtkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi va ariza beruvchining JSHSHIR kiritilgan maxsus USSD soʻrovini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim operatorining saytida — abonent roʻyxatdan oʻtkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi, ariza beruvchining JSHSHIR va telefon raqamini koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Roʻyxatga olish uchun oʻzi kelib murojaat etish tartibida toʻldirilgan Anketa Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisining masʼul shaxsi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs tomonidan elektron shaklda YIDXP orqali taqdim etilgan mobil qurilmani roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi Anketa uning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan qabul qilinadi, shuningdek, roʻyxatga olish raqami berilgan holda YIDXPda avtomatik ravishda roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jismoniy shaxslar tomonidan roʻyxatga olish uchun koʻrsatilgan mobil qurilmalar olib kirilgan, shu jumladan xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari orqali keltirilgan mobil qurilmalar soni jismoniy shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bojxona chegarasi orqali tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan normalaridan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sana, usul va boshqa) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan elektron axborot almashish orqali murojaat etilgan sana va jismoniy shaxsning shaxsiy identfikatsion raqami qayd etilgan holda tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona chegarasidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalariga rioya qilinmagan holda, roʻyxatdan oʻtkazish bojxona toʻlovlari import qiluvchi sifatida toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Jismoniy shaxsdan ushbu Nizomning 29 va 31-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun ushbu Nizomning 29 va 31-bandlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish zarur boʻlganda, Tizim operatori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda ularni soʻraydi va oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan hujjatlari va axboroti mavjud boʻlgan davlat organlari tegishli idoralararo soʻrovni olgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bunday hujjatlar va axborotni (arxiv maʼlumotlaridan tashqari) taqdim etishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ishonchli boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligi uchun jismoniy shaxs qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Jismoniy shaxsning Anketasini koʻrib chiqish va mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish 3 (uch) ish soati ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Roʻyxatga olish tugaganidan keyin Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisi 1 ish soati ichida belgilangan tartibda jismoniy shaxsga hisobni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Jismoniy shaxs tomonidan toʻlov amalga oshirilgandan keyin Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisi 1 ish soati ichida barcha IMEI-kodlarni oq roʻyxatga kiritadi va agar mavjud boʻlsa, roʻyxatga olib boʻlmaydigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari roʻyxatini koʻrsatgan holda, jismoniy shaxsni anketada koʻrsatilgan usul orqali roʻyxatga olish tugaganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi Anketani koʻrib chiqish davrida jismoniy shaxsning mobil qurilmasi aloqa xizmatlarini cheklamasdan, kul rang roʻyxatda turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Norezidentlar tomonidan mobil qurilmalarning roʻyxatga olinishi
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Norezidentlarga dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kun muddatida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mobil aloqa operatori mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasi oʻrnatilgan mobil qurilmasi dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasidan oʻtgan norezidentni mobil qurilmadan 30 kalendar kun davomida roʻyxatga olinmasdan foydalanishi mumkinligi va koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin roʻyxatga olinmaganda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklanishi toʻgʻrisida xabardor qilish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabar berish dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi paytida va 30 kun muddat tugashidan besh kun oldin rus va ingliz tillarida SMS-xabarni joʻnatish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 30 kalendar kundan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslar uchun mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish tartibiga muvofiq Tizim operatori yoki Roʻyxatga oluvchisiga oʻzi kelib murojaat etish orqali roʻyxatdan oʻtkazishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish uchun toʻlov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tizimda roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish uchun toʻlov miqdorlari ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish uchun toʻlov Tizim operatorining maxsus hisobraqamiga kelib tushadi va kelgusida ushbu mablagʻlar respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini, shu jumladan qishloq va chekka aholi punktlari, turistik va rekreatsion hududlarda rivojlantirish loyihalarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat organlarida amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish loyihalarini maqsadli moliyalashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi, Tizim operatori oʻz faoliyatini yuritishi uchun uning tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Mobil qurilmada bittadan ortiq IMEI kodi boʻlgan taqdirda, roʻyxatga olish toʻlovi har bir IMEI-kod uchun alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Tizim operatorining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Tizim operatori quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizimga kira olish va undan foydalanish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot almashish uchun belgilangan tartibda Tizimning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil aloqa operatorlaridan zarur texnik axborotni, shu jumladan mobil qurilmaning ishlash maʼlumotlarini, real vaqt rejimida mobil qurilma, shuningdek, tizim ishlashi doirasida belgilangan davriylik bilan amalga oshirilgan tarmoq hodisalari va aktivlik parametrlarini soʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil aloqa operatorlarining mablagʻlari hisobidan Tizimning ishlashi doirasida zarur ishlarni bajarish boʻyicha mobil aloqa operatorlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil aloqa operatorlarining tarmoqlaridagi Tizimning ishlashiga taʼsir koʻrsatuvchi kamchiliklarni ularning mablagʻlari hisobidan bartaraf etish boʻyicha mobil aloqa operatorlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim operatori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Tizim operatori quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda Tizim modullarini ularning axborot tizimlariga integratsiyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizimning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mobil aloqa operatorlarini Tizimning texnik nosozliklari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizim operatori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Tizim operatori quyidagilarga javobgar boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizimning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxfiy axborotni tarqatmaslik va ularni muhofaza qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Boshqa idoralar bilan oʻzaro hamkorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Tizimning boshqa idoralar va manfaatdor tashkilotlar bilan axborot almashish tartibi va oʻzaro hamkorlik qilish shartlari tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻrtasida tuzilgan oʻzaro hamkorlik boʻyicha alohida shartnomalar/kelishuvlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Davlatning, huquqni muhofaza qilish organlarining xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini taʼminlash hamda oʻta muhim ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlarni oʻtkazishda Tizim operatori huquqni muhofaza qilish organlarining soʻrovi boʻyicha mobil qurilmalar ishini majburiy toʻxtatib turish va qayta tiklashni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ushbu Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimida roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan mobil qurilmalar turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

