15.07.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3173
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 15.07.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3173
Дата вступления в силу
15.07.2019
Hujjat 15.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3173]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2019-yil 27-iyun,

3-son

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 27-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-q/q-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 27-iyundagi 3-son, 30-q/q-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida (bundan buyon matnda Filial deb yuritiladi) taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilar — talaba va tinglovchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talaba — bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻqishga qabul qilingan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tinglovchi — oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursiga oʻqishga qabul qilingan amaldagi xodim va harbiy xizmatchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tayyorlash kursi — “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash” mutaxassisligi boʻyicha oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni kunduzgi taʼlim shaklida maxsus olti oylik dastur boʻyicha oʻqitish kursi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Filial taʼlim oluvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida oʻtkazilayotgan tub islohotlarning talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda taʼlim oluvchilarda mustaqil taʼlim olish, taʼlim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek ularning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modul alohida oʻquv fani (uning qismi) boʻlib, oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va taʼlim oluvchilarning fan dasturini oʻrganishi natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Taʼlim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarda tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik hamda bilimlarni baholashda shaffoflikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv materialining taʼlim oluvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish va axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini oʻz vaqtida maʼlum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarning oʻquv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonining tashkiliy ishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan taʼminlanishiga sharoit yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kafedra mudiri har bir modul boʻyicha modul rahbarini, yaʼni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, taʼlim oluvchilar bilimini tekshirishda yagona standartlarni taʼminlashga masʼul boʻlgan pedagog xodimni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modullar boʻyicha taʼlim oluvchilar bilimini semestr (qayta tayyorlash kursi) davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni — talabalarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit talaba tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul xususiyati va boʻlajak mutaxassisni shakllantirish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib, Filial tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial bir kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman oʻqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy sonini belgilaydi. Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirgan (olgan reyting ballidan qatʼi nazar) taqdirda, u tegishli modul boʻyicha kreditlarning zarur sonini toʻplagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Taʼlim oluvchilar bilimini nazorat qilish turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Taʼlim oluvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun Filialda joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pedagog xodim tomonidan birinchi mashgʻulotda taʼlim oluvchilarga eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari haqidagi maʼlumotlar Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan Filial veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Joriy nazoratni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Joriy nazorat taʼlim oluvchilarning modul mavzulari boʻyicha bilimi va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Joriy nazorat taʼlim oluvchi tomonidan modul mavzusi mazmunini oʻzlashtirganlik darajasini baholashga qaratiladi, shuningdek oʻquv materialini konstruktiv ravishda sharhlash va tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash, ilmiy prezentatsiyalar tayyorlash va boshqalarni baholashga qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Modulning mazmunidan kelib chiqqan holda modulning bir semestr (qayta tayyorlash kursi)da oʻqitiladigan bir-biriga bogʻliq mavzulari kafedra tomonidan uchtadan koʻp boʻlmagan bloklarga birlashtiriladi va ularni oʻzlashtirish natijasida taʼlim oluvchilar modul doirasida kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan mustaqil nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega boʻlishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modulning har bir blok mavzusi doirasida joriy nazorat seminar, amaliy mashgʻulot va laboratoriya mashgʻulotlarida, odatda, quyidagi shakllarda oʻtkaziladi: ogʻzaki soʻrov (mantiqiy muammoli savollarni qoʻllagan holda), ilmiy prezentatsiya (modulning tegishli mavzusi boʻyicha kichik guruhlar doirasida), muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash (“aqliy hujum” interfaol uslubini qoʻllagan holda va h.k.), huquq normalarini sharhlash, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish koʻnikmalarini rivojlantirish mashqlari hamda kafedra tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda oʻtkaziladi. Joriy nazorat shakllari modulning oʻquv dasturida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Modulning har bir mavzular bloki oʻqitiladigan oxirgi kuni pedagog xodim blokli joriy nazoratni yakunlaydi va ushbu reyting nazorati turi boʻyicha taʼlim oluvchilarning ballarini qoʻyadi. Bunda har bir modul mavzulari bloki uchun ajratiladigan maksimal ball, joriy nazorat uchun ajratilgan maksimal reyting ballini modul mavzulari bloki soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchining oʻquv mashgʻulotlarida faol ishtirok etishi pedagog xodimga taʼlim oluvchining tegishli modul mavzulari bloki doirasida olgan ballarini koʻtarishga yoki unga maksimal ballni qoʻygan holda ushbu blok boʻyicha joriy nazorat topshirishdan ozod qilish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Joriy nazorat natijalari har bir modul mavzulari bloki boʻyicha alohida ravishda taʼlim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimiga tegishli pedagog xodim tomonidan Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadigan muddat ichida kiritilishi shart. