21.08.2019 yildagi 702-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq taʼlimi vazirligibilan birgalikda ikki oy muddatda “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiyasi natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbar va pedagog xodimlarining asosiy lavozimlari malaka tavsiflarini qayta koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 21-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
702-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 702-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyachi, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped lavozimlarida faoliyat yuritadigan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda pedagog xodimlar deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog xodimlar kasbiy mahorati darajasining lavozimlari malaka tavsiflariga muvofiqligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog xodimlar kasbiy mahoratining maqsadli va muntazam oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pedagog xodimlarning lavozimlari malaka tavsiflariga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi oʻrinlardamalaka tavsiflari deb ataladi) talablar asosida oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Pedagog xodimlar attestatsiyasi qonuniylik, odillik, xolislik, begʻarazlik va kollegiallik prinsiplari asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) vaOʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidanhar yili attestatsiya jarayonlari boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish jadvali ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodimlar attestatsiyasi ishlab chiqilgan jadval asosida tashkil etiladi hamda ushbu Nizomda belgilangan tartibda har yili mart — iyun oylarida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pedagog xodimlar har besh yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) tomonidan attestatsiya jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog xodimlarga attestatsiyaga oid rasmiy xabar, hujjatlar va dastur yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan pedagog xodimlar asosiy ish joyida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va hududiy boshqarmalar attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog xodimlar roʻyxatini shakllantiradilar hamda attestatsiya jarayonlari boshlanishidan kamida ikki oy oldin Davlat inspeksiyasiga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog xodimlarga attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalarini tanishtirish attestatsiya jarayonlari boshlanishidan kamida besh kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, hududiy boshqarmalar hamda “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishga mehnat shartnomasi asosida yangi qabul qilingan pedagog xodimlar kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasini tugatgandan keyin olingan mutaxassislik boʻyicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar mutaxassislik boʻyicha ishlagan uch yillik muddat tugagan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi pedagog xodimlarning huquqlari taʼminlangan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Attestatsiya jarayonlarini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Attestatsiya komissiyalarini tuzish va ularning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pedagog xodimlarning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat koʻrsatishlarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan hududiy boshqarmalarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyalari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya komissiyalari tarkibi hududiy boshqarma boshligʻi (attestatsiya komissiyasi raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taʼlim sohasiga masʼul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, hududiy boshqarmalardan ushbu sohaga masʼul xodimlardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya komissiyalarining faoliyat koʻrsatish muddati ularni tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagilar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog xodimlarning malaka tavsiflariga mos yoki mos emasligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya natijalariga koʻra umumlashtirilgan hisobotlar tuzish, ularni Davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari attestatsiyaning ushbu Nizom talablariga muvofiq oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog xodimlarning malaka tavsiflarida belgilangan talablarni bajarganliklari haqidagi tavsiyalarni tayyorlash, attestatsiya komissiyasiga pedagog xodimlar faoliyatiga oid zarur maʼlumotlarni taqdim etish uchun “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari tomonidan pedagog xodimlar faoliyati yuzasidan toʻplangan materiallar jamlangan hujjatlar yigʻmajildlari tegishli attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Attestatsiya quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — attestatsiyadan oʻtuvchilarning malaka tavsiflarida belgilangan mehnat faoliyati samaradorligi attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan oʻrganiladi va ularning kasbiy kompetentliligi malaka sinovi natijalari orqali aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — maʼnaviy-axloqiy va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat jarayoni oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya natijalariga koʻraattestatsiya komissiyasi tomonidan “Attestatsiyadan oʻtdi, egallab turgan lavozimiga muvofiq” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas” degan xulosalardan biri beriladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi, berilgan savollar va javoblar maxsus sahifalangan, tikilgan va muhrlangan daftarda qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Attestatsiya quyidagi baholash mezonlari boʻyicha oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mehnat faoliyati samaradorligi — taʼlim oluvchilar yoki tarbiyalanuvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, yoshlarni oilaviy qadriyatlarga xos maʼnaviy-axloqiy yetuk shakllantirish hamda ularning mustaqil hayotga tayyor boʻlib yetishishlari, yaʼni ijtimoiy moslashuvi, kasb-hunar tanlashi hamda malaka tavsiflarida belgilangan lavozim vazifalarini bajarishda erishgan yutuqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) malaka sinovlari — attestatsiyadan oʻtuvchining maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatida koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslikka ega pedagog xodimlar uchun davlat taʼlim standartlari yoki davlat talablari mazmuni asosida oʻtkaziladigan test yoki yozma topshiriqlarning (lavozim xususiyatidan kelib chiqqan holda yozma ish yoki ijodiy topshiriqlar) bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) suhbat — maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlar, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashdagi ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Pedagog xodimlarning attestatsiyasi natijalarini baholash mezonlari (keyingi oʻrinlarda baholash mezonlari deb ataladi) Davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Pedagog xodimlarning mehnat faoliyati samaradorligi, malaka sinovlari natijalari hamda suhbat jarayoni boʻyicha chiqariladigan oʻrtacha umumiy ball (koʻrsatkich) asosida attestatsiya komissiyasi quyidagi xulosalardan birini chiqaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56 foizdan 100 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, egallab turgan lavozimiga muvofiq”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55 foiz va undan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Attestatsiya komissiyasi tomonidan “Attestatsiyadan oʻtmadi, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas” deb xulosa berilgan pedagog xodimlar malaka oshirishga yuboriladi va bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra attestatsiya komissiyasi tomonidan pedagog xodimga yana “Attestatsiyadan oʻtmadi, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas” deb xulosa berilsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Pedagog xodimlar attestatsiya jarayonida uzrli sabablarga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlarining maʼlumotnomasi) koʻra ishtirok etmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodimlar attestatsiya jarayoniga uzrli sabablarsiz kelmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Attestatsiya komissiyalari qarori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi hamda attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotib tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Attestatsiya komissiyalari qarori asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi attestatsiya varaqasi rasmiylashtiriladi hamda attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi. Attestatsiya varaqasi xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi boʻlgan pedagog xodimlar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida pedagog xodimlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan hududiy boshqarmalarda besh kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Apellatsiya komissiyasi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimlari, kasaba uyushmasi vakili, hududiy boshqarmalardan ushbu sohaga masʼul xodimlardan iborat tarkibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Apellatsiya komissiyasining ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida komissiya faoliyatiga jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni ham jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Apellatsiya komissiyasi yigʻilishi komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Pedagog xodimlarning shikoyatlari roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodimlar apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyati koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiyadan oʻtkazish haqida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi pedagog xodimga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran bir kun muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎_________________________________________________komissiyasining _____ yil “___” _________ kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishining ____-son

