Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
“Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2813-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 26-maydagi 5 va 15/kk-son “Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2813, 2016-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 29-son, 355-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
15-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
01/QQ-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2813-1/2981-son)