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi bildirgisiga asosan muddatni buzgan pedagog xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin. Modul boʻyicha joriy nazoratning umumiy natijasi pedagog xodim tomonidan imzolanadigan qaydnoma koʻrinishida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazorat boʻyicha oʻzining umumiy reyting ballini qayta topshirish orqali koʻtarishni xohlagan taʼlim oluvchi, yakuniy nazorat boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻiga tegishli ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi taʼlim oluvchiga qayta topshirish uchun yoʻllanma beradi. Bunday yoʻllanma taʼlim oluvchiga har bir modul boʻyicha semestrda bittadan ortiq boʻlmagan miqdorda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta topshirish ilgari joriy nazorat boʻyicha reyting ballarini qoʻygan pedagog xodim tomonidan oʻtkaziladi. Qayta topshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan joriy nazorat reyting ballari borasida taʼlim oluvchi va pedagog xodim oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelgan hollarda,mazkur ball kafedra mudiri tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda pedagog xodim yoki kafedra mudiri tomonidan taʼlim oluvchining ilgari qoʻyilgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Har bir blok boʻyicha joriy nazorat oʻtkazish muddatlari mazkur Nizomning 62-bandiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazorat natijalarining oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim etilishi, shuningdek taʼlim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimida uni toʻliq va toʻgʻri aks ettirish uchun javobgarlik tegishli modulni oʻqitadigan pedagog xodimlar zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oraliq nazoratni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oraliq nazorat semestr (qayta tayyorlash kursi) davomida modul oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugagandan keyin taʼlim oluvchining bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat taʼlim oluvchi tomonidan modul oʻquv dasturining tegishli boʻlimlari mazmunini oʻzlashtirish darajasi, taʼlim oluvchining yuridik adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agar Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, barcha modullar boʻyicha oraliq nazorat taʼlim oluvchi tomonidan oʻquv xonasida (yozma imtihon) yoki oʻquv xonasidan tashqarida tayyorlanadigan yozma ish shaklida semestr davomida bir marotaba oʻtkaziladi. Oraliq nazoratining aniq shakli Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ish taʼlim oluvchi tomonidan tegishli semestr (qayta tayyorlash kursi) davomida mazkur Nizomning 62-bandida belgilangan muddatlarda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Modul boʻyicha oraliq nazorat savollari tegishli kafedra tomonidan tuziladi. Savollar soni Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savollar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchining oʻtgan oʻquv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga koʻra yangilanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq, normativ-huquqiy hujjatlar normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazmuni modul oʻquv dasturiga muvofiq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz ichiga oʻquv dasturining tegishli boʻlimlarini toʻliq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarning modulni oʻzlashtirish darajasini, tahlil qilish koʻnikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kafedra mudiri semestr (qayta tayyorlash kursi) boshlanishidan oldin oraliq nazorat savollarining sifatli tayyorlanishi va oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim qilinishini taʼminlaydi. Har bir modul boʻyicha oraliq nazorat savollari ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Savollar ekspertizasi Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan semestr (qayta tayyorlash kursi) boshlangan kundan boshlab ikki hafta ichida tashkil qilinadi. Ekspertlar direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari taqdimnomasiga binoan direktor buyrugʻi asosida tayinlanadi. Savollar ekspertizasi mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan shaklni toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda Oʻquv-uslubiy boʻlim oraliq nazorat savollarining amaliyot bilan oʻzaro bogʻlanganlik darajasini aniqlash maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar ekspertlaridan tegishli xulosa olish yoʻli bilan tashqi ekspertizani tashkil qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza natijalari pedagog xodim — savollarni tuzuvchi tomonidan oʻrganib chiqilishi va zarurat boʻlganda savollar mazmunida va savollar uchun yoʻriqnomalarda ifodalanishi lozim. Oraliq nazorat savollari taʼlim oluvchilarga faqat ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng taqdim qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Taʼlim oluvchi oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish sanasidan kamida ikki hafta oldin Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan taqdim etilgan savollar ichidan yozma ish tayyorlash uchun savollarni mustaqil tanlash huquqiga ega. Taʼlim oluvchi yozma ishni tayyorlashga va nazorat jadvalida belgilangan sanalarga qatʼiy rioya qilgan holda Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirishga masʼul hisoblanadi. Topshirilgan yozma ishni almashtirish yoki qoʻshimcha yozma ish topshirish taqiqlanadi. Topshirilgan yozma ish taʼlim oluvchiga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bakalavriat talabasining oraliq yozma ishining hajmi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-kursda — kamida 1000 soʻzdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-kursda — kamida 1500 soʻzdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-kursda — kamida 2000 soʻzdan iborat boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash kursida — kamida 2000 soʻzdan iborat boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq yozma ishining hajmi ushbu bandda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan holda mazkur ish uchun reyting balli kamaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oraliq nazorat yozma ishi taʼlim oluvchi tomonidan kompyuterda Microsoft Word dasturini qoʻllagan holda, “Times New Roman” 14 shriftda, 1,5 qatorlararo intervalda tayyorlanishi va A4 formatdagi oq qogʻozda printerdan chiqarilgan boʻlishi kerak. Sahifa oʻlchami: sahifa moʻljali kitob shaklida, yuqori va pastki maydoni — 2 sm, oʻng taraf — 1,5 sm, chap taraf — 3 sm ni tashkil etishi kerak. Yozma ish titul varagʻi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchi belgilangan muddatlarda oʻz oraliq nazorat yozma ishini Oʻquv-uslubiy boʻlimda joylashgan ishlarni qabul qilish qutisiga tashlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boʻlim masʼul xodimi tegishli modul boʻyicha oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish kuni soat 17:00 da taʼlim oluvchilarning ishlari saqlanayotgan qutini ochadi, ishlar sonini sanaydi va qabul qilingan yozma ishlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi. Titul varagʻining qirqish chizigʻiga boʻlimning shtampi bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boʻlim shtampisiz yozma ishlar kafedralar tomonidan tekshirilmaydi va baholanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oraliq nazorat yozma ishi taʼlim oluvchi tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanishi shart. Mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Yozma ishda qogʻoz yoki elektron koʻrinishda nashr qilingan oʻzga matndan olingan manbaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaga havola qilingan boʻlsada, lekin oʻzlashtirishlarning hajmi va xarakteri taʼlim oluvchining yozma ishni yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻzlashtirilgan boʻlsa, plagiat deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plagiat ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzga matnni soʻzma-soʻz bayon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parafraza — oʻzlashtirilgan oʻzga matnning mazmunini oʻzgartirmasdan soʻz va iboralarni