‎‎(komissiya nomi yoziladi)

‎‎Q A R O R I

‎‎‎‎Raislik qiluvchi: ‎‎__________________________________________ ‎— komissiya raisi
‎Ishtirok etganlar:‎ __________________________________________‎ ‎‎— komissiya raisining oʻrinbosari
‎‎__________________________________________ — komissiya aʼzosi
__________________________________________‎‎ — ‎‎komissiya aʼzosi
‎‎__________________________________________ —‎‎ komissiya kotibi

T/r‎‏

Taʼlim muassasasining nomi yoki raqami‎‎

Pedagog xodimning

Mehnat faoliyati samaradorligi‎‎

Malaka sinovlari‎‎

Suhbat natijasi‎‎

Oʻrtacha umumiy ball‎‎

Attestatsiya natijalariga koʻra komissiya qarori‎‎

familiyasi‎‎

ismi

otasining ismi‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Komissiya raisi ‎‎________________________
‎‎Komissiya raisining oʻrinbosari ‎‎________________________
‎‎Komissiya kotibi ‎‎________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(Respublika, viloyat, shahar)

‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(“Mehribonlik” uyi yoki bolalar shaharchasining nomi yoki raqami)‎

‎‎‎‎ATTESTATSIYA VARAQASI

‎‎____________________________________________________________________________________________

(pedagog xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

Tugʻilgan yili, kun va oy‎ ____________________________________________________________________‎‎
Maʼlumoti‎ ____________ ‎‎_______________________________________ ___________________‎

‎‎(taʼlim olgan muassasasining nomi)

(tamomlagan yili)‎

‎‎Tasniflash boʻyicha ____________________________________________________________________________

‎‎(tayyorlov, taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik nomi)

‎‎Ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni _______________________________________________________________
‎‎Pedagogik staji ______________________________________________________________________________
‎‎Amaldagi lavozimi boʻyicha ish staji __________ yil,
‎shu jumladan,ushbu taʼlim muassasasida____________yil
‎Malakasini oshirgan taʼlim muassasasining nomi va vaqti __________________________________________ ___________________________________________________________________________________________

‎‎(malaka oshirgan sohasi: kasbiy yoki boshqa mavzularda )‎

‎‎Mukofotlari ________________________________________________________________________________
‎‎Komissiya qarori _____________________________________________________________________________
(toʻliq yoziladi) ‎
Komissiya raisi‎ ‎‎_______________________________________

____________‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(imzo)‎

Komissiya kotibi‎ _______________________________________‎‎

____________‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(imzo)

Komissiya aʼzosi‎ _______________________________________‎‎

____________‎ ‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi) ‎‎

Komissiya aʼzosi‎ _______________________________________‎‎‎

____________‎ ‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi) ‎‎

(imzo)‎

‎‎________yil “____” ______________

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/702/3607-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)