25.12.1998 yildagi 729-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda, 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda) 8-moddasi uchinchi bandining oltinchi xatboshisi “imtiyozlar berish” degan soʻzlardan oldin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 22-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash, ishsiz shaxslarning bunday ishlarda ishtirok etishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 27-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishsizlik nafaqasi ushbu Qonunning 3-moddasiga muvofiq ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga tayinlanadi. Qaramogʻida uchtagacha kishi boʻlgan, oʻttiz besh yoshga toʻlmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq toʻlanadigan jamoat ishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“qaramogʻida uchtagacha kishi boʻlgan oʻttiz besh yoshga toʻlmagan ishsiz erkak haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“ishsiz shaxs haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan boʻlsa, bunday ishlarda ishtirok etgan davrida”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 31-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi maxsus vakolatli davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari hisoblanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda) 21-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) 23-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“23-modda. Deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov tayinlangan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari bundan mustasno) deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 182-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“182-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazoratini chetlab yoki Bojxona nazoratidan yashirib yoxud Bojxona hujjatlari va vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) koʻp miqdorda;

b) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha harakat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) juda koʻp miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) chegarani buzib oʻtish, yaʼni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq oʻtkazish yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk musodara qilinib sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Kodeks quyidagi mazmundagi 1861-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1861-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish

Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha harakatlar:

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 345-moddasining ikkinchi qismi “186” raqamidan keyin “1861” degan raqam bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 405-moddasi matnidagi “yetti sutkada” degan soʻzlar “oʻn besh sutkada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 490-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibda koʻrib, kassatsiya ajrimini, agar keyin sud ajrimlari qarorlari chiqarilgan boʻlsa, ularni ham bekor qiladi va ishni yangidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga oʻtkazadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Kodeks quyidagi mazmundagi 1751 va 1861 moddalar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1751-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish,—
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1861-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish,—
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 227-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Kodeks quyidagi mazmundagi 2411-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2411-modda. Tekshirishlarni oʻtkazish tartibini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarning belgilangan tartibini buzish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 245-moddasining birinchi qismi “175-moddasining beshinchi qismi” degan soʻzlardan keyin “1751-moddasida” degan soʻzlar bilan, “186” raqamidan keyin “1861” degan, “241” raqamidan keyin esa “2411” degan raqamlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 261-moddasining birinchi qismidagi “65-moddasining birinchi qismida (qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzib koʻrsatish, yerdan foydalanganlik toʻgʻrisida axborot taqdim etishdan bosh tortish yoki notoʻgʻri axborot taqdim etish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar bundan mustasno)” degan soʻzlar “65-moddasining ikkinchi qismida (qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik bundan mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 2661-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2661-modda. Yer resurslari davlat qoʻmitasining organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer resurslari davlat qoʻmitasining organlariga ushbu Kodeksning 65-moddasida (erlarni ishlab chiqarish va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirganlik bundan mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlari, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, suv fondi yerlari bundan mustasno), 69-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer resurslari davlat qoʻmitasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlari yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqning ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 114-modda; 1996-yil, № 9, 141-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli hokimiyat vakillik organi qarori bilan muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan organ (partiya) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu organning (partiyaning) taklifi ham deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 65-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Qaramogʻida uchtagacha kishi boʻlgan, oʻttiz besh yoshga toʻlmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq toʻlanadigan jamoat ishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kechi bilan oʻn birinchi kundan eʼtiboran kuchga kiradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qaramogʻida uchtagacha kishi boʻlgan, oʻttiz besh yoshga toʻlmagan ishsiz erkak haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ishsiz shaxs haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan boʻlsa, — bunday ishlarda ishtirok etgan davrida”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 38-moddasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilish kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tugʻilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻlim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) nikoh tuzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) nikohdan ajralish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan ifodalanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi qismidagi “fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan sud qarori asosida” degan soʻzlar “fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan, manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar boʻlsa — sud qarori asosida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda) 46-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“46-modda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsul tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 106-modda) quyidagi mazmundagi 21-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“21-modda. Ushbu Qonunda qoʻllanilayotgan asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliyalar — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik xususiyatlarga qoʻra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitini yaratib boʻlmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan mashgʻul xoʻjalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs)”
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 95-modda) 3-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis tomonidan kamida oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi boʻyicha komissiya majlisida saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiya Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari Oliy Majlisning qarori boʻyicha tugatilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “El-yurt hurmati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 163-modda) bilan tasdiqlangan “El-yurt hurmati” ordeni tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“El-yurt hurmati” ordeni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIFI

“El-yurt hurmati” ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi, u ikki yonbagʻridan nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shakliga ega. Yulduzning burchaklari orasida zangori rangdagi shaffof emal qoplangan taram boʻlib taralayotgan nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlarining orasi 57 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri — 52 millimetr.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ordenning markazida Registon maydoni tasvirlangan. Uning ortida rangli emal yuritilgan vodiylar va togʻlar, ular uzra esa zangori osmon fonida chiqayotgan quyosh aks ettirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maydon tasvirining atrofi qizil rangdagi emal toʻldirilgan botiq aylana bilan oʻralgan. Yuqorida, oq fonda “EL-YURT HURMATI” soʻzlari, aylananing pastki qismida — yashil shaffof emal qoplangan dafna shoxlari joylashgan. Tasvir va yozuvning atrofi qizil rangdagi emal toʻldirilgan botiq aylana bilan oʻralgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ordenning orqa tomonida, pastki qismida uning tartib raqami 2 millimetr kattalikdagi shrift bilan yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orden Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi muhayyar lenta sirilgan qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 25-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
729-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 212-modda; 2002-y., 9-son, 156-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)