almashtirib bayon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq nazorat yozma ish matnidagi oʻzganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Oraliq nazorat yozma ishini tekshirishda mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻxshash boʻlishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qoʻyish yoki oldin qoʻyilgan oraliq nazorat reyting ballini bekor qilishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yozma imtihon shaklidagi oraliq nazoratini oʻtkazishda imtihon savollari, qoida tariqasida, vaziyatli masalalarni oʻz ichiga oladi va taʼlim oluvchilarga oldindan taqdim etilmaydi. Bunda imtihon vaqtida ularga adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishga imkoniyat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihon, agar mazkur bobda boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Nizomning 5-bobida koʻrsatilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oraliq nazorat yozma ishlarini tekshirish ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy nazorat oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning taʼlim oluvchilar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat taʼlim oluvchining modul oʻquv dasturining mazmunini oʻzlashtirganlik darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy tahlil qila olishi, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mutaxassislik kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat semestr yakunida bir marotaba yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi. Umumtaʼlim fanlari va Kasbiy-jangovor tayyorgarlik kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan belgilangan shaklda va tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yozma imtihon savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni oʻz ichiga oladi. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihon savollari boʻyicha ballar miqdori Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yakuniy nazorat savollariga ushbu Nizomning 27-bandi talablarini inobatga olgan holda mazkur Nizomning 15 va 16-bandlarida koʻrsatilgan talablar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kafedra mudiri oʻquv semestri (qayta tayyorlash kursi)ning uchinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat savollarini Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim qilinishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boʻlim yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning ekspertizasini tashkil qiladi. Ekspertizadan oʻtkazilgan yakuniy nazorat savollari tegishli modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga qoʻshiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Filial yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻquv-uslubiy boʻlim yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida imtihon biletlarini tuzadi va zarur hollarda bunga tegishli kafedra mudirini jalb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boʻlim xodimlari, shuningdek yakuniy nazorat uchun imtihon biletlarini tuzishga jalb qilingan kafedra mudirlari imtihon biletlari mazmunini oshkor qilmaslikka majburdir. Ushbu talab buzilgan hollarda aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yakuniy nazorat direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan, kafedralarning pedagog xodimlari orasidan tayinlanadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda direktor tomonidan tayinlangan Filialning boshqa xodimlari ham qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yakuniy nazorat olib borish jarayoni, qoida tariqasida, videoyozuvda qayd qilinadi. Oʻquv-uslubiy boʻlim xodimlari videokuzatuv vositasida yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonini kuzatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan roʻyxati Filial tarkibiy tuzilmalari eʼtiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazoratga auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisining uzrli sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qoʻllashga asos boʻladi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Taʼlim oluvchilar yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga faqat talabalik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etganlaridan soʻng kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Imtihon jadvalida belgilangan yozma imtihon vaqti rasman boshlangandan soʻng kelgan taʼlim oluvchilar unda ishtirok etishga qoʻyilmaydi. Taʼlim oluvchilarning yozma imtihonda ishtirok etganligi holati mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga asosan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechikib kelishning sababi uzrli deb topilganda, taʼlim oluvchi auditoriya rahbarining roziligi bilan kiritilishi mumkin. Ushbu holatda taʼlim oluvchi auditoriyada boʻlgan boshqa taʼlim oluvchilar bilan bir qatorda yozma imtihonni yakunlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning kirishi qatʼiyan taqiqlanadi. Yozma imtihon oʻtkazish jarayoni direktor, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi, shuningdek dekanlar tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon oʻtkazilayotgan modul boʻyicha kafedra mudiri yozma imtihonning borishi, xususan, tegishli auditoriya rahbari va kuzatuvchilarning oʻz majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar yozma imtihon oʻtkazishda quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarni yakuniy nazorat boshlanishidan avval uni oʻtkazish tartibi va davom etish vaqti haqida xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarning mobil telefonlarini oʻchirishlari va topshirishlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarga yakuniy nazorat davomida foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga oʻz ixtiyorlari bilan topshirishlarini taklif etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim oluvchilarni auditoriyada bir-birlaridan koʻchirishlari uchun imkon boʻlmaydigan holda joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan toʻliq vaqt davomida tartibga lozim darajada rioya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlganda taʼlim oluvchilarga qayd etilgan noaniqliklar, texnik xatolar yoki topshiriqni bajarishga qoʻyiladigan maxsus talablar haqida maʼlumot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy nazorat oʻtkazish qoidalarini buzgan taʼlim oluvchilarni tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti auditoriya rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriq berilgan vaqtdan boshlanadi. Yakuniy nazoratni boshlash va tugatish vaqti auditoriya rahbari tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Imtihon biletlari yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga Oʻquv-uslubiy boʻlimning masʼul xodimi tomonidan Oʻquv-uslubiy boʻlimning shtampi bilan tasdiqlangan javob varaqalari bilan birga yetkaziladi. Auditoriya rahbari imtihon biletlari va javob varaqalarini qayta sanab olishi hamda taʼlim oluvchilarga tarqatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon oʻtkazish vaqtida taʼlim oluvchilarning imtihon biletlaridagi savollarning mazmuni toʻgʻrisidagi murojaatlari koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Yakuniy nazorat yozma ishi taʼlim oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yozilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchi uchun yozma ishni boshqa shaxs yozib berish holati aniqlanganda, shuningdek tekshirish vaqtida ikki yoki undan ortiq (ish mazmunining 2/3 dan ortigʻi) oʻxshash yozma ishlar taʼlim oluvchining