1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi 295-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 3-moddasining 3-bandidagi “shuningdek surishtiruv” degan so‘zlar “shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi O‘RQ-610-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 15-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 03/20/610/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning beshinchi xatboshisi “tezkor-qidiruv faoliyatni” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 8-moddaning birinchi qismi “tezkor-qidiruv faoliyatni” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror o‘z vakolatlari doirasida:
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qiladi;
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal etish to‘g‘risidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshiradi;
surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalari bilan qaytaradi;
jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga o‘tkazadi;
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini to‘xtatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi;
Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir”;
4) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “Ayblov xulosasini” degan so‘zlar “Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 43-moddaning birinchi qismi “tergovchilar” degan so‘zdan keyin “surishtiruvchilar” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
6) 49-moddaning birinchi qismidagi “va tergovchiga” degan so‘zlar “tergovchi va surishtiruvchiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi 768-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“ichki ishlar organlarida ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning salom berishi — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari bilan belgilanadigan qoidalar bilan”;
2) 11-moddaning o‘zbekcha matnidagi “idoralarida” degan so‘z “organlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 864-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 92-moddasining birinchi qismidagi “militsiya organlari” degan so‘zlar “ichki ishlar organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 234-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “surishtiruvchi” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 238-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “xuddi shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilish” degan so‘zlar “xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 240-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “Surishtiruv olib borish” degan so‘zlar “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so‘roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra qabul qilinadi.
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:
1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati o‘tkazilayotgan joyga sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra bevosita kelish imkoniyati bo‘lmaganda;
4) tergov harakatini o‘tkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud bo‘lganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.
Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishni tashkil etishni so‘rab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirig‘ini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida bo‘lishi kerak.
Videokonferensaloqa rejimida so‘roq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96 — 108, 112 — 131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron ma’lumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.
Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari ko‘rsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi.
Videokonferensaloqa yozuvining vaqti o‘tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.
Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi”;
“Jinsiy erkinlikka qarshi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar savdosiga oid jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish, shuningdek boshqa holatlarda so‘roq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada qonuniy vakil, pedagog yoki psixolog ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.
So‘roqni stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalarda o‘tkazish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, himoyachi, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili, pedagog yoki psixolog savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda savollarning mohiyati o‘zgartirilmaydi.
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish stenografiyasi, ular ko‘rsatuvlarining audio- va videoyozuvlari ushbu moddaga muvofiq bayonnomaga ilova qilinadi”;
“Tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga ko‘ra tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda bo‘ladi”;
“Agar shaxsni tanib olish ko‘rib turishni istisno etadigan sharoitlarda o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak”;
“71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda o‘tkazish chog‘ida qilingan xarajatlardan”;
6) 345-moddaning beshinchi qismidagi “278-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar “278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 361-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “tergovchi” degan so‘z “surishtiruvchi, tergovchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 3812-modda birinchi qismining 1-bandidagi “278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar “278-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, —
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
2) 128-moddaning birinchi qismidagi “1283, 1285, 1286 va 130-moddalarida” degan so‘zlar “1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286 va 130-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo‘lning qatnov qismidagi yo‘l chiziqlari yoki yo‘l belgilari bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib kirish, —
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, —
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
nomidagi “Militsiya xodimining” degan so‘zlar “Ichki ishlar organlari xodimining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik”;
nomidagi “Militsiya xodimlarining” degan so‘zlar “Ichki ishlar organlari xodimlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish”;
nomidagi “militsiyaning” degan so‘z “ichki ishlar organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “militsiyaning” degan so‘z “ichki ishlar organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 199-moddaning dispozitsiyasidagi “Militsiya” degan so‘z “Ichki ishlar organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 245-moddaning birinchi qismidagi “1284-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar “1284-moddasining to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:
1) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari;
2) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida, 114-moddasining birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 122, 123, 156, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish bo‘yicha ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki boshlig‘i o‘rinbosarlari;
3) ushbu Kodeks 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari;
4) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”;
5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining (Bosh boshqarmasining) boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, yo‘l-patrul xizmatini hamda ma’muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limining boshlig‘i, muhim topshiriqlar bo‘yicha bosh inspektor, inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha), ma’muriy amaliyot bo‘linmasining (bo‘limining) boshlig‘i, ma’muriy huquqbuzarliklar materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining (bo‘linmasining) boshlig‘i, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yo‘l harakati xavfsizligi guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;
6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining o‘rinbosari;
7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar”;
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshlig‘i), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot bo‘limining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshlig‘i), Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo‘limlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari)”;
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart bo‘lib, uni joyning o‘zida tuzishning imkoni bo‘lmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “militsiyaga” va “militsiya xodimlari” degan so‘zlar tegishincha “ichki ishlar organlariga” va “ichki ishlar organlari xodimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 290-moddaning yettinchi qismidagi “militsiya xodimlari” degan so‘zlar “ichki ishlar organlari xodimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi “a” kichik bandidagi “militsiya xodimining” degan so‘zlar “ichki ishlar organi xodimining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi”;
16) 326-moddaning uchinchi qismidagi “332-moddasi birinchi qismida belgilab qo‘yilgan” degan so‘zlar “332-moddasida belgilangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismidagi “topilma to‘g‘risida militsiyaga” degan so‘zlar “topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “saqlash uchun militsiya” degan so‘zlar “saqlash uchun ichki ishlar organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Agar yo‘qolgan ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ushbu ashyoga bo‘lgan o‘z huquqi to‘g‘risida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi”;
