Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2026 24.04.2019 yildagi 349-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2026
Hujjat 25.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 460-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmonini bajarish, shuningdek, muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish milliy tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzstandart” agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi maxsus vakolatli organ hisoblangan “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini taʼminlagan holda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, oʻzining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya boʻyicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan eʼtirof etilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUKning Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirishi boʻyicha tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqllansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnomalar haqiqiy hisoblanadi va Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish natijalariga koʻra, akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilsa, ushbu guvohnomalar bunday qaror qabul qilingan sanadan boshlab oʻzining amal qiladigan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya markazi xodimlarining lavozim maoshi 2 baravar miqdordagi koeffitsiyentni qoʻllangan holda, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlarga muvofiq belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazishda, inspeksiya nazoratida va ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Akkreditatsiya markazi faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi va taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Akkreditatsiya markaziga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari eʼtirof etilishini taʼminlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
treninglar, seminarlar oʻtkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarayotgan xodimlarga oʻz mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror talablariga muvofiq Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzstandart” agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar ishtirokida akkreditatsiya milliy tizimini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini belgilab beruvchi va Akkreditatsiya markazi ushbu yoʻnalishlarga erishishi yuzasidan monitoring olib boruvchi Akkreditatsiya boʻyicha kengashni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatida, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida Akkreditatsiya markazi mustaqilligi va xolisligiga shubha uygʻotishi mumkin boʻlgan biror-bir xatti-harakatlarni amalga oshirmasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya markazi direktorini tayinlashda ILAC va IAF talablari va prinsiplariga, ISO/IEC standartlariga hamda Akkreditatsiya boʻyicha kengash tavsiyalariga amal qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda respublika hududida amal qiladigan ISO/IEC 17000 standartlarining dolzarbligi va jahon miqyosida amal qiladigan standartlar bilan bir xilligini qayta koʻrib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda jahon tajribasi asosida muvofiqlikni baholash organlari vakolatlarini baholashni ularning oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, shu jumladan ularni Akkreditatsiya markazi tomonidan maʼqullash va/yoki notifikatsiya qilish yoʻli orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillari oʻrniga muqobil va soddalashtirilgan baholash turlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Akkreditatsiya markazi rahbari zimmasiga quyidagilar uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash sohasidagi ILAC, IAF talablariga va ISO/IEC standartlariga asoslangan prinsiplarga soʻzsiz rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya boʻyicha ishlarni bajarishda xolislik, betaraflik va mustaqillikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholashni amalga oshirishda ishtirok etmagan Akkreditatsiya markazining malakali shaxslari bilangina akkreditatsiya boʻyicha qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya boʻyicha faoliyatning xolisligi, betarafligi va mustaqilligini shubha uygʻotishi mumkin boʻlgan xizmatlarni koʻrsatmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 24-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
349-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUKda (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) qonun hujjatlariga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtadigan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazish va inspeksiya nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya komissiyasi — baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan baholashda ishtirok etmagan xalqaro ekspertlardan iborat Markaz huzurida tashkil etiladigan komissiya boʻlib, akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻyicha ishlar natijalarini koʻrib chiqish hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash boʻyicha faoliyatning muayyan sohasida ishlarni bajarishga yuridik shaxslarning vakolatlarining Markaz tomonidan rasman tasdiqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiya komissiyasi — apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan, shu jumladan, xalqaro, baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlardan, iborat Markaz tomonidan tashkil etiladigan komissiya boʻlib, akkreditatsiya komissiyasining qarorlari boʻyicha apellyatsiyani koʻrib chiqish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi tomon — muvofiqligi baholanayotgan obyektdan isteʼmolchi sifatida manfaatdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — Markazga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi tegishli ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaxs yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy akkreditatsiya tizimi belgisi (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiya belgisi deb ataladi) — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlarining akkreditatsiya maqomini belgilash maqsadida ular tomonidan qoʻllanishi uchun moʻljallangan Markaz tomonidan beriladigan belgi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inspeksiya nazorati — muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlarining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida Markaz tomonidan davriy baholash tartib-taomili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasi — akkreditatsiya soʻralayotgan yoki taqdim etilgan muvofiqlikni baholash boʻyicha faoliyatning muayyan sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti — muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari, shu jumladan ularni baholash jarayonida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash organlari — yuridik shaxslar hisoblanadigan va muvofiqlikni baholash boʻyicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan inspeksiya organlari, tibbiy, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), provayderlar, mahsulotni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash — akkreditatsiyaning aniq bir sohasi uchun texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida akkreditatsiya obyekti vakolatli ekanini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholovchi — muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmatlarini mustaqil ravishda yoki baholash guruhi tarkibida baholash uchun Markaz tomonidan tayinlangan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi tomon — ishlab chiqaruvchi yoki xizmatlar koʻrsatuvchi manfaatlarini ifodalovchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash guruhi rahbari — zimmasiga baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy masʼuliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholovchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma — akkreditatsiyaning belgilangan sohasida ishlarni bajarish uchun muvofiqlikni baholash organining va metrologiya xizmatining vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik ekspert — ishlarni tashkil etish, muvofiqlikni baholash sohasidagi jarayon yoki faoliyat xususida maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan, shartnoma