Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Qarori
Birinchi guruhga neft mahsulotlarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2513-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 18-son qarori (roʻyxat raqami 2513, 2013-yil 3-oktabr, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013y., 40-son, 536-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga neft mahsulotlarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 113-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. QURBONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-mart,
41-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi B. SIDIKOV
2019-yil 26-mart
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X. XASILOV
2019-yil 26-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/2513-1/2949-son)