GSM assotsiatsiyasi bazasi boʻyicha mobil qurilmalarning nomi

Roʻyxatga olish jarayoni

1.

SIM-modulli planshetlar (TABLET)

Roʻyxatdan oʻtkazish Tizim operatoriga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi

2.

SIM-modulli smartfonlar (SMARTPNONE)

3.

SIM-modulli mobil/funksional telefonlar (MOBILE PNONE /FEATURE PNONE)

4.

SIM-modulli portativ qurilmalar, shu jumladan CHSHK (choʻntak shaxsiy kompyuteri) (PORTABLE (INCLUDED PDA)

5.

Koʻchma qurilmalar (NANDNELD)

(knopkali telefonlar)

6.

SIM-modulli adapterlar (DONGLE)

Roʻyxatdan oʻtkazish birinchi tarmoq hodisasidan soʻng foydalanuvchi ishtirokisiz
Tizim operatori tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi

7.

SIM-modulli WLAN routerlari (WLAN ROUTER)

8.

IoT qurilmalari (IoT DEVICE)

Internet buyumlari qurilmalari, mashinalararo oʻzaro ishlash qurilmalari (SIM-modulli elektr energiyasi hisoblagichlari)

9.

SIM-modulli transport vositalari (VENICLE)

10.

SIM-modulli elektron kitoblar (E-BOOK)

11.

Aloqa modullari (MODULE)

GSM/GPRS va GPS moduli boʻlgan qurilmalar, (SIM-modulli GPS-trekerlari va POS-terminallar)

12.

Kompyuterlar (CONNECTED COMPUTER)

(SIM-modulli noutbuklar)

13.

SIM-modulli modemlar (MODEM)

14.

