Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2344-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyun,
14/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-martdagi 8/1-son “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2344, 2012-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 136-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/2-son “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2344-1, 2015-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil 23-mart, 11-son, 132-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7/4-son “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2344-2, 2017-yil 21-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 24-aprel, 16-son, 282-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 10/19/2344-3/3435-son)