Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012 31.05.1996 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012
Hujjat 31.05.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MAʼMURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI PUNKTLARI, TAShKILOTLAR VA BOShQA TOPONIMIK OBYEKTLARNING NOMLARINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli ““Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimiz mustaqilligiga besh yil toʻlayotganligiga qaramay hamon joylarda toponimik obyektlarning eski tuzum va kommunistik mafkuraga xizmat qiladigan, xalqimiz tarixi va milliy anʼanalariga bogʻliq boʻlmagan nomlari saqlanib qolmoqda. Bular istiqlol mazmun-mohiyatini tushunmaslikdan, milliy mafkura va milliy gʻurur sustligidan, baʼzan esa masʼuliyatsizlik va loqaydlikdan kelib chiqmoqda. Natijada bu yangicha fikrlash va yashashni oʻrganish sharoitlarida xalqimizni mustaqillik gʻoyalaridan chalgʻitmoqda. Hokimliklar, ular huzuridagi toponimik komissiyalarning yetarli darajada faoliyat koʻrsatmayotganligini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining toponimik obyektlar nomlarini tartibga solish borasidagi ishlari talab darajasida emas deb hisoblansin. Bu boradagi kamchiliklar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga koʻrsatib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining yangi tarkibi 1-ilovaga*, ushbu komissiya toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasiga belgilangan qoidalar asosida toponimik obyektlarning nomlarini oʻzgartirish va tartibga solishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yuborish topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar, korxonalar, koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar va boshqa obyektlarga nom berish, ularning nomlarini oʻzgartirish va tartibga solish masʼuliyati shaxsan yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 kun muddat ichida hokimliklar huzurida tashkil etilgan toponimik komissiyalar faoliyati va tarkibini koʻrib chiqish, ular olib borayotgan ishlarni faollashtirish maqsadida komissiyalar tarkibiga tarixchilar, tilshunoslar, huquqshunoslarni, jamoatchilik va mahalliy boshqaruv idoralari vakillarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 1-sentabrgacha oʻzgartiriladigan toponimik obyektlar nomlarini qayta koʻrib chiqish, obyektlarning eski tuzum davridan saqlanib qolgan, xalqimiz tarixi va anʼanalari bilan bogʻliq boʻlmagan nomlarini oʻzgartirish va ularga nom berishda tarixiy, milliy, tabiiy va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olish, kishilar sharafiga qoʻyilgan barcha nomlarning belgilangan qoidalar va maqsadga muvofiqligini qayta koʻrib chiqish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy hokimiyat organlarining obyektlarga kishilar nomini berish haqidagi qarorlari dastlabki tarzda Oʻzbekiston Respublikasi toponomik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi bilan kelishilishi shart;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxslarning nomini hayot chogʻida biror joyga qoʻyishga hamda abadiylashtirishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 123-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Alimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 31-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-maydagi 203-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NI3OM

1. Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududidagi tabiiy-jugʻrofiy va boshqa toponimik obyektlarga nom qoʻyish, ilgari berilgan nomlarni oʻzgartirish masalalarini tartibga solib borish, bu ishda suiisteʼmolchilikka, tanish-bilishchilikka va boshqa tarzdagi buzilishlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, mamlakatimiz xalqlarining tarixi va anʼanalari bilan bogʻliq toponimlarni muhofaza etish choralarini koʻrish toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiya amaldagi qonun hujjatlari va hukumat qarorlari asosida ish olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nom qoʻyish taklifini kiritgan tashkilotlardan toponimik obyektlarni tavsiflovchi hamma kerakli hujjatlarni talab qilib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashhur kishilarning xotiralarini abadiylashtirish masalalari boʻyicha tegishli hokimiyat organlariga tavsiyalar beradi, zarur boʻlgan hollarda vaqtinchalik ekspertlar guruhini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha barcha darajadagi ijroiya hokimiyat va tegishli boshqaruv idoralari rahbarlarining hisobotlarini eshitib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya toponimik obyektlarga kishilarning nomlarini berish va ilgari mashhur kishilar sharafiga qoʻyilgan nomlarni oʻzgartirish haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Rayosati, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, vazirliklar va idoralarning takliflarini tarixchilar, tilshunoslar, meʼmorlar va boshqa soha mutaxassislarini bu ishga jalb qilgan holda koʻrib chiqadi. Komissiya oʻz xulosalarini belgilangan tartibda taklif kiritgan tashkilotlarga, mamlakat ahamiyatiga molik obyektlar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nom berish haqidagi takliflarni koʻrib chiqishda komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqning tarixiy-milliy anʼanalari, his-tuygʻulari, axloqiy qadriyatlarini va aholining istaklarini hisobga oladi hamda bunda umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilayotgan yangi nomning oʻzbek toponimiya tizimining talablari va til qonuniyatlariga zid kelmasligini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va jamoat tashkilotlari hamda mehnat jamoalarining mulohazalarini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomini berish tavsiya etilayotgan kishining mamlakat xalqi oldidagi ulkan xizmatlari, nomi qoʻyilayotgan joyga va sohaga aloqasi, uni bunyod etish yoki rivojlantirishga qoʻshgan hissasini hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya zaruratga qarab oʻz majlislarini oʻtkazib turadi va qarorlarini bayon shaklida rasmiylashtiradi. Komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashgan komissiya majlisi qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi. Qaror qabul qilish uchun majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi uni maʼqullashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim hollarda komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.