01.01.2008 yildagi 2.09.20-08-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meʼyorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. UMUMIY HOLATLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Mazkur meʼyorlar shu meʼyorda qabul qilingan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiya (AYOQS)larining sinflarga boʻlinishi bilan chegaralangan va motor yoqilgʻisini qabul qilish, saqlash hamda transport vositalarini u bilan toʻldirish uchun belgilangan yangi loyihalashtiriladigan, kengaytiriladigan va qayta quriladigan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiya (AYOQS)lariga tarqaladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur meʼyorlar, shu meʼyorlarning taʼsir qilishining boshlashi davrida ishlab turgan, kengaytirilayotgan va qayta qurilayotgan AYOQSlarga, mavjud rezervuar jihozlariga tegishli qismida hamda gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida yoqilgʻi quyish punkti sifatida ishlatilayotgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalariga, gaz sanoatiga qarashli ishlab chiqarish korxonalarining yoqilgʻi quyish punkti sifatida ishlatilayotgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalariga tarqalmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur meʼyorlar shu meʼyorlarda qabul qilingan sinflarga boʻlinishi bilan chegaralangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiya (AYOQS)larning texnologik jihozlariga, qurilish qismiga, joylashtirilishi va bosh planlariga boʻlgan yongʻin xavfsizligi talablarini belgilaydi. Meʼyorlar qaysi idoraga tegishliligi, faoliyat turi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi hamma korxona, muassasa, tashkilot va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Mazkur meʼyorlarda quyidagi atamalar muvofiq ravishdagi taʼriflari bilan qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazlarning quvur orqali avariya holatidagi (avariyaviy) sarfi — texnologik tizimdagi jihozlarning avariya holatida germetikligi buzilganidagi gazlarning quvur orqali sarfi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir devorli rezervuarli avtomobillarga gaz quyish stansiyasi — texnologik tizimi mazkur meʼyorlarning 6.2 va 6.3 punktlari talablariga javob bermaydigan avtomobillarga gaz quyish stansiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi sizib chiqishini xavfsiz toʻxtatish — alanga tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasining 20 % dan ortiq konsentratsiyaga ega yoqilgʻi bugʻlari bilan ifloslangan hududda odamlar boʻlishini talab qilmaydigan yoqilgʻi sizib chiqishini toʻxtatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi saqlash bloki-ishlab chiqarilgan zavodida umumiy ramaga oʻrnatilgan va yer ostida joylashtiriladigan yoqilgʻi qabul qilish uchun belgilangan, blokli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari texnologik tizimining asosiy qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaztenglashtiruvchi (gaztaqsimlovchi) tizim — deaeratsiya tizimi umumiy birlashtirilgan, bir guruh rezervuarlardagi yoqilgʻi bugʻ fazasi bosimi tengligini taʼminlovchi jihozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki devorli rezervuar — ikki devorli idish (idish ichida idish) shaklidagi rezervuar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jihozlar ichida yonuvchi moddalarning yopiq holda harakatlanish uslubi — yonuvchi moddaning texnologik jihozlar ichida harakatlanishi, bunda shu moddalarning atmosfera bilan faqat alanga tarqalishining oldini oluvchi qurilma orqali aloqa (kontakt) qilishiga yoʻl qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi quyish orolchasi — yoqilgʻi quyish paytida transport vositasining toʻxtab turishi uchun belgilangan texnologik maydoncha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchi va yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish bino (xona)lari (15 tagacha odam sigʻadigan kafelar, savdo zalining umumiy maydoni 20 m2dan ortiq boʻlmagan ehtiyoj mollari magazini va sanuzellar) — haydovchi va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bino (xona)lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalariga servis xizmati (yuvish va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish postlari) koʻrsatish binosi (xonasi) — transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni bajarish nazarda tutilgan bino (xona);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi saqlash konteyneri — ishlab chiqarilgan zavodida umumiy ramaga (yaxlit qurilma shaklida) oʻrnatilib va yer ustida oʻrnatiladigan yoqilgʻini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun belgilangan texnologik tizim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarqatish (berish) tizmasi — yoqilgʻining rezervuardan yoqilgʻi tarqatish kolonkalariga kelishini taʼminlaydigan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deaeratsiya tizmasi — rezervuar boʻsh hajmining atmosfera bilan aloqasini taʼminlaydigan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻldirish tizmasi — avtotsisternadan rezervuarni yoqilgʻi bilan toʻldirilishini taʼminlaydigan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
choʻkindi (shlam)dan tozalash tizmasi — tarkibida mayda choʻkindilari boʻlgan mahsulot osti suv qatlamining chiqarib yuborilishini taʼminlaydigan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ritsirkulyatsiya tizmasi — yoqilgʻi bugʻlarining tutash, berk kontur boʻylab aylanishi (sirkulyatsiyasi)ni taʼminlaydigan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odamlar koʻp yigʻiladigan joylar (hududlar) — bir vaqtning oʻzida 100dan ortiq odam yigʻilishi mumkin boʻlgan joylar, bozorlar, yarmarkalar, stadionlar hamda transport bekatlari, metro stansiyalaridan chiqish joylari. Odamlar koʻp yigʻiladigan joylar maʼmuriy — hududiy birlik maʼmuriyati tomonidan aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp boʻlma (kamera)li rezervuar — ichki boʻshligʻi bir nechta boʻlmalarga germetik toʻsiqlar bilan boʻlingan rezervuar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrish-uzatish (perekachka qilish) nasoslari — texnologik tizim tarkibiga kiruvchi va yoqilgʻini avtotsisternadan yoqilgʻi saqlash rezervuarlariga soʻrib — uzatib beruvchi nasos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotsisterna uchun maydoncha — avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarida yoqilgʻini oqizish (toʻkish)-quyish operatsiyalarini bajarish paytida avtotsisternalarning toʻxtab turishi uchun belgilangan texnologik maydoncha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishga tushadigan yongʻin oʻchirgich — yongʻin oʻchogʻining issiqligi taʼsirida ishga tushadigan yongʻin oʻchirgich;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp yoqilgʻili avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarining mustaqil qismi (uchastkasi) — motor yoqilgʻisining biror bir turini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun belgilangan, koʻp yoqilgʻili avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari texnologik tizimining bir qismi sifatida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqarib yuborish quvuri — siqilgan tabiiy gaz yoki suyultirilgan uglevodorodli gazlarning bugʻlarini atmosferaga yondirmasdan chiqarib yuborish uchun belgilangan vertikal quvur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezervuar shaxtasi yoki texnologik quduq boʻshligʻi — havo bilan toʻldirilgan rezervuar shaxtasi yoki texnologik quduq boʻshligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki devorli rezervuarlarning germetikligini birlashtirilgan nazorat qilish tizimi — rezervuar tashqi devori germetikligini davriy va ichki devori germetikligini doimiy nazorat qilish uchun belgilangan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezervuarning germetikligini davriy nazorat qilish tizimi — avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari xodimlari tomonidan rezervuarlar germetikligini aniqlash uchun belgilangan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezervuarning germetikligini (ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻini) doimiy nazorat qiluvchi tizim — rezervuar (ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻini) germetikligi buzilganligini erta aniqlash uchun belgilangan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik boʻlma — texnologik tizimning oʻralgan, texnologik jihozlar joylashtirilgan maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik tizim — avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarida yoqilgʻini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun maxsus loyihalashtirilgan, oʻrnatilgan va ishlatiladigan jihozlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazli motor yoqilgʻisi — ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladigan suyultirilgan uglevodorodli gaz (suyultirilgan propan-butan) va siqilgan tabiiy gaz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suyuq motor yoqilgʻisi — ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladigan benzin va dizel yoqilgʻisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Mazkur meʼyorlarda avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchalarining quyidagicha sinflarga boʻlinishi qabul qilingan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp yoqilgʻili avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari — hududida transport vositalarini ikki yoki uch xil turdagi yoqilgʻi bilan toʻldirish nazarda tutilgan, orasida motor yoqilgʻisi (benzin va dizel yoqilgʻisi), suyultirilgan uglevodorodli gaz(suyultirilgan propan-butan) va siqilgan tabiiy gaz bilan toʻldirish huquqiga ega boʻlgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi quyish punkti — korxona hududida joylashgan va faqat shu korxona transport vositalarini yoqilgʻi bilan taʼminlash uchun belgilangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anʼanaviy (odatdagi, odatiy) avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari — texnologik tizimi transport vositalarini faqat suyuq yoqilgʻi bilan toʻldirish uchun belgilangan va havzalari yer ostida joylashganligi bilan tavsiflanadigan hamda yoqilgʻi tarqatish kolonkalari bilan ulangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
blokli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari — texnologik tizimi transport vositalarini faqat suyuq yoqilgʻi bilan toʻldirish uchun belgilangan va havzalari yer ostida joylashganligi bilan tavsiflanadigan hamda yoqilgʻi tarqatish kolonkalari yoqilgʻi saqlash bloki ustida joylashgan , zavodda ishlab chiqarilgan yaxlit qurilma shaklidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modulli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari — texnologik tizimi transport vositalarini faqat suyuq yoqilgʻi bilan toʻldirish uchun belgilangan havzalari yer ustida joylashgan va yoqilgʻi tarqatish kolonkalari hamda yoqilgʻi saqlash konteynerlari bilan ulangan, zavodda yaxlit qurilma shaklida ishlab chiqarilgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konteynerli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari — texnologik tizimi transport vositalarini faqat suyuq yoqilgʻi bilan toʻldirish uchun belgilangan havzalari yer ustida joylashganligi bilan tavsiflanadigan va yoqilgʻi tarqatish kolonkalari konteynerning oʻzida joylashgan, zavodda yaxlit qurilma shaklida ishlab chiqarilgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchma avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari — transport vositalarini faqat suyuq yoqilgʻi bilan toʻldirish uchun belgilangan, texnologik tizimi avtomobil shassisi, pritsepi yoki yarimpritsepiga oʻrnatilgan va zavodda yaxlit qurilma shaklida ishlab chiqarilgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyasi (AGTKS) — texnologik tizimi faqat yuk tashish, maxsus va yengil transport vositalarining yoqilgʻi tizimidagi ballonlarni siqilgan tabiiy gaz bilan toʻldirish uchun belgilangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchma gaz toʻldirish stansiyasi (KGTAS) — texnologik sxemasi faqat avtomobillarning yoqilgʻi tizimi ballonlarini siqilgan tabiiy gaz bilan toʻldirish uchun belgilangan va siqilgan gaz rezervuari va tarqatish kolonkasi avtomobil shassisida, pritsepi yoki yarimpritsepiga oʻrnatilishi bilan tavsiflanadigan va zavodda yaxlit qurilma shaklida ishlab chiqarilgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobillarga gaz quyish stansiyasi (AGQS) — texnologik tizimi faqat yuk tashish, maxsus va yengil transport vositalarining yoqilgʻi tizimidagi ballonlarni suyultirilgan uglevodorodli gaz bilan toʻldirish uchun belgilangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchma avtomobillarga gaz quyish stansiyalari — transport vositalariga faqat suyultirilgan gaz quyish uchun belgilangan, texnologik qismi avtomobil shassisi, pritsepi, yoki yarimpritsepida oʻrnatilgan va zavodda yaxlit qurilma shaklida ishlab chiqarilgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini loyihalashtirishda seriyali (ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan) ishlab chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda kelishilgan, texnik — ekspluatatsion hujjatlariga (TEX) ega boʻlgan yoqilgʻi qabul qilish, saqlash va tarqatish texnologik tizimlarini nazarda tutish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. TEX avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari bino va inshootlarga, ularni ishlatish davrida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga (shu jumladan reglamentli va taʼmirlash ishlarini, yongʻin xavfi tugʻilgan va yongʻin sodir boʻlgan sharoitlarda xodimlarning harakatiga) boʻlgan talablar hamda texnologik tizim konstruksiyalari, texnologik parametrlari (koʻrsatkichlari), ishlab chiqargan zavodning xizmat qilish davri va kafolat majburiyatlari haqidagi maʼlumotlarini oʻz tarkibiga olgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.6. Yoqilgʻi quyish punktlariga boʻlgan yongʻin xavfsizligi talablarini 1-ilova, avtomobillarga suyuq motor yoqilgʻisini quyish koʻchma stansiyalariga boʻlgan talablarni 2-ilovaga muvofiq aniqlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini loyihalashtirishda, qurishda va qayta qurish (rekonstruksiya qilish)da yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari bilan bir qatorda belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi meʼyoriy hujjatlar tomonidan aniq belgilangan portlash xavfsizligi, gaz xavfsizligi, ekologik xavfsizlik va boshqa talablarni ham hisobga olish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. JOYLASHTIRISHGA BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. UMUMIY TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.1. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari koʻp hollarda turar joy, ishlab chiqarish va jamoat bino (inshoot)larining shamol ustunlik qiladigan yoʻnalishdan (yillik “muayyan esuvchi shamollar yoʻnalishi” boʻyicha) teskari tomonida joylashtirilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini kesishgan koʻprik yoʻl ustida va ostida hamda suzib yuruvchi vositalarda joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.2. Maydonida bino va inshootlarning joylashishini hisobga olgan holda avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarining rejaviy tuzimi avariya holatida toʻkilgan suyuqliklarning avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyasi maydoni boʻylab hamda undan tashqariga yoyilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalariga kirish va chiqish joylarida balandligi 0,2 metrdan kam boʻlmagan qiya koʻtarma yoki neft mahsulotlari bilan ifloslangan yomgʻir, qor suvlarini avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarining tozalash inshootlariga tushirib yuboradigan drenaj tarnovlar oʻrnatish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.3. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini joylashtirishda quyidagi minimal masofalarni aniqlash lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi saqlash rezervuar (sigʻim)lar va avariya holatidagi rezervuarlardan, ichida yoqilgʻi yoki uning bugʻlari boʻlgan yerdagi va yer ustidagi asbob-uskunalar devorlaridan, yoqilgʻi tarqatish kolonkalari va suyultirilgan yoki siqilgan uglevodorodli gazlarni tarqatish kolonkalari korpusidan, avtotsisterna uchun belgilangan maydoncha va texnologik quduqlar chegarasidan, tozalash inshootlarining texnologik jihozlari devorlaridan, AYOQS binosi tashqi devori va konstruksiyalaridan — maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar, statsionari boʻlgan davolash muassasasi yer maydonining chegarasigacha hamda boshqa maqsadlar uchun belgilangan turar joy va jamoat binolarining uchun esa — deraza (eshik)larigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xonaning eng yaqin devorigacha (bitta binoda funksional belgilanishi boʻyicha turli xildagi xonalar joylashganida).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyasi xodimlari uchun belgilangan, haydovchilarga, yoʻlovchilarga va ularning transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish bino (xona)laridan to avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyasiga tegishli boʻlmagan obyektlargacha boʻlgan masofalar mazkur meʼyorlarda aniq belgilanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yoʻllari va aholi yashash punkti koʻchalarigacha boʻlgan minimal masofa ularning toifasiga bogʻliq holda SHNK 2.07.01-03 boʻyicha aniqlanadi, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumshahar ahamiyatiga ega magistral yoʻl va magistral koʻchalargacha — xuddi I, II va III toifadagi umumiy tarmoq avtomobil yoʻllarigacha boʻlganidek;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
posyolka yoʻllarigacha, tuman (rayon) ahamiyatidagi magistral koʻchalargacha, qishloqlarning bosh va asosiy koʻchalarigacha — xuddi IV va V toifadagi umumiy tarmoq avtomobil yoʻllarigacha boʻlganidek;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan yoʻl va koʻchalar uchun — meʼyorlashtirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.4. Rezervuarlari yer ustida joylashgan suyuq motor yoqilgʻisi saqlash uchun belgilangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari ikki turga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A turi — umumiy sigʻimi 20 m3 dan ortiq boʻlgan konteynerli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B turi — umumiy sigʻimi 20 m3 dan ortiq boʻlmagan konteynerli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konteynerli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari rezervuarlarining umumiy hajmi ular aholi yashash punktlari hududida joylashtirilsa 40 m3dan va aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashtirilsa 60 m3dan oshmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarining rezervuyarlari yoki kameralari har birining hajmi (kameralari orasi ikki qavatli devor bilan ajratilgan koʻp kamerali rezervuarlar ishlatilganida) ular aholi yashash punktlari hududida joylashtirilsa 10 m3dan va aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashtirilsa 20 m3dan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moduli avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarining umumiy sigʻimini va rezervuarlaridan har birining hajmini (shu bilan bir qatorda avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini A va B turlariga boʻladigan kattalikni ham) 2 marotabagacha koʻpaytirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suyuq motor yoqilgʻisini saqlash uchun belgilangan bir devorli rezervuarlar ishlatilganida sigʻimi boʻyicha koʻrsatilgan parametrlarni bajarilishi shart boʻlgan (shartli) 3-ilovaga muvofiq aniqlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.5. Suyuq motor yoqilgʻili avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalariga qarashli obyektlargacha boʻlgan minimal masofa 1-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.6. Rezervuarlari yer ostida joylashgan AYOQS hududida joylashgan bino va inshootlar orasidagi minimal masofa 2-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-jadval

T/r

Oraliq masofasi aniqlanishi zarur boʻlgan obyektlar nomi

rezervuarlari yer ostida joylashgan AYOQSdan boʻlgan masofa

rezervuarlari yer ustida joylashgan AYOQSdan boʻlgan masofa

A turi

B turi

1.

Ishlab chiqarish, ombor va maʼmuriy-maishiy va sanoat korxonalarining inshootlari (10 satrda koʻrsatilganlaridan tashqari)

15

25

2.

Oʻrmonlar:

ignabargli va aralash

25

40

30

bargli

10

15

12

3.

Uy-joy va jamoat binolari

25

50

40

4.

Odamlar koʻp yigʻiladigan joylar

25

50

5.

Individual garajlar va avtomobillar uchun ochiq turar joy

18

30

20

6.

Savdo doʻkonlari

20

25

7.

Umumiy tarmoq avtomobil yoʻllari (qatnov qismining cheti)

I, II va III toifali

12

20

15

IV va V toifali

9

12

9

Elektrlashtirilgan shahar transporti qatnov yoʻli (kontakt tarmogʻigacha)

15

20

20

8.

Umumiy tarmoq temir yoʻllari(koʻtarmaning nishabi pastki cheti yoki oʻyilgan joyning cheti)

25

30

9.

AYOQSga tegishli boʻlmagan kanalizatsiyaning tozalash inshootlari va nasos stansiyalari

15

30

25

10.

Yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar*, radioaktiv va GOST 12.1.007 boʻyicha xavfliligi I va II sinfga mansub zararli moddalar mavjud boʻlgan bino va inshootlar

100

11.

Elektr uzatish tarmoqlari, elektrpodstansiyalar (shu jumladan transformator podstansiyalari)

PUE boʻyicha

12.

Yogʻoch materiallari, tolasimon yonuvchi moddalar, pichan, somon omborlari

20

40

30

13.

Paxta dalalari va gʻalla ekinlari maydon (massiv)lari, xirmon, gʻaram va h.k.

75

100

14.

Koʻpriklar, koʻprikyoʻl (puteprovod)lar

75

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ichida yonuvchi gaz; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar; yonuvchi chang va/yoki tolalar; suv, havodagi kislorod bilan va/yoki oʻzaro taʼsir qilganida yonishi mumkin boʻlgan modda va/yoki materiallar; ishlov berish jarayoni nur issiqligi uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan issiq, qizigan va/yoki erigan holatdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar, hamda yoqilgʻi sifatida yoqiladigan yoki utilizatsiya qilinadigan yonuvchi gaz, suyuqlik va/yoki qattiq moddalar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar; shunday shart bilanki, belgilangan modda va materiallar tashqi qurilmalardan 30 metr masofada bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonganida individual xavf kattaligi yiliga 10-6dan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Rezervuarlari yer ustida joylashgan hamda rezervuarlari yer ostida joylashgan AYOQSdan 1-jadvalda koʻrsatilgan S0 yoki S1 sinfiga mansub olovga bardoshlilik darajasi I va II boʻlgan turar joy va jamoat binolarigacha boʻlgan masofani 25%gacha kamaytirish mumkin, yer ustida joylashgan bir devorli tomyopmali rezervuarlargacha boʻlgan masofadan tashqari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. AYOQS texnologik tizimi flegmatizatsiya yoki boshqa alangalanishni va/yoki texnologik jihoz ichidagi bugʻ-havo aralashmasining yonib ketishini oldini olish tizimlari bilan taʼminlanganida 1-jadvalda koʻrsatilgan masofalarni 25%gacha kamaytirishga ruxsat beriladi (3,4,10,11-satrlarda koʻrsatilganlaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. AYOQS oʻrmon yaqinida joylashtirilganida ninabargli va aralash oʻrmongacha boʻlgan masofani ikki marta kamaytirishga ruxsat etiladi, bunda oʻrmon va AYOQS chegarasiga tutash maydon chegarasi uzunligi boʻylab yer yuzasi oʻz sirtida yongʻin tarqalishiga yoʻl bermaydigan materiallardan bajarilgan qoplamaga ega yoki yer 5 metr kenglikda haydalgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2-jadval

T/n

AYOQS bino va inshootlarining nomi

Grafada yozilish tartibida muvofiq ravishdagi bino va inshootlar orasidagi nominal masofa (… nomi), m

1

2

3

4

5

6

7

8

1.

