Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 11 MAYDAGI 249 - SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN PENSIYA TAYINLASh UChUN MEHNAT STAJINI TASDIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 16-bandi quyidagi mazmundgi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Butun paxta yetishtirish mavsumi davomida gʻoʻzani sugʻorish ishlari bilan band boʻlgan suvchilar uchun toʻliq kalendar ish yili imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi stajga qoʻshiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvchilar imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishgan taqdirda xoʻjalik maʼmuriyati (boshqaruvi) ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga 6-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha mehnat staji toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim qiladi.
(toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Koʻrsatib oʻtilgan mehnat staji xoʻjalik rahbari, kadrlar boʻyicha xodimi, bosh buxgalter va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisidan iborat tarkibdagi Komissiya tomonidan xoʻjalikdagi mavjud hujjatlar asosida, hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda — guvohlarning koʻrsatmasi asosida belgilanadi.
1995-yildan boshlab suvchi sifatida ishlaganlik faqat birlamchi hisob-kitob hujjatlari asosidagina tasdiqlanishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 8-avgust,
311-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 8-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)