1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand viloyatidagi mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, sifatli sement mahsulotini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qaroriga muvofiq “Gansu hengya cement Co.Ltd” (XXR) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) tomonidan 2019 — 2021-yillarda umumiy qiymati 340 mln AQSh dollarilik yillik 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan sement zavodi (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) qurilishi nazarda tutilganligi hamda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nengyuan cement” qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Nengyuan cement” QK deb ataladi) tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihasi doirasida sement zavodini qurish uchun Kattaqoʻrgʻon tumani hududidan 50 ga yer maydoni ajratilganligi hamda Nurobod tumani hududida joylashgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan umumiy maydoni 138 ga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Samarqand viloyati hokimligi va investorning investitsiya loyihasi doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda umumiy qiymati 220 mln AQSh dollarilik yillik 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatini 2020-yilda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda umumiy qiymati 120 mln AQSh dollarilik investitsiyani oʻzlashtirgan holda, investitsiya loyihasini toʻliq quvvat bilan ishlashini taʼminlash natijasida yillik 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatini 2021-yilda ishga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda investor bilan belgilangan tartibda investitsiya shartnomasini tuzilishini taʼminlasin hamda investitsiya shartnomasida investorning huquq va majburiyatlarini, investitsiyalar hajmini, tashkil etiladigan ish oʻrni sonini, investorga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalarni hamda mazkur qaror ilovasiga muvofiq Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanidagi sement ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasining moʻljallangan dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlarini hisobga olgan holda boshqa investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya shartnomasiga muvofiq majburiyatlarni investor tomonidan bajarilishini monitoring qilib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Nengyuan cement” QKga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini 2019-yil 1-iyulga qadar loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning oʻzida ishlab chiqish bilan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ qurilayotgan sement zavodi tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalariga ulanishida “Nengyuan cement” QKga amaliy yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasining loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi investitsiya loyihasini davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini va uni amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini belgilangan tartibda taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Nengyuan cement” QK investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil 1-oktabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nengyuan cement” QK va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan chetdan olib kelinadigan, shu jumladan, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, maxsus transport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi uzellar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatiladigan xizmatlar, chetdan olib kelinadigan tovarlar, materiallar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, transport vositalari priborlari, ehtiyot qismlar, instrumentlar, yoqilgʻi moylash materiallari Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalanishida yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlar toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinadigan materiallar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, ehtiyot qismlar, instrumentlar — majburiy sertifikatlash tartibotidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun toʻlanadigan “tijoratbop topilma bonusi” toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Samarqand viloyati hokimligining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari, konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Nengyuan cement” QKning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari davlat boji undirilmasdan berilishini va uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishini hamda muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Nengyuan cement” QKning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 17-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
412-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 412-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanidagi sement ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasining moʻljallangan dastlabki texnik-iqtisodiy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PARAMETRLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ming AQSh dollari
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Jami (toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar)
shu jumladan:
1-bosqichda (2020-yil dekabr)
2-bosqichda (2021-yil dekabr)
1.
Loyihaning umumiy qiymati
340 000,0
220 000,0
120 000,0
2.
Kapital qoʻyilmalar hajmi
340 000,0
220 000,0
120 000,0
2.1.
mashina va asbob-uskunalar
184 500,0
89 500,0
95 000,0
2.2.
qurilish-montaj ishlari
130 000,0
115 000,0
15 000,0
2.3.
investitsiya jarayonidagi moliyaviy xarajatlar
13 428,6
13 428,6
—
2.4.
boshlangʻich aylanma mablagʻlari
71,4
71,4
—
2.5.
boshqa xarajatlar
12 000,0
2 000,0
10 000,0
3.
Yillik ishlab chiqarish quvvati
480 ming tn M600, 480 ming tn M500 (oq), 480 ming tn M500 (kulrang), 960 ming tn M400
240 ming tn M600, 240 ming tn M500 (oq), 240 ming tn M500 (kulrang), 480 ming tn M400
240 ming tn M600, 240 ming tn M500 (oq), 240 ming tn M500 (kulrang), 480 ming tn M400
4.
Kutilayotgan yillik eksport hajmi
136 ming tonna M600, 336 ming tonna M500 (oq), 336 ming tonna M500 (kulrang) va 672 ming tonna M400
68 ming tonna M600, 168 ming tonna M500 (oq), 168 ming tonna M500 (kulrang) va 336 ming tonna M400
68 ming tonna M600, 168 ming tonna M500 (oq), 168 ming tonna M500 (kulrang) va 336 ming tonna M400
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/412/3143-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 09/21/739/1139-son)