koʻchirganligi holatiga asos boʻladi hamda taʼlim oluvchilarga nol ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifrlangan ishni baholashning obyektivligiga taʼsir koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan soʻzning ustiga yoki tagiga chizish yoxud atrofini chizib qoʻyish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning mavjud boʻlishi, javoblar varagʻining turli qismlariga (jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qoʻyish, ish matnida taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatish, ishni boshqa shaxsning dastxati bilan yozish holatlari mavjud boʻlganda, ish uchun nol reyting balli qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihonga taʼlim oluvchi oʻrniga boshqa shaxs kirgan holatlar aniqlanganda, taʼlim oluvchiga nol reyting balli qoʻyilib qoidabuzarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Taʼlim oluvchilarning oʻzlari mustaqil ravishda yozma imtihon topshirish uchun koʻk rangli sharikli ruchka bilan kelishlari shart. Yozma imtihon oʻtkazish jarayonida taʼlim oluvchilarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, boshqa taʼlim oluvchilarga oʻz imtihon varaqalarini yoki imtihon biletlarini berishi, oʻzi bilan darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, lugʻatlar, maʼlumotnomalar va boshqa adabiyotlar normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qogʻoz shaklidagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (jumladan, uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari va h.k.ni olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modulning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli kafedra tomonidan yakuniy nazorat oʻtkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom 37-bandining toʻrtinchi xatboshisi va mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarni buzgan taʼlim oluvchilar auditoriyadan chetlashtiriladi va mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga asosan dalolatnoma tuziladi hamda taʼlim oluvchilarning yakuniy nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan soʻng, taʼlim oluvchi oʻz imtihon bileti va javob varaqasini auditoriya rahbariga topshirishga majburdir. Yozma imtihon mobaynida yozilgan yozma ish javob varaqlari soni auditoriya rahbari tomonidan qayta sanaladi va imtihonda qatnashgan taʼlim oluvchilar roʻyxati hamda auditoriyadan chetlashtirish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar bilan birgalikda Oʻquv-uslubiy boʻlimning masʼul xodimiga imzo qoʻydirib topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Yozma ishlar tekshirilishi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Nazoratning obyektivligini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Oraliq va yakuniy nazorat oʻtkazishda baholarning xolisligini taʼminlash maqsadida taʼlim oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning yozma ishlariga Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari (bundan buyon matnda yozma ishlar deb yuritiladi) Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan shifrlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Shifrlash ishlari tugagandan keyingi kundan kechiktirmagan holda Oʻquv-uslubiy boʻlimning masʼul xodimi mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga asosan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi va shifrlangan yozma ishlarni tekshirishga masʼul pedagog xodimlarga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ishlarni tekshirishga masʼul boʻlgan pedagog xodimlar direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari taqdimiga binoan direktor tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazorat yozma ishlarini tekshirish pedagog xodimlar tomonidan Filial binosining ichki qismida maxsus ajratilgan hududda amalga oshiriladi. Yozma ishni maxsus ajratilgan hudud tashqarisiga olib chiqish taqiqlanadi. Maxsus ajratilgan hududda yozma ishlarni tekshirish jarayonida pedagog xodimlar faoliyatini texnik jihatdan taʼminlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boʻlim xodimi ishtirok etishi shart. Maxsus ajratilgan hudud ichkarisiga direktor, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tegishli kafedra mudiri hamda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻidan tashqari uchinchi shaxslarning kirishi man qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish yakunlangan kuni yozma ishlar mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boʻlimga qaytariladi. Tekshirish natijalari taʼlim oluvchilar reytingini aniqlash elektron tizimiga kiritilishi, shuningdek tekshirishni amalga oshirgan pedagog xodim tomonidan tasdiqlangan, topshirish reyting qaydnomasi shaklida rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boʻlimdan yozma ishlarni tekshirish uchun olgan vaqtdan boshlab, ularni qaytarish vaqtigacha (qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash) ishlarni tekshirish uchun masʼul boʻlgan pedagog xodimlar yozma ishlar saqlanishiga toʻliq javobgar hisoblanadi. Tekshirilgan yozma ishlar Oʻquv-uslubiy boʻlimga qabul qilish-topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan muddatdan kechikmagan holda qaytarilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ishlarni tekshirish muddatlari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadi va qabul qilish-topshirish dalolatnomasida oʻz aksini topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan pedagog xodimlarga nisbatan Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻining bildirgisiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Yozma ishlarning reyting balli mazkur Nizomning 2 va 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuzilgan titul varaqasiga reyting ballini asoslantiruvchi qisqacha taqriz bilan qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalari Oʻquv-uslubiy boʻlimga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Kafedraning yozma ishlarni tekshirishda ishtirok etgan pedagog xodimlari oʻquv mashgʻulotlari vaqtida taʼlim oluvchilar uchun yozma ishlarda koʻp uchragan xatolar yuzasidan maʼlumot beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi taʼlim oluvchining shaxsini aniqlab boʻlmaydigan tarzda (familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan holda) tuziladi, faqat taʼlim oluvchiga tegishli boʻlgan identifikatsion kod koʻrsatilib rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boʻlim masʼul xodimlari tomonidan taʼlim oluvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilinadi hamda oraliq va yakuniy nazorat natijalarining yakuni aks etgan taʼlim oluvchilar roʻyxati tuziladi. Taʼlim oluvchilar roʻyxati boʻlim masʼul xodimining taqdimiga koʻra Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va oraliq hamda yakuniy nazorat natijalari ikki kun muddat ichida taʼlim oluvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Taʼlim oluvchilarning joriy nazorat reyting qaydnomalari, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomasi taʼlim oluvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda Oʻquv-uslubiy boʻlim masʼul xodimlari jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi va u Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi hamda masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ish natijalari oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarida notoʻgʻri qayd qilingan hollar aniqlanganda, Oʻquv-uslubiy boʻlimga yozma ishlarni tekshirish va topshirishga masʼul boʻlgan pedagog xodim javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yozma