asosida akkreditatsiya obyektini baholash va inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun Markaz tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi tomon — birinchi va ikkinchi tomonlardan mustaqil boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Akkreditatsiya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya uchun ariza beruvchilarning vakolati va baholashga qoʻyilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga majburiy rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektlarining normal va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli boʻlgan bino va inshootlar, texnik-texnologik hamda apparat-dasturiy vositalar mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimi mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti faoliyatida uning talablariga rioya etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali xodimlarning mavjudligi, ularning oʻzaro almashinuvchanligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektlari tomonidan ushbu Nizomning 9-bobida koʻrsatilgan majburiyatlarga oʻz vaqtida rioya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya qilishda akkreditatsiya sohasidagi xalqaro qoidalar, Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum talablari (IAF) va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) talablari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar ariza beruvchini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sertifikatlash organi va/yoki sertifikatlash boʻyicha inspeksiya organi sifatida:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektining ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, ijrochilar va isteʼmolchilardan mustaqilligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan obyektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatida belgilangan majburiy koʻrsatkichlarining aksariyat qismi aniqlashini taʼminlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan oʻz sinov laboratoriyasining (markazi) mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan obyekt majburiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashini taʼminlovchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan boshqa sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuklarni ortishdan oldin va/yoki tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organ sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida, mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob uskunalar yoki laboratoriyaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organining baholanayotgan tarafdan mustaqilligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlar), metrologik xizmatlar sifatida:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof — muhit sharoitlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar va/yoki oʻlchovlar oʻtkazilishini taʼminlaydigan sinov, oʻlchov vositalari, standart namunalar va sinash asbob-uskunalarining mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar sertifikatlash organi, sertifikatlash boʻyicha inspeksiya organi rahbari sifat boʻyicha ekspert-auditor sifatida attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ekspert-auditor faqat bitta muvofiqlikni baholash organiga rahbarlik qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov, kalibrlash, tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) va metrologik xizmatlar, amaldagi akkreditatsiya doirasiga muvofiq oʻzi qoʻllayotgan sinov va oʻlchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qoʻllash huquqlarining, akkreditatsiyadan oʻtishga talabgor boʻlgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Akkreditatsiya oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilangan shakl boʻyicha Markazga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda, yozma yoki elektron shaklda akkreditatsiya qilishga buyurtma (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb ataladi) beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza beruvchilar buyurtmaga quyidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni ilova qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilinishi soʻralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash obyektlari yoki sinov usullari (metodikalari) va/yoki oʻlchash turlarining roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifat boʻyicha qoʻllanma va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari va inspeksiya organi uchun qoʻshimcha ravishda — xodimlar va sifat boʻyicha ekspert-auditorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sertifikatlashni (inspeksiyani) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hujjat va inspeksiya organi tomonidan qoʻllaniladigan (zarur hollarda) texnika vositalari va asbob uskunalar toʻgʻrisidagi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinov, kalibirlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari), metrologiya xizmatlari uchun qoʻshimcha ravishda — laboratoriya, xodimlar va ular tomonidan qoʻllaniladigan sinov, oʻlchov vositalari hamda sinov uskunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra, akkreditatsiya obyektiga aloqador qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Markaz, taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarni toʻliqligi yuzasidan buyurtmani oʻrganadi. Buyurtmani oʻrganish ijobiy natija bersa, u roʻyxatdan oʻtkaziladi va ikki ish kunidan kechikmay akkreditatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza beruvchi tomonidan toʻlov toʻlangach, Markaz taqdim etilgan akkreditatsiya obyekti hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi. Ekspertiza natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun Markaz joyida baholash oʻtkazishga qadar bu haqda akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi. Ekspertizadan oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida xabarni qabul qilgandan soʻng joyning oʻzida baholashni oʻtkazish uchun shartnoma imzolashni va keyingi akkreditatsiya jarayoni oʻtkazishni rad etish huquqiga ega va bu haqda Markazni yozma xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tugallanganidan soʻng va akkreditatsiya obyekti joyining oʻzida baholashni oʻtkazish uchun toʻlov toʻlangach, Markaz uch ish kuni davomida milliy va/yoki xalqaro baholovchilar va texnik ekspertlardan iborat baholash guruhini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Baholash guruhi tarkibi va baholash oʻtkaziladigan sana akkreditatsiya obyektining asoslangan takliflarini inobatga olgan holda, u bilan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash guruhi rahbari va tarkibi Markaz rahbarining yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxsning buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va akkreditatsiya obyekti soʻralgan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini baholash baholash guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Akkreditatsiya obyektini joyning oʻzida baholash muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini, shuningdek, ularni ixtisoslashtirilgan (laboratoriya, tashxis, metrologiya, metodologik, ishlab chiqarish va texnologik) baholash zaruratini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya obyektini baholash muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Baholash tasdiqlangan rejaga muvofiq oʻtkaziladi. Baholash rejasi Markaz rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baholash rejasi akkreditatsiya obyektiga joyning oʻzida baholash oʻtkazishga qadar tanishish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Baholash guruhi akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasiga kiritilgan har bir soʻralgan faoliyat yoʻnalishini baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoitlar, shu jumladan baholash guruhiga zarur maʼlumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish hamda xodimlar malakasini baholash imkoniyatini yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini oʻrgangan holda soʻralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, maʼlumotini, muvofiqlikni baholash boʻyicha koʻnikmalarini namoyish qilishini kuzatish va suhbatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash guruhi laboratoriyalararo qiyosiy sinovlar natijalarini va oʻlchov