Yoqilgʻi saqlash uchun yer osti rezervuarlari

-

9

-

10

12

15

17

-

2.

Yoqilgʻi tarqatish kolonkalari

9

-

-

9

9

15

17

4

3.

Avtotsisterna uchun maydon

-

-

-

9

9

15

15

-

AYOQS xodimlari va transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish binosi

4.

S0 yoki S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi I, II va III boʻlgan

10

9

9

6

9

9

9

9

5.

S0 sinfiga mansub, olovga Bardoshlilik darajasi IV boʻlgan

12

9

9

9

12

9

12

9

Haydovchi va yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish binosi

6.

S0 yoki S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi I, II va III boʻlgan

15

15

15

9

9

6

9

15

7.

S0 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi IV boʻlgan

17

17

15

9

12

9

12

15

8.

Neft mahsulotlari bilan ifloslangan yomgʻir, qor suvlarini tozalash inshootlari

-

4

-

9

9

15

15

-

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “-” belgi bilan koʻrsatilgan masofalar meyorlanmaydi va boshqa holatlar mazkur meʼyorda qayd etilmagan boʻlsa binoning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Blokli AYOQS loyihalashtirilganda yoqilgʻi saqlash rezervuarlari va yoqilgʻi quyish kolonkalari orasidagi masofa meʼyorlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Loyiha topshirigʻida rezervuarlarni avtotsisternadan yoqilgʻi bilan toʻldirish paytida ishdan toʻxtatilishi nazarda tutilmagan AYOQS lari uchun avtotsisterna oʻrnatiladigan maydondan yoqilgʻi tarqatish kolonkasigacha boʻlgan masofani 9 metrdan kam boʻlmaydigan qilib qabul qilish, AYOQS binolari va inshootlarigacha boʻlgan masofani 30% ga oshirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Transformator podstansiyasidan AYOQS bino va inshootlarigacha boʻlgan masofa PUE talablariga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.7. Rezervuarlari yer ustida joylashgan suyuq motor yoqilgʻili AYOQS hududida bino va inshootlari orasidagi minimal masofa 3-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

3-jadval

T/n

AYOQS bino va inshootlarining nomi

“… nomi” satrida (grafadasida) yozilish tartibida muvofiq ravishdagi bino va inshootlar orasidagi nominal masofa, m.

1

2

3

4

5

1.

Yoqilgʻi saqlash konteynerlari

-

13

-

12

-

2.

Yoqilgʻi tarqatish kolonkalari

13

-

13

12

4

3.

Avtotsisterna uchun maydon

-

13

-

12

-

4.

AYOQS xodimlari uchun belgilangan bino

12

12

12

-

9

5.

Neft mahsulotlari bilan ifloslangan yomgʻir qor suvlarini tozalash inshootlari

-

4

-

9

-

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “-” belgi bilan koʻrsatilgani hamda yoqilgʻi tarqatish kolonkalaridan yoqilgʻi saqlash konteynerlari va konteynerli AYOQSdagi avtotsisternalar uchun belgilangan maydongacha masofa meʼyorlanmaydi va boshqa holatlar mazkur meʼyorda qayd etilmagan boʻlsa binoning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Texnologik boʻlmalari qarama-qarshi joylashgan yoqilgʻi saqlash konteynerlari orasidagi masofani 4 metrdan kam boʻlmaydigan qilib qabul qilish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Haydovchi, yoʻlovchi va transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish binolarigacha boʻlgan masofa 2-jadvaldan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.8. AYOQSdagi avtotsisternalar uchun belgilangan maydon chetidan yer ustida joylashgan texnologik jihozlargacha, bostirma konstruksiyalari va yer osti rezervuarlarining texnologik shaxtalarigacha boʻlgan masofa 2 metrdan kam boʻlmasligi zarur. Agar yer osti rezervuarlari texnologik shaxtalarining ichki boʻshligʻi yonmaydigan material bilan toʻldirilgan boʻlsa, u holda shaxtalargacha boʻlgan masofa meʼyorlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.9. AYOQS devor bilan oʻralgan boʻlsa, u shamol oʻtadigan va yonmaydigan materialdan bajarilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.10. AYOQS hududida transport vositalarining harakati odatda bir tomonlama boʻlishi zarur. Bu holda alohida kirish va chiqish nazarda tutilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotsisternaning oqizish-quyish maydonidan AYOQS hududidan chiqishgacha boʻlgan yoʻlni eng qisqa boʻladigan qilib loyihalashtirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.11. AYOQS hududini gullagan paytida oʻzidan parcha-parcha, tolali moddalar va tuk qoplagan urugʻlar ajratadigan buta va daraxtlar bilan koʻkalamzorlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1.12. AYOQSlarni yongʻin tarqalishi mumkin boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari (gʻalla, paxta va h.k.) yaqinida joylashtirilganida AYOQSning ekinzorga tutash boʻlgan maydon chegarasi uzunligi boʻylab yer yuzasi oʻz sirtida yongʻin tarqalishiga yoʻl bermaydigan materiallardan bajarilgan qoplamaga ega yoki yer 5 metr kenglikda haydalgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. KOʻP YOQILGʻILI AYOQS, AGTKS VA AGQS JOYLASHTIRILISHIGA VA HUDUDIGA BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2.1. Koʻp yoqilgʻili AYOQS da taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchma AYOQSlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQSning rezervuarlar (sigʻimlar, ballonlar)ini yoki transport vositalarining yoqilgʻi tizimini toʻldirish texnologik tizimiga taalluqli boʻlmagan yoqilgʻi bilan toʻldirish punktlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaztaqsimlash punktini joylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2.2. Koʻp yoqilgʻili AYOQSlarini ishga tushirishdan oldin GOST 12.4.026 da nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligi belgilari ilingan (oʻrnatilgan) boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2.3. Siqilgan tabiiy gazni qabul qilish tayyorlash va saqlash binolari, inshootlari va jihozlari hamda SUG rezervuarlari joylashgan ombor maydoni hudud chegarasini belgilovchi, begona kishilar uchun yopiq va yonmaydigan materiallardan tayyorlangan, shamol oʻtishiga toʻsqinlik qilmaydigan mustaqil toʻsiq (devor)ga ega boʻlishi kerak. Koʻrsatilgan maydon hududiga kirish-chiqish joylarida oʻtishni (harakatni) cheklagich nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2.4. Koʻp yoqilgʻili AYOQS, AGTKS va AGQS (bir devorli rezervuarli AGQSdan tashqari)lardan ularga tegishli boʻlmagan obyektlargacha boʻlgan minimal masofa 4-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2.5. AYOQS bino va inshootlari orasidagi minimal masofani 5-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

4-jadval

T/n

Oraliq masofasi aniqlanishi zarur boʻlgan obyektlar nomi

Bino, inshoot va jihozlardan AYOQS texnologik tizimigacha boʻlgan masofa, m.

ichida SUG borligida

ichida siqilgan gaz borligida

1.

Ishlab chiqarish, ombor va maʼmuriy-maishiy va sanoat korxonalarining inshootlari (10 satrda koʻrsatilganlaridan tashqari)

40

25

2.

Oʻrmonlar:

ignabargli va aralash

50

30

bargli

25

15

3.

Uy-joy va jamoat binolari

60

120

4.

Odamlar koʻp yigʻiladigan joylar (maskanlar)

60

120

5.

Individual garajlar va avtomobillar uchun ochiq turar joy

40

30

6.

Savdo doʻkoni

60

35

7.

Umumiy tarmoq avtomobil yoʻllari (qatnov qismining cheti)

I, II va III toifali

25

15

IV va V toifali

25

12

Elektrlashtirilgan shahar transporti qatnov yoʻli (kontakt tarmogʻigacha)

25

15

8.

Umumiy tarmoq temir yoʻllari(oʻtarmaning nishabi pastki cheti yoki oʻyilgan joyning cheti)

40

30

9.

AYOQSga tegishli boʻlmagan kanalizatsiyaning tozalash inshootlari va nasos stansiyalari

60

15

10.

Yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar*, radioaktiv va GOST 12.1.007 boʻyicha xavfliligi I va II sinfga mansub zararli moddalar mavjud boʻlgan bino va inshootlar

100

100

11.

Elektr uzatish tarmoqlari, elektrpodstansiyalar (shu jumladan transformator podstansiyalari)

PUE boʻyicha

12.

Yogʻoch materiallari, tolasimon yonuvchi moddalar, pichan, somon omborlari

50

30

13.

Paxta dalalari va gʻalla ekinlari maydon (massiv)lari, xirmon, gʻaram va h.k.

100

100

14.

Koʻpriklar, koʻprik yoʻl (puteprovod)lar

100

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ichida yonuvchi gaz; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar; yonuvchi chang va/yoki tolalar; suv, havodagi kislorod bilan va/yoki oʻzaro taʼsir qilganida yonishi mumkin boʻlgan modda va/yoki materiallar; ishlov berish jarayoni nur issiqligi uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan issiq, qizigan va/yoki erigan holatdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar, hamda yoqilgʻi sifatida yoqiladigan yoki utilizatsiya qilinadigan yonuvchi gaz, suyuqlik va/yoki qattiq moddalar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar; shunday shart bilanki, belgilangan modda va materiallar tashqi qurilmalardan 30 metr masofada bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonganida individual xavf kattaligi yiliga 10-6dan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yerga chuqurlashtirilgan yoki yer ostida joylashgan ichida siqilgan tabiiy gaz boʻlgan texnologik jihozlardan 1,5 va 12-satrlarda koʻrsatilgan masofani 50%gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 3 va 4 satrlarda koʻrsatilgan 120 m masofa hajmli siqilgan tabiiy gaz akkumulyatorlariga tegishlidir. Hajmli siqilgan tabiiy gaz akkumulyatorlari yer ostida joylashtirilgan hollarda 3 va 4 satrlarda koʻrsatilgan masofalarni 60 metrgacha kamaytirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Umumiy sigʻimi 1,6 m3dan, ballonlar soni 20 tadan ortiq boʻlmagan hajmli siqilgan tabiiy gaz akkumulyatorlari bloki yer ustida joylashtirilganda 3 va 4 satrlarda koʻrsatilgan masofalarni 40 metrgacha, umumiy sigʻimi 1,6 m3dan, ballonlar soni 20 tadan ortiq boʻlganda esa 3 va 4 satrlarda koʻrsatilgan masofalarni 60 metrgacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi. Siqilgan tabiiy gaz akkumulyatorlari yer ostida joylashtirilgan hollarda mazkur masofalarni 35 metrgacha kamaytirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. AYOQS ninabargli va aralash oʻrmon yaqinida joylashtirilganida ular orasidagi va ichida siqilgan tabiiy gaz boʻlgan texnologik jihozlar orasidagi masofani ikki martagacha kamaytirishga ruxsat etiladi, agar koʻrsatilgan jihozlar yer ostida joylashgan yoki yerga chuqurlashtirilgan boʻlsa. Bunda oʻrmon va AYOQS chegarasiga tutash maydon chegarasi uzunligi boʻylab yer yuzasi oʻz sirtida yongʻin tarqalishiga yoʻl bermaydigan materiallardan bajarilgan qoplamaga ega yoki yer 5 metr kenglikda haydalgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvuridan AYOQS ga tegishli boʻlmagan obyektlargacha boʻlgan minimal masofa mazkur meʼyor talablariga muvofiq hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

5-jadval

T/r

AYOQS bino va inshootlarining nomi

“… nomi” satrida (grafadasida) yozilish tartibida muvofiq ravishdagi bino va inshootlar orasidagi nominal masofa, m.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

1.

SUG saqlash uchun yer osti rezervuarlari

-

-

*

15

20

20

20

20

10

15

20

35

35

15

2.

Suyuq motor yoqilgʻisi saqlash uchun yer osti rezervuarlari

-

-

*

*

10

10

**

-

10

**

**

20

**

**

3.

Ichida siqilgan tabiiy gaz boʻlgan texnologik jihozli bino (inshoot)

*

*

*

10

10

6

10

10

*

-

9

25

25

10

4.

SUGlarni oqizish-quyish uchun belgilangan jihozli bino (inshoot)

15

*

10

-

20

20

20

6

10

15

9

35

35

6

5.

SUG tarqatish kolonkalari

20

10

10

20

-

4

4

20

15

4

9

35

35

10

6.

Siqilgan tabiiy gaz tarqatish kolonkalari

20

10

6

20

4

-

8

20

15

4

9

20

20

10

7.

Suyuq motor yoqilgʻisi tarqatish kolonkalari

20

**

10

20

4

8

-

20

15

4

**

20

**

**

8.

SUG avtotsisternasi uchun maydon va tashqarida joylashgan SUGlarni oqizish-quyish qurilmalari

20

-

10

6

20

20

20

-

15

15

9

35

35

15

9.

Yerda va yer ustida joylashgan ichida siqilgan tabiiy gaz boʻlgan tashqi texnologik qurilmalar

10

10

*

10

15

15

15

15

-

4

9

35

35

15

10.

Neft mahsulotlari bilan ifloslangan yomgʻir, qor suvlarini tozalash inshootlari (qabul qilish tarnovlarini hisobga olgan holda)

15

**

-

15

4

4

4

15

4

-

**

4

**

**

11.

Alohida turgan operatorlar binosi (inshooti)

20

**

9

9

9

9

**

9

9

**

-

9

**

**

12.

qozonxona, SUG va siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni yuvish postlari

35

20

25

35

35

20

20

35

35

4

9

20

35

35

13.

1-12 satrlarda koʻrsatilgan bino va inshootlardan tashqari

35

**

25

35

35

20

**

35

35

**

**

35

**

**

14.

Suyuq motor qilgʻili avtotsisterna uchun maydon

15

**

10

6

10

10

**

15

15

**

**

35

**

-

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “-” belgi bilan koʻrsatilgan masofa meʼyorlanmaydi va binoning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, “*” belgi bilan koʻrsatilgan masofa eng baland bino (inshoot)ning 1,5 balandligidan kam boʻlmasligi kerak., “**” belgililari 2-jadvaldan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sigʻim jihozlari chuqurlashtirilgan ichida siqilgan tabiiy gaz boʻlgan tashqi texnologik qurilmalardan 5-jadvalda koʻrsatilgan (10-satrdan tashqari) bino va inshootlargacha boʻlgan masofani 50%gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda binolargacha boʻlgan masofa shu binolar 1,5 balandligidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yer ostida joylashgan ichida siqilgan tabiiy gaz boʻlgan texnologik qurilmalardan haydovchi va yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish binosi va inshootlarigacha boʻlgan masofa 10 metrdan, 5-jadvalda koʻrsatilgan boshqa bino va inshootlar uchun 4 metrdan kam boʻlmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Avtomobillarni siqilgan tabiiy gaz bilan toʻldirish orolchalarini SUG bilan toʻldirish orolchalarining himoya ekranlariga oʻxshash himoya ekranlari bilan jihozlaganda siqilgan tabiiy gaz bilan toʻldirish kolonkalaridan AYOQS bino va inshootlarigacha 2,3,7,9-13-ustunlarda koʻrsatilgan masofani 50%gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvuridan AYOQS bino va inshootlarigacha boʻlgan minimal masofa mazkur meʼyor talablariga muvofiq hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Blokli AGQS ishlatilganida rezervuarlar va nasos stansiyasi orasidagi masofa meʼyorlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2.6. AYOQS yoqilgʻi quyish punktlari sifatida ishlatiladigan avtotransport korxonalaridan tashqari boshqa korxonalar hududida koʻp yoqilgʻili AYOQS joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻp yoqilgʻili AYOQS, AGTKS va AGQS (bir devorli rezervuarli AGQSdan tashqari)lardan avtotransport korxonalaridagi bino, inshoot va tashqi qurilmalar joylashgan maydongacha boʻlgan masofalarni 6-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

6-jadval

T/n

Avtotransport korxonalaridagi bino, inshoot va tashqi qurilmalar nomi

Ichidagi texnologik tizim jihozlarda SUG yoki siqilgan gaz boʻlgan AYOQS binolarigacha boʻlgan masofa,

m.

Texnologik tizim jihozlarida SUG yoki siqilgan gaz boʻlgan AYOQS tashqi qurilmalarigacha boʻlgan masofa,

m.

SUG yoki siqilgan gaz toʻldirish kolonkasigacha boʻlgan masofa,

m.

SUG avtotsisternasi maydonigacha boʻlgan masofa, m

SUG

siqilgan gaz

SUG

siqilgan gaz

SUG

siqilgan gaz

1.

A,B,G toifasidagi ishlab chiqarish binolari va xonalar; Yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar*, GOST 19433 boʻyicha 2-4,8 sinf va 9.1 kenja sinfiga mansub xavfli yuklarni tashish uchun belgilangan transport vositalarini saqlash maydonlari.

40

30

40

30

40

30

40

2.

V va D toifasiga mansub ishlab chiqarish binolari, V va D toifasidagi xonalar, yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar**

S0 yoki S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi I, II va S0 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi III boʻlgan binolar

25

10

25

15

25

15

25

S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi III boʻlgan va S0 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi IV boʻlgan binolar

30

15

30

20

30

20

30

olovga bardoshlilik darajasi IV, V boʻlgan binolar va yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar**

35

20

35

25

35

25

35

3.

Maʼmuriy va maishiy binolar

35

20

35

25

35

25

35

4.

Transport vositalarini saqlash uchun ochiq maydon va bostirmalar

20

10

20

15

20

15

20

5.

Korxona avtomobil yoʻllari qatnov qismining chetigacha

15

10

20

15

15

10

20

6.

GOST 19433 boʻyicha 1, 5-7 sinf va 9.2 kenja sinflariga mansub xavfli yuklarni tashish uchun belgilangan transport vositalarini saqlash maydoni

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ichida yonuvchi gaz; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar; yonuvchi chang va/yoki tolalar; suv, havodagi kislorod bilan va/yoki oʻzaro taʼsir qilganida yonishi mumkin boʻlgan modda va/yoki materiallar; ishlov berish jarayoni nur issiqligi uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan issiq, qizigan va/yoki erigan holatdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar, hamda yoqilgʻi sifatida yoqiladigan yoki utilizatsiya qilinadigan yonuvchi gaz, suyuqlik va/yoki qattiq moddalar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar; shunday shart bilanki, belgilangan modda va materiallar tashqi qurilmalardan 30 metr masofada bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonganida individual xavf kattaligi yiliga 10-6dan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ichida asosan sovuq holdagi yonmaydigan moda va/yoki materiallar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvuridan korxona bino va inshootlarigacha boʻlgan minimal masofa mazkur meʼyor talablariga muvofiq hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2.7. Yoqilgʻi va/yoki uning bugʻlari ishlatiladigan jihozlar yaqiniga 5 metrdan kam va 25 metrdan uzoq boʻlmagan masofaga koʻchma yongʻin oʻchirish texnikasining oʻrnatilishi imkoniyatini taʼminlaydigan yoʻllar nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. BINO VA INSHOOTLARGA BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. UMUMIY HOLATLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.1. AYOQSda xizmatchi-xodimlar uchun quyidagi xizmat va maishiy bino (xona)lari joylashishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatorlar, maʼmuriyat, qozonxona, ovqat qabul qilish, qoʻriqlash xizmati, neft mahsulotlari namunalarini saqlash xonalari, hamda sanuzellar, maxsus kiyim, asboblar, ehtiyot qismlar, anjomlar va jihozlar uchun omborlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilganlardan tashqari koʻp yoqilgʻili AYOQS, AGTKS va AGQS (bir devorli rezervuarli AGQSdan tashqari) hamda suyuq motor yoqilgʻisi saqlanishi uchun belgilangan rezervuarlari yer ostida joylashgan AYOQSlar hududida yoʻlovchi, haydovchi va ularning transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish binosi (xonasi) joylashtirishga ruxsat etiladi. Yoʻlovchi va haydovchilarga servis xizmati koʻrsatish 15 tagacha odam sigʻadigan kafelar, savdo zalining umumiy maydoni 20 m2dan ortiq boʻlmagan ehtiyoj mollari magazini va sanuzellar, transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish uchun texnik xizmat koʻrsatish va avtomobillarni yuvish postlari nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti rezervuarlariga toʻliq yoki qisman yer ustida joylashgan usti kamida 0,2 metr (suyuq motor yoqilgʻili rezervuar va quvurlar uchun) yoki kamida 0,5 metr (siqilgan tabiiy gaz yoki suyultirilgan uglevodorodli gaz va ularning bugʻi boʻlgan sigʻim, rezervuar va quvurlar uchun) tuproq qatlami bilan berkitilgan yoki yongʻinda xuddi shunday issiqlik izolyatsiyasini taʼminlaydigan boshqa yonmaydigan materiallar bilan himoyalangan rezervuarlarni tenglashtirish mumkin. Bunda shu qatlam (tuproq qatlamining buzilishini, rezervuar (quvur) va himoyalovchi qatlam orasida boʻshliq hosil boʻlishining oldini olish va h.k.) butunligini vaqt oraligida va rezervuar (quvur)larning ishlatilishi sharoitlarida saqlanishini taʼminlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.2. AYOQS hududida A, B (AYOQS texnologik tizimiga kiruvchi siqilgan tabiiy gazlar va suyultirilgan uglevodorod gazlarni oqizish-uzatish uchun belgilangan jihozlar joylashgan xonalardan tashqari) va G toifasiga mansub xonalarning joylashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish xonalarida yonuvchan gaz, yengil alangalanuvchi suyuqlik hamda yonuvchi chang ishlatiladigan texnologik jarayonlarni (misol uchun, boʻyoqlash, payvandlash ishlari va x.k.) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.3. AYOQS hududida joylashgan bino va inshootlar S0 yoki S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi I, II va III yoki S0 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi IV boʻlsa odatda bir qavatli boʻlishi kerak. Tarkibida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar uchun ombor xonalari boʻlmagan olovga bardoshliligi I yoki II darajali, S0 sinfiga mansub, maydoni 150 m2gacha boʻlgan ikki qavatli binolarni loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hamma turdagi AYOQSlar hududida elektr qozonli qozonxonalardan tashqari hamma turdagi yoqilgʻida ishlaydigan qozonxonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQS uchun elektr qozonli qozonxona loyihalashtirilganda issiqlik tashuvchisining harorati 80oS dan ortiq boʻlmagan avtomatlashtirilgan suv isitish qozonlari nazarda tutilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomatlashtirilgan suv isitish elektr qozonli qozonxonalarni AYOQS xodimlari yoki transport vositalarini yuvish uchun belgilangan, S0, S1 sinflariga mansub olovga bardoshliligi I yoki II darajali alohida turgan binolarga taqab yonma-yon qurishga yoʻl qoʻyiladi. Avtomatlashtirilgan suv isitish elektr qozonlarining jihozlari PUE talablariga javob berishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.4. AYOQS hududida yer osti xonalari, yertoʻlalar hamda boʻsh hajmi boʻlgan yer osti inshoot (tonnel, kanal va x.k.)larini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. AYOQS binolari ostidan va evakuatsiya chiqish yoʻllari tomonidan quvurlar oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.5. AYOQS xodimlari uchun belgilangan xonalar, operatorlar xonasini, haydovchi yoʻlovchi va ularning transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish binolarida joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunda koʻrsatilgan xonalar asosiy binoning olovga bardoshlilik darajasiga muvofiq boʻlgan konstruksiyalardan bajarilgan boʻlib, haydovchi yoʻlovchi va ularning transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish xonalaridan yongʻinga qarshi 1-turdagi toʻsiq va 3-turdagi orayopmalar bilan ajratilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar haydovchi va yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish xonalarida texnologik tizim elektr agregatlarini elektr taʼminlash kabellari maxsus elektr shchitlari xonasida joylashtirilgan sharoitlarida, texnologik tizim ishini boshqarish va operator tomonidan AYOQS elektr taʼminotini kuchsiz tokli boshqarish tizimi yordamida toksizlantirilish hamda AYOQS texnologik operatsiyalari ustidan koʻz bilan nazorat qilish imkoniyatini taʼminlash uchun operator joyini nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.6. Yakka binoda birlashtirish mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish xonalari (suyuq motor yoqilgʻisida ishlaydigan avtomobillarni yuvish mexanizatsiyalashtirilgan xonalardan tashqari) bilan haydovchi va yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish xonalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan mollarni sotish koʻzda tutilgan magazinlarni va jamoat ovqatlanish xonalarini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.7. Transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish binolarida uchtadan ortiq boʻlmagan texnik xizmat koʻrsatish postlari joylashtirish mumkin. Turli xil vazifa bajarish uchun belgilangan xonalarni yonmaydigan materiallardan bajarilgan toʻsiqlar bilan ajratish, transport vositalarini qoʻyish uchun belgilangan xonalarni esa (mexanizatsiyalashtirilgan yuvish xonalaridan tashqari) yongʻinga qarshi 1-turdagi toʻsiq bilan ajratish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi yashash punktlarida joylashtirish uchun belgilangan AYOQSlarni loyihalashtirishda faqat yengil avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish postlari boʻlgan xonalarni nazarda tutish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.8. AYOQS binolarida olov bilan bogʻliq va payvandlash ishlarini bajarish uchun belgilangan xonalarni joylashtirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.9. V toifasidagi (solishtirma yongʻin yuklamasi 181 MDj/m2 va undan ortiq boʻlgan) xonalar hamda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash uchun belgilangan magazin ombor xonalarini binoning deraza tuynuklari boʻlgan tashqi devori yaqinida joylashtirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moylar (ishlatilganlari ham) umumiy sigʻimi 1 m3dan ortiq boʻlmagan sigʻimlarda, yo yer ostida joylashgan, yo boshqa xonalardan 1-turdagi toʻsiq bilan ajratilgan va binodan tashqariga mustaqil chiqish yoʻli boʻlgan maxsus xonalarda saqlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar moylarni qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun belgilangan jihozlar va ularning joylashishi suyuq motor yoqilgʻisi AYOQSsi texnologik tizimlariga qoʻyilgan mazkur meʼyor talablariga javob bergan hollarda, koʻrsatilgan sigʻimlarning umumiy sigʻimini koʻpaytirish va mustaqil moy quyish orolchalaridan transport vositalariga moy quyish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.10. Agar AYOQS binolaridan chiqish ATS maydoni, yoqilgʻi tarqatish kolonkasi va yoqilgʻi saqlash rezervuarlaridan 15 metrdan kam masofada joylashgan boʻlsa, u holda binodan koʻrsatilgan inshoot va qurilmalardan 15 metrdan ortiq boʻlgan masofada joylashgan yoki ulardan qarama qarshi tomonga chiqadigan qoʻshimcha evakuatsion yoʻlini nazarda tutish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.11. Bostirmalar yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak. Balandligi 4 metrdan ortiq boʻlgan bostirmalarning tomyopmalarida qiyin yonuvchi materiallar ishlatilishi mumkin (yuk avtomobillariga yoqilgʻi quyish joylari ustida joylashgan bostirma yoki uning qismlaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ATS maydoni va suyuq motor yoqilgʻisi hamda SUG saqlash uchun belgilangan rezervuarlar ustida bostirma joylashtirishga (ularni bostirma ostida joylashtirishga) ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.12. Texnologik tizimlar shunday bajarilgan boʻlishi va/yoki joylashtirilishi kerakki, ularga AYOQS loyihasida aniqlangan (belgilangan) mumkin boʻlgan kuchlanishlar (seysmik, transport vositalarining harakati va toʻxtashida, yerning silkinishida va x.k.) taʼsirida ularning butunligi va ish qobiliyati taʼminlanadigan (saqlanadigan) boʻlsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.13. Blokli va konteynerli AYOQSlarda yoqilgʻi saqlash bloki va konteynerlari, anʼanaviy va modulli AYOQSlardagi yoqilgʻi tarqatish kolonkalari hamda AGTKS va AGQSlardagi yoqilgʻi tarqatish kolonkalari transport vositalari tomonidan shikastlanishidan himoyalangan boʻlishi kerak. Yirik (katta gabaritli) texnikaga (yuk avtomobillari, avtobuslar, qurilish va qishloq xoʻjaligi texnikasi va x.k.) yoqilgʻi quyish uchun belgilangan AYOQSlarda himoya moslamalarini blok va konteynerlarga mahkamlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.14. Oʻtish yoʻllari, yoqilgʻi orolchalari va ATS uchun belgilangan maydonlar qoplamasi neft mahsulotlari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.15. Muhandislik inshootlari quduqlarining yer usti qismining balandligi 0,05 metrdan past boʻlmasligi kerak.Quduq konstruksiyasi unga yer osti suvlari tushishining oldini oladigan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.16. Suyuq yoqilgʻili ATS uchun belgilangan maydon quyidagilar bilan jihozlanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
balandligi 150 mm boʻlgan oʻralgan devor (bort)bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ATS larning xavfsiz chiqib tushishi uchun maydon cheti qiya yoʻlak (pandus)lar bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oqizish-qoʻyish operatsiyalari davrida ATSni yerga ulash moslamasi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariyaviy rezervuar (bir devorli rezervuarlarni ishlatish mumkin) va ATSning oqizish patrubkasida zichsizlik hosil boʻlganida yoqilgʻining AYOQSning boshqa hududlariga yoyilib ketmasligini taʼminlaydigan maydondan oqizib olish quvurlari bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda avariyaviy rezervuar yonmaydigan, yoqilgʻini yerga singib oʻtishiga yoʻl bermaydigan materialdan bajarilgan boʻlishi zarur. Bu rezervuarning sigʻimi AYOQSda ishlatiladigan avtotsisternalar sigʻimining 10%dan kam boʻlmasligi kerak. Oqizib olish quvurining uchi rezervuar tubidan 0,1 metrdan ortiq boʻlmagan masofada boʻlishi lozim. Avariyaviy sigʻim AYOQS ishga tushirilishidan oldin sathi 0,3 metrdan kam boʻlmasligini taʼminlaydigan miqdordagi suv bilan toʻldirilishi kerak. Avariyaviy rezervuar mazkur meʼyorda yoqilgʻi saqlash rezervuarlaridagi deaeratsiya quvurlariga qoʻyilgan talablarga javob beradigan deaeratsiya quvuri bilan, yopiq usulda boʻshatish va suv sathini oʻlchash patrubkalari bilan jihozlanishi kerak. Koʻrsatilgan patrubkalar zich yopiladigan tiqin (qopqoq)lar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avariyaviy rezervuar va oqizish quvurining joylanish chuqurligi yilning sovuq davrlarda ulardagi suvning muzlab qolmasligini taʼminlashi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqizish quvuri va yogʻingarchilik tarnovlari berkitish armaturalari (tiqin, surma qopqoq va x.k.) bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.17. Yoqilgʻi saqlash konteynerlari fundamenti rezervuarlar ostida yoqilgʻi toʻplanishining oldini olishi kerak. Fundamentning balandligi u bilan tutashgan maydonga nisbatan 0,2 metrdan kam boʻlmasligi lozim, uning rejaviy oʻlchamlari yoqilgʻi saqlash konteyneri oʻlchamlaridan hamma tomoniga 0,5 metrdan ortiq boʻlishi, fundamentning tepa qismi esa rezervuardan chetga qarab 2o dan kam boʻlmagan qiyalikka ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.18. Yoqilgʻi saqlash konteynerlari va uning texnologik boʻlmalarini toʻsish uchun oʻrash konstruksiyalari ishlatilgan hollarda, ular shamol oʻtadigan, maydoni boʻyicha teshiklari bir tekisda joylashgan yonmaydigan toʻsiq koʻrinishida boʻlishi kerak. Toʻsiq teshiklari maydonining toʻliq maydoniga boʻlgan nisbati 50%dan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.12-punkt talablari bajarilganda toʻsiq teshiklari maydonining toʻliq maydoniga boʻlgan nisbati 50%dan kam boʻlgan oʻrash konstruksiyalarini ishlatish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.19. AYOQSlarini neft mahsulotlari bilan ifloslangan atmosfera yogʻingarchiliklari suvlarini tozalash inshootlari bilan jihozlaganda, bu inshootlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jihozlari boʻsh hajmiga yoqilgʻi bugʻlari kirishi mumkin boʻlgan tozalash inshootlari yer ostida joylashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻplagich-sigʻimlarini (agar boʻlsa) nominal sathigacha toʻlganida AYOQS operatoriga signal berilishini taʼminlaydigan sath datchiklari bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻplagich-sigʻimlarni neft mahsulotlaridan boʻshatish jihozlari, shu operatsiyani yopiq usulda amalga oshirilishini taʼminlashi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sigʻimlarni deaeratsiya qilish tizmalari mazkur meʼyorda yoqilgʻi saqlash rezervuarlaridagi deaeratsiya tizmalariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suyuqlik quvurlarini gidravlik qulflar bilan jihozlash zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft mahsulotlari bilan ifloslangan atmosfera yogʻingarchiliklari suvlari tarnovlarida oʻrnatiladigan qumtutkich lyuklari qopqoqlari qumtutkichning shamollatilishini taʼminlaydigan panjara koʻrinishida bajarilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.20. Neft va neft mahsulotlarining bugʻlanishidan boʻladigan sarflarni kamaytirish uchun, yer usti rezervuarlarining tashqi yuzasini nur qaytaruvchi och rangli boʻyoq va emallar bilan boʻyoqlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.21. RD 34.21.122-87 talablariga muvofiq AYOQSlarini II-toifadan past boʻlmagan yashindan himoyalash qurilmalari bilan jihozlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.22. AYOQSlarining yerga ulash tizimi PUE va Kimyo, neftkimyo va neftni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarishida statik elektr toklaridan himoyalash Qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yerga ulash tizimini montaj qilishni AYOQS texnologik tizimlarini ishga tushirish-sozlash sinovlarini boshlanishigacha oʻtkazish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.23. AYOQSda havodan elektr oʻtkazish tizmalarini nazarda tutish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1.24. AYOQS telefon yoki radioaloqa hamda baland ovozli aloqa tizimi bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. KOʻP YOQILGʻILI AYOQS, AGTKS VA AGQS BINO VA INSHOOTLARIGA BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.1. Siqilgan va suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va yuvish xonalari bitta yoki bir nechta alohida turgan binolarda boʻlishi nazarda tutilishi lozim. Bu binolarda benzin va dizel yoqilgʻisida ishlaydigan avtomobillarni yuvish va ularga texnik xizmat koʻrsatish xonalarini joylashtirish mumkin. Bunda avtomobillarni yuvish xonasi umumiy boʻlishi mumkin, siqilgan va suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish xonasi esa bitta avtomobil oʻrnatish uchun loyihalashtirilishi va boshqa xonalardan 1-turdagi yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilishi kerak. Yonuvchi materiallar qoʻllaniladigan boʻyoqlash va payvandlash ishlarining bajarilishini nazarda tutish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.2. “A” toifasidagi xonalari yengil tashlanuvchi konstruksiyalarining ochilishi bino, inshoot va texnologik jihozlarning shikastlanishiga olib kelmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.3. SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvuri AYOQSga tegishli boʻlmagan obyektlar joylashgan hudud hamda AYOQS bino , inshootlarining texnologik jihozlari va transport vositalari haydovchi va yoʻlovchilari turish joylarida portlash xavfi mavjud aralashma hosil boʻlishining oldini oluvchi balandlik, diametr, konstruksiya va oʻrnatilgan joyiga ega boʻlishi kerak. Bunda SUG bugʻlarini avariya holatida chiqarib yuborish uchun PU va BEF-84da aniq belgilangan (reglamentda belgilangan) qurilmalarni ishlatishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siqilgan tabiiy gazni chiqarib yuborish quvurlari gazni yuqoriga chiqarib yuborish uchun vertikal holda joylashtirilishi kerak. Siqilgan tabiiy gazni chiqarib yuborish quvurlarining eng baland nuqtasi belgilangan quvurdan 5 metr radius oraligʻida joylashgan bino va inshootlar balandligidan kamida 1 metr ortiq boʻlishi kerak. Bunda chiqarib yuborish quvurining balandligi rejalashtirish (planlashtirish) maydoni sathidan kamida 3 metr boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shamollatish gazlari hamda tabiiy yoki SUG bugʻlarini (yongʻin xavfi tugʻilgan yoki yongʻin sodir boʻlgan hollarda) texnologik tizim jihozlari (rezervuarlardan tashqari) va transport vositalarining gaz-ballon uskunalaridan atmosferaga chiqarib yuborish zarur boʻlgani hollarda, koʻp yoqilgʻili AYOQS, AGTKS yoki AGQSlarning texnologik tizimi konstruksiyalari uni faqat chiqarib yuborish quvurlari orqali amalga oshirilishi ehtimolini nazarda tutishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.4. Siqilgan tabiiy gazli jihozlar ustida shamollatilmaydigan hajmi (choʻntak, qoʻltiq va x.k.) mavjud boʻlgan, shu jumladan avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi yoki SUG quyishdan tashqari siqilgan tabiiy gaz bilan ham toʻldirish ishlari amalga oshiriladigan yoqilgʻi quyish orolchalarini oʻz ichiga olgan umumiy bostirmalarni oʻrnatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.5. Bitta SUG quyish orolchasida bir vaqtning oʻzida bitta avtomobilga yoqilgʻi quyish koʻzda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG quyish orolchalari hamda ular va boshqa turdagi yoqilgʻi quyish orolchalari orasida balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan yonmaydigan materialdan (misol uchun metall,beton, gʻisht) yasalgan himoya ekranlari oʻrnatish lozim. Himoya ekranining kengligi yoqilgʻi quyilayotgan transport vositasi uzunligining har ikki tomonidan kamida 0,5 metrga ortiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG, benzin va dizel yoqilgʻisi quyish orolchalarining tuzilishi avariya holatida toʻkilgan yoqilgʻining bir orolchadan boshqa orolchaga oqib oʻtishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.6. SUG avtotsisternasi uchun maydon shunday jihozlanishi kerakki, bunda suyuq fazadagi SUG toʻkilganida uning chegarasidan chiqib ketmasligi va toʻkilgan SUG yuzasidan sodir boʻlayotgan bugʻlanish hisobiga AYOQS hududidan tashqarida yonuvchan aralashma hosil boʻlmaydigan boʻlishi kerak. SUG avtotsisternasi uchun maydonning koʻrsatilganidek jihozlanishini quyidagicha amalga oshirish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nominal toʻldirilish sathidan pastda joylashgan ATS armaturasining avariya holatida zichsizlanishida SUGning maydon chegarasidan tashqariga yoyilib ketishining oldini olish uchun atrofini 150 mm dan kam boʻlmagan toʻsiq devor bilan oʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydon yuzasini (toʻsiq devor bilan birga) SUG va uning bugʻlari singib ketishining oldini oluvchi qattiq yonmaydigan materiallardan bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydonning har qanday nuqtasida bugʻ-havo fazosining (gorizontal boʻylab toʻsiq devor sathida) 2 m/s dan kam boʻlmagan tezligini va bugʻ-havo fazosini chiqarib yuborish quvuri orqali chiqarib yuborilishini taʼminlovchi SUG bugʻlarini soʻrish tashqi tizimi bilan jihozlash kerak. Koʻrsatilgan chiqarib yuborish quvurini AYOQS texnologik tizimining SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvuri bilan birlashtirish texnologik jihozlardan va ATS uchun belgilangan maydondan SUG bugʻlarini yongʻindan xavfsiz avariya holatida bir vaqtning oʻzida chiqarib yuborish mumkinligi bilan belgilanadi. Tizimning qabul qilish moslamalari toʻsiq devorning yuqorisi chetida joylashgan boʻlib, ular tizimning ishlash parametrlarini buzilishiga olib keluvchi begona jism (predmet)larning kelib tushishidan himoyalangan boʻlishi kerak. Tizim uskuna-jihozlari portlashdan xavfsiz va uchqundan xavfsiz qilib bajarilgan boʻlishi zarur. Tizimning ishga tushirilishi va toʻxtatilishi avtomatik tarzda boshqarilishi qanday taʼminlangan boʻlsa, qoʻlda ham shunday ATS uchun belgilangan maydondan va masofadan, yaʼni, AYOQS operatorlari xonasidan boshqarilishi taʼminlangan boʻlishi kerak. Bunda SUG bugʻlarini soʻrish tizimini avtomatik ishga tushirish portlashgacha boʻlgan konsentratsiya datchiklaridan, toʻxtatish esa yongʻin xabarlovchilaridan amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.7. Koʻp yoqilgʻili AYOQSlarni loyihalashtirishda quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suyuq motor yoqilgʻisi uchun belgilangan avtotsisterna va SUG avtotsisternasi uchun umumiy maydonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQSda bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq avtotsisternaning boʻlishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQS ishini toʻxtatmasdan rezervuarlarni suyuq motor yoqilgʻisi va SUG bilan toʻldirilishini koʻzda tutish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.8. “Xavfli yuqlarni avtomobil transporti bilan tashish Qoidalari” talablariga javob bermaydigan SUG avtotsisternasini, hamda SUG avtotsisternasini pritsep-sisterna bilan birga ishlatish taqiqlanadi. Bunda gazning oqizish-quyish kommunikatsiyalaridan avariyaviy sarflanishida, kommunikatsiyalarning avariyaviy zichsizlanishida SUGni avtotsisternadan chiqishining “… Qoidalari”da aniq belgilangan (reglament qilingan) avtomatik oldini olish qurilmalari, shu qurilmalarning ishlamay qolishiga olib keluvchi mexanik shikastlanish va alanga taʼsiridan himoya qilish qismida DOPOG talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.9. Koʻp yoqilgʻili AYOQS, AGTKSlarda siqilgan tabiiy gaz sigʻimlari va idishlari ostiga yonmaydigan materiallardan chuqurlar oʻrnashtirish mumkin. Bunda bu inshootlar devorlarini gidroizolyatsiya qilish lozim. Gidroizolyatsiya uchun yonuvchi materiallar ishlatilganida, belgilangan gidroizolyatsiya oʻrab turgan tuproq tomondan bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2.10. Tozalash inshootlari qurilmalari, qabul qilish tarnovlari va ulash quvurlari bilan birga, ular orqali SUG yoki uning bugʻlarini har bir yoqilgʻi quyish orolchasi va ATS maydoni chegarasidan tashqariga tarqalishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. AYOQSning TEXNOLOGIK JIHOZLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. SUYUQ MOTOR YOQILGʻILI AYOQS TEXNOLOGIK JIHOZLARIGA BOʻLGAN UMUMIY TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.1. AYOQSda transport vositasi yoqilgʻi baki nominal chegarasigacha toʻldirilganida yoqilgʻi berilishini avtomatik ravishda blokirovka qiladigan yoqilgʻi quyish kolonkalari ishlatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi quyish kolonkalarini, ular shikastlanganida yoqilgʻi tashqariga chiqishining oldini olish moslamalari bilan jihozlash tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.2. Yoqilgʻi va uning bugʻlari uchun belgilangan rezervuar va quvurlar texnologik tizimlarga boʻlgan TEX talablariga rioya qilinganida 10 yildan kam boʻlmagan davr davomida oʻz zichligini (germetikligini) saqlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.3. Yoqilgʻi saqlash rezervuarlari ularning zichligini nazorat qilish tizimlari bilan jihozlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan tizimlarning namunalari tavsiya etilgan 4-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.4. Yoqilgʻi saqlash uchun belgilangan bir devorli yer osti rezervuarlari (avariya rezervuarlaridan tashqari) ishlatilish sharoitlari va davri davomida neft mahsulotlari va atrof muhit taʼsiriga chidamli hamda qobiq va rezervuar devorlari orasida hosil boʻlgan ichki hajmdan oqib chiqqan yoqilgʻini tuproqqa singishiga yoʻl qoʻymaydigan qobiq ichida joylashtirilishi kerak. Koʻrsatilgan devorlar orasidagi boʻshliq oʻziga yoqilgʻi singdiradigan, yonmaydigan material bilan toʻldirilishi (zichlangan holda) lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.5. Yoqilgʻi saqlash uchun ikki devorli rezervuarlar qoʻllanilganida uning devorlararo boʻshligʻida yoqilgʻi bugʻlarining havo bilan portlovchan aralashmasi hosil boʻlishining (ichki devorda zichsizlik hosil boʻlishi natijasida) oldini olishga qaratilgan konstruktiv tadbirlarni nazarda tutish zarur. Devorlar aro boʻshliq yonuvchi suyuqlik bilan toʻldirilganida uning chaqnash harorati 1000S dan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki devorli rezervuarni devorlararo boʻshligʻini umumlashtirilgan yoki uzluksiz nazorat qiluvchi, AYOQS xodimlariga zichsizlik haqida xabar (signal) berishni va avtomatik ravishda rezervuar toʻldirilishini toʻxtashni taʼminlovchi tizim bilan jihozlash kerak. Anʼanaviy AYOQSlardagi ikki devorli rezervuarlar uchun ular zichligi (germetikligi)ni davriy nazorat qilishni nazarda tutish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.6. Koʻp kamerali rezervuarlarning har bir kamerasi uchun mazkur meʼyorda bir kamerali rezervuarlar uchun belgilangan talablar bajarilishi lozim. Bir vaqtning oʻzida turli kameralarda benzin va dizel yoqilgʻisini faqat benzin va dizel yoqilgʻisi saqlanadigan kameralari ikkita devor bilan ajratilgan, devorlari orasidagi boʻshliqning zichligi ustidan nazorat taʼminlangan rezervuarlarda saqlash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.7. Yoqilgʻi saqlash rezervuarlariga quvurlar faqat ulardagi yoqilgʻini nominal toʻldirilish sathi yuqorisidan kiritilishi mumkin. Belgilangan sathdan pastroqda lyuklar, shtutserlar, patrubkalar va boshqalarni oʻrnatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.8. Rezervuarning deaeratsiya tizmalari quvurlari yilning har qanday paytida ham oʻz ish qobiliyatini yoʻqotmaydigan alangatoʻsqich yoki nafas olish klapanlariga oʻrnatilgan alangatoʻsqich bilan jihozlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deaeratsiya tizmalari quvurlari oʻtish yoʻllaridan 5 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatilganida uning eng yuqori nuqtasining joylashish balandligi tutashgan maydondan kamida 2,5 metr boʻlishi zarur. Agar bu masofa 5 metrdan kam boʻlsa balandligi quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NTR = NM + 50 D,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayerda, NTR — transport vositalarining tutashgan oʻtish yoʻllari sathidan aniqlanadigan deaeratsiya tizmasi quvurining yuqori nuqtasi balandligi, m; NM AYOQS ga yoqilgʻi quyish uchun kiritiladigan transport vositalarining maksimal balandligi, lekin 2 metrdan kam emas, m; D — deaeratsiya tizmasi quvurining ichki diametri,m.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezervuar deaeratsiya tizmasi quvurlarida nafas olish klapani yoki alangatoʻsqichlaridan oldin bekitish armaturasini oʻrnatish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.9. Deaeratsiya tizmasining jihozlanishi uning ishlatilishi davrida oʻtkazuvchanlik qobiliyatini nazorat qilish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.10. Rezervuarlarni (kameralarni) alohida deaeratsiya tizimi bilan jihozlash zarur. Bir turdagi yoqilgʻi saqlanadigan rezervuar (kamera)lar uchun, tizim quvurlarini rezervuar (kamera)larga ulash joylarida alangatoʻsqich oʻrnatilishi sharti bilan umumiy gaztenglashtiruvchi (gaztaqsimlovchi) tizimdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Benzin va dizel yoqilgʻisi saqlanadigan rezervuarlar orasida umumiy gaztenglashtiruvchi (gaztaqsimlovchi) tizim oʻrnatishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.11. Yoqilgʻi saqlash rezervuarlari toʻlib-toshib ketishining oldini oladigan, 90%gacha toʻldirilganida AYOQS ishchi-xodimlariga signal (ovoz va yorugʻlik signali) beradigan, 95%ga toʻlganida esa 5 soniyadan ortiq boʻlmagan vaqt oraligida avtomatik ravishda toʻldirilishining toʻxtatilishini taʼminlaydigan tizimlar bilan jihozlanishi kerak. Agar texnologik tizim tomonidan rezervuarni yoqilgʻi bilan toʻldirishni faqat avtomatik tartibda toʻxtatish nazarda tutilgan boʻlsa, unda koʻrsatib oʻtilgan signalizatsiya oʻrniga rezervuar 95%ga toʻlganida avtomatik ravishda toʻldirilishining toʻxtatilishi haqida xabar beradigan signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.12. Agar avtomatik ravishda toʻldirilishi toʻxtatilishini taʼminlaydigan, devorlararo boʻshliqni va quvurlar zichligini (germetikligini) uzluksiz nazorat qilish, sirqib chiqishini aniqlaydigan va yoqilgʻi yoki uning bugʻlari kelishini toʻxtatadigan, hamda aeratsiya yoki retsirkulyatsiya tizmalarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini nazorat qiladigan tizimlarning ishdan chiqish ehtimoli bir yilda 10-3 dan ortiq boʻlsa, unda, yo funksional vazifasini bajarilishini taʼminlovchi tizim elementlarini takroran ishga tushiradigan, yo belgilangan tizimlarning ishdan chiqqanida yoqilgʻi quyish kolonkasini avtomatik ravishda oʻchirilishini taʼminlaydigan va rezervuarning toʻlib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan, ishga yaroqliligini oʻzi nazorat qiladigan tizim nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.13. Texnologik tizimning konstruksiyasi yoqilgʻi uskuna-jihozlarining zichligini tekshirish boʻyicha yongʻin xavfi mavjud davriy sinovlarni bevosita AYOQS da oʻtkazish imkoniyatini koʻzda tutishi lozim. Belgilangan sinovlarni oʻtkazilish davriga boʻlgan talablar TEXda nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.14. Texnologik tizimlarni, yoqilgʻi bugʻi va havo aralashmasining texnologik jihozlar ichida alangalanishi va/yoki yonishining oldini oladigan, boʻshligʻini inert gazi bilan flegmatizatsiya qiladigan yoki boshqa tizimlar bilan taʼminlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.15. Yer ustida yoki rezervuar shaxtalari va texnologik quduqlar boʻshligʻida joylashgan yoqilgʻi va uning bugʻlari uchun belgilangan hamma quvurlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular metalldan bajarilgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
flansli ulanish joylari “ship-paz (oʻyiq)” prinsipida bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quvurlarning ulanish joylari ularning ishlatilishi davrida va sharoitlarida ishonchliligini TEX da aniq belgilanganidek taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quvurlarning ulanish joylari oʻz-oʻzidan ajralib ketishining oldini oladigan va plomba (tamgʻa)lash moslamalariga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.16. Yoqilgʻi va uning bugʻlari uchun belgilangan bir devorli quvurlar yoqilgʻi suyuq fazasining (oqib chiqishi ehtimolida)tashqariga chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan yer ostida tarnovlarda yoki chuqurlashtirilgan holda texnologik shaxtalar (quduqlar)da joylashtirilishi lozim. Tarnovlarni yonmaydigan materiallar bilan toʻldirish (zichlangan holda) zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki va tashqi quvurlarning alohida zichligi taʼminlangan, ulanish joylari ajraladigan ikki devorli quvurlar (quvur ichida quvur) ishlatilganida, ular uchun tarnov oʻrnatilmasa ham boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda quvurlararo boʻshliqlardagi havoni undagi kislorod miqdori 10% qolguncha azot bilan almashtirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.17. Avtotsisternadan rezervuarlarni toʻldirish yer ostidan oʻtkazilgan va tarmoq boʻyicha alanga tarqalishini bartaraf etadigan qurilmalarini ishlatgan holda, quyish quvurlari orqali amalga oshirilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.18. Avtotsisternaga soʻrish yengini ulash moslamasi va quyish quvuri orasida berkitish armaturasi oʻrnatilishi kerak. Ularning soʻrish quvurlaridan ajralib ketish hollarida oʻzi bekiladigan qurilmalar ishlatilgan hollarda bu armaturani oʻrnatmaslik mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyish quvurida oʻrnatiladigan, ATS maydoni yaqinida yoki maydonning oʻzida joylashgan jihozlar (ulash moslamalari, bekitish armaturasi, alangatoʻsqichlar, filtrlar,sarfoʻlchagichlar va x.k.), shu jihozlarni transport vositasi bosib ketishi natijasida shikastlanishining oldi olishnishi taʼminlangan chuqur yoki quduqda joylashishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chuqur (quduq) devorlari yonmaydigan materiallardan bajarilgan boʻlishi va yerda (yer ustida) joylashgan AYOQS texnologik jihozlaridan hamda yer osti rezervuarlarining texnologik shaxtalaridan 2 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashishi kerak. Boʻsh hajmi yonmaydigan materiallar bilan toʻldirilgan sharoitlarda quduqlarni qiyin yonadigan materiallardan tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.19. Texnologik tizim konstruksiyasida yoqilgʻi bugʻlarini rezervuardan avtotsisternaga retsirkulyatsiya tizmasi (tarmogʻi) mavjud boʻlsa, u tizma quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsirkulyatsiya tizmasining ATS va rezervuarga ulanish moslama (uzel)laridan oldin alangatoʻsqichlar oʻrnatilishi kerak. Retsirkulyatsiya tizmasining ATSga ulash moslama(uzel) larining konstruksiyasi tizimlar ajralib ketganida shu tizimlarni avtomatik ravishda yopilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsirkulyatsiya tizmasi rezervuardagi bosim, yo ATSdagi suyuqlik ustuni bosimiga (oʻzi oqib tushishida), yo yoqilgʻini ATSdan rezervuarga uzatib berish nasosining bosimiga yetganida ochiladigan teskari klapan bilan jihozlanishi kerak. Quyish quvuri yopilganida yoki koʻrsatilgan nasosga elektr tokining kelishi toʻxtaganida teskari klapanlar zich yopilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar yoqilgʻi bugʻlarining retsirkulyatsiyasi rezervuar deaeratsiya tizimi quvuri yopiqligida amalga oshirilsa, texnologik tizim uning bugʻ fazosi bosimi ustidan uzluksiz avtomatik nazorat olib borish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Rezervuar deaeratsiya tizmasi quvurida retsirkulyatsiya tizmasidagi teskari klapan ishlash bosimidan ortiq bosimda (retsirkulyatsiya deaeratsiya quvurini yopmasdan amalga oshiriladi) ishlaydigan nafas olish klapani ishlatilsa, belgilangan nazorat tizimini oʻrnatmaslik ham mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsirkulyatsiya tizmasi quvurini rezervuarga ulash moslama (uzel)si va shu quvur orasida bekitish armaturasini oʻrnatish tavsiya etiladi, ATSga ulash moslamasi (uzeli) va shu quvur orasida esa berkitish armaturasini majburiy ravishda oʻrnatish kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsirkulyatsiya tizmasi quvurlarining boʻshliqda joylashgan qismlari ajralmaydigan qilib ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.20. Texnologik tizimi konstruksiyasida transport vositasining yoqilgʻi bakidan rezervuarga yoqilgʻi bugʻlarining retsirkulyatsiya tizmasi mavjud boʻlsa, bunday tizma quyidagi talablarni qondirishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsirkulyatsiya tizmasi quvurini rezervuarlarga va yoqilgʻi tarqatish kolonkalariga ulash joylarida alangatoʻsqich va teskari klapan oʻrnatilishi kerak. Agar alangatoʻsqich va teskari klapan yoqilgʻi tarqatish kolonkasi konstruksiyasi tarkibiga kirsa, ularni yoqilgʻi tarqatish kolonkalari oldidan qushimcha ravishda oʻrnatmaslik mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teskari klapanlar yoqilgʻi bugʻlarini chiqarib tashlash nasoslari retsirkulyatsiya tizmasi quvurlarida hosil qiladigan bosimdan ochilishi lozim va koʻrsatilgan nasosga elektr tokining kelishi toʻxtaganida zich yopilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsirkulyatsiya quvurida rezervuarda joylashgan alangatoʻsqichdan hamda yoqilgʻi tarqatish kolonkalaridan oldin bekitish armaturasi oʻrnatilishi lozim. Agar koʻrsatilgan armatura yoqilgʻi tarqatish kolonkalari tarkibiga kirsa, uni qushimcha ravishda oʻrnatmaslik mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retsirkulyatsiya tizmasi quvurlarining boʻshliqda joylashgan qismlari ajralmaydigan qilib ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.21. Yoqilgʻi uzatish tizmalarini, shu tizma nasoslari hosil qiladigan bosim yoki vakuum taʼsirida ochiladigan va koʻrsatilgan nasoslarga elektr tokining kelishi toʻxtaganida zich yopiladigan teskari klapanlar bilan jihozlash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.22. Texnologik tizim jihozlari yoqilgʻini qabul qilish, saqlash va tarqatish, boʻshatish va shlamsizlashtirish (mahsulot osti suvlarini chiqarib tashlash), hamda faqat yopiq usulda (transport vositalari baklarining toʻldirilishi bundan mustasno) zichligini (germetikligini) tekshirish boʻyicha sinov oʻtkazish operatsiyalarini amalga oshirilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.23. Rezervuarlar konstruksiyasi yoqilgʻi qoldiqlaridan yongʻin-portlash xavfsizligini taʼminlagan holda mexanizatsiyalashtirilgan tozalash, gazsizlantirish (degazatsiya) va taʼmirlash davrida ularni bosim ostida shamollatish ishlarining bajarilishini nazarda tutishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.24. Yoqilgʻi jihozlarida oʻrnatiladigan berkitish jihozlari zichliligi (germetikligi) GOST 9544 boʻyicha V sinfiga tegishli qilib bajarilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.25. AYOQS yoqilgʻi jihozlarida joylashgan patrubka, shtutser va shu kabilarning qopqoqlari, tiqinlari va flansli ulanish joylari uchqun hosil qilmaydigan, ishlash sharoitlarida neft mahsulotlari va atrof muhit taʼsiriga chidamli materiallardan bajarilgan prokladka bilan taʼminlangan va zich qilib ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQSni ishlatilishi davrida ochiladigan qopqoq va tiqinlar uchqun hosil qilmaydigan materiallardan bajarilgan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.26. Ichida yoqilgʻi va uning bugʻlari hamda boʻshligʻi boʻlgan jihozlar joylashtiriladigan rezervuar texnologik shaxtalari va quduqlarning devorlari yonmaydigan materiallardan bajarilgan boʻlishi kerak. Qolgan hollarda qiyin yonuvchi material ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ichida belgilangan jihozlar joylashtirilgan texnologik shaxtalar va quduqlar qopqoqlarining tuzilishi, ular ichiga atmosfera yogʻingarchiliklari tushishiga yoʻl qoʻymaydigan va ochib yopilganida uchqun hosil qilmaydigan boʻlishi kerak. Qopqoqlarning qotirilishi shaxta yoki quduq ichida yoqilgʻi bugʻlarining alangalanishi natijasida hosil boʻladigan ortiqcha bosimning chiqarib yuborilishini taʼminlashi (qopqoqning uzilib ketmasdan oʻzi ochilishi) lozim. Shu shaxta va quduqlarning yer usti qismining balandligi 0,2 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.27. Yoqilgʻi saqlash uchun belgilangan rezervuarlar konstruksiyasi qurilish maydonida montaj qilishda ularda payvandlash ishlarini olib borish zaruriyatiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.28. AYOQS elektrmoslamalari PUE va isteʼmolchilar elektr moslamalarini ishlatish (ekspluatatsiya qilish) Qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnologik tizimlar jihozlarni PUE talablariga muvofiq va portlash xavfi mavjud hududlarning mavjudligini hisobga olgan holda AYOQS ning yerga oʻtkazish konturiga ulash moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ATSning yerga ulanganligini nazorat qilish uchun, ATSni yerga ulash tizimi ishdan chiqqanida avtomatik ravishda rezervuar toʻldirilishini toʻxtatadigan yoki signal beradigan ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan yerga ulash moslamasi ishlatilishi tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnologik tizimlarni, statik elektr tokining yoʻl quyilgan koʻrsatkichlardan ortganida ogohlantirish signalini beradigan va avtomatik ravishda rezervuarni ATSdan yoqilgʻi bilan toʻldirilishini toʻxtatadigan, statik elektr zaryadlarini nazorat qiladigan datchiklar bilan jihozlash tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1.29. AYOQSda elektr taʼminotini markazlashtirilgan holda oʻchirish nazarda tutilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzining nasos jihozlari yordamida toʻldirilishi nazarda tutilgan rezervuarlarni toʻldirish texnologik tizimlari, shu jihozlar elektr taʼminotini qoʻlda oʻchiradigan, operatorlar xonasida qanday joylashgan boʻlsa nasoslar yaqinida yoki ATS uchun belgilangan maydonda ham shunday joylashtirilgan viklyuchatellar (oʻchirish moslamalari) bilan (nasoslarning avtomatik ravishda oʻchirilishidan qatʼiy nazar) jihozlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. ANʼANAVIY VA BLOKLI AYOQSlar TEXNOLOGIK JIHOZLARIGA BOʻLGAN OʻZIGA XOS TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2.1. Anʼanaviy AYOQSlardagi rezervuarlar bir devorli yoki ikki devorli qilib bajarilishi mumkin. Rejaviy (planlashtirilgan) sathidan rezervuargacha boʻlgan masofa 0,2 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2.2. Texnologik shaxtalar va ular devoridan quvurlar kirish qismining konstruksiyalari shaxtadan uni oʻrab turgan tuproqqa yoqilgʻining chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2.3. Texnologik shaxtadagi bekitish armaturasini ishga tushirish uzatmasining shtoki, oʻlchash patrubkasining ogʻzi, datchiklarni qotirish moslamasi shaxta tashqarida ularning oldiga bemalol borilishini taʼminlaydigan balandlikka chiqarilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2.4. Bir nechta yoqilgʻi quyish kolonkalariga bitta yoki bir nechta rezervuarlardan benzin yoki dizel yoqilgʻisini uzatib berish uchun, quvurlarda har bir yoqilgʻi quyish kolonkasi va har bir rezervuardan oldin bekitish armaturalari mavjud boʻlgan sharoitlarda umumiy quvur ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2.5. Blokli AYOQSlarda yuqorida koʻrsatilganlar bilan bir qatorda quyidagi talablarni hisobga olish zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi saqlash uchun belgilangan rezervuarlar ikki devorli boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik shaxta ulash moslamasi (uzeli)ning ikki devorli rezervuarga qotirilishi zavod sharoitlarida zich (germetik) ulanishlar yordamida amalga oshirilishi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik shaxtaning devorlari va qopqogʻi faqat yonmaydigan materiallardan bajarilgan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi quyish orolchalari chegarasidagi yoqilgʻi jihozlari boʻlgan texnologik shaxta hamda texnologik quduqlar ichida boʻshliq boʻlgan hollarda, ularda yoqilgʻi bugʻlarining konsentratsiyasini uzluksiz avtomatik nazorat qilish tizimlari nazarda tutilishi lozim. Koʻrsatilgan tizim shaxta tubida yoqilgʻi bugʻlarining konsentratsiyasi alanga tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasining 20% ga teng koʻrsatkichgacha koʻtarilganida ovoz va yorugʻlik signali berilishini taʼminlashi hamda uzatish tizmasidagi nasoslarga elektr taʼminotini va avtomatik ravishda rezervuarni toʻldirish operatsiyalarini toʻxtatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. MODULLI VA KONTEYNERLI AYOQSlar TEXNOLOGIK JIHOZLARIGA BOʻLGAN OʻZIGA XOS TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.1. Yoqilgʻi saqlash uchun belgilangan rezervuarlar ikki devorli qilib bajarilishi kerak. Ichki rezervuar va devorlararo boʻshliqni zichlaydigan (germetiklaydigan) bir devorli orayopmaga (tomga, tepa devorga) ega boʻlgan rezervuarlarni ishlatish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.2. Aholi yashash punktlari va korxonalardan tashqarida joylashtiriladigan AYOQSlarda 3-ilovada bayon etilgan talablar bajarilganida bir devorli texnologik tizimlarni ishlatishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.3. Rezervuarning devorlararo boʻshligʻi yoqilgʻi bilan toʻldirilganida rezervuar tagida yonmaydigan materiallardan bajarilgan va rezervuar tashqi devori shikastlanganida suyuqlikning taglik chegarasidan tashqariga tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan taglik (poddon) oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.4. Ichki rezervuarlar ishlash bosimi 130 kPa dan ortiq boʻlmagan saqlovchi membranalar yoki klapanlar bilan jihozlanishi lozim. Saqlash membranalari yoki klapanlarining rezervuarlar hajmiga bogʻliq holda talab qilingan chiqarib yuborish yuzasining maydoni 7-jadvalda keltirilgan. Hajmi 5 m3dan 40 m3gacha boʻlgan rezervuarlarning bosimni chiqarib yuborish yuzasini aniqlashda chiziqli interpolyatsiyaga yoʻl qoʻyiladi. Talab qilingan maydonni taʼminlash uchun bir nechta saqlash membranalar va klapanlarni ishlatish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

7-jadval

Rezervuar hajmi, m3

5

8

10

13

15

20

30

40

Chiqarib yuborish yuzasining maydoni, sm3

25

35

40

48

53

64

84

94

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.5. Yoqilgʻini saqlash konteynerlari texnologik boʻlmalarini rezervuarlardan 1-turdagi yongʻinga qarshi toʻsiq bilan ajratish lozim. Texnologik boʻlmalarni avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlash tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.6. Yoqilgʻi saqlash rezervuarlarining toʻldirilishi faqat AYOQS texnologik tizimi uzatish nasoslari orqali amalga oshirilishi kerak. Belgilangan rezervuarlarni toʻldirish uchun ATS nasosidan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.7. Rezervuarlarni toʻldirish quvurlari texnologik tizimga elektr taʼminoti toʻxtatilganida, suyuqlikning orqaga oqishiga qarshilik koʻrsatadigan teskari klapanlar bilan jihozlanishi kerak. Teskari klapanlar toʻldirish tizmasi nasoslarining bosimi taʼsiridan ochiladigan qilib rostlangan boʻlishi lozim. Yoqilgʻi quvurlari qoʻshimcha shu quvurlarning eng baland nuqtasiga (rezervuarlar ustida) oʻrnatilgan, yaqiniga bemalol borilishi taʼminlangan bekitish armaturasi bilan jihozlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.8. Yoqilgʻi saqlash konteynerlari texnologik boʻlmalarining pastki qismida taglik (poddon) oʻrnatilishi kerak. Boʻlma texnologik jihozlarining ostida umumiy taglik (poddon) ishlatilgan hollarda, u boʻlmalarga boʻlinishi zarur. Boʻlmalar toʻsiqlarining balandligi taglik (poddon) devori balandligining yarimiga teng boʻlishi lozim. Taglik (poddon)ning hajmi, zichsizlik hosil boʻlgan joydan zichsizlikni bartaraf etish uchun ketadigan vaqt oraligʻida chiqadigan yoqilgʻining, quvurlarning bekitilgan joylari orasida joylashgan qismida mavjud boʻlgan yoqilgʻi miqdorini hisobga olganda, toʻliq sigʻishini taʼminlaydigan boʻlishi kerak. Bunda taglik devorining balandligi 150 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.9. Modulli AYOQS texnologik tizimlarida yoqilgʻi tarqatish kolonkasiga yoqilgʻi kelish quvuri bilan yoqilgʻi saqlash konteyneridan keladigan quvur ulangan joyi texnologik boʻlma tagligi (poddon) ustida joylashishi kerak. Yoqilgʻi tarqatish kolonkasiga yoqilgʻi uzatish quvuri yer ostidan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.10. Yoqilgʻi uzatish quvurida yoqilgʻi saqlash konteynerining texnologik boʻlmasida, bemalol borish mumkin boʻlgan joylarda bekitish armaturasi oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.11. Bir nechta yoqilgʻi quyish kolonkalariga yoqilgʻi saqlash konteynerining faqat bitta rezervuari (kamerasi)dan benzin yoki dizel yoqilgʻisini uzatib berish uchun quvurlarda har bir yoqilgʻi quyish kolonkasidan oldan bekitish armaturalari mavjud boʻlgan sharoitlarda umumiy quvur ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.12. Yoqilgʻi saqlash konteynerlari uchun vertikal oʻrash konstruksiyalari sifatida teshiklari maydonining toʻliq maydoniga boʻlgan nisbati 50%dan kam boʻlgan toʻsiqlar ishlatilganida, yo metroshtoklar uchun patrubkalar ogʻzini konteynerlarni oʻrash konstruksiyalaridan tashqariga chiqarish va texnologik tizimlarni quvurlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi) uzluksiz avtomatik nazorat qilinishi taʼminlangan, ichki qismida joylashgan ikki devorli quvurlar yoki konteynerlarni yoqilgʻi saqlash konteynerlarini avariyaviy shamollatish tizimi (ventilyatsiyasi) bilan jihozlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.13. Yoqilgʻi saqlash konteynerining avariyaviy shamollatish tizimi (ventilyatsiyasi) quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi saqlash konteynerlarning vertikal oʻrash konstruksiyalari tomonidan hosil qilingan ichki hajmida yoqilgʻi bugʻlarining konsentratsiyasi alanga tarqalishi quyi konsentratsiya chegarasining 10%idan oshganida avtomatik ravishda ishga tushirilishi lozim. Belgilangan hajmda portlashgacha boʻlgan konsentratsiya haqida signal beruvchi datchiklarning joylashtirilishi, quvurlardan va ularga oʻrnatilgan jihozlardan sirqib chiqayotgan yoqilgʻi yoki uning bugʻlarini aniqlanishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo almashinishining karraligi, avariya holatida (hisob variantini tanlash ONTP 24-86 talablariga muvofiq amalga oshiriladi) boʻsh hajmdagi yoqilgʻi bugʻlarining oʻrtacha konsentratsiyasi alanga tarqalishi quyi konsentratsiya chegarasining 20%dan oshmasligini taʼminlashi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi saqlash konteynerida yongʻin boʻlganida shamollatish tizimi (ventilyatsiyasi)ning avtomatik ravishda oʻchirilishi taʼminlangan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shamollatish tizimi (ventilyatsiyasi) elektr taʼminotining ishonchliligi PUE boʻyicha I-toifali boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3.14. Quyosh nurlarining toʻgʻridan-toʻgʻri tushishidan himoyalanmagan yoqilgʻi saqlash konteyneri jihozlarining sirti reflektorli qoplamalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezervuar yoki yoqilgʻi saqlash konteynerlarini oʻrab turuvchi konstruksiyalarning yon sirti yuzasida qizil nur qaytaruvchi boʻyoq bilan bajarilgan “YONGʻINDAN XAVFLI” yozuvi boʻlgan kengligi 40 santimetrli sariq rangli chiziq hamda saqlanayotgan yoqilgʻi turi (benzin yoki dizel yoqilgʻisi) koʻrsatilgan yozuvlari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. KOʻP YOQILGʻILI AYOQS, AGTKS VA AGQSlarning TEXNOLOGIK TIZIMLARIGA TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. UMUMIY TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.1. Koʻp yoqilgʻili AYOQSlarda anʼanaviy AYOQS texnologik tizimlariga qoʻyiladigan talablariga javob beruvchi benzin va dizel yoqilgʻisini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun belgilangan texnologik tizimlaridan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.2. Rezervuar (idish)larni oʻzlarining nasos yoki kompressor uskuna-jihozlari yordamida toʻldirilishi nazarda tutilgan texnologik tizimlar, shu uskuna-jihozlar elektr taʼminoti, operatorlar xonasida va nasos (kompressor)lar oldida oʻrnatilgan qoʻlda oʻchiradigan oʻchirish moslama (viklyuchatel)lari bilan jihozlangan (avtomatik oʻchirilishidan qatʼiy nazar) boʻlishlari kerak. Koʻp yoqilgʻili AYOQS lar texnologik tizimlarining doimiy ishlaydigan avariyaga qarshi himoya tizimidan tashqari, mustaqil maydon (uchastka)lari, shu qismlar elektr jihozlarini oʻchirish moslama (viklyuchatel)lari bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.3. Rezervuarlardan biri yoqilgʻi bilan toʻldirilayotganda boshqa rezervuarlarning (siqilgan tabiiy gaz idishlaridan tashqari) avtomatik tartib (rejim)da toʻldirilishi ehtimolining oldi olinishi, rezervuar toʻldirilishida ishtirok etmayotgan kompressorlar va AYOQSning hamma yoqilgʻi tarqatish kolonkalari oʻchirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.4. Koʻp yoqilgʻili AYOQS larning biror-bir maydoni (uchastkasi)da avtomatik avariyaga qarshi himoya tizimi ishlab ketganida, avariyaning rivojlanishining oldi olinishini taʼminlovchi boshqa hamma texnologik maydonlardagi avtomatik avariyaga qarshi himoya tizimlarining ishga tushirilishi (quvurlarning bekitilishi, oqizish-quyish mexanizmlarining oʻchirilishi, siqilgan gazning chiqarib yuborilishi, rezervuarlarning suv bilan sovutish tizimini ishga tushirilishi, jihozlarning toksizlantirilishi va h.k.) nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.5. Avtomatik avariyaga qarshi himoya tizimining (avariyaviy shamollatish va ATS uchun belgilangan maydondan SUG bugʻlarini soʻrish tizimi) elektr taʼminotining ishonchliligi PUE boʻyicha I-toifaga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.6. SUG nasos, SUG va siqilgan gaz kompressor stansiyalari binosi avariyaviy shamollatish (ventilyatsiya) tizimini avtomatik ravishda ishga tushirish, yonuvchi gaz yoki bugʻlarning konsentratsiyasi alanga tarqalishi quyi konsentratsiya chegarasining 10%idan ortiq boʻlgan koʻrsatkichga yetganida portlashgacha boʻlgan konsentratsiya signalizatorlaridan amalga oshirilishi kerak. Tabiiy gazning portlashgacha boʻlgan konsentratsiya signalizatorlari xona shifti ostiga, SUG signalizatorlari esa poldan yoki maydon yuzasidan 50 dan 100 mm gacha balandlikda oʻrnatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yongʻin sodir boʻlgan hollarda umumalmashinish, mahalliy va avariyaviy shamollatish (ventilyatsiya) tizimlarining avtomatik ravishda oʻchirilishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.7. Koʻp yoqilgʻili AYOQSlarni loyihalashtirishda yoqilgʻi baklariga taalluqli boʻlmagan jihozlar yordamida, siqilgan va suyultirilgan gaz bilan transport vositalari yoqilgʻi baklarining toʻldirilishini amalga oshiradigan tizimlarni nazarda tutish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.8. Yerda (yer ustida) joylashgan yoqilgʻi jihozlari va ATS maydonlaridan 20 metr masofada joylashgan yonmaydigan gaz bilan toʻldirilgan, bosim ostidagi idishlar V (solishtirma yongʻin yuklamasi 181 MDj/m2 ortiq boʻlmagan) yoki D toifasiga kiruvchi xonalarda oʻrnatilishi zarur. Koʻrsatilgan idishlarni yonmaydigan materiallardan bajarilgan shkaflarda, aytib oʻtilgan jihozlardan 10 metr masofada joylashtirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.9. Siqilgan tabiiy gaz va SUG ishlatiladigan texnologik jihozlarda qoʻllaniladigan, qoʻlda va masofadan ishga tushiriladigan berkitish armaturalari bekilishining zichligi(germetikligi) GOST 9544 boʻyicha V sinfiga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG rezervuarlarini tarmoq quvurlari va patrubkalari hamda avariyaga qarshi himoya tizimining berkitish, saqlash va sozlash armaturalari quyidagi koʻrsatkichlardan yomonroq boʻlmasligi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishdan chiqishigacha ishlagan vaqti 20000 davr (sikl)dan (20000 soat) kam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elementlarini almashtirish bilan bogʻliq boʻlgan texnik xizmat koʻrsatishning davriyligi 5 yilda bir martadan ortiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻllanilayotgan bekitish armaturalarining, shu jumladan majburiy ishga tushirish moslamasi boʻlganlarining ham belgilangan toʻliq resursi, uning hisoblab topilgan kattaligining 20%dan oshmasligi va TEX da belgilangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.10. Yonuvchi suyuqlikli (moylar, sovutish uchun belgilangan suyuqliklar va x.k.) jihozlarni, devorining harorati shu suyuqliklar chaqnash haroratiga teng yoki chaqnash haroratining 80%ni tashkil qiladigan jihozlari boʻlgan xonalarga joylashtirish taqiqlanadi (GOST 12.1.004ga muvofiq).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.11. Texnologik tizimlarning konstruksiyalari jihozlarni yoqilgʻidan yongʻin-portlashdan xavfsiz boʻshatishni va siqilgan tabiiy gaz, SUG va uning bugʻlari boʻlgan jihozlarning ichki hajmini, ularni demontaj qilmasdan turib qanday boʻlsa, SUG uchun belgilangan jihozlarning devorlararo boʻshligʻini ham shunday inert gazi bilan tozalash ehtimolini koʻzda tutishi lozim. Bunda tepaga chiqarib yuborish vertikal quvurlariga siqilgan tabiiy gazni chiqarib yuborish va ikki tomondan uzib qoʻyilgan yer ustida yoki xonalarda joylashgan quvurlar va jihozlarni (bir devorli rezervuarli AYOQS dan tashqari) SUGdan boʻshatish jarayonini uzoqdan (AYOQS operatorlar xonasidan) va avtomatik ravishda (portlashgacha boʻlgan konsentratsiya haqida xabar beruvchi yongʻin habarlovchilari va signalizatorlari ishlab ketganida) boshqarish nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.12. Agar ishlab chiqargan zavod xizmat qilish davri davomida texnologik tizim hamma yoqilgʻi jihozlarining texnik-ekspluatatsion hujjatida aniq belgilangan zichligi (germetikligi)ga kafolat bera olmasa, u holda koʻrsatilgan jihozlarning konstruksiyasi ularning zichligini tekshirish boʻyicha yongʻindan xavfsiz davriy sinovlarni bevosita obyektda oʻtkazishga yoʻl qoʻyadigan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.13. Har bir mustaqil texnologik maydonning ishini avtomatlashtirilgan nazorat, boshqarish va avariya holatlarida toʻxtatish asboblari panelini AYOQS operatorlar xonasida joylashtirish nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan tizimlarni takroran ishlatish qurilmalarini binodan bevosita tashqariga chiqish yoʻlagi mavjud yoki inshootni oʻrab turish konstruksiyalaridan tashqarida boʻlgan, AYOQS texnologik tizimlari oʻrnashgan alohida xonalarda joylashtirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kirish va chiqish yoqilgʻi quvurlaridagi berkitish armaturalarini bino (inshoot)dan tashqarida joylashtirish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. SUGni QABUL QILISH, SAQLASH VA TARQATISH UCHUN BELGILANGAN KOʻP YOQILGʻILI AYOQSning TEXNOLOGIK TIZIMI MAYDONIGA VA KOʻP YOQILGʻILI AYOQSning MUSTAQIL MAYDONI SIFATIDA BAJARILGAN AGQSga BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.1.SUG saqlash uchun belgilangan rezervuarlar yer ostida ustki qismidagi tuproq qatlami 0,5 metrdan kam boʻlmaydigan qilib joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti rezervuarlariga (quvurlariga) yer ustida yoki qisman yer ustida joylashgan, ishlatilishi davomida yemirilmaydigan yoki eng yuqorigi chizigʻi va kengligi boʻylab 0,5 metr qalinlikda tuproq bilan koʻmilgan rezervuarlarni tenglashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Belgilangan rezervuarlarni tuproq bilan koʻmilish kengligi, rezervuar devoridan tuproq uyumining chetigacha 6 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Bunda rezervuar (quvur) va uni himoyalovchi material orasida, ularning ishlatilishi davomida boʻshliq hosil boʻlishining oldi olinishini taʼminlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi yashash punkti hududida joylashgan koʻp yoqilgʻili AYOQSlardagi SUG rezervuarlarining umumiy sigʻimi 20 m3dan, yakka holdagisining esa 10 m3dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi yashash punkti hududidan tashqarida joylashgan AYOQSlardagi SUG rezervuarlarining umumiy sigʻimini 2-martagacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi yongʻinni oʻchirish va mazkur meʼyorda talab qilingan miqdordagi suv sarfi bilan eng katta rezervuardagi SUG yonib boʻlgunicha ketadigan vaqt oraligida sovutish taʼminlanganida ( ATS ham shu hisobda), shu AYOQSdagi umumiy va yakka holda joylashgan SUG rezervuarlarning sigʻimini 2-martagacha oshirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.2. Texnologik tizim SUG yoki uning bugʻlarini SUG saqlash rezervuarlaridan atrof muhitga har qanday sizib chiqish ehtimolini xavfsiz bartaraf etish, koʻrsatilgan bugʻlarning konsentratsiyasi alanga tarqalishi quyi konsentratsiya chegarasining 20%dan ortiq boʻlgan bugʻ-havo aralashmasining AYOQS hududidan tashqariga chiqish ehtimolligi bir yilda 10-6 darajasidan ortiq boʻlgan imkoniyatlarining oldi olinishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan talablarni quyidagicha bajarish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG saqlash rezervuarlari va ularning payvandlangan ulanish joylari boʻlgan uskunalari (patrubkalar, shtutserlar, flanetslar, tiqinlar va x.k.) hamda rezervuarlardan SUG va uning bugʻlari chiqadigan joylarning berkitilishini taʼminlaydigan, birinchi berkitish armaturasigacha boʻlgan hamma ajraladigan ulanish joylari ikki devorli boʻlishi kerak. Ular AYOQS xodimlariga zichsizlanishi (germetikligining buzilishi) va kompressor jihozlarining avtomatik ravishda oʻchirilishi haqida avtomatik signalizatsiya (yorugʻlik va ovoz signallari) qilinishini taʼminlovchi, rezervuarlarni yoqilgʻi bilan toʻldirish operatsiyalarini va yoqilgʻining koʻp yoqilgʻili AYOQSning hamma maydonlaridan isteʼmolchilarga tarqatilishining toʻxtatilishini taʼminlovchi devorlararo boʻshligʻini uzluksiz nazorat qiluvchi tizimlar bilan jihozlangan boʻlishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.3. Haydovchi va yoʻlovchilar boʻlishi mumkin boʻlgan hududdan oʻtadigan SUG va uning bugʻlari uchun belgilangan quvurlar yer ostida joylashtirilishi kerak. Texnologik tizim SUG yoki uning bugʻlari uchun belgilangan quvurlardan atrof muhitga har qanday sizib chiqish ehtimolini xavfsiz bartaraf etish, koʻrsatilgan bugʻlarning konsentratsiyasi alanga tarqalishi quyi konsentratsiya chegarasining 20%dan ortiq boʻlgan bugʻ-havo aralashmasining AYOQS hududidan tashqariga chiqishi ehtimolligi bir yilda 10-6 darajasidan ortiq boʻlgan imkoniyatlarining oldi olinishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan talablarni quyidagicha bajarish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha boʻyicha haydovchi va yoʻlovchilar boʻlishi mumkin boʻlgan AYOQS hududidan oʻtuvchi, 6.2. punktda koʻrsatilgan patrubkalardan tashqari, SUG va uning bugʻlari uchun belgilangan quvurlar butun uzunligi boʻyicha ikki devorli qilib bajarilishi, AYOQS xodimlariga zichsizlanishi (germetikligining buzilishi) haqida avtomatik signalizatsiya (yorugʻlik va ovoz signallari) qilinishini, SUG va uning bugʻlarini quvurning berkitilishi bilan birga SUG va uning bugʻlarini quvurning zichsizlashgan qismiga berilishini, rezervuarlarni yoqilgʻi bilan toʻldirish operatsiyalarining va yoqilgʻining koʻp yoqilgʻili AYOQSning hamma maydonlaridan isteʼmolchilarga tarqatilishini hamda kompressor jihozlarining toʻxtatilishini taʼminlovchi quvurlararo boʻshligʻining uzluksiz nazorat qilish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.4. Rezervuar va quvurlar ichki devorining zichsizlanish (germetikligining buzilishi) hollarida rezervuarlarning devorlararo va quvurlarning quvurlararo boʻshliqlarida SUGning havo bilan portlash xavfi mavjud aralashmasi hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim (misol uchun, shu boʻshliqni azot bilan toʻldirish hisobiga).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.5. SUG ni saqlash uchun belgilangan rezervuarlar yoʻl qoʻyilgan toʻldirilish chegarasidan ortiq toʻlib ketishining avtomatik ravishda oldini olish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak (geometrik hajmining 85%dan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.6. Quvur, shtutser, patrubka, lyuklar va shu kabilarning SUG saqlash rezervuarlariga kiritilish oʻrni ularning nominal toʻldirilish sathidan yuqoriroq joydan amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.7. Avariya vaziyatlarida texnologik tizimning qandaydir qismida SUG yoki uning bugʻlari bosimining TEXda belgilanganidan oshib ketishiga olib keladigan texnik yechimlar qoʻllanilgan hollarda, belgilangan maydonlarda bosimni avtomatik ravishda nazorat qilish tizimini koʻzda tutish lozim. Quvurlarning nazorat qilinayotgan qismlarida bosim oshib ketganida bosimni avtomatik nazorat qilish tizimi signal (nurli va ovozli signal bilan) berilishini, rezervuarlarni yoqilgʻi bilan toʻldirish operatsiyalarining va yoqilgʻining koʻp yoqilgʻili AYOQSning hamma maydonlaridan isteʼmolchilarga tarqatilishini hamda kompressor jihozlarining toʻxtatilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.8. SUG rezervuarlarining toʻldirilishi faqat ATSlardan amalga oshirilishi kerak. Bu rezervuarlar avariya sodir boʻlganida ATSga boʻshatilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUGni gaz toʻldirish stansiyalari yoki punktlari rezervuarlaridan AGQS ning umumiy foydalanish kolonkalariga uzatib berishga quyidagi sharoitlarda ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AGQS hududida SUG rezervuarlari boʻlmaganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUGni uzatib berish quvurini gaz toʻldirish stansiyalari yoki punktlari hududidan amalga oshiriladigan, masofadan (AGQS operatorlari xonasidan) bekitilishi taʼminlanganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG rezervuarini toʻldirish davrida uning shu rezervuardan AGQS SUG tarqatish kolonkalariga uzatilishi toʻxtatilgan (blakirovka qilingan) sharoitlarda ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AGQS yoqilgʻi tarqatish kolonkalaridan shu kolonkalarga SUG uzatayotgan gaz toʻldirish stansiyasi yoki punkti bino va inshootlarigacha boʻlgan minimal masofani mazkur meʼyorning 4-jadvaliga muvofiq aniqlash lozim. Bunda AGQS yoqilgʻi tarqatish kolonkalaridan gaz toʻldirish stansiyasi yoki punkti yer osti rezervuarlarigacha boʻlgan masofani 50% gacha qisqartirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.9. SUG jihozlari joylashgan texnologik quduqlar, rezervuar shaxtalari (boʻsh hajmi mavjud boʻlgan), SUG uchun belgilangan ATS maydonlari va yoqilgʻi quyish orolchalari portlashgacha boʻlgan konsentratsiya haqida xabar beruvchi signalizatorlar bilan jihozlanishi kerak. Bu signalizatorlar SUG va siqilgan tabiiy gaz uchun belgilangan jihozlar joylashgan xonalarda oʻrnatilgan signalizatorlar bilan bir qatorda SUG bugʻlarining konsentratsiyasi alanga tarqalishi quyi konsentratsiya chegarasining 10% dan ortganida zichsizlik hosil boʻlgan joy haqida signal (yorugʻlik va ovoz bilan) berilishini, rezervuarlarning toʻldirilish operatsiyalarining avtomatik ravishda toʻxtatilishini va yoqilgʻi tarqatish qurilmalarining oʻchirilishini taʼminlashi lozim. Yongʻin xavfi mavjud konsentratsiyalarning datchiklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik quduq va shaxtalar tubidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalarining yoqilgʻi baklarini SUG bilan toʻldirish uchun oʻrnatiladigan maydon sathidan (SUG kolonkasi yaqinida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG uchun belgilangan ATS maydoni sathidan (ATS quyib olish yengining rezervuarni toʻldirish quvuri bilan ajraladigan ulanish joyi yaqinida), 50-100 mm balandlikda joylashishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUGni soʻrish-uzatish xonalarida oʻrnatilgan portlashgacha boʻlgan konsentratsiya haqida xabar beruvchi signalizatorlar ishlaganida avtomatik ravishda bajariladigan SUGni ATSdan quyib olish operatsiyalarining toʻxtatilishi, SUGni rezervuarga va uning bugʻlarini ATS boʻshligʻiga uzatib berish quvurlarida oʻrnatilgan armaturalarning berkitilishi, avariyaviy shamollatish tizimining va signalizatsiyaning yoqilgʻining sirqib chiqib ketishida ishga tushishi bilan birga rezervuardan ATSga ulash shtutserigacha ajratib qoʻyilgan toʻldirish va SUG bugʻlarini orqaga qaytarish tizmalari qismlarining SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvuri orqali chiqarib tashlash yordamida avtomatik ravishda boʻshatilishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.10. SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvuri yongʻin taʼsiridan koʻchma yongʻin oʻchirish texnikasining kelishi va joylashishi uchun sarflanadigan, hududiy yongʻin xavfsizligi organlari bilan kelishilgan vaqt oraligʻida uning ishlab turishini taʼminlaydigan darajada himoyalangan (issiqlik izolyatsiyasi, suv quyib sovutish va x.k.) boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.11. SUGning bugʻ va suyuq fazasi uchun belgilangan, ATS yenglari va transport vositalari yoqilgʻi quyish qurilmalariga ulanish joylarining bevosita yaqinida joylashgan texnologik tizim quvurlarida yuqorida koʻrsatib oʻtilgan yeng va yoqilgʻi quyish qurilmalarining zichligi (germetikligi) buzilganida gazning texnologik tizim quvuridan atmosferaga chiqishining oldi olinishini taʼminlaydigan maxsus moslamalar nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. SIQILGAN TABIIY GAZNI QABUL QILISH, SAQLASH VA TARQATISH UCHUN BELGILANGAN KOʻP YOQILGʻILI AYOQSning TEXNOLOGIK TIZIMI MAYDONIGA VA AGTKSga BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.1. Yerda joylashgan va bosim ostida boʻlgan siqilgan tabiiy gaz uchun belgilangan texnologik tizim idishlari himoyalanayotgan idishlarni 30 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt davomida shikastlanishining oldini oladigan issiqlik izolyatsiyasi yoki suv quyib sovutish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bu holda koʻrsatib oʻtilgan idishlardan (chiqarib yuborish quvuri orqali) gazlarning ortiqcha bosimini chiqarib yuborish vaqti 20 daqiqadan ortiq boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan idishlar 500 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikda (chuqurlikka tutashgan maydon chetidan vertikal boʻyicha idishning yuqori qismigacha boʻlgan masofa) joylashtirilgan hollarda ularning devorlariga issiqlik izolyatsiyasi yoki suv quyib sovutish tizimini oʻrnatmasa ham boʻladi. Bunda shu idishlarga qarashli berkitish saqlash, sozlash va oʻlchov armaturalari unga tutash texnologik maydon yuzasidan ular yaqiniga bemalol borish mumkin boʻlgan hududda joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.2. Kompressor qurilmalarida AYOQSga olib keladigan tabiiy gaz quvurning zichligi (germetikligi) buzilganida ularni avtomatik ravishda oʻchiradigan va indikatsiya qiladigan tizimni nazarda tutish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.3. Siqilgan tabiiy gaz uchun belgilangan texnologik tizim jihozlari tashqi yongʻin oʻchogʻi taʼsiridan belgilangan jihozlar zichligi (germetikligi) buzilishigacha gazlarning chiqarib yuborilishi taʼminlanadigan qilib himoyalanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.4. Gaz jihozlariga issiqlik izolyatsiyasi oʻrnatishda va ular oʻrnatilgan xonalarda tabiiy gazni adsorbatsiya qilish xususiyatiga ega materiallardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.5. AYOQS ishlash davrida yaqiniga xodimlarning bemalol borishlari zarur boʻlgan nazorat oʻlchov asboblari panellari, boshqarish tugma (knopka)lari va shu kabilarni AYOQS texnologik tizimining qolgan jihozlaridan 1-turdagi toʻsiq bilan ajratilgan va bino yoki inshootdan bevosita tashqariga chiqish yoʻli boʻlgan xona (boʻlma)larda yoki bino, inshoot tashqarisida joylashgan boshqarish va nazorat shchitlarida joylashtirilishi nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. YONGʻINGA QARSHI HIMOYA VOSITALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1. YONGʻIN OʻCHIRISH VOSITALARIGA BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1.1. Yongʻin oʻchirish maqsadida AYOQS da quyidagilarni nazarda tutish kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statsionar(koʻchmas) yongʻin oʻchirish qurilmalari (avtomatlashtirilganlari shu qatorda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi yongʻinga qarshi vodoprovod.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1.2. Birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarini turi, zarur miqdori va ularning joylashtirilishini “Oʻzneftmahsulot” AK YOXQ va Oʻzdavneftmahsulot korxonalarini ishlatish davrida YOXQ hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YOXBB tomonidan tasdiqlangan birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarining zarur miqdorini va turini aniqlash boʻyicha tavsiyalar talablariga muvofiq tanlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1.3. AYOQSda tashqi yongʻin oʻchirish kamida ikkita yongʻin oʻchirish gidranti yoki yongʻinga qarshi suv havzasidan amalga oshirilishi zarur. Suyuq yoqilgʻi saqlash AYOQS va AGTKS yongʻinga qarshi suv havzasining umumiy hajmi kamida 100 m3 tashkil qilishi kerak. Yongʻin oʻchirish gidrantlari va suv havzalari AYOQSdan 200 metrdan ortiq va AYOQS rezervuarlaridan 40 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suyuq yoqilgʻi saqlash AYOQS va AGTKS da tashqi yongʻin oʻchirish uchun suv sarfi binolarni oʻchirish uchun zarur boʻlgan suv sarfining eng katta (maksimal) miqdori va yer ustida joylashgan rezervuarlarni sovutish uchun zarur boʻlgan umumiy suv sarfini oʻz ichiga olgan yigʻindi sifatida hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolarini oʻchirish uchun zarur boʻlgan suv sarfi KMK 2.04.02-97 dan (haydovchi va yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish binolari hamda AYOQS xodimlari uchun belgilangan binolarga xuddi jamoat binolariga boʻlganidek, transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish binolari uchun xuddi ishlab chiqarish binolariga boʻlganidek) aniqlanadi. Yer ustida joylashgan rezervuarlar (idishlar)ni sovutish uchun zarur boʻlgan umumiy suv sarfini kamida 15 l/s deb qabul qilish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: AYOQS rezervuarlari yer ustida joylashgan hollarda ular va yongʻin oʻchirish gidrantlari yoki suv havzalari orasidagi masofa 60 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1.4 Aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashgan AGTKS va suyuq yoqilgʻi saqlash AYOQS uchun quyidagi hollarda tashqi yongʻin oʻchirish suv taʼminotini nazarda tutmaslik mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar, faqat ikki devorli yoki yer osti rezervuarlari boʻlgan, umumiy sigʻimi 40 m3 dan ortiq boʻlmagan suyuq yoqilgʻi saqlash AYOQSlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar, AGTKS yoki suyuq yoqilgʻi uchun belgilangan AYOQS larda servis xizmat koʻrsatish xonalari boʻlmaganida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday AYOQSlarda qoʻshimcha statsionar (koʻchmas) yoki koʻchma yongʻin oʻchirgichlarni nazarda tutish lozim. Qoʻshimcha yongʻin oʻchirgichlarning turi va soni hududiy yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari bilan kelishgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1.5. V (solishtirma yongʻin yuklamasi 181 MDj/m2 ortiq boʻlmagan) va D toifasiga mansub xonalar, mexanizatsiyalashtirilgan yuvish va sutka davomida odamlar boʻladigan xodimlar uchun belgilangan xonalardan tashqari hamma xonalar avtomatik yongʻin signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maydoni 20 m2 dan ortiq (solishtirma yongʻin yuklamasi 1401 MDj/m2 va undan ortiq boʻlgan) boʻlgan yongʻin xavfi boʻyicha V toifasiga mansub (transport vositalariga servis xizmati koʻrsatish va maydoniga bogʻliq boʻlmagan holda YEAS va YOS boʻlgan ombor xonalari) hamda koʻp yoqilgʻili AYOQS, AYOQS texnologik tizimiga qarashli, ichida siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan uglevodorodli gazni soʻrish-uzatish uchun belgilangan jihozlar joylashgan AGQS yoki AGTKS xonalari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanishlari zarur. YEAS va YOS sotish uchun belgilangan savdo zallarini avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlash zaruriyatini aniqlashda, ularni ombor xonalariga tenglashtirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari sifatida oʻzi ishlab ketish rejimida boʻlgan yongʻin oʻchirish modullarini qoʻllashga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1.6. Yoqilgʻi tarqatish kolonkalarini oʻzi ishlab ketadigan yongʻin oʻchirgichlar bilan jihozlash tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2. KOʻP YOQILGʻILI AYOQS AGTKS va AGQS YONGʻINGA QARSHI HIMOYA VOSITALARIGA BOʻLGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2.1. Koʻp yoqilgʻili AYOQS qayerda joylashishiga bogʻliq boʻlmagan holda tashqi yongʻinga qarshi vodoprovod bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari yoqilgʻi baklarini SUG bilan toʻldiradigan AYOQSlar yuqori bosimli yongʻinga qarshi vodoprovod bilan taʼminlanishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2.2. Hududiy yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari bilan kelishgan holda tashqi yogʻinni oʻchirishga va ustidan quyib sovutishga suvning berilishi nasos stansiyasi yordamida umumiy sigʻimi 200 m3dan kam boʻlmagan, AYOQSdan 200 metrdan ortiq boʻlmagan masofada joylashgan yongʻinga qarshi suv havzasi yoki rezervuaridan amalga oshirilishi kerak. Tegib boʻlmaydigan yongʻinga qarshi suv zaxirasini tiklash uchun zarur boʻlgan vaqt 24 soatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2.3. Ombor maydonida yer ustida joylashgan ichida SUG boʻlgan jihozlarni va avtotsisternani yongʻin holatida sovutilishini taʼminlash uchun, belgilangan jihoz ustki yuzasiga suv oqizib sovutish tizimining oʻrnatilishini nazarda tutish lozim. Suv oqizib sovutish tizimi operatorlar xonasidan (masofadan) ishga tushiriladigan boʻlib AYOQS yongʻinga qarshi vodoprovod tizimiga ulangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv oqizib sovutish tizimining joylashishi va konstruktiv bajarilishi, uning yongʻinning issiqlik nurlanishi taʼsiriga bardoshliligini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2.4. Suyuq yoqilgʻi saqlash AYOQSda tashqi yongʻin oʻchirish uchun boʻladigan suv sarfi, binolarni oʻchirish uchun zarur boʻlgan suv sarfining eng katta (maksimal) miqdori va SUGli avtotsisterna, yer ustida joylashgan ichida SUG va siqilgan tabiiy gaz boʻlgan jihozlarni sovutish uchun zarur boʻlgan umumiy suv sarfini oʻzichiga olgan yigʻindi sifatida hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotsisternani yer ustida joylashgan ichida SUG va siqilgan tabiiy gaz boʻlgan jihozlarni sovutish uchun zarur boʻlgan suvning uzatilish unumdorligi quyidagicha qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotsisterna yuzasi uchun — 1 m2 himoyalanayotgan yuzaga 0,1 l/s;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sigʻimlar, ballonlar, shtutserlar va saqlovchi klapanlarini hisobga olgan holda, funksional jihozlar, quvurlar tutashgan joylardagi bekitish armaturalari, quvurlar va nasoslar xonasining jihozlari joylashgan joy uchun — 1m2 himoyalanayotgan yuzaga 0.5 l/s.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sovutish uchun berilayotgan suvning hisobiy vaqti 60 daqiqadan ortiq deb qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2.5. Siqilgan tabiiy gaz va SUG ishlatiladigan xonalar avtomatik yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlanishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2.6. AYOQS xonasida yongʻin signalizatsiyasi ishlab ketganida avtomatik tartib (rejim)da quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sutka davomida odam boʻladigan AYOQS operatorlar xonasida yongʻin haqida signal berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezervuar (idish)larning yoqilgʻi bilan toʻldirish operatsiyalarining toʻxtatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUGni rezervuarga va SUG bugʻlarini ATSning boʻsh hajmiga uzatish quvurlariga oʻrnatilgan bekitish armaturalarining yopilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamma yoqilgʻi tarqatish kolonkalari va kompressor jihozlarining oʻchirilishi taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ILOVA
(majburiy)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suyuq motor yoqilgʻisini tarqatish punktiga boʻlgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Suyuq motor yoqilgʻisi tarqatish punkti texnologik jihozlar va inshootlaridan u joylashgan korxonaning bino, inshoot va tashqi qurilmalarigacha boʻlgan minimal masofani quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/n

Bino, inshoot va tashqi qurilmalarning nomi

Yoqilgʻi uchun yer osti rezervuarlari va tozalash inshootlari

Yoqilgʻi saqlash uchun yer usti rezervuarlari

Yoqilgʻi tarqatish kolonkalari

ATS uchun maydon

1.

Yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar*. GOST 19433 boʻyicha 2-4,8 sinf va 9.1 kenja sinfiga mansub xavfli yuklarni tashish uchun belgilangan transport vositalarini saqlash maydonlari.

30

30

30

30

2.

 V va D toifasiga mansub ishlab chiqarish binolari, V va D toifasidagi xonalar, yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar**.

S0 yoki S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi I, II va S0 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi III boʻlgan binolar

6

12

6

9

S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi III boʻlgan va S0 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi IV boʻlgan binolar

9

16

9

12

olovga bardoshlilik darajasi IV, V boʻlgan binolar, yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar**.

12

20

12

18

3.

Maʼmuriy va maishiy binolar

18

25

18

25

4.

Transport vositalarini saqlash uchun ochiq maydon va bostirmalar

6

12

6

9

5.

Korxona ichki temir yoʻllari oʻqigacha

10

15

10

15

6.

Korxona avtomobil yoʻllari qatnov qismining chetigacha

5

9

5

9

7.

GOST 12.1.007-76 boʻyicha I va II sinf xavfliligiga ega radioaktiv va zararli moddalar boʻlgan bino va inshootlar,

GOST 19433 boʻyicha 1, 5-7 sinf va 9.2 kenja sinflariga mansub xavfli yuklarni tashish uchun belgilangan transport vositalarini saqlash maydonlari

100

100

100

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ichida yonuvchi gaz; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar; yonuvchi chang va/yoki tolalar; suv, havodagi kislorod bilan va/yoki oʻzaro taʼsir qilganida yonishi mumkin boʻlgan modda va/yoki materiallar; ishlov berish jarayoni nur issiqligi uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan issiq, qizigan va/yoki erigan holatdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar, hamda yoqilgʻi sifatida yoqiladigan yoki utilizatsiya qilinadigan yonuvchi gaz, suyuqlik va/yoki qattiq moddalar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar; shunday shart bilanki, belgilangan modda va materiallar tashqi qurilmalardan 30 metr masofada bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonganida individual xavf kattaligi yiliga 10-6dan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ichida asosan sovuq holdagi yonmaydigan moda va/yoki materiallar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2-punktda koʻrsatilgan binolargacha boʻlgan masofa meʼyorlanmaydi, agar binoning yoqilgʻi tarqatish punktiga qaragan devori yongʻinga qarshi va tuynuksiz boʻlsa 3-punktda koʻrsatilgan masofalarni 50%ga kamaytirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jadvalda yoqilgʻi tarqatish punktiga qarashli va mazkur meʼyor talablariga javob beradigan tozalash inshootlarigacha boʻlgan masofa keltirilgan. Korxona tozalash inshootlarigacha boʻlgan masofa ularning toifalariga bogʻliq holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 4-satrda soni 10 tadan ortiq boʻlmagan yengil va mototransportlarni saqlash maydonigacha boʻlgan masofa koʻrsatilgan. Bu son 50 tagacha ortganida belgilangan masofalar 30%ga, 50tadan ortiq boʻlganida — 60%ga koʻpaytirilishi kerak. Toʻxtab turish joyi boshqa transport vositalari uchun tashkillashtirilganida masofani 50%ga koʻpaytirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yoqilgʻi tarqatish punktiga qarashli boʻlmagan, V va D toifasiga mansub binolarda A, B, G toifasiga mansub xonalar joylashtirilganida bu xonalar devor (toʻsiq)larigacha boʻlgan masofa 30 metrdan ortiq qilib qabul qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yoqilgʻi tarqatish punktining operatorlar xonasini, shu xonadan rezervuarlarni ATSdan toʻldirish va yoqilgʻini isteʼmolchilarga tarqatish jarayonlari ustidan koʻz bilan nazorat qilish taʼminlangan hollarda V yoki D toifasiga mansub boshqa maqsadlar uchun belgilangan binolarda joylashtirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yoqilgʻi tarqatish punktlariga eng yaqin boʻlgan, bir vaqtning oʻzida odamlar soni 50 va undan kam boʻlishi moʻljallangan korxona bino va inshootlardan evakuatsion chiqish yoʻllari, yer ustida joylashgan AYOQS yoqilgʻi jihozlari va ATS uchun belgilangan maydonlardan 12 metrdan, odamlar soni 50 va undan ortiq boʻlganida — 15 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ILOVA
(majburiy)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga suyuq motor yoqilgʻisi QUYISH koʻchma stansiyalariga boʻlgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Texnologik jihozlarga boʻlgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Aholi yashash punktlarida ishlatish uchun belgilangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish koʻchma stansiyalarining (AYOQKS) yakka sigʻim (kamera)larining hajmi 10 m3, aholi yashash punktlaridan tashqarida ishlatish uchun belgilanganlariniki esa 20 m3 dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Yoqilgʻi quyish avtomobillarini avtomobillarga yoqilgʻi quyish koʻchma stansiyasi sifatida ishlatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish koʻchma stansiyasi texnologik tizimi rezervuarlari yer ustida joylashgan AYOQSlar texnologik tizimlariga qoʻyiladigan talablarga javob berishi kerak, bunda:-
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir devorli va bir devorli orayopmaga (tomga, tepa devorga) ega boʻlgan ikki devorli rezervuarlarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQKS ikki devorli rezervuarining devorlararo boʻshligʻini uzluksiz nazorat qiluvchi tizim oʻz ish qobiliyatining saqlanishini avtomobillarga yoqilgʻi quyish koʻchma stansiyasining harakatlanishi davrida (mumkin boʻlgan vibratsiyalarni hisobga olgan holda) qanday taʼminlasa, u toʻxtaganida ham shunday taʼminlashi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQS rezervuarlarining toʻlib-toshib ketishining oldini olish tizimlari elementlarini takroran ishga tushiradigan tizimni nazarda tutmaslik mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobillarga yoqilgʻi quyish koʻchma stansiyasi rezervuarlarining saqlash membranalari AYOQKS agʻdarilib ketish ehtimoli boʻlgan hollarda bosimni chiqarib yuborish yuzasining butunligi taʼminlanadigan qilib mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi kerak. AYOQKS rezervuarlarini saqlash membranalari oʻrniga saqlash klapanlari bilan jihozlash taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQKS deaeratsiya tizmalari quvurlarining transport vositalari uchun belgilangan oʻtish yoʻllari sathidan aniqlanadigan eng yuqori nuqtasining joylashish balandligi kamida 2.5 metr boʻlishi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafas olish klapani AYOQKS rezervuari ustida atrofining shamollatilishi taʼminlanadigan qilib oʻrnatilishi kerak. Nafas olish klapanining konstruksiyasi AYOQKS agʻdarilib ketish ehtimoli boʻlgan hollarda u orqali yoqilgʻi suyuq fazasi chiqishining oldi olinishini taʼminlaydigan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Bir nechta yoqilgʻi quyish kolonkalariga AYOQKS rezervuaridan benzin yoki dizel yoqilgʻisini uzatib berish uchun umumiy quvur ishlatilishiga, shu quvurlarda har bir yoqilgʻi quyish kolonkasidan oldan bekitish armaturalari mavjud boʻlgan sharoitlarda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. Ichki rezervuar AYOQKS harakatlanganida unda yoqilgʻi toʻlqinlari hosil boʻlishining oldini oladigan moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.6. AYOQKS rezervuarlariga keladigan hamma quvurlar yuqoridan bajarilgan boʻlishi kerak. Patrubka, koʻrik tuynugi, shtutser va shu kabilarning rezervuar bilan ulangan joylari rezervuarni yoqilgʻi bilan nominal toʻldirish sathidan yuqorida joylashishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.7. AYOQKS konstruksiyasi AYOQKS rezervuarining toʻldirish quvurining suyuq yoqilgʻidan toʻliq boʻshatilish bilan toʻldirilish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Toʻldirish quvurining rezervuarga ulanish joyida alangatoʻsqich oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan quvur yoqilgʻi quyish muftasi (agar u ulangan joy ajralib ketganida oʻzi yopilmaydigan boʻlsa) oʻrnatilgan joy yaqinida va sisterna ustida bekitish armaturasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.8. Yoqilgʻi tarqatish kolonkalari AYOQKS rezervuarining orqa qisqa yon tomonida (ostida) joylashgan texnologik boʻlmada oʻrnatilishi lozim. Texnologik boʻlma toʻkilgan yoqilgʻini yigʻish uchun taglik bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.9. Yoqilgʻi tarqatish kolonkalarining elektr taʼminoti, yo mustaqil manbadan (AYOQKSsi yoqilgʻi saqlash rezervuarlari yer ostida joylashgan AYOQS hududida joylashgan hollarda), yo AYOQKS elektrogeneratori yoki akkumulyatorlaridan amalga oshirilishi lozim. Texnologik boʻlma va nafas olish klapanidan motor boʻlimi, avtomobilning chiqarish quvuri, elektrogenerator va akkumulyatorlargacha boʻlgan masofa 3 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr taʼminot va signal kabellarining ulanadigan boʻlimlari ularning tasodifan ajralib ketishining oldini olish uchun oʻzaro mexanik mahkamlash moslamalariga ega boʻlishlari kerak. Uzatib berish tizmasi nasoslari elektr taʼminotining oʻchirilishi AYOQKSning texnologik boʻlmasi va haydovchi kabinasidan taʼminlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.10. Uzatib berish tizmasida rezervuarning ichida toʻldirish quvurining eng pastki nuqtasidan kamida 0,05 metr yuqorida mahkam oʻrnatiladigan choʻktiriladigan nasoslarni nazarda tutish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar AYOQKSning texnologik boʻlmasiga yoqilgʻi uzatib berish tizmasidagi nasoslarning oʻrnatilishi nazarda tutilgan boʻlsa yoki choʻktiriladigan nasoslarning konstruksiyasi shu tizma quvurlaridan yoqilgʻini “sifon” prinsipida kelishining toʻxtatilishini taʼminlamasa, belgilangan quvurlarni nasoslar toksizlashtirilganida yoqilgʻining orqaga oqishiga qarshilik koʻrsatadigan va shu quvurda faqat uzatib berish tizmasidagi nasosning hosil qilgan vakuum yoki bosimiga muvofiq boʻlgan vakuum yoki bosimdan ochiladigan teskari klapan bilan jihozlash lozim. Teskari klapan, yo rezervuar ichida yoki yoqilgʻi uzatib berish quvurining yuqori nuqtasida oʻrnatilishi kerak. Rezervuar ustida (uzatib berish quvurining rezervuarga ulanish joyi yaqinida) bekitish armaturasi oʻrnatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarga oʻz oqimida kelayotgan yoqilgʻini tarqatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.11. AYOQKS jihozlarining bajarilishi rezervuar va quvurlarning zichligini AYOQKSga boʻlgan TEX talablariga muvofiq ravishda davriy gidravlik yoki pnevmatik (inert gazi bilan) tekshirish sinovlarining oʻtkazilish ehtimolini hamda rezervuarlarni taʼmirlash uchun tayyorlashda yopiq usulda yoqilgʻi qoldiqlaridan yongʻin-portlashdan xavfsiz tozalash, degazatsiya qilish va shamollatish imkoniyatlarini nazarda tutishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.12. AYOQKSning konstruktiv bajarilishi yoki uning oʻrnatilish usuli stansiya maydoni hududida transport vositalarining uning ustiga chiqib ketishi natijasida shikastlanishi ehtimolini oldini olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.13. AYOQKS avtomobilining shassisi GOST 27352 talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. AYOQKSni joylashtirish maydonlariga boʻlgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Aholi yashash punktlarida AYOQKSlarni faqat anʼanaviy AYOQSlar hududida, shu AYOQSlarning jihozlaridan foydalangan holda yoqilgʻini toʻldirish va tarqatish, olov bilan bogʻliq boʻlmagan reglamentda belgilangan va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish davrida joylashtirish mumkin. AYOQKSlar AYOQS hududida joylashtirilgan davrda servis xizmat koʻrsatish binolarini ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi. AYOQKSlarni aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashtirilganda hamda aholi yashash punktlarida joylashtirish zarur boʻlgan ayrim hollarda ularni boshqa turdagi AYOKSlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagan hududlarda nazarda tutilgan boʻlishi, shu maqsad uchun maxsus jihozlangan maydonlarda oʻrnatilishi lozim. Bunday maydonlarning joylashish joylari hududiy yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari bilan rezervuarlari yer ustida joylashgan AYOQSlarga qoʻyiladigan talablarni va quyidagi holatlarni hisobga olgan holda kelishilgan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anʼanaviy avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarining hududida yoqilgʻi quyish orolchasining yaqinidagi oʻtish yoʻlining birida shunday joylashtirilishi kerakki, bunda transport vositalarining shu orolchaga qarashli qarama-qarshi yoʻlidan yoqilgʻi quyishlari uchun xavfsiz oʻtishlari taʼminlangan boʻlsin. Bunda AYOQKSning oldi va orqa tomonidan vaqtinchalik toʻsiqlar oʻrnatish lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQKSni oʻrnatish uchun belgilangan maydonni uning oldiga transport vositalarining faqat boʻylamasiga bir tomondan oʻtishlari mumkinligidan kelib chiqqan holda tanlash lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQKSdan bino va inshootlargacha boʻlgan masofani 1-jadvalga muvofiq ravishda (yer usti rezervuarlarigacha boʻlgani kabi) qabul qilish lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYOQKSni oʻrnatish uchun belgilangan maydon PUE talablariga javob beradigan AYOQKSni yerga ulash qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Avtomobillarga gaz toʻldirish koʻchma kompressor stansiyasi (AGTKKS) va avtomobillarga gaz quyish koʻchma stansiya (AGQKS)lariga boʻlgan oʻziga xos talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Avtomobillarga gaz toʻldirish koʻchma kompressor stansiyasi va avtomobillarga gaz quyish koʻchma stansiyalarining maydonlarini joylashtirish va jihozlash muvofiq ravishda statsionar avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyasi va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari maydonlarini joylashtirish va jihozlashga boʻlgan talablarga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Avtomobillarga gaz toʻldirish koʻchma kompressor stansiyasi idishlari va avtomobillarga gaz quyish koʻchma stansiyasi rezervuarlaridan yoqilgʻi tarqatish kolonkalarigacha boʻlgan masofa, texnologik tizim quyidagi talablarga javob bergan hollarda meyorlanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz yoqilgʻisini saqlash rezervuarlari (idishlari), transport vositasining yoqilgʻi tizimi ballonlarining yer ostida joylashgan rezervuar (idish)larniki kabi shikastlanish darajasini hisobga olgan holda yongʻinning xavfli taʼsir (faktor)lari natijasida zichsizlanishi (germetikligining buzilishi)dan himoyalangan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobillarga gaz quyish koʻchma stansiyasi rezervuari va shu rezervuardan SUG va uning bugʻlarini atrof muhitga chiqish joylarining yopilishini taʼminlaydigan birinchi bekitish armaturasi orasidagi ajraladigan ulash moslamalarining zichlagichlari bir-birini takrorlaydigan boʻlishi kerak. Shu ulanish joylari, oʻzaro bir-birini takrorlaydigan zichlagichlar orasining zichligini (germetikligini), avtomobillarga gaz toʻldirish koʻchma stansiyasi xodimlariga zichsizlik hosil boʻlganida avtomatik ravishda signal berilishini, rezervuardan chiqish quvurining yopilishini, SUG nasoslari va yoqilgʻi tarqatish kolonkalarining oʻchirilishini taʼminlaydigan, uzluksiz avtomatik nazorat qilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobillarga gaz quyish koʻchma stansiyasi rezervuari SUG va uning bugʻlarini tarqatish quvurlari orqali chiqib ketishining va SUG bugʻ fazasining gazlarning avariya holatida sarflanishida belgilangan quvurlar orqali qaytishining avtomatik ravishda oldini oladigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobillarga gaz quyish koʻchma stansiyasi rezervuari, oʻzining avtomobili dvigatelini ishlatish davrida SUG nasoslari va tarqatish kolonkalarining oʻchirilishi, SUGni uzatib berish va SUG bugʻlarining tarqatish kolonkalaridan qaytish quvurlarining bekitilishini avtomatik ravishda taʼminlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bunda koʻrsatib oʻtilgan qurilmalarni yopilishi, SUG nasoslari va tarqatish kolonkalarini xavfsiz joydan oʻchirish imkoniyatini taʼminlash zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchma gaz toʻldirish stansiyasining texnologik tizimi uning jihozlaridan tabiiy gazning ortiqcha bosimini tashlab yuborish quvurlari orqali masofadan (odamlarning, konsentratsiyasi alanga tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasining 20%dan ortiq boʻlgan SUG bugʻlari bilan gazlangan hududda boʻlishini talab qilmaydigan) chiqarib yuborish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Tashlab yuborish quvurining chiqarish tuynugi yoqilgʻi quyish uchun kiritiladigan transport vositasidan kamida 1 metr balandlikda joylashishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda avtomobillarga gaz toʻldirish va gaz quyish koʻchma stansiyalarining konstruksiyalari yoki ularning maydonlarda oʻrnatish uslubi transport vositalarining belgilangan AYOQS texnologik tizimlari ustiga chiqib (urilib) ketishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. SUG rezervuarlari yaqinida, faqat bitta tomonida himoya ekranini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ular orasida AGQKS maydoni yuzasidan 50-100 mm balandlikda, SUG bugʻlarining konsentratsiyasi alanga tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasining 20%dan ortiq koʻrsatkichga yetganida, AGQKS xodimlariga avtomatik ravishda signal berilishini, rezervuardan chiqish quvurlarining yopilishini, SUG nasoslari va tarqatish kolonkalarining oʻchirilishini taʼminlaydigan portlashgacha boʻlgan konsentratsiya datchiklarini oʻrnatish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoya ekranini odatda shamolning ustunlik qiladigan yoʻnalishiga (yillik “muayyan esuvchi shamollar yoʻnalishi” boʻyicha) parallel qilib oʻrnatish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Avtomobillarga gaz toʻldirish va gaz quyish koʻchma stansiyalarining yoqilgʻi saqlash bloklarining transport vositalari DOPOG talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-ILOVA
(majburiy)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ustida joylashgan bir devorli rezervuarlar ishlatilishi nazarda tutilgan, avtomobillarga suyuq motor yoqilgʻisi quyish stansiyalariga boʻlgan talablar*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yer ustida joylashgan bir devorli rezervuarlarning ishlatilishiga faqat aholi yashash punktlari va korxonalardan tashqarida joylashgan AYOQSlarda mazkur meʼyorlar talablarini bajargan, hamda quyida bayon etilgan talablarni hisobga olganda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Konteynerli AYOQSlarni A va B turlarga boʻlish quyidagi sharoitlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A turi — rezervuarlarning umumiy sigʻimi 20dan to 60 m3gacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B turi — rezervuarlarning umumiy sigʻimi 20 m3dan ortiq boʻlmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modulli AYOQSlar rezervuarlarining umumiy sigʻimi quyidagilarni tashkil qilishi lozim: — A turi uchun — 40dan to 100 m3gacha, B turi uchun — 40 m3dan ortiq emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka holdagi rezervuarlarning hajmi 10 m3dan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. AYOQSdan unga bogʻliq boʻlmagan obyektlargacha boʻlgan eng kam (minimal) masofa quyidagi 1-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-jadval

T/n

Bino, inshoot va boshqa binolarning nomi

… turdagi AYOQSdan masofasi (m).

A

B

1.

Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish, ombor va maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari (10 satrda koʻrsatilganlaridan tashqari)

30

2.

Oʻrmon massivlari:

ignabargli va aralash

50

40

bargli

20

15

3.

Uy-joy va jamoat binolari

100

50

4.

Odamlar koʻp yigʻiladigan joylar

100

5.

Individual garajlar va avtomobillar uchun ochiq turar joy

40

30

6.

Savdo doʻkonlari

50

7.

Umumiy tarmoq avtomobil yoʻllari (qatnov qismining cheti)

I, II va III toifali

25

20

IV va V toifali

15

12

8.

Umumiy tarmoq temir yoʻllari(koʻtarmaning nishabi pastki cheti yoki oʻyilgan joyning cheti)

30

9.

AYOQSga tegishli boʻlmagan kanalizatsiyaning tozalash inshootlari va nasos stansiyalari

40

30

10.

Yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar*, radioaktiv va GOST 12.1.007 boʻyicha xavfliligi I va II sinfga mansub zararli moddalar mavjud boʻlgan bino va inshootlar

100

100

11.

Elektr uzatish tarmoqlari, elektrpodstansiyalar (shu jumladan transformator podstansiyalari)

PUE boʻyicha

12.

Yogʻoch materiallari, torf, tolasimon yonuvchi moddalar, pichan, somon omborlari

50

35

13.

Paxta dalalari va gʻalla ekinlari maydon (massiv)lari, xirmon, gʻaram va h.k.

100

100

14.

Koʻpriklar, koʻprikyoʻl (puteprovod)lar

100

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ichida yonuvchi gaz; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar; yonuvchi chang va/yoki tolalar; suv, havodagi kislorod bilan va/yoki oʻzaro taʼsir qilganida yonishi mumkin boʻlgan modda va/yoki materiallar; ishlov berish jarayoni nur issiqligi uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan issiq, qizigan va/yoki erigan holatdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar, hamda yoqilgʻi sifatida yoqiladigan yoki utilizatsiya qilinadigan yonuvchi gaz, suyuqlik va/yoki qattiq moddalar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar; shunday shart bilanki, belgilangan modda va materiallar tashqi qurilmalardan 30 metr masofada bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonganida individual xavf kattaligi yiliga 10-6dan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. AYOQS oʻrmon yaqinida joylashtirilganida ignabargli va aralash oʻrmongacha boʻlgan masofani ikki marta kamaytirishga ruxsat etiladi, bunda oʻrmon va AYOQS chegarasiga tutash maydon chegarasi uzunligi boʻylab yer yuzasi oʻz sirtida yongʻin tarqalishiga yoʻl bermaydigan materiallardan bajarilgan qoplamaga ega yoki yer 5 metr kenglikda haydalgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. AYOQS texnologik tizimi flegmatizatsiya yoki boshqa alangalanishni va/yoki texnologik jihoz ichidagi bugʻ-havo aralashmasining yonib ketishini oldini oladigan tizimlar bilan taʼminlanganida jadvalda koʻrsatilgan masofalarni 25%gacha kamaytirishga ruxsat beriladi (3,4,10,11-satrlarda koʻrsatilganlaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Konteynerning yoqilgʻi saqlash rezervuarlari avariya holatlarida yoqilgʻini yigʻish uchun belgilangan sigʻimga oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Belgilangan sigʻimning hajmi yoqilgʻi saqlash konteyneri rezervuarlarining eng kattasi sigʻimidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bir nechta rezervuarlarni avariya holatlarida yoqilgʻini yigʻish uchun belgilangan umumiy sigʻimga oʻrnatilgan hollarda bu sigʻimni rezervuarlar orasida joylashtirilgan toʻsiqlar bilan boʻlimlarga boʻlish lozim. Toʻsiqlarning balandligi belgilangan sigʻim chekka devori balandligining yarimiga teng boʻlishi kerak. Toʻsiqlar yonmaydigan materiallardan bajarilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqning sigʻim bilan ulanish joylari zich (germetik) boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yoqilgʻi saqlash konteynerlari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari (masalan, oʻzi ishlaydigan yongʻin oʻchirgich) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezervuarlari bir devorli avtomobillarga gaz quyish stansiyasiga boʻlgan oʻziga xos talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Rezervuarlari bir devorli boʻlgan AGQSlarda, savdo zali boʻlmagan ehtiyoj mollari magazinidan tashqari haydovchi, yoʻlovchi va ularning transport vositalariga servis xizmatini koʻrsatish bino va inshootlarini, joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Rezervuarlari bir devorli boʻlgan AGQS binolarining yongʻin xavfi S0 yoki S1 sinfiga mansub, olovga bardoshlilik darajasi I, II boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Rezervuarlari bir devorli boʻlgan AGQSlardan unga tegishli boʻlmagan obyektlargacha hamda yoqilgʻi quyish punkti sifatida ishlatilayotgan korxonaning bino va inshootlarigacha boʻlgan eng kam (minimal) masofa 2-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2-jadvalga

T/n

Oraliq masofasi aniqlanishi zarur boʻlgan obyektlar nomi

Bino, inshoot va jihozlardan AGQS texnologik tizimigacha boʻlgan masofa, m.

ichida SUG boʻlgan yer osti rezervuarli

ichida SUG boʻlgan yer usti rezervuarli

1.

Ishlab chiqarish, ombor va maʼmuriy-maishiy va sanoat korxonalarining inshootlari (10 satrda koʻrsatilganlaridan tashqari)

80

100

2.

Oʻrmonlar:

ignabargli va aralash

60

100

bargli

40

60

3.

Uy-joy va jamoat binolari

100

300

4.

Odamlar koʻp yigʻiladigan joylar

100

300

5.

Individual garajlar va avtomobillar uchun ochiq turar joy

50

100

6.

Savdo doʻkoni

60

100

7.

Umumiy tarmoq avtomobil yoʻllari (qatnov qismining cheti)

I, II va III toifali

50

100

IV va V toifali

30

60

Elektrlashtirilgan shahar transporti qatnov yoʻli (kontakt tarmogʻigacha)

50

100

8.

Umumiy tarmoq temir yoʻllari (oʻtarmaning nishabi pastki cheti yoki oʻyilgan joyning cheti)

80

100

9.

AYOQSga tegishli boʻlmagan kanalizatsiyaning tozalash inshootlari va nasos stansiyalari

100

100

10.

Yongʻin xavfi mavjud texnologik qurilmalar*, radioaktiv va GOST 12.1.007 boʻyicha xavfliligi I va II sinfga mansub zararli moddalar mavjud boʻlgan bino va inshootlar

100

100

11.

Elektr uzatish tarmoqlari, elektrpodstansiyalar (shu jumladan transformator podstansiyalari)

PUE boʻyicha

12.

Yogʻoch materiallari, torf, tolasimon yonuvchi moddalar, pichan, somon omborlari

50

100

13.

Paxta dalalari va gʻalla ekinlari maydon (massiv)lari, xirmon, gʻaram va h.k.

100

100

14.

Koʻpriklar, koʻprikyoʻl (puteprovod)lar

100

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ichida yonuvchi gaz; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar; yonuvchi chang va/yoki tolalar; suv, havodagi kislorod bilan va/yoki oʻzaro taʼsir qilganida yonishi mumkin boʻlgan modda va/yoki materiallar; ishlov berish jarayoni nur issiqligi uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan issiq, qizigan va/yoki erigan holatdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar, hamda yoqilgʻi sifatida yoqiladigan yoki utilizatsiya qilinadigan yonuvchi gaz, suyuqlik va/yoki qattiq moddalar boʻlgan (saqlanadigan, qayta ishlanadigan, uzatib beriladigan) qurilmalar; shunday shart bilanki, belgilangan modda va materiallar tashqi qurilmalardan 30 metr masofada bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonganida individual xavf kattaligi yiliga 10-6dan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezervuarlari bir devorli yer ostida joylashgan, korxona hududida yoqilgʻi quyish punkti sifatida ishlatilayotgan AGQSdan shu korxona bino va inshootlarigacha boʻlgan eng kam (minimal) masofani, agar texnologik tizim konstruksiyasida rezervuarlarga SUG va uning bugʻlarini olib keladigan va ulardan olib ketadigan quvurlarda birinchi turgan bekitish armaturalarini masofa (operatorlari xonasi yoki boshqa xavfsiz joy)dan yopish, hamda avariya davrida belgilangan quvurlarning yer ustida joylashgan qismlaridan SUG bugʻlarining ortiqcha bosimini tashlab yuborish quvurlariga chiqarib yuborilishi nazarda tutilgan sharoitda 6-jadvalga muvofiq qabul qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Rezervuarlari bir devorli boʻlgan AGQS bino va inshootlari orasidagi masofani 5-jadvaldan qabul qilinadi. Yer ustida joylashgan rezervuarlargacha boʻlgan masofani 5-jadvalda koʻrsatilgan yer osti rezervuarlarigacha boʻlgan masofaga nisbatan 50%ga koʻpaytirish lozim. Yer ustida joylashgan rezervuarlar orasidagi masofa 20 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quvurlar, shtutserlar va patrubkalarning SUG saqlash rezervuarlariga kirish joyi ularning nominal toʻldirilish sathidan yuqori boʻlgan yeridan amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quvurlarning kirish qismi quyidagi qurilmalar bilan jihozlanganida quvurlarning kirish joyini nominal toʻldirilish darajasidan pastroqdan amalga oshirish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya davrida belgilangan quvurlardan SUGning rezervuardan chiqishini avtomatik ravishda oldini oladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quvurlarning xavfsiz bekitilishini taʼminlaydigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan mexanik shikastlanish va alanganing taʼsiridan himoyalangan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1.9 punktining talablariga javob beradigan qurilmalar bilan jihozlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Haydovchilar boʻlishi nazarda tutilgan AGQS hududidan SUG va uning bugʻlari boʻlgan quvurlarni AGQS maydoni sathidan yuqorida joylashtirishga va koʻrsatilgan quvurlar mazkur meʼyorlarning 3.1.1 punkti talablariga javob beradigan issiqlik izolyatsiyasi bilan himoyalanganida bir devorli qilib bajarishga ruxsat beriladi. Bunda, bu quvurlar issiqlik izolyatsiyasi bilan himoyalangan quvurlarning shamollatilishi va transport vositalari tomonidan ularning shikastlanish ehtimolini oldi olinishi shartlarini taʼminlash talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. SUG saqlash rezervuarlarining umumiy sigʻimi 20 m3dan, yakka holdagi rezervuarniki — 10 m3dan ortiq boʻlmasligi kerak. Aholi yashash punktidan tashqarida joylashtirilgan AGQSdagi SUG saqlash yer osti rezervuarlarning umumiy va yakka holdagi sigʻimini 2-martagacha koʻpaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. AGQSda quyidagilarni nazarda tutmaslik mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ATS uchun belgilangan maydonni 3.2.6 punkti boʻyicha jihozlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ATS uchun belgilangan maydon va yoqilgʻi quyish orolchalarida 6.9 punkti boʻyicha portlashgacha boʻlgan konsentratsiya datchiklarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG bugʻlarini chiqarib yuborish quvurini 6.10 punkti boʻyicha yongʻindan himoyalashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG texnologik jihozlarni 8.2.3 punkti boʻyicha suv quyib sovutish tizimini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori bosimli vodoprovod tizimini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezervuarlarning yoqilgʻi bilan 5.1.3 punkti boʻyicha avtomatik toʻldirilishi ehtimolining oldi olinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonidan yopib qoʻyilgan quvurlarning 5.1.11 punkti boʻyicha masofadan va avtomatik ravishda SUGdan boʻshatilishi ehtimolini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashqi yongʻin oʻchirish va sovutishga suv uzatish koʻchma yongʻin oʻchirish texnikasi yordamida, sigʻimi 8.2.4 punkt asosida yongʻin oʻchirish va sovutish uchun zarur boʻlgan suv uzatish unumdorligi va vaqtdan kelib chiqqan holda hisoblab aniqlanadigan, lekin AGQSdan 200 metrdan ortiq boʻlmagan masofada joylashgan, 200 m3dan kam boʻlmagan suv havzalari yoki rezervuarlaridan amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AGQS aholi yashash punktlaridan tashqarida va oʻrab turgan obyektlardan 300 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtirilgan sharoitlarda belgilangan suv havzalari va rezervuarlarini nazarda tutmasa ham boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ILOVA
(tavsiya etiladigan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir devorli rezervuarlar yoki ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻining zichligini (germetikligini) nazorat qilish tizimlariga misollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir devorli yoqilgʻi saqlash rezervuarlarining zichligi (germetikligi)ni davriy nazorat qilish tizimlariga misollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Bir devorli yer osti rezervuarlarining zichligi (germetikligi)ni ularda yoqilgʻi borligini tahlil qilish uchun rezervuar devorlari va qobiq orasida hosil boʻlgan boʻshliqning eng past qismida, davriy amalga oshiriladigan namuna (gaz yoki suyuqlik) olish yoʻli bilan nazorat olib borish mumkin. Shu maqsadda koʻrsatib oʻtilgan boʻshliq toʻldiriladigan materialda maxsus oʻlchov patrubkalarini nazarda tutish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Bir devorli rezervuarlarning zichligi (germetikligi)ni suyuqlik sathining pasayishini uzoq vaqt saqlash davomida (yoqilgʻini qabul qilish va tarqatish operatsiyalari 3 soat va undan ortiq vaqt davomida oʻtkazilmasa) metroshtok yoki yuqori aniqlikka ega elektron sath oʻlchagich yordamida bir necha bor oʻlchash yoʻli bilan rezervuardagi yoqilgʻining sathi pasayishini nazorat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Bir devorli rezervuarlarning zichligi (germetikligi)ni davriy pnevmatik sinov oʻtkazish yordamida nazorat qilish mumkin. Sinovlar yoqilgʻidan boʻshagan rezervuarlarda inert gazining ortiqcha bosimini hosil qilish va keyinchalik uning saqlanishini 30 daqiqa davomida kuzatish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak. Pnevmatik sinovlar oʻtkazilishi davrida rezervuarlarning shikastlanishi ehtimolini oldini olish uchun, koʻrsatilgan sinovlarni oʻtkazishga belgilangan texnologik tizim konstruksiyalarida nazarda tutilgan armaturalar tarkibiga rezervuarda yoʻl qoʻyilgan ortiqcha bosimning TEXda aniq belgilanganidan ortib ketishining oldini oluvchi saqlovchi klapanlarni kiritish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Bir devorli rezervuarlarning zichligi (germetikligi)ni qobiq va rezervuar orasidagi boʻshliq toʻldirilgan yonmaydigan materialda yoqilgʻi mavjudligini koʻrsatilgan materialning elektrofizik xossalarini davriy taqqoslash yoʻli orqali nazorat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikki devorli yoqilgʻi saqlash rezervuarlari devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni davriy nazorat qilish tizimlariga misollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni davriy pnevmatik sinov oʻtkazish yordamida nazorat qilish mumkin. Sinovlar belgilangan boʻshliqda shu ilovaning 1.3 punktida koʻrsatilgan talablar bajarilgan holda inert gazining ortiqcha bosimini hosil qilish yoʻli bilan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni, devorlararo boʻshligʻi toʻldiriladigan suyuqlikning sathini davriy nazorat qilish yoʻli bilan nazorat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday suyuqlik sifatida bir vaqtning oʻzida quyidagi talablarni qoniqtiradigan moddalarni ishlatish mumkin: suyuqlikning zichligi yoqilgʻining zichligidan yuqori boʻlishi kerak; suyuqlikning chaqnash harorati 100oS dan kam boʻlmasligi lozim, suyuqlik rezervuar konstruksiyasida ishlatilgan materiallar va moddalar hamda yoqilgʻi bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak; suyuqlik rezervuarlarning ishlatilishi davridagi atrof muhit harorati sharoitlarida oʻzining funksional belgilanishini taʼminlovchi xossalarini saqlab qolishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻi suyuqlik bilan toʻliq toʻldirilgan boʻlishi kerak. Devorlararo boʻshliq suyuqlikni yopiq usulda soʻrib chiqarib yuborish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Atrof muhit haroratining pasayishi hisobiga suyuqlik zichligining koʻtarilishi natijasida boʻshliq hosil boʻlish ehtimoli boʻlmasligi kerak (masalan, kengayish sigʻimi oʻrnatilishi hisobiga). Devorlararo boʻshligʻining nafas olish patrubkasi alanga toʻsqich bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bir devorli yoqilgʻi saqlash rezervuarlarining zichligi (germetikligi)ni uzluksiz nazorat qilish tizimlariga misollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Bir devorli rezervuarlarning zichligi (germetikligi)ni rezervuar devorlari va qobiq orasida hosil boʻlgan boʻshliqning eng past qismidan yoqilgʻining sirqib chiqishini avtomatik tartibda (rejimda) statsionar oʻrnatilgan maxsus datchiklardan foydalangan holda uzluksiz kuzatish yoʻli bilan nazorat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Bir devorli rezervuarlarning zichligi (germetikligi)ni texnologik tizimdagi yoqilgʻining ogʻirlik (massa) muvozanatining saqlanishini yoqilgʻining miqdorini qabul qilish, saqlash va tarqatish davrida hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda uzluksiz kuzatish yoʻli bilan nazorat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ikki devorli yoqilgʻi saqlash rezervuarlari devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni uzluksiz nazorat qilish tizimlariga misollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni, devorlararo boʻshligʻi toʻldiriladigan suyuqlikning sathini tegishli sath datchik-signalizatorlari yordamida avtomatik ravishda uzluksiz nazorat qilish yoʻli bilan nazorat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizimning ishlab ketish pogʻonasi, rezervuarning devorlararo boʻshligʻi ustida oʻrnatilgan kengayish sigʻimidagi suyuqlik ustuni balandligining TEXda koʻrsatilgan kattalikka pasayishiga muvofiq kelishi kerak. Bunda mazkur ilovaning 2.2-punktida bayon etilgan talablar bunday tizimlarga ham tarqaladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni tegishli bosim datchik-signalizatorlari yordamida rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻidagi inert gazining ortiqcha bosimini uzluksiz avtomatik nazorat qilish yoʻli bilan nazorat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inert gazining ortiqcha bosimi 0,02 MPa dan ortiq boʻlmasligi kerak. Rezervuarning devorlararo boʻshligʻida 0,02 MPa ga teng boʻlgan ortiqcha bosimning oshib ketishining oldini olish uchun saqlovchi klapan nazarda tutilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tizimning ishlab ketish pogʻonasi, devorlararo boʻshliqdagi bosimning TEX da koʻrsatilgan kattalikka kamayishiga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ikki devorli yoqilgʻi saqlash rezervuarlari devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni umumlashtirilgan nazorat qilish tizimlariga misollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Ikki devorli rezervuarlarning devorlararo boʻshligʻining zichligi (germetikligi)ni rezervuar devorlararo boʻshligʻining tubidagi yoqilgʻi bugʻlari konsentratsiyasini tegishli datchik-signalizatorlar yordamida uzluksiz avtomatik nazorat qilish yoʻlini, mazkur ilovaning 2.1-punktida bayon etilgan talablarga muvofiq davriy pnevmatik sinov yoʻli orqali amalga oshiriladigan davriy nazorat bilan birga qoʻshib oʻtkazish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Tizimning ishlab ketish pogʻonasi, shu bugʻlar konsentratsiyasi koʻrsatkichining rezervuarda saqlanishiga yoʻl qoʻyilgan yoqilgʻi bugʻlarining alanga tarqalishi quyi konsentratsiya chegarasi eng kichik qiymatining 20% ga teng boʻlgan koʻrsatkichigacha ortib ketishiga muvofiq boʻlishi kerak. Yoqilgʻi bugʻlarining rezervuarning devorlararo boʻshligʻida alangalanishi ehtimolining oldini olish uchun shu boʻshliq havoni siqib chiqarish yoʻli orqali inert gazi bilan (masalan, azot bilan) toʻldirilishi kerak. Bunda rezervuarning devorlararo boʻshligʻidagi kislorod konsentratsiyasi 10% dan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-ILOVA
(maʼlumot uchun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Alohida xona va inshootlarning nomi

ishlab chiqarishning yonish va portlash xavfi boʻyicha toifasi

PUE boʻyicha portlash, yonish xavfi boʻyicha hududlar

GOST 12.1.011 va PUE boʻyicha portlash xavfi mavjud aralashmalarning toifasi va guruhi

Xonadagi muhitning qisqacha tavsifi

Izoh

AVTOMOBILLARGA GAZ TOʻLDIRISH STANSIYALARI

1. Avtomobillarga gaz toʻldirish stansiyalarining binolari:

operatorlar xonasi

D

Normal muhit

-

nasos-kompressor boʻlimi

A

B-Ia

IIAT1

Propan-butanli aralashma

IIAT2

Shuning oʻzi

2. Gaz toʻldirish kolonkalarining maydonlari

A

V-Ig

IIAT2

IIAT1

Yonuvchi gazlar

Shuning oʻzi

Kolonkaning 3metr atrofidagi (shar shaklidagi) hudud portlovchan hisoblanadi

3. Gaz saqlash uchun rezervuarlar

A

V-Ig

IIAT1

IIAT2

-”-

Rezervuarlardan gorizontal va vertikal boʻyicha 3 metr va rezervuarlarning nafas olish va saqlash klapanlaridan gorizontal va vertikal boʻyicha 5 metrga teng hudud portlovchan hisoblanadi

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari

1. AYOQS binolari:

operatorlar xonasi

D

Normal muhit

-

Operatorlar xonasi moy kolonkalari va qadoqlangan materiallar omboridan yonmaydigan devor (toʻsiq) bilan ajratiladi. Eshik tuynuklari yongʻinga qarshi eshiklar bilan himoyalanadi.AYOQS binosi poli yerning planlashtirish sathidan past boʻlmasligi kerak. Hattoki pol osti boʻshligʻi va yertoʻlalarning boʻlishi ham taqiqlanadi.

moy kolonkalari xonalari

V

P-I

-

Yonuvchi neft mahsulotlari

qadoqlangan mahsulot omborlari

V

P-I

-

Shuning oʻzi

2. Benzin quyish kolonkalari

A

V-Ig

IIAT3

Benzinlar, dizel yoqilgʻisi va boshqa yengil alangalanuvchi neft mahsulotlari

Kolonkaning 3metr atrofidagi (shar shaklidagi) hudud portlovchan hisoblanadi

3. Moy kolonkalari, moy uchun rezervuarlar, moy agregatlari, aralashtirish qurilmalari

V

P-III

-

Moylar

4. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni qabul qilish va saqlash rezervuarlari

A

V-Ig

IIAT3

Benzinlar, dizel yoqilgʻisi va boshqa yengil alangalanuvchi neft mahsulotlari

YEAS sigʻimlarining nafas olish klapanlaridan gorizontal va vertikal boʻyicha 5 metrga teng hudud portlovchan hisoblanadi

5. Benzin tashuvchi avtomobillarning YEASni toʻkish davrida toʻxtab turish maydonlari

A

V-Ig

IIAT3

Shuning oʻzi

6. YEAS saqlanadigan rezervuarlarning nafas olish qurilmalari

A

V-Ig

IIAT3

-”-