04.09.2019 yildagi PQ-4436-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda milliy anʼana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulugʻ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur oʻrganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat, ilm-maʼrifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ham munosib eʼtirof etilib, diniy bagʻrikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uygʻotadigan davlatlar roʻyxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunga qaramay, yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta gʻoyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosogʻlom aqidani singdirish holatlari kuzatilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy-maʼrifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda “jaholatga qarshi — maʼrifat” degan ulugʻvor gʻoya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bagʻrikenglik ruhini keng targʻib qilish, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Qoʻmitaning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy mutaassiblik va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-maʼrifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning xorijiy davlatlarga va chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oʻrganish boʻyicha sotsiologik soʻrovlarni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Qoʻmita:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda “jaholatga qarshi — maʼrifat” degan ulugʻvor gʻoya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targʻib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash masalalarini oʻrganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini mustahkamlash, ular orasida maʼrifiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida respublika, viloyat, tuman (shahar), mahalla darajasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining targʻibot guruhlari faoliyatini tashkil etish orqali oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish amaliyoti joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari Qoʻmitaga tegishli hudud boʻyicha vijdon erkinligi kafolatlari hamda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini taʼminlash, davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirib borishda koʻmaklashadi hamda bu borada Qoʻmita raisiga hisobdor hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Qoʻmitaning markaziy apparatiga qoʻshimcha kiritilayotgan 7 nafar boshqaruv xodimlari shtat birligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari markazlashtirilgan buxgalteriyasining tegishli shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Qoʻmita xodimlari faoliyatini har tomonlama oʻrganib chiqib, diniy-maʼrifiy sohada chuqur bilimlarga hamda amaliy ish tajribasiga ega halol, tartib-intizomli va malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diniy-maʼrifiy sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni xalqaro jamoatchilikka yetkazishda Qoʻmitaga doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudi oʻzining rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar roʻyxatini eʼlon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3668-son qarorining 1-bandi va unga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qoʻmitaning yangilangan nizomini, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 4-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4436-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 07/19/4436/3693-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)