SIM-modulli olib yuriladigan qurilmalar (WEARABLES)

(soatlar, fitnes-brasletlar)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Import qiluvchi va ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3a-ILOVA

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Roʻyxatga oluvchisiga

‎‎ANKETA
‎ (ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida
‎sotishga moʻljallangan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan _____________________ birlikdagi mobil qurilmalar uchun IMEI-kodlarini roʻyxatga olishingizni soʻrayman:

T/r‎

IMEI ‎‎

Mobil qurilmani
‎ishlab chiqaruvchi‎‎

Mobil qurilma
‎ modeli‎‎

1.‎

2.‎

...‎

...‎

...‎

...‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 ____________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎________________@________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎
‎___________________________________________________________________________________________
‎_____________________ manzili boʻyicha pochta joʻnatmasi orqali bildirishnoma yuborish.‎
‎‎‎‎Ariza beruvchining rekvizitlari

‎Masʼul shaxsning F.I.O.__________________
‎ ______________________________________
‎ Tashkilot STIR: ________________________
‎ h/r: __________________________________
‎ Telefon: ______________________________
‎ _____________ 20____y. “____” __________

‎‎(imzo)

‎‎(toʻldirilgan sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Roʻyxatga oluvchisiga

‎‎ANKETA
‎(import qiluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun moʻljallangan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun)

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 20____y. “____” ____________ dagi ______________________-son YUBDga muvofiq olib kirilgan _______________ birlikdagi mobil qurilmalar uchun IMEI-kodlarini roʻyxatga olishingizni soʻrayman:

T/r‎

IMEI ‎‎

Mobil qurilmani
‎ishlab chiqaruvchi‎‎

Mobil qurilma
‎ modeli‎‎

1.‎

2.‎

...‎

...‎

...‎

...‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 ____________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎________________@________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎
‎____________________________________________________________________________________manzili
‎ boʻyicha pochta joʻnatmasi orqali bildirishnoma yuborish.‎
‎‎‎‎Ariza beruvchining rekvizitlari

‎Masʼul shaxsning F.I.O.__________________
‎ ______________________________________
‎ Tashkilot STIR: ________________________
‎ h/r: __________________________________
‎ Telefon: ______________________________
‎ _____________ 20____y. “____” __________

‎‎(imzo)

‎‎(toʻldirilgan sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Roʻyxatga oluvchisiga

‎‎ANKETA
(jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish uchun)

Shaxsiy foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman:

T/r‎

IMEI ‎‎

Mobil qurilmani
‎ishlab chiqaruvchi‎‎

Mobil qurilma
‎ modeli‎‎

1.‎

2.‎

...‎

...‎

...‎

...‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 ____________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎________________@________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎
‎____________________________________________________________________________________manzili
‎ boʻyicha pochta joʻnatmasi orqali bildirishnoma yuborish.‎
‎‎‎‎Ariza beruvchining rekvizitlari

‎‎______________________________________
‎‎(jismoniy shaxsning F.I.Sh.)

‎‎Pasport seriyasi _______ № _______________
‎Kim tomonidan va qachon berilgan __________
‎______________________________________
‎___________ 20___ y. “____” ____________

‎‎(imzo)

‎‎(toʻldirilgan sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish uchun toʻlov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORLARI

Ariza beruvchi

Mobil qurilmaning bitta IMEI-kodini roʻyxatga

olish uchun toʻlov miqdori

Izoh

1.

Import qiluvchi

BHMning 20% *

2.

Ishlab chiqaruvchi**

BHMning 10%

3.

Jismoniy shaxs

(rezident)

BHMning 20%

Dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kuni mobaynida roʻyxatga olish sharti bilan

BHMning 25%

Dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kuni oʻtgandan keyin roʻyxatga olinganda

4.

Jismoniy shaxs

(norezident)

Bepul

Chet el SIM-kartasidan (roumingdan) foydalanilganda

Bepul

Mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasidan 30 kalendar kunigacha foydalanilganda

BHMning 20%

Mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasidan 30 kalendar kuni tugaganidan soʻng foydalanilganda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* BHM — bazaviy hisoblash miqdori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi subyekt.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2019-y., 09/19/778/3462-son; 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)