15.05.2019 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni aholi oʻrtasida yanada ommalashtirish ishlarining samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashini (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilish sohasida barcha darajalardagi hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi holati tahlil qilinishini tashkil etish;

jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish bilan shugʻullanuvchilar oʻrtasida tadbirlar (musobaqalar, mashgʻulotlar, festival va shu kabilar) oʻtkazilishining tizimli monitoringini olib borish;

respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari toʻliq va sifatli bajarilishi choralarini koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 15-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
409-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 409-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, milliy kengash raisi

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, milliy kengash raisining oʻrinbosari

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, milliy kengash raisining oʻrinbosari

Kengash aʼzolari:

D.X. Nabiyev

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri

A.Q. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

R.M.Shaabduraxmanov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

B.S. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Q.Q. Quranbayev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Sh.I. Jalilov

Oʻzbekiston “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

R.T. Mamatov

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

R.S.Irmatov

futbol boʻyicha xalqaro toifadagi hakam

X.M.Dusmatov

boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari gʻolibi

R.R. Sobirov

dzyudo boʻyicha 3-karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Milliy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kengash jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalarga koʻmaklashish maqsadida tashkil qilingan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo muvofiqlashtirish va maslahat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilish sohasida barcha darajalardagi hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi holati tahlil qilinishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish bilan shugʻullanuvchilar oʻrtasida tadbirlar (musobaqalar, mashgʻulotlar, festival va shu kabilar) oʻtkazilishining tizimli monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari toʻliq va sifatli bajarilishi choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilish sohasida barcha darajalardagi hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilishda hududiy hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining yoshi, jismoniy qobiliyati va harakatlanishi faolligini takomillashtirish, mehnatga boʻlgan layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport meʼyorlarini oʻz ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini respublikaning barcha hududlarida samarali joriy etish ishlariga koʻmaklashish va keng qamrovli targʻibot ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha tuman (shahar)larda ommaviy sport, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari boʻyicha xalq oʻyinlari va musobaqalarning, aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar va qishloq aholisi oʻrtasida muntazam ravishda tashkil etilishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va maʼnaviy sogʻlom oʻsib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini rivojlantirishga, bolalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni taʼminlashda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, barcha yuridik shaxslarning ish vaqti davomida 3 — 5 daqiqali ishlab chiqarish gimnastikasi bilan muntazam shugʻullanishlarini hamda barcha ommaviy axborot vositalarida har kuni uch marta (tonggi, kunduzgi va kechki) 3 — 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari namoyishi va yoritilishini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish, ushbu vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam tashkil qilib borishda rahbarlarning faoliyati yuzasidan hisobotlarini muntazam eshitish samaradorligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida davlat dasturlari ishlab chiqilishida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasida aholi salomatligini muhofaza qilish borasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida belgilangan talablarni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi holati tahlil qilinishini tashkil etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammo va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda sport turlarini, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshootlaridan samarali foydalanish, sport seksiyalari tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport bilan bogʻliq ishlarning holatini oʻrganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek, ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish bilan shugʻullanuvchilar oʻrtasida tadbirlar (musobaqalar, mashgʻulotlar, festival va shu kabilar) oʻtkazilishining tizimli monitoringini olib borish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus testlar asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining barcha sinflari, kollej, litsey va oliy taʼlim muassasalarining barcha kurslari talabalari oʻrtasida (tibbiy guruhga kiruvchilardan tashqari) hamda ushbu muassasalarda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar, professorlar va boshqa xodimlar oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish hamda boshqa sohalarda mehnat qilayotganlar uchun sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi musobaqalarni tashkil etish, shuningdek, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun maxsus oʻtkaziladigan mashgʻulotlar uyushtirilishi monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari toʻliq va sifatli bajarilishi choralarini koʻrish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarining hayotga toʻlaqonli joriy etilishini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar va jamoatchilik nazorati oʻrnatilganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2023-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi bajarilishi monitoringini olib borish va muhokama qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kengashning huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari vakillarining axborotlarini muntazam eshitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va muassasalarining jismoniy tarbiya va sport masalalari bilan bogʻliq faoliyati samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sportga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kengashning rais, rais oʻrinbosarlari va aʼzolaridan iborat tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz yigʻilishlarini zaruratga koʻra oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kengash raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rais oʻrinbosarlari va aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash yigʻilishlarini tashkil etadi va ularga raislik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash yigʻilishlarining kun tartibini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning ish rejalarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning samarali faoliyatini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kengash raisi oʻrinbosarlari rais tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kengashning ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ishchi organ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning yillik ish rejalarini uning aʼzolari takliflari asosida ishlab chiqadi va ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq Kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlashni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda, majlisni uning oʻrinbosarlaridan biri boshqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kengash qarorlari Kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash qarorlari yigʻilishda ishtirok etgan Kengash aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Kengash aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2019-y., 09/19/409/3039-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; 20.11.2020-y., 09/20/735/1580-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)