ish natijasi jamlovchi reyting qaydnomasida notoʻgʻri aks ettirilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boʻlimning jamlovchi reyting qaydnomasini tuzishga masʼul boʻlgan xodimi, shuningdek Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari reyting qaydnomalarida toʻgʻri aks etishini monitoring qilish uchun Filial Oʻquv-uslubiy kengashi oʻz qarori bilan topshirish va jamlovchi reyting qaydnomalarini ularda koʻrsatilgan ballarning yozma ishlar titul varagʻida qoʻyilgan haqiqiy ballarga mos kelishini qayta tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazorat reyting qaydnomasining, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarining hamda yakuniy jamlovchi reyting qaydnomalarining shakllari Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan namuna boʻyicha tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Yozma ishlarni baholashning xolisligini taʼminlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boʻlim yozma ishlarning tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishini tashkil qiladi. Bu maqsadda ushbu huquq sohasiga yoki fanga aloqador boʻlgan Filial pedagog xodimlari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida taʼlim oluvchilarga qoʻyilgan oraliq va yakuniy nazoratlar reyting ballarining xolisligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodim tomonidan qoʻyilgan va tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilgan ishlar ballari orasida sezilarli darajada tafovut aniqlangan holda, tegishli kafedra tomonidan topshirilgan ishlarning maʼlum bir qismi yoki barchasi direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari qaroriga asosan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Ballar orasidagi tafovutni sezilarli darajada deb hisoblash mezonlari Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan belgilanadi. Ishlarni qayta koʻrib chiqish mazkur kafedra pedagog xodimlari tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida amalga oshiriladi va qayta koʻrib chiqish natijalari kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash jarayonida noxolislik va subyektivlikka yoʻl qoʻygan pedagog xodimlarga nisbatan direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari taqdimnomasiga koʻra intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi oraliq va yakuniy nazorat natijasi boʻyicha topshirish reyting qaydnomalarini koʻrib chiqib koʻp miqdorda past oʻzlashtirish reyting balli ishlarni aniqlasa, bu haqda direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarini xabardor qiladi. Direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari direktor buyrugʻi asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan yozma ishlarni qayta tekshirtirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida boshqa oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaxsi oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qoʻyilgan ballarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tekshirish natijalariga koʻra ekspertlar guruhi oʻzining ekspertlar guruhi aʼzolari tomonidan imzolangan va direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan xulosasini taqdim qiladi va bu tegishli ballarni oʻzgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa Oʻquv-uslubiy boʻlimga jamlovchi reyting qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar oraliq va yakuniy nazorat natijalari yakuniy emas, deb hisoblanadi va taʼlim oluvchilarga eʼlon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun Oʻquv-uslubiy boʻlim masʼul xodimi javobgar hisoblanadi. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi xodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni taʼminlashga masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul xodim oraliq va yakuniy nazorat natijalarining maxfiyligi buzilishi yuzasidan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻiga darhol xabar berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Oʻquv-uslubiy boʻlim tekshirilgan yozma ishlar bilan tanishish uchun taʼlim oluvchilarga imkon yaratib beradi. Tanishish imkoniyatini olish uchun talabalar natijalar eʼlon qilingan kundan ikki kun (tinglovchilar esa bir kun) davomida Oʻquv-uslubiy boʻlim jurnalida roʻyxatdan oʻtishlari shart. Jurnalda taʼlim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish kursi, modul nomi hamda nazorat turi qayd etilishi lozim. Keyingi ikki kun (qayta tayyorlash kursi uchun bir kun) davomida Oʻquv-uslubiy boʻlim barcha taʼlim oluvchilarning murojaatlarini umumlashtiradi va ularga tekshirilgan yozma ish bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchi qoʻyilgan balldan norozi boʻlsa, oʻz ishi bilan tanishgandan soʻng, bir kun davomida (joriy nazorat natijasidan norozi boʻlganda — joriy nazorat natijalaridan xabardor boʻlgan vaqtdan boshlab bir kun davomida) Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi nomiga apellatsiya shikoyatini berishi mumkin. Mazkur holatda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi bildirgisiga asosan direktor buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya komissiyasi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchining arizasi apellatsiya komissiyasida taʼlim oluvchining (faqat joriy nazorat natijalari koʻrib chiqiladigan holatlarda), zarurat boʻlganda, ushbu nazorat turi boʻyicha ball qoʻygan pedagog xodimning ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqishda apellatsiya komissiyasi nazorat ishlarini har tomonlama oʻrganadi (joriy nazorat natijalarini koʻrib chiqishda — savol-javob qiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan ballarni oʻzgartiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchining apellatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Tekshirilgan yozma ishlar Oʻquv-uslubiy boʻlimda olti oy mobaynida saqlanadi. Muddati oʻtgan ishlar yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Baholash tartibi va mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Taʼlim oluvchining har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi taʼlim oluvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholashning reyting tizimi asosida ballarda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Taʼlim oluvchining semestr (qayta tayyorlash kursi) mobaynidagi har bir modul boʻyicha oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy nazorat — 30 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oraliq nazorat — 20 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy nazorat — 50 ball.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim qoʻshimcha fanlar 100 ballik tizimda baholanadi va bu holat Filialning Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan alohida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash kursining nazorat turlari va ularga ajratilgan ballar taqsimoti Oʻquv-uslubiy kengash qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Taʼlim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimida alohida baholanadigan talabaning kurs ishi (loyiha, jadval-hisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv loyiha ishi, shuningdek qayta tayyorlash kursi tinglovchisining bitiruv ishi 100 ballik tizimda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Har bir nazorat turi unga ajratilgan maksimal ballning 100 foizidan kelib chiqqan holda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchining modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 86 — 100 foiz olish uchun taʼlim oluvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