vositalarini kalibrlash hamda taqqoslash tekshiruv natijalari, shuningdek, soʻralgan sohalarda nazorat sinovlari oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibiga akkreditatsiya obyekti kiradigan yuridik shaxsda sifat menejmentining sertifikatlangan tizimini mavjudligi akkreditatsiya obyekti uchun bu boradagi akkrreditatsiya talablari va shartlari bajarilganining tasdigʻi boʻla olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib berilmagan holatda, baholash guruhi rahbari Markazga tegishli raport taqdim etishi shart, Markaz uning asosida baholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti koʻrsatilgan muddatda joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiya qilishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Baholash yakunlari boʻyicha baholash guruhining baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (ular mavjud boʻlganda) oʻz ichiga olgan hisoboti (keyingi oʻrinlarda hisobot deb ataladi) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot baholash guruhi aʼzolari, shuningdek, oʻzining alohida fikrini (zarurat boʻlganda) ifodalashga haqli boʻlgan akkreditatsiya obyektining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya obyektining vakolatli vakiliga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Baholash guruhi ijobiy hisobot rasmiylashtirgan taqdirda (nomuvofiqlik mavjud boʻlmaganda), uch ish kuni mobaynida hisobotni Akkreditatsiya komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun Markazga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Baholash vaqtida nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa (shu jumladan, hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan nomuvofiqliklar), akkreditatsiya obyekti nomuvofiqliklarni bartaraf etishga doir harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati baholash boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti asoslangan sabablarni yozma ravishda Markazga taqdim etgan taqdirda, nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati Markaz tomonidan bir marotaba bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga surilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Akkreditatsiya obyekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari hisobotni ilova qilgan holda, akkreditatsiya boʻyicha ishlarni tugatish toʻgʻrisida Markazga raport taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Markaz harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya obyekti tomonidan nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilganligi holatini, zarur boʻlsa, joyning oʻziga borgan holda oʻrganish uchun buyruq bilan baholash guruhiga vakolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash guruhi besh ish kuni mobaynida qabul qilingan harakatlarni koʻrib chiqishni taʼminlaydi. Agar taqdim etilgan maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasa, baholash guruhi qoʻshimcha maʼlumot soʻrashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini oʻrganish muddati harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Baholash guruhi, nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uch ishi kuni mobaynida Markazga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Markaz, hisobotni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya komissiyasi majlisida uning koʻrib chiqilishini taʼminlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Quyidagilar Akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti u baholanayotganda zarur maʼlumotlarni taqdim etishni rad etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarda ishonchsiz yoki yolgʻon maʼlumot mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisida boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari boʻyicha qaror qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya obyekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi hamda uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyadan keyingi shartnomada quyidagilar aks etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va akkreditatsiya obyekti oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu jumladan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya belgisini qoʻllash shartlari va davlat reyestri raqamidan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inspeksiya nazoratini oʻtkazish davriyligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Uchinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyaga (markazga), metrologik xizmatga, texnik jihatdan vakolat va mustaqillik yuzasidan akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi yoki ikkinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyaga (markazga), metrologik xizmatga texnik jihatdan vakolat yuzasidan akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Markaz oʻzining rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organlari, metrologiya xizmatlari davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda Davlat reyestrlari deb ataladi), shuningdek, baholovchilar va texnik ekspertlar reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestrlari tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni roʻyxatga olish va saqlash tartibi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Akkreditatsiya komissiyasi salbiy qaror qabul qilganda, Markaz akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya obyektiga yozma shaklda xabarnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Quyidagi hollarda akkreditatsiya obyekti takroriy akkreditatsiyaga buyurtmanoma taqdim etishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektining vakolatini baholashga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangi yoki yangidan qabul qilingan normativ hujjat amalga kiritilgan vaqtdan boshlab uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy akkreditatsiya ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Markaz avval berilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini tegishli qaror qabul qilinadigan sanagacha uzaytirishi mumkin, bunda uzaytirish muddati ushbu Nizom 34-bandi talablariga rioya qilgan holda, uch oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish ishlari akkreditatsiya obyekti arizasi boʻyicha ushbu Nizomning 7 — 25, 32 va 33-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasini qisqartirish akkreditatsiya komissiyasining qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻgʻrisida akkreditatsiya obyektining arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalariga koʻra.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Inspeksiya nazorati
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Inspeksiya nazorati akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joyning oʻziga borib amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi inspeksiya nazorati akkreditatsiya sanasidan keyin oʻn ikki oydan kechikmay oʻtkaziladi. Keyingi inspeksiya nazorati har yili Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadigan inspeksiya nazorati reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi inspeksiya nazorati oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt oydan kechikmay (mahsulotni sertifikatlash organlari uchun — oʻn ikki oydan kechikmay) oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Yigirma toʻrt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyning oʻzida avvalgi baholash oʻtkazilganda nomuvofiqliklar boʻlmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti faoliyati boʻyicha shikoyatlar boʻlmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan monitoring ijobiy natijalar bergan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Akkreditatsiya obyekti faoliyati boʻyicha rejadan tashqari inspeksiya nazorati akkreditatsiya talablari va shartlari, shu jumladan akkreditatsiya belgisidan foydalanish buzilganligi toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat Markazga tushgan taqdirda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibi ushbu Nizomning 13 — 17, 19-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya nazorati davomida Markaz muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini va/yoki akkreditatsiyaga matnli havolalar qoʻllanilishining toʻgʻriligini ham oʻrganadi. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini qoʻllash qoidalari Markaz tomonidan ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Baholash guruhi uch ish kuni mobaynida Markazga oʻtkazilgan inspeksiya nazorati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Markaz oʻtkazilgan inspeksiya nazorati toʻgʻrisidagi hisobotni qabul qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya aʼzolarining katta qismi baholash guruhi hisobotiga qoʻshilmagan taqdirda, akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qoʻshimcha baholashni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingandan keyin akkreditatsiya obyektiga bir ish kunidan kechikmay yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 6-7-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganida;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish ushbu Nizom 47-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra, uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish ushbu Nizom 47-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holda Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori toʻgʻrisida maʼlumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini toʻxtatib turishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Akkreditatsiya obyekti nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan Markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Akkreditatsiya obyekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari Markazga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani amal qilishini tugatish kerakligi toʻgʻrisida raport taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligi holatlarini oʻrganish, ushbu Nizomning 23 va 24-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Markaz baholash guruhi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilganidan soʻng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining majlisida uning koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kundan kechikmay Markaz tomonidan akkreditatsiya obyektiga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga kiritilishi va Markazning veb-saytida joylashtirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs (akkreditatsiya obyekti) tugatilsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti tomonidan guvohnoma amal qilishining toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasi buzilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma soxta hujjatlar va maʼlumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga koʻra Markaz tomonidan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori toʻgʻrisida maʼlumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugutilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza kamida olti oydan keyin berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringi muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlar tomonidan akkreditatsiya belgisidan foydalanish qoidalariga (akkreditatsiyaga matnli havolalar) rioya qilishning holatini oʻrganish maqsadida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlaridan vaqti-vaqti bilan soʻraladigan akkreditatsiya qilingan sohada ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari sifatidan qoniqishi toʻgʻrisidagi soʻrov natijalarini isteʼmolchilar bilan qayta aloqa orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning soʻrovi boʻyicha nazorat organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Monitoring natijalari boʻyicha Markaz uch ish kuni mobaynida muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmatini ular tomonidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun monitoring natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda monitoring natijalari boʻyicha Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati organiga nisbatan biron-bir chora koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlar ekspertizasi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektini baholash uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkazilgan akkreditatsiya obyektining inspeksiya nazorati uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyektlari tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq toʻlash ularning natijalaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari boʻyicha haq undirilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 69-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan materiallar dolzarblashtirilganligi uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Markazning sarflangan vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sarflangan vaqtni hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisi qoʻllanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdori haq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Akkreditatsiya obyekti qayta tashkil etilsa, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yigirma ish kuni mobaynida mazkur oʻzgartishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun Markazni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Agar akkreditatsiya obyekti ilgari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan akkreditatsiya obyektining huquqiy vorisi boʻlmasa, hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Akkreditatsiyadan oʻtgan mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yangi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma akkreditatsiya oʻtkazilmay, amaldagi akkreditatsiya muddatiga rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya xizmati joylashgan joy oʻzgarsa, ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda ular takroriy akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Yangi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Markaz tomonidan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Akkreditatsiya obyekti materiallarini dolzarblashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Akkreditatsiya obyekti materiallari quyidagi hollarda dolzarblashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar oʻrniga yangisi amalga kiritilsa, ularga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilsa (bundan qabul qilinayotgan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (oʻlchov) usullari koʻrsatilgan hollar mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifat boʻyicha qoʻllanmaga va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektining xodimlari tarkibi oʻzgarsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Akkreditatsiya materiallari dolzarblashtirilsa, akkreditatsiya obyektlari buning sabablarini koʻrsatgan holda, oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan oʻzgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Markazga ariza taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Markaz oʻn besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va avval tasdiqlangan hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Ushbu Nizomning 69-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq materiallar dolzarblashtirilgan taqdirda, akkreditatsiya obyektning akkreditatsiya sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa, akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻn kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar koʻrib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Apellyatsiya komissiyasi har bir apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi, baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan xalqaro ekspertlar orasidan apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Markaz apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini va baholashni oʻtkazgan guruh rahbarini apellyatsiya koʻrib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyekti vakili va guruh rahbari apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda maʼlum qiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Koʻrib chiqilgan apellyatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiyani qanoatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiya ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Markaz ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yozma shaklda yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyati qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyani oʻtkazish sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari


1-bosqich

Ariza
beruvchi

Akkreditatsiya olish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

Akkreditatsiya markaziga bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra


2-bosqich

Akkreditatsiya markazi

1. Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliqligi yuzasidan buyurtmanomani oʻrganadi:

a) ijobiy natija boʻlganda akkreditatsiya boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tayyorlanadi;

b) hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda — hujjatlarni qaytaradi.



a) 2 ish kuni mobaynida


b) 1 ish kuni mobaynida

2. Markaz xizmatlariga haq toʻlangandan keyin taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.

2. 15 ish kuni mobaynida


3. 3 ish kuni mobaynida



4-5. Bir oygacha (akkreditatsiya obyekti tayyorligi natijalari boʻyicha)

3. Ekspertiza natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, joyning oʻzida baholash oʻtkazishdan avval markaz bu haqda akkreditatsiya obyektini ularni bartaraf etish uchun xabardor qiladi.

4. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tugallangandan keyin baholovchi guruhni tuzadi.

5. Joyning oʻzida baholash uchun shart-sharoitlar taʼminlanmagan taqdirda, Markaz baholash ishini toʻxtatib turadi.

Baholash
guruhi

6. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.

10 ish kuni mobaynida

7. Ijobiy hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda u akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga beriladi.