birinchi qismidagi “militsiyaga” degan so‘z “ichki ishlar organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “militsiya” degan so‘z “tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Surishtiruv” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Surishtiruv” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 1001-moddaning uchinchi qismidagi “Surishtiruv” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 30-moddaning beshinchi qismidagi “Militsiya” degan so‘z “Ichki ishlar organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 39-moddaning birinchi qismidagi “surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati bilan so‘rovi bo‘yicha”.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “ishni dastlabki tergov qilishda” degan so‘zlar “ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning uchinchi qismidagi “surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega”;
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga himoyalangan aloqa kanallari bo‘yicha videokonferensiya tizimi orqali masofali video-uchrashuv berilishi mumkin”;
ikkinchi qismidagi “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga jo‘natiladigan xatlar va boshqa jo‘natmalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi”;
4) 88-moddaning uchinchi qismidagi “shu muassasalarning” degan so‘zlar “jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar”.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar) 5-moddasi birinchi qismining 17-bandidagi “hamda surishtiruv o‘tkazib” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498)
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi 766-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 118-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2011-yil, № 9, 246-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) 22-moddasining to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bo‘linmalari” degan so‘zlar “ichki ishlar organlarining transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 35-moddaning uchinchi qismidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 42-moddaning ikkinchi qismidagi “Surishtiruv” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 414-modda; 2011-yil, № 12/2, 366-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 14-moddasining uchinchi qismidagi “militsiya” degan so‘z “ichki ishlar organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
2) 421-moddaning ikkinchi qismidagi “ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik bo‘limiga (boshqarmasiga)” degan so‘zlar “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (boshqarmasiga)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 30-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
nomidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-65-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 12, 651-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) nomidagi “ichki ishlar idoralari xodimlari” degan so‘zlar “ichki ishlar organlari xodimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 1-moddadagi “Ichki ishlar idoralari xodimlari” degan so‘zlar “Ichki ishlar organlari xodimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-154-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 190-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Surishtiruvchi” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “surishtiruvchining” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-249-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 230-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning oltinchi qismidagi “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari” degan so‘zlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida sud ekspertini ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) xulosa bilan birga yuborishi”;
3) 17-moddaning birinchi qismidagi “Surishtiruvchining” degan so‘z “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun sud eksperti jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi”.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) 21-moddasining to‘rtinchi xatboshisidagi “surishtiruvchi” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-298-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari nomiga” degan so‘zlar “yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari nomiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi”;
“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qamoqda saqlash joyi ma’muriyati tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruv organiga, tergov organining boshlig‘iga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish, shuningdek ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar o‘tkazish huquqiga ega.
Qamoqda saqlash joyining ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan uchrashuvlari va suhbatlari qamoqda saqlash joyi xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi”;
3) 33-moddaning birinchi qismidagi “ayblov xulosalarining” degan so‘zlar “ayblov xulosalarining va ayblov dalolatnomalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-353-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 16-moddasidagi “surishtiruvchining” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:
qonuniylikni va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslarning, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya qilishni ta’minlashni;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishni;
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligini va uyushgan holda ishlashini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni baholashni, monitoring qilishni va ularning samaradorligini oshirishni;
jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga barham berish amaliyotini o‘rganishni;
jinoyatlarning fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashiringan shaxslarning qidiruvini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishni;
tizimli kamchiliklar yuzaga kelishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashni, tahlil qilishni hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etishni;
organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish borasidagi hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir axborotni to‘plashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ushbu axborotdan foydalanishni amalga oshiradi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 215-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvchining” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 242-moddaning birinchi qismidagi “surishtiruv o‘tkazadi” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruv o‘tkazadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
to‘rtinchi xatboshisidagi “tezkor-qidiruv faoliyatini” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “shaxslarni qidirish” degan so‘zlar “shaxslarni qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ichki ishlar organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining o‘ta muhim va toifalangan obyektlardagi bo‘linmalari, shaharcha ichki ishlar bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan iboratdir”;
ikkinchi qismi “qorovul qo‘shinlari” degan so‘zlardan keyin “hamda xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
o‘ninchi xatboshisidagi “surishtiruv va tergov organlariga” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga, surishtiruv va tergov organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “va surishtiruvchining” degan so‘zlar “surishtiruvchining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshisidagi “axloq tuzatish ishlari, qamoq” degan so‘zlar “majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 17-modda birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisidagi “surishtiruv, tergov organlaridan” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan” degan so‘zlar “O‘n sakkizdan o‘ttiz yoshgacha, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas”;
“Ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun — oltmish yoshni, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat’i nazar) — ellik yoshni tashkil etadi”;
o‘n uchinchi — o‘n yettinchi qismlari tegishincha o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi qismlar deb hisoblansin;
“Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lgan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xizmatni o‘tashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarning xizmat muddati esa o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin”;
“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda o‘qitilmaydigan ixtisosliklar mustasno”;
ikkinchi xatboshisi “o‘zining xohishi” degan so‘zlardan keyin “(pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘n uchinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organi xodimida” degan so‘zlar “xodimda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, bo‘linmalari rahbarlariga va boshlig‘iga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan qo‘zg‘atiladi”.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
1) O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 136-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31 — 33, 355-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 73-I-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 121-modda) 230-bandi.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.