ilmiy terminologiyadan (jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

muammoli savollarni aniqlashi, oʻz huquqiy pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʻllay olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;

b) 71 — 85 foiz olish uchun taʼlim oluvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy terminologiyadan (jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy mashgʻulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʻgʻri (lekin doim ham ratsional emas) qoʻllay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 55 — 70 foiz olish uchun taʼlim oluvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat taʼlim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻgʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javob berishga yoki ayrim maxsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modulining umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) taʼlim oluvchining bilim darajasi 0 — 54 gacha baholanadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat taʼlim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻysa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, oʻz xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham toʻgʻrilay olmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Modul boʻyicha joriy nazoratni baholash mezonlari kafedra tomonidan namunaviy baholash mezonlari asosida tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi hamda taʼlim oluvchilarga eʼlon qilinadi.c
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Modullar boʻyicha oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari namunaviy baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi va Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Modullar boʻyicha semestr (qayta tayyorlash kursi) uchun taʼlim oluvchi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Rf=

V x O1

, bunda:

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rf — taʼlim oluvchining reytingi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V — semestr (qayta tayyorlash kursi)da modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O1 — modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Taʼlim oluvchi semestr (qayta tayyorlash kursi) mobaynida modul boʻyicha olgan umumiy balli belgilangan tartibda taʼlim oluvchi tomonidan har bir nazorat turi boʻyicha olingan umumiy ballar yigʻindisiga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Nazorat va qayta topshirishlarni oʻtkazish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Joriy nazorat jadvallari modul rahbari tomonidan tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli semestr (qayta tayyorlash kursi) boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari oʻquv reja asosida Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan tuziladi va direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchi belgilangan tartibda taʼlim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimi vositasida va Filial binolarining koʻrinadigan joylarida joylashtirilgan eʼlonlardan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Agar oʻquv rejasiga koʻra kurs ishi bajarish va (yoki) amaliyot (stajirovka) oʻtash koʻzda tutilgan boʻlsa, unda talabaning keyingi kursga oʻtish (qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatish) sharti sifatida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlardan qarzdorlikning yoʻqligi bilan bir qatorda, kurs ishi va amaliyot (stajirovka)dan, shuningdek qayta tayyorlash kursi tinglovchisi esa bitiruv ishi himoyasidan saralash ballini olishi hisoblanadi. Kurs ishlarini topshirish jadvali kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabalarning amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonini tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtash nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilganida uning natijalari Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qaroriga asosan joriy nazorat doirasida baholanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Blokli joriy nazorat boʻyicha oʻtish ballini toʻplay olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmagan taʼlim oluvchilarga keyingi blokli joriy nazorat oʻtkazilgunga qadar topshirish uchun muddat beriladi, oxirgi blokli joriy nazorat uchun esa yakuniy nazorat boshlanishiga qadar topshirish huquqi beriladi. Qayta topshirishning aniq muddatlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodimlar yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar joriy nazorat natijalarini Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirishi va taʼlim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimiga kiritishi shart. Yakuniy nazorat davri boshlangandan soʻng, taʼlim oluvchining joriy nazorat boʻyicha reyting ballini oʻzgartirishga faqat direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv mashgʻulotlarida hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (kasalligi, yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzish, farzand tugʻilishi) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq nazorat yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabalarga qayta oʻzlashtirish uchun akademik qarzdorlar uchun beriladigan bir oylik muddatda (tinglovchilarga esa bitiruv ishi himoyasiga qadar) oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan ruxsat beriladi. Bunda taʼlim oluvchilarning yozma ishi ushbu Nizom 65-bandining toʻqqizinchi xatboshisida akademik qarzdorlar uchun belgilangan cheklovlarni hisobga olmagan holda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Taʼlim oluvchi quyidagi holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar taʼlim oluvchining semestr (qayta tayyorlash kursi)da joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplagan ballari har ikkala nazorat turini majburiy topshirilishini hisobga olgan holda ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy nazorat boʻyicha taʼlim oluvchi toʻplagan balli ushbu nazorat turi umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari boʻyicha esa, talabalarning yozgi taʼtili hamda professor-oʻqituvchilarning mehnat taʼtilidan soʻng) qayta oʻzlashtirish, yaʼni tegishli nazorat turini qayta topshirish orqali akademik qarzdorlikni bartaraf qilish uchun bir oy muddat beriladi. Akademik qarzdor uchun qayta topshirishning aniq muddatlari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdor talaba mazkur bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq toʻplagan ballaridan kelib chiqib nazoratning bir yoki ikkala turini qayta topshirishi talab qilinadi. Topshirilishi kerak boʻlgan nazorat turlari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan talabaning reyting oʻzlashtirish koʻrsatkichi natijalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va barcha modullar boʻyicha yakuniy nazorat boshlanishiga qadar eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazoratni qayta topshirish kafedra tomonidan tashkil qilinishi shart. Qayta topshirishni qabul qilish uchun kafedra tomonidan kafedra mudiri rahbarligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga Oʻquv-uslubiy boʻlim xodimi kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta topshirish natijalari alohida qaydnoma tarzida talabalarga qayta oʻzlashtirish uchun beriladigan bir oylik muddatda Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazoratni oʻtish reyting ballini koʻtarish maqsadida qayta topshirishga, qoida tariqasida, ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdor taʼlim oluvchiga qayta topshirishda oraliq va yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 55 foizidan ortiq ball qoʻyilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim oluvchini joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizidan kam ballni olishi uni yakuniy nazoratga kiritmaslik uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash kursida tahsil olayotgan tinglovchilarga nazorat turlaridan akademik qarzdorlikni bartaraf etish uchun bitiruv ishi himoyasiga qadar bir marotaba qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Qayta oʻzlashtirish uchun berilgan bir oylik muddatda akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talabalar, oʻquv fanlari boʻyicha kelgusi semestrning yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar tegishli fanlar boʻyicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga oʻtkaziladi. Ushbu qoida bakalavriat bosqichida nazariy oʻqishning oxirgi semestrida oʻtiladigan oʻquv fanlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi semestrda oʻqishni davom ettirgan hollarda akademik qarzdorlik talaba tomonidan ushbu reyting nazorati turi uchun belgilangan shaklda bir marotaba qayta topshiriladi. Bunda joriy nazorat boʻyicha qayta topshirish direktor buyrugʻi asosida tashkil qilinadigan va qoida tariqasida, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi semestrda oʻqish davom ettirilgan hollarda akademik qarzdorlikni qayta topshirishning aniq muddati direktor tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modulni mazkur bandda belgilangan muddatda oʻzlashtirmagan va akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻining tavsiyasiga koʻra direktor buyrugʻi bilan oʻzlashtira olmagan (kreditlar toʻplanmagan) modullarni takroran oʻqitish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Bu holatda boshqa modullar boʻyicha toʻplangan ballar (kreditlar) saqlanib qolinadi va bunda talaba ushbu modullar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishi mumkin.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tayyorlash kursida tahsil olayotgan tinglovchi nazorat turlaridan akademik qarzdorlikni bir marotaba berilgan imkoniyatdan foydalanib bartaraf etmaganda tinglovchilar safidan chetlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Ushbu Nizomning 66-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talabalarga stipendiya ular tomonidan akademik qarzdorlik bartaraf etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Ushbu Nizomning 66-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talaba oʻqishning tegishli kursida qoldirilganda, u akademik qarzdorlik vujudga kelgan kursda qoldirilgan deb hisoblanadi. Ushbu talaba qonun hujjatlarida belgilangan hollarda talabalar safidan chetlashtirilganda, talabalar safidan chetlashtirish asosidan qatʼi nazar, akademik qarzdorlik paydo boʻlgan kursidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdorlik tufayli tegishli kursda qoldirilgan talaba akademik qarzdorlik vujudga kelgan semestrdan oʻzlashtira olmagan modullarni takroran oʻqiydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Reyting natijalarini roʻyxatdan oʻtkazish va tahlil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Taʼlim oluvchining modul boʻyicha toʻplagan ballari semestr (qayta tayyorlash kursi) yakunida jamlovchi reyting qaydnomasiga butun son koʻrinishida kiritiladi. Modulni oʻqitayotgan pedagog xodimlar taʼlim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimining tegishli boʻlimini toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodim tomonidan oraliq va yakuniy nazorat yozma ishining titul varagʻi ustida ball qoʻyilishi shart. Ball aniq ifodalangan shaklda pedagog xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday tuzatishlar kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Yakuniy nazorat natijalari boʻyicha Oʻquv-uslubiy boʻlim joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish qaydnomalariga asosan taʼlim oluvchilar reytingini aniqlaydi hamda jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Taʼlim oluvchining reytingi uning bilimi, malakasi va koʻnikmalari darajasini belgilab beradi. Taʼlim oluvchining semestr (kurs, qayta tayyorlash kursi) boʻyicha umumiy reytingi barcha modullar boʻyicha toʻplagan reyting ballarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Talabalarning umumiy reytingi, shuningdek modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar soni har bir semestr va oʻquv yili yakunidan soʻng, tinglovchilarning umumiy reytingi esa qayta tayyorlash kursi yakunida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Agar modul bir necha semestr davomida oʻtilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik maʼlumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yigʻindisi va toʻplangan kreditlar soni hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning modullar boʻyicha oʻzlashtirishi har bir semestr natijasiga koʻra hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Taʼlim oluvchilarning nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan tizimli ravishda tahlil qilinadi va Filial Oʻquv-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari Filial Kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Oʻquv yilining yakuni boʻyicha reyting nazorati natijalariga koʻra talabalarni belgilangan tartibda keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri oʻrinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 27-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