3 ish kuni mobaynida


3-bosqich*

Akkreditatsiya obyekti

1. Baholash guruhi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtirishda akkreditatsiya obyektining belgilangan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa berilsa, nomuvofiqlikni bartaraf etish va uni bajarish toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi.

1. Ikki oy mobaynida (akkreditatsiya obyektining xohishiga koʻra)

Akkreditatsiya markazi

2. Harakatlar rejasi bajarilganligi toʻgʻrisidagi axborot va nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar olingan paytdan boshlab baholash guruhiga akkreditatsiya obyekti tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilishi holatini oʻrganish uchun vakolat beradi.

2. 5 ish kuni mobaynida

Baholash guruhi

3. Amalga oshirilgan harakatlarning natijalarini oʻrganishni taʼminlaydi.

3. 5 ish kuni mobaynida

4. Oʻrganish natijalari boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga taqdim etadi.

4. 3 ish kuni mobaynida


4-bosqich

Akkreditatsiya markazi

1. Akkreditatsiya komissiyasining majlisida baholash natijalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

1. 5 ish kuni mobaynida

2. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Markaz bilan akkreditatsiya obyekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi va akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

2-3. 3 ish kuni mobaynida

3. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan salbiy qaror qabul qilingan taqdirda akkreditatsiya obyektiga akkreditatsiya qilish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma yuboriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-bosqich belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlanganda va nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun muddat berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspeksiya nazoratini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Akkreditatsiya markazi

Inspeksiya nazoratini oʻtkazishning reja-jadvali asosida:

baholash guruhi tarkibini va inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddatlarini koʻrsatgan holda buyruq tuzadi;

inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasini tasdiqlaydi.

Reja-jadvalga muvofiq


2-bosqich

Baholash guruhi

1. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.

10 ish kuni mobaynida

2. Hisobotni akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga beradi.

3 ish kuni mobaynida


3-bosqich

Akkreditatsiya markazi

1. Tegishli qaror qabul qilish uchun baholash natijalari akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

5 ish kuni mobaynida

2. Akkreditatsiya komissiyasining qarori akkreditatsiya obyektiga yetkaziladi.

1 ish kuni mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUKning Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirishi boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TADBIRLAR REJASI
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼullar

I. Muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Qonun hujjatlariga ISO/IEC 17000 seriyasi xalqaro standarti va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (keyingi oʻrinlarda ILAC deb ataladi) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumi (keyingi oʻrinlarda IAF deb ataladi) talablariga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) muvofiqlikni baholash organlarning akkreditatsiya va inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish huquqini berish yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2019-yil

1-iyulgacha

“Oʻzstandart”

agentligi

2.

ILAC va IAF tomonidan qabul qilingan standartlar bilan bir xil boʻlgan akkreditatsiya sohasidagi asos boʻluvchi xalqaro standartlarni amalga kiritish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil

1-iyulgacha

“Oʻzstandart”

agentligi

II. Akkreditatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish

3.

ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablari va tavsiyalariga muvofiq Akkreditatsiya markazida sifat menejment tizimini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash.

Tartibot hujjatlari, yoʻriqnomalar va nizomlar

2019-yil
1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

4.

Akkreditatsiya markazi mutaxassislari, akkreditatsiya qilingan obyektlar, professional institutlar, tartibga soluvchi organlar, mustaqil ekspertlar vakillaridan iborat boʻlgan laboratoriyalar va sertifikatlash organlarning akkreditatsiyasi boʻyicha texnik qoʻmitalar tashkil etish.

Idora hujjatlari

2019-yil
1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

5.

Akkreditatsiya markazini xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirishga tayyorlash uchun xorijiy maslahatchilarni shartnoma asosida jalb etish.

Hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart”
agentligi

6.

Akkreditatsiya markazini xorijiy tillarni egallagan va xalqaro maydonda respublikaning manfaatlarini ilgari surish salohiyatiga ega boʻlgan malakali va yosh mutaxassislar bilan taʼminlash.

Mehnat bitimi

2019-yil
1-maygacha

Akkreditatsiya
markazi

III. Xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirish boʻyicha tayyorgarlik ishlari

7.

ILAC, IAF va akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (keyingi oʻrinlarda APAC deb ataladi) talablariga muvofiq tartibot va majburiy hujjatlarni ishlab chiqish.

Idora hujjati

2019-yil

1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

8.

