Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2963-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi PF-5553-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 29-dekabrdagi 191-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2963, 2018-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 2-son, 43-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyun,
71-son
Kelishilgan:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2019-yil 12-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 10/19/2963-1/3303-son)