1a-shakl

Oraliq nazorat savollarini ichki ekspertiza qilish

ShAKLI

Taʼlim kursi

Oʻquv yili

Semestr

Modul nomi

Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi

Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan

Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq

Savollar tahlil qilish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan

Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi

Oraliq nazoratni baholash mezonlari koʻrsatilgan

Savollar mustaqil tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan

Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)

Imzo:______________
-_________________----------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Savol tuzuvchining javobi (oʻqituvchi ekspert tomonidan berilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishga eʼtiroz bildirgan hollarda toʻldiriladi)

Imzo:______________
-_------------------_---------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1b-shakl

Oraliq nazorat savollarini ichki ekspertiza qilish

ShAKLI

Maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi

Modul nomi

Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi

Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan

Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq

Savollar tahlil qilish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan

Savollardagi yoʻriqnomalar tinglovchidan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi

Oraliq nazoratni baholash mezonlari koʻrsatilgan

Savollar mustaqil tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan

Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)

Imzo:______________
----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Savol tuzuvchining javobi (oʻqituvchi ekspert tomonidan berilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishga eʼtiroz bildirgan hollarda toʻldiriladi)

Imzo:______________
----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2a-shakl

Yakuniy nazorat savollarini ekspertiza qilish

ShAKLI

Taʼlim kursi

Oʻquv yili

Semestr

Modul nomi

Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi

Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan

Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq

Nazariy savollar mantiqiy fikrlash, tahlil yoki tanqidiy tahlil etish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan

Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi

Vaziyatli masalalar talabadan qonunchilikni chuqur bilish va anglashni talab etadi

Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)

Imzo:______________
----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Savol tuzuvchining javobi (ekspert tomonidan tavsiya qilingan oʻzgartirish
va qoʻshimchalarga eʼtiroz boʻlgan hollarda toʻldiriladi)

Imzo:______________
----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2b-shakl

Maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi

Modul nomi

Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi

Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi

Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan

Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq

Nazariy savollar mantiqiy fikrlash, tahlil yoki tanqidiy tahlil etish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan

Savollardagi yoʻriqnomalar tinglovchidan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi

Vaziyatli masalalar tinglovchidan qonunchilikni chuqur bilish va anglashni talab etadi

Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)

Imzo:______________ ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Savol tuzuvchining javobi (ekspert tomonidan tavsiya qilingan oʻzgartirish
va qoʻshimchalarga eʼtiroz boʻlgan hollarda toʻldiriladi)

Imzo:______________
----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎1a-shakl

‎‎TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING
‎IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI

‎ ORALIQ NAZORAT UChUN TITUL VARAGʻI

‎‎-kurs talabalari uchun
‎‎Modul nomi:
‎‎Ish turi:
‎‎Oʻtkazilgan sana:

‎Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi (oraliq nazorati bir martadan ortiq oʻtkazilganda, umumiy ball tegishli songa boʻlinadi):

1.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

2.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

3.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

4.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎Mustaqil ish boʻyicha qoʻshimcha taqriz:
‎‎‎

‎Umumiy ball
‎‎‎‎‎

‎‎Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________
‎‎------------------------------------------------------------------------

‎‎__________________‎

_________‎‎

‎‎(Talabaning F.I.O.)

‎‎(kurs)
‎‎Modul nomi_________________________________ ____________________

‎‎(talabaning imzosi)

‎‎Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi_______________________

‎‎1b-shakl

Maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi‎
Modul nomi:
‎‎Ish turi:
‎‎Oʻtkazilgan sana:

‎Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi (oraliq nazorati bir martadan ortiq oʻtkazilganda, umumiy ball tegishli songa boʻlinadi):

1.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

2.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

3.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

4.‎

‎‎

0‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎Mustaqil ish boʻyicha qoʻshimcha taqriz:
‎‎‎

‎Umumiy ball
‎‎‎‎‎

‎‎Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________
‎‎------------------------------------------------------------------------

‎‎__________________‎

_________‎‎

(Tinglovchining F.I.O.)

