OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2088-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 19-fevraldagi 14, 2010-5-son “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2088, 2010-yil 19-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 86-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 29-maydagi 54, 2017-23-son “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2088-1, 2017-yil 19-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 555-modda).
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-aprel,
51-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-aprel,
2019-28-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B. SIDIKOV
2019-yil 10-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2088-2/2987-son)