Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat 06.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3487-son qarori bilan belgilangan xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolarini o‘tkazmasdan, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali tuzilgan import shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlar bundan mustasno. Bunda, import shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish uchun xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat bo‘yicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq import kontraktini tuzish zarurligining asoslanishi qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi