19.07.2019 yildagi 603-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, raqobatbardosh va eksport uchun moʻljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirish, yangi axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtidorli talabalar va yoshlarning dasturiy mahsulotlarni loyihalashtirish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirish, ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish, intellektual salohiyatlarini namoyon etishlariga hamda dasturiy taʼminot sohasida biznes rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, boshqaruv faoliyatini intellektuallashtirish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnikaviy masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy mahsulotlar transferi, ularni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish orqali mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy mahsulotlar sohasida ilmiy izlanishlarni olib borish, mazkur yoʻnalishlarda fundamental, amaliy innovatsiya loyihalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha jahonning yetakchi kompaniya va universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sohadagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Milliy universitetining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) manbalari hisobiga saqlanadigan Universitet rektorining ilmiy konsultanti lavozimini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Universitet rektorining ilmiy konsultanti mehnatiga haq toʻlash miqdori mos ravishda Universitet prorektorlari mehnatiga haq toʻlash bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktoriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori va uning ilmiy konsultanti bilan kelishgan holda Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tijoratchi tashkilot boʻlmagan muassasa shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ilmiy va rahbar xodimlarining lavozim maoshlari budjet mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy hamda innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maoshlari miqdoriga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Universitet rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet rektorining ilmiy konsultanti Markazga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning moddiy-texnika bazasini shakllantirish hamda zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash uchun talab etiladigan mablagʻlar 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan markazlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining institutlari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, matematika va informatika sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markaz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosi qurilishi tugallangunga qadar Universitetning Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan binosiga tekin foydalanish huquqi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplamagan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi manzilidagi binosiga, bino qurilishi tugallanganidan soʻng tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (ilmiy va yordamchi xodimlardan tashqari Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya va boshqa institutlar kreditlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markazga bitta yengil xizmat avtotransport vositasi uchun limit ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 19-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
603-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 603-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni — 20 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amaldagi normativlariga asosan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-texnika loyihalarni bajarish uchun shartnoma asosida ilmiy va texnik xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 09/19/603/3453-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)