Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKINVEST” MILLIY SUGʻURTA KOMPANIYASINING USTAV FONDI MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-noyabrdagi 524-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasining ichki va xalqaro sugʻurta bozorlaridagi faoliyatini faollashtirish, moliyaviy salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi direktorlar kengashining uning ustav fondini oshirish hamda kompaniyaning 1995-yilgi foydasi hisobiga uni milliy valyutada 200 mln. soʻmgacha yetkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorning 3-bandi birinchi xatboshidagi va “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Ustavining 12-bandidagi “50 million soʻm” soʻzlari “200 million soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-may,
191-son