O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda) 31-moddasining ikkinchi qismidagi “soliqlardan batamom ozod qilinadi” degan so‘zlar “(savdo, vositachilik, ta’minot, sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqlardan boshqa barcha soliqlardan batamom ozod qilinadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 80-modda) 9-moddasining ikkinchi qismi, 16-moddasining uchinchi qismi, shuningdek 18-moddasining uchinchi qismidagi “soliq to‘lashda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda) 4-moddasining 2-bandi quyidagi mazmundagi “r” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“r) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda davlat hokimiyati mahalliy organlari olti oy davomida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yuridik shaxslarni tugatishga doir ishlar yuzasidan”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda) 11-moddasining to‘rtinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 327-modda) 15-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar faoliyatining natijalarini muntazam ravishda bir yo‘la statistik tadqiq etib turishlari kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustdagi 668-I-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 167, 168-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda):
1) 145-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to‘sqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning sha’ni va obro‘sini kamsituvchi chora-tadbirlar qo‘llash bilan yoki diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar o‘tkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
birinchi qismining jazo qismida “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining jazo qismida “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, xuddi shuningdek bunday birlashmalar va tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Faoliyati O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloh tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
“Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, agar xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki mol-mulk musodara qilinib yoxud musodara qilinmay uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish,—
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
8) 246-moddaning birinchi qismi “psixotrop moddalarni” degan so‘zlardan keyin “yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 56-modda, № 9, 241-modda) 345-moddaning ikkinchi qismi “225” raqamidan keyin “2291”, “2292” raqamlari bilan, “244” raqamidan keyin esa “2441” raqami bilan to‘ldirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
“Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish shu ashyoni haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, bu chora: tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan; bojxona organlari tomonidan — aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; soliq organlari tomonidan — aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda”;
2) 53-moddasining jazo qismidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” va “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “bir baravaridan uch baravarigacha” hamda “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 54-moddasining jazo qismidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” va “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “uch baravaridan besh baravarigacha” hamda “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Yerdan, yer osti boyliklaridan, suvdan, o‘simlik yoki hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, xuddi shuningdek yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
“Kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan, qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish bo‘yicha soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
“Soliq organlarida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarga o‘z vaqtida inkassa topshiriqnomasini taqdim etmaslik,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
birinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” va “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “besh baravaridan o‘n baravarigacha” va “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan manzili (turar joyi) yoki bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, —
materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;
Faoliyati O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
13) 242-moddasining 1-bandi “bo‘yicha sudyasi” degan so‘zlardan so‘ng “xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
14) 245-moddasining birinchi qismi “173-moddasida” degan so‘zlardan keyin “175-moddasining beshinchi qismi” degan so‘zlar bilan, “184” raqamidan keyin “1841” raqami bilan, “202” raqamidan keyin “2021” raqami bilan to‘ldirilsin;
Xo‘jalik sudlari xo‘jalik nizolarini hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining 3-qismida, 1761, 1762, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar;”
16) 262-moddasining ikkinchi qismi “shuningdek” degan so‘zdan keyin “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markasi qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirsin;
17) 264-moddasining birinchi qismidagi “174, 175-moddalari” degan so‘zlar “174-moddalari, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi;”
“Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi;”
“Bojxona organining O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi hamda soliq organining saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorlari tegishli hokimiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan doimiy harakatdagi komissiyalar tomonidan ijro etiladi;”
“Ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilarga qaytariladi:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.”
11. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan Yer osti boyliklari to‘g‘risidagi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda):
“To‘lov puli yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq ko‘rinishida undirib olinadi. Ularning miqdori, ularni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek to‘lov bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;”
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-soniga ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda):
“6) yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‘yicha o‘tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan;”
2) 208-moddasining ikkinchi qismidagi “shu korxona mulkdori yoki u vakolat bergan organning arizasi asosida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash to‘g‘risidagi mehnat nizolari, agar mansabdor shaxslar yetkazgan zarar xo‘jalik nizosini ko‘rib chiqish paytida aniqlangan bo‘lsa, xo‘jalik sudi tomonidan ham ko‘rib chiqiladi;”
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-soniga ilova, № 11-12; 1997-yil, № 9, 241-modda):
“faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan faoliyat amalga oshirilgan, yoxud olti oy davomida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq;”
2) 784-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘lari quyidagi navbatda o‘chiriladi:
birinchi navbatda mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha pul o‘chiriladi;
ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha pul o‘chiriladi;
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag‘larini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.”
14. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi: 1997-yil, 4-5-sonlarga ilova: № 9, 241-modda: 1998-yil, № 3, 38-modda) 71-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 38-band bilan to‘ldirilsin:
“38) O‘zbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalar (bitimlar) bo‘yicha xalqaro va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan qurilmalar, materiallar (ishlar va xizmatlar)”.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, №9, 230-modda) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;”
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshisi tegishincha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
16. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda) 7-moddasining to‘rtinchi qismi 3-bandidagi “mablag‘lar hisobidan chiqarilganidan keyin” degan so‘zlar “mutanosib ravishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda):
birinchi qismi “shaxslarning iltimosi bilan” degan so‘zlardan keyin “yoki sudning tashabbusi bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Xo‘jalik sudi bir jarayonda dastlabki da’voni ko‘rib chiqishga va mansabdor shaxs tomonidan tashkilotga yetkazilgan zararni undan undirish masalasini regress tartibda hal etishga haqlidir;”
“Agar xo‘jalik nizosini ko‘rib chiqish chog‘ida sud mansabdor shaxs xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa: u jinoyat ishi qo‘zg‘atadi hamda yetkazilgan zarar undirilishini ta’minlash uchun unga tegishli mol-mulkni xatlab qo‘yadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 175-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomani moliya organining vakolatli mansabdor shaxsi tuzadi.