Akkreditatsiya markazi faoliyatini ISO/IEC 17011 talablariga mosligini malakali xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda dastlabki tarzda baholash.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019-yil

1-sentabrgacha

Akkreditatsiya

markazi

9.

Xorijiy akkreditatsiya organlari vakillari bilan muvofiqlikni baholash organlarining qoʻshma sayyor baholashlarini oʻtkazish.

Baholash toʻgʻrisida hisobot

2019-yil

1-sentabrgacha

(jadval boʻyicha)

Akkreditatsiya
markazi

10.

Akkreditatsiya milliy tizimining baholash natijalarini olish va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019-yil

1-noyabrgacha

Akkreditatsiya
markazi

11.

Akkreditatsiya markazi xodimlarini xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga oʻqitish.

Oʻqitish toʻgʻrisida sertifikat

2019-yil

aprel — dekabr

Akkreditatsiya
markazi

12.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida Akkreditatsiya markazi vakillari ishtiroki hamda mazkur tashkilotlar ekspertlari tomonidan baholashni tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida ishtirok etish toʻgʻrisida hisobot

2019-2020-yillar

Akkreditatsiya
markazi

IV. Muvofiqlikni baholash milliy organlari faoliyati darajasini oshirish

13.

Muvofiqlikni baholash organlarini belgilangan tartibda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari (oxirgi tahririda) talablariga muvofiq baholash.

Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma

Jadvalga muvofiq

2020-yil

1-fevralgacha

Akkreditatsiya markazi

14.

Laboratoriyalararo taqqoslash yoʻli bilan muvofiqlikni baholash boʻyicha organlar malakasini tekshirishga doir faoliyatni yanada rivojlantirish.

Tadbirlar majmuasi

2019-yil
1-maygacha

“Oʻzstandart”

agentligi

15.

Xalqaro standartlarga (ISO, IEC, EN, Codex Alimentarius) mos keladigan sinashning (oʻlchashning) zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish.

Idora hujjatlari

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart” agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

muvofiqlikni baholash organlari

16.

Muvofiqlikni baholash organlari sinov bazasini modernizatsiyalash va takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

17.

Muvofiqlikni baholash organlari xodimlarini xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish.

Reja-jadval,

Oʻqitish toʻgʻrisida sertifikat

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart”

agentligi,

Akkreditatsiya markazi

V. Xalqaro ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga aʼzo boʻlish

18.

APAC ning toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

APACga buyurtmanomani yoʻllash

2019-yil

1-dekabrgacha

Akkreditatsiya
markazi

19.

APAC ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

APAC ekspertlarining baholash toʻgʻrisida hisoboti

2020-yil

mart — iyul

Akkreditatsiya
markazi

20.

APAC ning toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish.

APAC qarori

APAC Assambleyasi yakuni boʻyicha

Akkreditatsiya
markazi

21.

Akkreditatsiya markazining APAC-MRA koʻp tomonlama bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

APAC-MRA bitimi

2020-yil

noyabr

Akkreditatsiya
markazi

22.

ILAC va IAF ga toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

ILAC va IAF ga buyurtmanomani yoʻllash

APAC-MRA imzolangandan keyin 2 hafta muddatda

Akkreditatsiya
markazi

23.

ILAC va IAF ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

ILAC va IAF ekspertlarini baholash toʻgʻrisida hisobot

ILAC va IAF bilan kelishilgan xolda 3 oy mobaynida

Akkreditatsiya
markazi

24.

ILAC va IAF toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish

ILAC va IAF toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish toʻgʻrisidagi qarori

ILAC va IAF Assambleyasi yakunlari boʻyicha

Akkreditatsiya
markazi

25.

Akkreditatsiya markazining ILAC-MRA va IAF-MLA koʻp tomonlama oʻzaro tan olish bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

ILAC-MRA va IAF-MLA bilan bitim imzolash

toʻla huquqli aʼzosi maqomini olgandan keyin bir oy mobaynida

Akkreditatsiya
markazi

26.

ILAC, IAF va APACning tegishli texnik qoʻmitalari va boshqa boʻlinmalari bilan ish yuzasidan hamkorlikni taʼminlash.

ILAC, IAF va APAC ga safarlar uyushtirish

doimiy asosda

Akkreditatsiya
markazi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ushbu rejada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjatning shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjat birlashtirilganda, tegishli bandlarni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda), 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 92-modda) ilovaning 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son; 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son; 16.04.2025-y., 09/25/230/0349-son; 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)