‎‎(guruh)
‎‎Modul nomi_________________________________ ____________________

‎‎(tinglovchining imzosi)

‎‎Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi_______________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING
‎IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI

‎ YAKUNIY NAZORAT UChUN TITUL VARAGʻI

‎‎-kurs talabalari uchun
‎‎Modul nomi:
‎‎Ish turi:
‎‎Oʻtkazil�an sana:

‎A boʻlimdagi (son) mantiqiy savolga javob yozilishi shart.
T/r‎

Baholash mezonlari‎‎‎

1-mantiqiy savol‎‎

2-mantiqiy savol‎‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Jami ball‎‎

‎‎

‎‎

B boʻlimdagi (son) kazusga javob yozilishi shart.

T/r‎

Baholash mezonlari‎‎

Kazus‎‎

1.‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

Jami ball‎‎

‎‎
‎‎Qoʻshimcha taqriz uchun:

‎Umumiy ball

‎‎‎‎‎

‎‎Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________
‎‎------------------------------------------------------------------------

‎‎__________________‎

_________‎‎

‎‎(Talabaning F.I.O.)

‎‎(kurs)
‎‎Modul nomi_________________________________ ____________________

‎‎(talabaning imzosi)

‎‎Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi_______________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎1b-shakl

‎‎
‎TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING
�� IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI

‎YAKUNIY NAZORAT UChUN TITUL VARAGʻI

‎‎Maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi

‎Modul nomi:

‎Ish turi:

‎Oʻtkazilgan sana:

‎A boʻlimdagi (son) mantiqiy savolga javob yozilishi shart.‎
T/r‎

Baholash mezonlari‎‎‎

1-mantiqiy savol‎‎

2-mantiqiy savol‎‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Jami ball‎‎

‎‎

‎‎

B boʻlimdagi (_) kazusga javob yozilishi shart.

T/r‎

Baholash mezonlari‎‎

Kazus‎‎

1.‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

Jami ball‎‎

‎‎
‎‎Qoʻshimcha taqriz uchun:

‎Umumiy ball

‎‎‎‎‎

‎‎Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________
‎‎------------------------------------------------------------------------

‎‎__________________‎

_________‎‎

‎‎(Talabaning F.I.O.)

‎‎(kurs)
‎‎Modul nomi_________________________________ ____________________

‎‎(talabaning imzosi)

‎‎Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi_______________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

1a-shakl‎

‎‎‎Yozma imtihonda qatnashgan talabalar
‎ROʻYXATI

‎‎Modul nomi: __________________________________________
‎‎Kurs: ________________________________________________________
‎‎Yozma imtihon oʻtkazilgan sana: ____________________________

T/r‎

Talabaning F.I.O.‎‎

Talabaning imzosi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

‎‎ ‎‎
‎‎Jami: _______ talaba
‎‎‎‎Auditoriya rahbari:‎

_______________‎‎‎

_____________________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Kuzatuvchi: ‎‎

_______________‎‎‎ ‎‎

_____________________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1b-shakl‎

‎Yozma imtihonda qatnashgan tinglovchilar
‎ROʻYXATI

Maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi
‎Oʻqish muddati: __________________________________________
‎Modul nomi: ________________________________________________________
‎Yozma imtihon oʻtkazilgan sana: ____________________________

T/r‎

Tinglovchining F.I.O.‎‎

Tinglovchining imzosi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

‎‎ ‎‎
‎‎Jami: _______ tinglovchi
‎‎‎‎Auditoriya rahbari:‎

_______________‎‎‎

_____________________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Kuzatuvchi: ‎‎

_______________‎‎‎ ‎‎

_____________________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎Talaba (tinglovchi)ni yozma imtihondan chetlashtirish toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

Toshkent sh.‎

‎‎20__ yil “___” ___________

‎‎Biz quyida imzo chekuvchilar auditoriya rahbari va kuzatuvchi (kuzatuvchilar) ushbu dalolatnomani quyidagilar haqida tuzdikki, talaba (tinglovchi)______________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O. va akademik guruh)

‎‎Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomning 38-bandiga asosan 20__ yil “__” _________da________________________________________________________________________________

‎‎(modul nomi)

‎‎moduli boʻyicha yozma imtihondan________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________

‎‎(chetlashtirish sababi)

‎‎sabablarga koʻra chetlashtirildi.
Auditoriya rahbari:‎

_______________‎‎

‎‎___________________________

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Kuzatuvchilar: ‎

_______________‎‎ ‎‎

___________________________‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

_______________‎‎ ‎‎

___________________________‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎YoZMA IShLARNI (NAZORAT TURI) QABUL QILISh-TOPShIRISh
‎DALOLATNOMASI

Toshkent sh.‎

‎‎20__ yil “___” ___________

Modul nomi:_______________________________________________________________________________
‎ Kurs:_______________________________________________________________________________________

‎Yozma ishni qabul qilish sanasi: _________________________________________________________________

‎Ishni tekshirish muddati: _____________________________________________________________________

‎Ishlar soni: ________________________________________________________________________________
‎‎Tekshirish uchun masʼul oʻqituvchi

____________‎

‎‎__________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Oʻquv-uslubiy boʻlim masʼul xodimi

____________‎ ‎

‎‎__________________________‎

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎----------------------------------------------------------------------------------------------------------

‎Yozma ishlarni qaytarish sanasi: ________________________________________________________________

‎Ishlar soni: ________________________________________________________________________________
‎‎Tekshirish uchun masʼul oʻqituvchi

____________‎ ‎

‎‎__________________________

(imzo)‎ ‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎Oʻquv-uslubiy boʻlim masʼul xodimi

____________‎ ‎

‎‎__________________________

(imzo)‎ ‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3173/3424-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)