O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 3 NOYABRDAGI 533-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN DAVLAT BOJI STAVKALARIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
2-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
|
“v) |
bankrotlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi arizalardan | eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida”; | ||
“v, g, d” kichik bandlar tegishli ravishda “g, d, e” kichik bandlar deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 25-sentabr,
371-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 9-son, 36-modda)