1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash xaqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
740-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 740-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini (rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash) moliyalashtirish boʻyicha xulosalarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom har yili tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nizom talablari qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlari boʻyicha (asosli ravishda loyiha yechimlarini yaxshilash, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihada ilgari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) kiritilgan oʻzgartirishlar natijasida narxi oshib ketadigan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderlar yoki tanlovlar natijalari boʻyicha aniqlangan shartnoma qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqish holatlaridan tashqari, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlari, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish, foydalaniladigan resurslarni oʻzgartirish hamda loyihani tuzatish bilan bogʻliq ishlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudratchi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlariga koʻra belgilangan obyektlar boʻyicha ekspertiza organlarining xulosasiga muvofiq smeta qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi obyektning qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqish, shuningdek, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish hamda loyihani tuzatish, foydalaniladigan resurslarni va ularning narxlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq ishlar) tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Loyihaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha materiallarni taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Loyihaga obyekt qiymatining oshishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligini koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) tomonidan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha tashabbuskorlar rahbarlarining loyihaga oʻzgartirishlar kiritishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli bayonnomasining asl nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta koʻrib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (loyiha-smeta koʻrsatkichlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ilgari tasdiqlangan loyiha boʻyicha loyihalashtirish topshirigʻi, yigʻma resurs smetasi, ekspert xulosalarining nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan va oʻzgartirilgan loyihaning asosiy koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) aniqlashtirilgan yigʻma resurs smetasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yigʻma maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining yigʻma resurs smetasi boblarining xarajatlar turlari boʻyicha taqsimlangan qiyosiy roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) narxining oshib ketishiga sabab boʻlgan chizmalar va hisob-kitoblar, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachilarning, loyihalashtirish, qidiruv, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, davlat va sohaviy ekspertiza organlari hamda boshqa tashkilotlarning xato va kamchiliklari (ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalar turini tanlash boʻyicha asoslanmagan yechim, qurilishning geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarini notoʻgʻri belgilash, ishlarning hajmlarini, qurilish materiallari, buyumlar, uskunalar va boshqalarning narxlarini pasaytirib (oshirib) yuborish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashishning samarasiz transport sxemalarining qoʻllanishi, fors-major holatlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor konyunkturasining oʻzgarishi, yangi texnologik yechimlarning qoʻllanilishi, uskunalarga qoʻshimcha ehtiyoj (agar bu ilgari tasdiqlangan loyihani ishlab chiqishda loyiha tashkiloti tomonidan hisobga olinmagan boʻlsa) bilan bogʻliq holda uskunalar qiymatining oshishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) loyihani qayta koʻrib chiqish mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qoʻshimcha kelishish toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) tashabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha bayonnomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining oshishini tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq obyektning smeta qiymati koʻpayishi sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Takliflarni koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etiladigan materiallar 16 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish quyidagi hollarda asossiz deb hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan qurilish materiallari oʻzgartirilib (loyihaga boshqa qoʻshimcha ish hajmlari qoʻshilmagan va konstruksiya qismiga oʻzgartirish kiritilmagan taqdirda), ushbu oʻzgartirish boʻyicha asoslovchi hujjatlar, yaʼni sifatning yuqoriligini asoslovchi va aynan ushbu sifatga talab mavjudligi keltirilgan hujjat, texnik va qurilish talablari nuqtai nazaridan almashtirilishi lozimligini asoslovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari mavjud emas deb xulosa berilgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritishni rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma tashabbuskorga rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Bir vaqtning oʻzida xatning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Murojaat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, tegishliligi boʻlgan taqdirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan xulosalar 10 ish kuni ichida Qurilish vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Takliflarda turli yondashuvlar boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan yagona qarorga kelish maqsadida qoʻshma yigʻilish tashkil etiladi. Yigʻilish turli yondashuvda boʻlgan vazirliklar mutaxassislari toʻliq qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Yigʻilish natijasi tegishli bayonnoma asosida rasmiylashtirilib, vazirliklar rahbariyati tomonidan imzolanadi. Yigʻilish bir ish kuni muddatda oʻtkaziladi. Yigʻilishda masala yechimi yuzasidan aniq qaror qabul qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ijobiy xulosalar boʻlgan taqdirda, 16 ish kuni ichida obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyiha qiymatining oshib ketishi boʻyicha asoslangan yigʻma taklifni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotda asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kiritilayotgan qoʻshimcha oʻzgartirishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va obyektni foydalanishga topshirish muddatini tegishli ravishda uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish mumkin emas. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaga obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligi yuzasidan xulosalarni taqdim etish, koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish sxemasi ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritilib, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning asosiy koʻrsatkichlari yuzasidan JADVAL
№ T/r
Koʻrsatkichlar nomlari
Obyekt koʻrsatkichlari
Tasdiqlangan loyihaga asosan
Qayta tasdiqlash uchun kiritilgan loyihaga asosan
Qayta tasdiqlash uchun tavsiya qilindi
oʻlchov birligi
quvvat koʻrsatgichi
1.
2.
3.
4.
5.
Loyiha tashkiloti rahbariyati
______________
(imzo, muhr)
Buyurtmachi
_____________
(imzo, muhr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish qiymatining oshib ketishi sabablari boʻyicha MAʼLUMOTNOMA
T/r
Loyiha narxini qayta tasdiqlash taklifini tashabbus qilgan vazirlik (idora), loyiha tashkiloti va loyiha nomi
Loyihani tasdiqlagan tomon nomi, tasdiqlash raqami va sanasi
Qurilish obyektining umumiy qiymati (mln. soʻm)
Qurilish obyektining qiymatining oshishi (mln. soʻm)
Oldin tasdiqlangan
Aniqlashtirib kiritilgan
Kelishib berilgan
Jami (shu jumladan qurilish-montaj ishlari)
shu jumladan
Loyiha-qidiruv, ilmiy-tekshirish va loyiha tashkilotlarining xatolari
Uskunalarni yetkazib beruvchilar narxlarining oshib ketishi
Vazirlik, idora va loyiha tashkilotlarining takliflariga koʻra oʻzgartiriladigan loyiha yechimlari
Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yangi texnik shartlar, normalar va qoidalarni tatbiq etish maqsadida
Qurilish shartlarini oʻzgartirilishi va boshqa 10-ustunda koʻzda tutilmagan holatlar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Loyiha tashkiloti rahbariyati ________________
(imzo, muhr)
Buyurtmachi _______________________________
(imzo, muhr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlarini narxi oʻzgarishi sababli hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha xulosalar berish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlarini narxi oʻzgarishi sababli hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha xulosalar berish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha)