1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Elektr energetika tarmogʻida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 337-sonli “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq, shuningdek, elektr energiyasi uchun joriy va kapital xarajatlarni qoplashga asoslangan hisob-kitob tarifini nazarda tutuvchi va tarmoqqa xususiy sektorni jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi elektr energetika tarmogʻidagi tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2020-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatini tashkil qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorining loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 13-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
310-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 310-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlari

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari (keyingi oʻrinlarda tarif siyosati deb ataladi) elektr energetika tarmogʻining moliyaviy barqarorligiga erishish va energetika infratuzilmasini yanada rivojlantirish prinsiplari asosida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan barqaror taʼminlash boʻyicha strategik vazifalarni hisobga olgan holda, elektr energiyasi uchun narxni shakllantirishni tartibga solishning davlat siyosatini amalga oshirishning amaliy mexanizmini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish va 2030-yilgacha 20 ming mVtga yetkazish hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining elektr energetika xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning elektr energiyasidan asoslangan va raqobatli tariflar boʻyicha foydalanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energetika tarmogʻining moliyaviy barqarorligi va investitsiya jozibadorligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish quvvatlarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyati samaradoligini taʼminlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtish davrida elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining operatsion va kapital xarajatlari, zarur sof foydasini toʻliq qoplashni taʼminlashga qaratilgan elektr energiyasi uchun narxni shakllantirish prinsiplarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tariflarni belgilashda takroriy subsidiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq manzilli subsidiyalar berish orqali aholining kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energetika tarmogʻini oshkora, izchil va oldindan taxmin qilish imkoniyatini beruvchi tartibga solishni oʻrnatish, shu jumladan investorlar tomonidan tartibga solish tavakkalchiligini his qilishni kamaytirish maqsadida tariflarni uzoq muddatga belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha guruhlardagi isteʼmolchilarda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini toʻliq joriy etgandan keyin tabaqalashtirilgan tarifni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xalqaro amaliyot hisobga olingan holda, 2023-yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich oʻtish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi uchun tariflar operatsion va kapital xarajatlarni toʻliq qoplash, rentabellikni 10 foizdan kam va 20 foizdan koʻp boʻlmagan oraliqda saqlash hisobga olingan holda, uni ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish boʻyicha asoslangan xarajatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Bunda rentabellik elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar summasiga sof foyda miqdorini boʻlish orqali aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar 2023-yildan boshlab, uch yildan kam boʻlmagan muddatga amal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining yagona xaridori elektr energiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (keyingi oʻrinlarda tartibga soluvchi organ deb ataladi) tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha sotib oladi hamda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash elektr energiyasining bazaviy normasini qoʻllash hamda elektr energiyasi uchun tariflar oshganda kompensatsiyalar berish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tarif siyosatining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar tarif siyosatining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro maqbul tariflarni belgilash orqali isteʼmolchilar va elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining manfaatlarini muvozanatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalarni jalb qilish maqsadida elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni rivojlantirish va elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining ishlash samaradorligini oshirish, elektr taʼminoti sifatini oshirish va ishonchliligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun tarifni belgilashda mavjud takroriy subsidiyalashdan bosqichma-bosqich voz kechish va aholining kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj qatlamlariga tariflar oshishining taʼsirini kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarifli tartibga solishning shaffofligi, izchilligi va oldindan taxmin qilish va tartibga solish tavakkalchiliklarining taʼsirini kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qulay investitsiya muhitini yaratish (investorlarga uzoq muddatli rejalashtirish imkonini berish) maqsadida elektr energiyasi uchun tariflarni uzoq muddatga belgilash amaliyotini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarga maslahatlar berishga koʻmaklashish va ularni tarif boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar haqida xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan maʼqullangan loyihalarni amalga oshirish natijasida olingan foydani (sof foydani) investitsiya qilingan kapitalga, birinchi navbatda, elektr energetika tarmogʻini rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va rivojlantirishga taqsimlash amaliyotini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Elektr energetika tarmogʻida narxni shakllantirishning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tariflarni shakllantirish quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ommaboplik — tarif samarali va oqilona foydalilikni nazarda tutishi lozim, yaʼni tarif eng kam xarajatli variantlarga asoslanishi va samarasizlikni istisno qilish darkor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) axborotning ochiqligi — tariflar va tariflarni asoslovchi xarajatlar toʻgʻrisidagi axborot manfaatdor taraflar uchun ochiq boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tarif belgilashning izchilligi va oldindan taxmin qilish imkoniyati — tariflar izchil (kalendar yiliga yoki uzoq muddatga) belgilanishi lozim va ularning oshirilishi yoki pasaytirilishi elektr energetika tashkilotlari va elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun asosli va tushunarli boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) kamsitmaydigan yondashuv — tariflar obyektiv va adolatli boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) shaffoflik va alohidalik — tariflarni shakllantirishda xarajatlarni toʻliq yoritish. Xarajatlar har bir tartibga solinadigan faoliyat boʻyicha alohida-alohida ajratilishi lozim. Tariflar tushunish va qoʻllash uchun sodda boʻlishi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tariflarning oʻzgaruvchanligi — tariflar tasdiqlashda umum qabul qilingan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar (inflyatsiya, isteʼmol narxlari indeksi darajasi) hisobga olingan holda tuzatilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) mustaqillik — tariflar tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadi va asoslanmagan siyosiy taʼsirga duchor boʻlmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) samaradorlik va natijadorlik — tariflar elektr energetika tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini doimiy oshirishga qaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) hisobdorlik — narxni shakllantirish sohasida sodir boʻlayotgan jarayonlar toʻgʻrisida xabardor qilish va qabul qilingan qarorlarni muhokama qilish maqsadida elektr energetika tarmogʻi tashkilotlari va tartibga soluvchi organ tomonidan tegishli hisobotlarni jamoatchilikka oʻz vaqtida taqdim qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) xarajatlarni tushum bilan qoplash — tariflardan tushum elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha toʻliq qiymatni (shu jumladan tavakkalchilik yoki foyda bilan bogʻliq mantiqiy tuzatishlar) oʻzida aks ettirishi va qisqa, oʻrta va uzoq muddatli kelajakda tarmoqning iqtisodiy rivojlanishini, barqarorligini taʼminlashi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) samarali foydalanish — tariflar iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazardan umumiy talab va taklifni qoʻllab quvvatlashi va elektr energiyasidan barqaror, samarali va amalda foydalanishni ragʻbatlantirishi uchun shakllantirilishi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) tatbiq qilishning past qiymati — kapital xarajatlar va operatsion xarajatlar kamaytirilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash — tariflar darajasi va tuzilmasi respublika ijtimoiy siyosatini hisobga olishi zarur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) ekologik javobgarlik — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash barqaror asosda amalga oshirilishi va atrof-muhitga taʼsirni hisobga olish lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) ishlab chiqarish quvvatlarining yetarliligi — milliy resurslarni rejalashtirishga muvofiq kam xarajatlar bilan resurslarni ishlab chiqish hisobiga kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
r) davlat subsidiyasidan voz kechish — sanoat doimiy davlat subsidiyalarisiz moliyaviy barqarorlikka erishishi va uni saqlashi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) kapitalning optimal tuzilmasi — xususiy kapital bilan qarz kapital oʻrtasidagi nisbat 40:60 chegarasida boʻlishi lozim. Mazkur nisbatdan kapitalning oʻrtacha qiymatini (WACC) hisob-kitob qilish uchun ham foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 310-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Mazkur Nizom elektr va issiqlik energiyasi hamda elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirishning asosiy tartibini, shuningdek, elektr energiyasini uzatish, taqsimlash va sotish xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda mahsulot va xizmatlar deb ataladi) belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga soluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solinadigan faoliyat — yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlar uchun hisob-kitoblar davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflar boʻyicha amalga oshiriladigan faoliyat. Mazkur tushuncha faqat tartibga solinadigan faoliyatga taalluqli xarajatlarni indentifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi va tariflarni belgilashdan tashqari, ushbu faoliyatga nisbatan boshqa biron-bir boshqacha tarzda tartibga solishni oʻz ichiga olmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi tashkilotlar — elektr va (yoki) issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari, gidroelektr stansiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi elektr stansiyalar, shuningdek, yagona elektr energetika tizimiga ulangan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqsimlovchi tashkilotlar — elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlaridan uzatish va respublika isteʼmolchilariga sotish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tariflar — narx stavkalari tizimi boʻlib, unga muvofiq tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar uchun hisob-kitoblar amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustama — elektr energiyasi uchun tarifga taqsimlovchi tashkilotlar tomonidan elektr energiyasini sotishda qiymatni oʻz ichiga oladigan qoʻshimcha (nisbiy yoki mutlaq miqdor);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solish davri — tarif hisoblanadigan davr (kalandar yil va undan ortiq);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur yalpi tushum — tartibga solinadigan davr mobaynida tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish uchun tashkilotga zarur moliyaviy mablagʻlarning iqtisodiy asoslangan hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishning hisob-kitob qilingan hajmi –tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning har biri uchun mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning prognoz hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsion xarajatlar — tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital qoʻyilmalar — tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq asosiy fondlar va nomoddiy aktivlarni shakllantirish bilan bogʻliq xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktivning tartibga solinadigan bazasi (keyingi oʻrinlarda ATB deb ataladi) — tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotga daromad olish huquqini beradigan va tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar balans qiymatiga teng boʻlgan aktivlar qiymati. Bunda qurilishi tugallanmagan obyektlar va normativ muddatda (belgilangan muddatda) va ishga tushirilmagan uskunalar ATBga kiritilmaydi. Tartibga soluvchi organ buxgalteriya balansining boshqa moddalarini hisobga olish uchun ATBga tuzatishlar kiritishi mumkin va bu ATBning ortishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tariflar tizimiga tartibga solinadigan tariflar va erkin (tartibga solinmaydigan) tariflar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solinadigan tariflarga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan hosil qilinadigan elektr va issiqlik energiyasi tariflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini taqsimlash va sotish xizmatlari uchun taqsimlovchi tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladigan ustama;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq aniqlanadigan isteʼmolchilarning turli guruhlari uchun elektr energiyasi tariflari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasi uchun erkin (tartibga solinmaydigan) tariflarga xalqaro shartnomalarga asosan xarid qilinadigan va sotiladigan elektr energiyasi tariflari, shu jumladan milliy tarmoqlar boʻyicha xalqaro tranzitlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tartibga solinadigan tariflarni shakllantirishning asosiy maqsadi barcha xarajatlarni toʻliq qoplashga erishish va elektr energiyasiga oshib borayotgan talabni qondirish maqsadida ishlab chiqaruvchi, uzatuvchi va taqsimlovchi tashkilotlari quvvatlarini rivojlantirish uchun elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarini qoʻllab quvvatlash va ularga moliyaviy imkoniyatlar berishdan iborat. Tartibga solinadigan tariflar oʻzida xarajatlarni aks ettirishi, elektr energetika tarmogʻining samarali ishlashi ragʻbatlantirilishini taʼminlashi va ijtimoiy kompensatsiyalarni hisobga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tariflarni tartibga solish tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, shuningdek, elektr energiyasini taqsimlash va sotish boʻyicha mahsulot va xizmatlar, daromadlar va xarajatlar hajmlarini hamda jalb qilingan aktivlarning hisobini majburiy tartibda alohida yuritishga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot quyidagi faoliyat boʻyicha alohida hisob yuritishga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini ishlab chiqarish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlar boʻyicha uzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini oxirgi isteʼmolchilarga taqsimlash va sotish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solinadigan tariflarni belgilashda keltirilgan faoliyatlar boʻyicha bir xarajatlarni qayta hisobga olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tartibga solinadigan tariflarni belgilashda tartibga soluvchi organ tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning iqtisodiy asoslanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishga qaratilgan choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda tartibga solish davri yakuni boʻyicha statistik va moliyaviy hisobot maʼlumotlari hamda boshqa materiallar asosida tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning asoslanmagan xarajatlari aniqlansa, tartibga soluvchi organ keyingi tartibga solish davri uchun tariflarni belgilashda hisobga olinadigan xarajatlar summasidan ushbu xarajatlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tartibga solinadigan faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan, statistik va moliyaviy hisobot maʼlumotlari hamda boshqa materiallar asosida aniqlangan xarajatlar tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning iqtisodiy asoslanmagan xarajatlariga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agarda tashkilot tartibga solinadigandan faoliyatdan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirsa, ularni amalga oshirish xarajatlari va ushbu faoliyatlardan olingan daromadlar (zararlar) tartibga solinadigan tariflarni hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar tartibga solish davrida tartibga solinadigan tariflarni belgilashda hisobga olinmagan iqtisodiy asoslangan xarajatlarni, shu jumladan tartibga solish davrida ishlatiladigan mahsulot narxlarining obyektiv hamda rejalashtirilmagan oshishi bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirsa, bu xarajatlar tartibga soluvchi organ tomonidan keyingi tartibga solish davri uchun tartibga solinadigan tarifni belgilashda hisobga olinadi (yoqilgʻi sotib olishdan tashqari mablagʻlar yetishmovchiligi uchun jalb qilingan qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tariflarni tartibga solishda mahsulot va xizmatlarning birligi uchun qatʼiy belgilangan hajmdagi tariflar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keltirilgan tariflar kalendar muddatlarga (oylik, choraklik, yillik) ajratilgan, shuningdek, oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib isteʼmolchilar guruhi boʻyicha ajratilgan holda belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tartibga solinadigan tariflar tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarning zarur yalpi tushumi hamda tartibga solish davrida mahsulot va xizmatlarning tegishli turlari boʻyicha ishlab chiqarishning prognoz hajmi asosida hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tartibga solinadigan tarif (ustama) zarur yalpi tushumni ishlab chiqarishning prognoz hajmiga quyidagi formula boʻyicha boʻlish asosida aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot va xizmatlarning birligi uchun tarif (ustama)
=
Zarur yalpi tushum
ishlab chiqarishning hisob-kitob qilingan hajmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot va/yoki xizmatlar ishlab chiqarishning hisob-kitob qilingan hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan shakllantiriladigan elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning yigʻma prognoz balansidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Dastlab tariflarni tartibga solish davri 1 yilga belgilanadi, keyinchalik besh yilgacha uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Zarur yalpi tushumni shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi har bir tashkilot uchun zarur yalpi tushum quyidagi xarajatlarni qoplash uchun yetarli darajada belgilanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsion xarajatlarning samarali darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya qilingan kapitalga foyda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun zarur yalpi tushum quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ZYAT = OX + Amor +IQKF,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:

ZYAT — zarur yalpi tushum;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OX — yillik umumiy operatsion xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amor — yillik amortizatsiya ajratmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IQKF — investitsiya qilingan kapitalga foyda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish uchun asoslangan va zarur hisoblanadigan operatsion xarajatlar zarur yalpi tushumni hisob-kitob qilish uchun xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Tartibga soluvchi organ mustaqil ekspert baholash, taqqoslash tahlili yoki oqilona va asoslangan xarajatlarni aniq aks ettirishni taʼminlaydigan boshqa usullar asosida tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etgan operatsion xarajatlarni tasdiqlashi yoki ularga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Operatsion xarajatlarga yoqilgʻi, materiallar, mehnatga haq toʻlash, saqlash va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari, maʼmuriy xarajatlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha daromad xarajatlari hamda faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Bunda uzoq muddatli qarz mablagʻlarining foizlari boʻyicha xarajatlar operatsion xarajatlar tarkibiga kiritilmaydi, mazkur Nizoming 25-bandini hisobga olgan holda zarur yalpi tushumni shakllantirish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yuqorida keltirilgan xarajatlar elektr energetikasi tarmogʻi xususiyatidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar operatsion xarajatlarda hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tartibga soluvchi organ investitsiyalarni kapitalizatsiya jadvalidan kelib chiqib, xarajatlarni qoplash haqida qaror qabul qiladi. Investitsiya dasturlariga muvofiq amalga oshirilgan va elektr energetika tarmogʻi tashkilotlari bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra foydalanilmagan investitsiyalar uchun xarajatlar isteʼmolchilarning barcha toifalari boʻyicha ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan taqsimlash koeffitsiyentiga asosan taqsimlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Aktivlar va foydalanish hamda texnik xizmat koʻrsatish, zaxiralar, yigʻimlar va bojlar kabi ular bilan bogʻliq xarajatlar uchun taqsimlash koeffitsiyentlari isteʼmolchilar toifalari uchun quyidagi tavsiyalar asosida aniqlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) aktivlar va ular bilan bogʻliq xarajatlar faqat isteʼmolchilarning muayyan toifalari tomonidan foydalanilgan hollarda, ular ushbu isteʼmolchilar toifalari boʻyicha taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) aktivlar va ular bilan bogʻliq xarajatlar eksport maqsadlariga moʻljallangan boʻlsa, barcha taqsimotlar eksport toifasiga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) agar elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, magistral elektr tarmoqlari va hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarining aktivlari hamda ular bilan bogʻliq xarajatlar turli isteʼmolchilar tomonidan birgalikda foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa, taqsimlash koeffitsiyenti quvvatga boʻlgan talabga asoslanishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) isteʼmolchilarning barcha toifalari uchun taqsimlashning oʻrtacha koeffitsiyentlari ushbu bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlariga taalluqli boʻlmagan aktivlar va ular bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar, shu jumladan yigʻimlar va bojlarni taqsimlash uchun aniqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tarif mahsulot va xizmatlarga toʻgʻri keladigan zarur yalpi tushum koʻrsatkichlari bazasida hisob-kitob qilinadi hamda quyidagilar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normalanadigan xarajatlar boʻyicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura, xom ashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat sarflash normalarini va boshqalar) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSH, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normalanmaydigan xarajatlar boʻyicha — hisobot koʻrsatkichlarining tahlili asosida va narxlarning prognoz boʻyicha oʻzgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya va boshqa resurslar sarflanishining texnik va texnologik normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarni eng kam va eng koʻp sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, tarifni hisob-kitob qilish maqsadida tartibga soluvchi organ tomonidan ularning oʻrtacha koʻrsatkichidan normalarning ushbu diapazoni doirasida foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot va xizmatlarga tarifni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlar, mehnatga haq toʻlashga bilvosita xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar, davr xarajatlari mahsulotning solishtirma mehnat sigʻimi (mahsulot va xizmatlarning muayyan turiga toʻgʻri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari) boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda xarajatlarni taqsimlash uchun tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, buxgalteriya hisobiga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mezonlardan foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agar oldingi tartibga solish davrida tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar, quvvatlardan foydalanish darajasining va mehnat samaradorligining oshishi, ekspluatatsiya va qoʻshimcha xarajatlarning qisqarishi, xarid qilinadigan yoqilgʻi, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatining pasayishi, xodimlar sonining optimallashtirish doirasida yoqilgʻi va material xarajatlarini sarflash normalarining oʻzgarishiga (oʻsishi yoki kamayishiga) olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish hisobiga mablagʻlarni tejashga erishgan boʻlsa, tartibga solinadigan tariflarni navbatdagi qayta koʻrib chiqishda tejalgan mablagʻlar summasi sof foyda tarkibida hisobga olinmaydi, yuqorida sanab oʻtilgan xarajatlar esa aniqlashtirilgan parametrlarni hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari operatsion xarajatlar tarkibiga kiritilmaydi va ular operatsion xarajatlardan alohida investitsiya qilingan kapitalning qaytarilishi sifatida aks ettiriladi. Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. Begʻaraz olingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari zarur yalpi tushum tarkibiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tariflarni har bir qayta koʻrib chiqish paytida amortizatsiya ajratmalari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash prognozini hisobga olgan holda kelgusidagi besh yilga prognoz qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Investitsiya qilingan kapital foydasi tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan oʻzining kapital qoʻyilmalari natijasidan olingan va keyinchalik kreditorlarga foiz xarajatlarini toʻlashga hamda sof foydani taqsimlashga ishlatilishi mumkin boʻlgan opretsion foydani ifoda etadi. Ushbu foyda tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot kapitalining oʻrtacha qiymatini (kapitalning oʻrtacha qiymati) tariflarni tartibga solish davrining har bir yilida uning investitsiyalariga koʻpaytirish orqali hisoblanadi. Investitsiyalarning umumiy hajmi ATBga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapitalning oʻrtacha qiymati (WACC) moliyalashtirish umumiy hajmida qarz va xususiy kapitalning ulushini hisobga olgan holda, qarz va xususiy kapital qiymatining oʻrtacha qiymati sifatida aniqlanadi va quyidagi formula boʻyicha hisob-kitob qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
WACC = ((1- g) x Re) + (g x Rd) x (1 — t)),
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

g — kapital umumiy tuzilmasida qarzning qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Re — ulushli moliyalashtirish qiymati, foizda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rd — qarzli moliyalashtirish qiymati, foizda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
t — tashkilot uchun foyda soligʻi stavkasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kapital tuzilmasi ikki qismdan iborat: xususiy va qarz kapitali. Kapitalning oʻrtacha qiymatini hisob-kitob qilish uchun xususiy kapital va qarz kapital nisbati 40:60 doirasida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qarz kapitalining qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish foiz stavkalari asosida aniqlanadi, ulushli moliyalashtirish qiymati esa Oʻzbekiston Respublikasi suveren xalqaro obligatsiyalarining avvalgi tartibga solish davri uchun oʻrtacha foiz stavkasi sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tartibga soluvchi organ ATBdan tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanilmaydigan yoki foyda keltirmaydigan ayrim moddalarni chiqarib tashlash haqida qaror qabul qilishi mumkin. Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan yoki foyda keltiradigan begʻaraz olingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ATB tarkibiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yili tartibga solinadigan va prognoz davrlar uchun ushbu yildagi investitsiyalar qoʻshilishi va chiqib ketishini hisobga olib, buxgalteriya hisobi prinsiplariga muvofiq ATBga tuzatishlar kiritilishi lozim. Investitsiyalar tartibga solish davri davomida investitsiya dasturiga muvofiq jalb qilinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ATB qayta baholangan aktivlarga asoslanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekigidroenergo” AJning tartibga solinadigan faoliyat amalga oshiradigan tashkilotlarining tariflari mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq shakllantiriladi. Bunda oʻtish davrida zarur yalpi tushum investitsiya qilingan foyda oʻrniga sof foyda hajmi qoʻllanilgan holda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot va xizmatlarga tarifni (ustamani) shakllantirishda (tasdiqlashda) hisobga olinadigan sof foyda miqdori quyidagilar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa manbalar mavjudligi hisobga olingan holda kreditlar, qarzlar va lizing boʻyicha asosiy qarzni qaytarish uchun. Bunda keyingi tartibga solish davrlarida muayyan kredit toʻliq qaytarilgandan keyin sof foyda miqdoriga tuzatish kiritilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital qoʻyilmalarni, kreditlar, amortizatsiya ajratmalari va ushbu kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun boshqa manbalardan foydalanishni hisobga olgan holda moliyalashtirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dividendlar toʻlash uchun. Ushbu mahsulot va xizmatlarga toʻgʻri keladigan dividendlarning yillik summasi tashkilot ustav fondi (kapitali) summasining yigirma besh foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Inflyatsiya darajasidan moliyaviy prognozga muvofiq daromad/tarifning oʻzgarish dinamikasini aniqlash uchun foydalaniladi. Prognoz va tegishli tariflar tasdiqlangandan keyin koʻrib chiqiladigan davr uchun bazaviy daraja aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflyatsiya darajasining prognoz darajasidan chetga chiqishi sababli tarifni oʻzgartirish dinamikasida nazarda tutilgan tafovutlardan xarajatlar oʻzgarishidagi farq avtomatik tuzatish mexanizmi yordamida toʻldiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilinadigan inflyatsiya darajalari indeksi xarajatlarga inflyatsiya bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish uchun asos hisoblanadi. Mazkur xarajatlar alohida koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan xarajatlarning alohida muhim tarkibiy qismlarini ifoda etadigan yoqilgʻi va sotib olinadigan energiyani oʻz ichiga olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inflyatsiya hisobga olingan holda tuzatish kiritish mexanizmini quyidagi formula orqali taqdim etish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
t — joriy davr;

t-1 — avvalgi davr;

IAdj — inflyatsiyani hisobga olib tuzatish kiritish (soʻm/kVt.s);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BNFC — xarajatlarning bazaviy darajasi (soʻm);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AII — inflyatsiya darajasining amaldagi indeksi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FII — inflyatsiya darajasining prognoz indeksi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AS — sotishning amaldagi hajmi (kVt.s);

FS — sotishning prognoz hajmi (kVt.s).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzatishlar uchun koʻp yillik tarif rejimi holatida oylik, choraklik yoki yillik davrlar kabi davrlar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Yoqilgʻi qiymatidagi oʻzgarishlarga tuzatish kiritish quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
t — joriy davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
t-1 — avvalgi davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FAdj — yoqilgʻi boʻyicha tuzatish (soʻm/kVt.ch);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AFC — yoqilgʻi boʻyicha amaldagi xarajatlar (soʻm);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BFC — yoqilgʻi boʻyicha xarajatlarning bazaviy darajasi (soʻm);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AS — sotishning amaldagi hajmi (kVt.s);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FS — sotishning prognoz hajmi (kVt.s);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OA — boshqa tuzatishlar (soʻm).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida keltirilgan tartibda tuzatish kiritish sotib olingan energiyaga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Isteʼmolchilarning turli guruhlari uchun elektr energiyasining tariflarini shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaror bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq belgilangan isteʼmolchilarning turli guruhlari uchun elektr energiyasining tariflari yagona xaridorning mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan quyidagi xarajatlari hisobga olingan holda shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan elektr energiyasini sotib olish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona elektr energiyasi tarmoqlari boʻyicha uzatish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini taqsimlash va sotish boʻyicha tashkilotlarning ustamalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oxirgi isteʼmolchi uchun tarif elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotdan sotib olish tariflarining oʻrtacha summasi, elektr energiyasini uzatish xarajatlari qiymati hamda taqsimlash va sotish uchun ustamalarining oʻrtacha summasini jamlash orqali shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tashkilotlar faoliyatining barqarorligini taʼminlash maqsadida tartibga soluvchi organ makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va boshqa asoslangan materiallarni hisobga olgan holda, keyingi tartibga solish davriga prognoz tarifni tayyorlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Hujjatlarni asoslangan tariflar boʻyicha taqdim qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar tarifni shakllantirish loyihasini tartibga soluvchi organga koʻrib chiqish uchun bevosita taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tarifni shakllantirish loyihasini koʻrib chiqish uchun tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar tartibga soluvchi organga quyidagi hujjatlar ilova qilingan ariza bilan murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Nizomga 1 yoki 1a-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha tasdiqlanadigan tarif hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moliyaviy hisobot nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mehnat boʻyicha statistika hisoboti nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisida tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot boʻyicha xarajatlar va har bir xizmat boʻyicha alohida xarajatlar moddalari aks ettirilgan va quyidagilar ilova qilingan yigʻma maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xom ashyo va materiallar, yoqilgʻi, elektr energiyasidan foydalanishning tasdiqlangan normalari koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomga 3 yoki 3a-ilovalarga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlashga toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar va ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar mazmuni (mehnatga xarajatlarning tasdiqlangan normalarini koʻrsatgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari summasining hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish maqsadidagi qoʻshimcha xarajatlar, materiallar va mehnatga bilvosita xarajatlar mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital va joriy taʼmirlash xarajatlari mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va sof foyda mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha kapital qoʻyilmalarning mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha faoliyatning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmi pasaygan taqdirda pasayish sabablari yozma ravishda asoslanishi zarur);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobi koʻrsatilgan holda (mavjud boʻlgan taqdirda) rivojlanish davlat dasturlarining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) oʻtgan hisobot davri uchun rivojlanish davlat dasturlarining amalga oshirilishi (yoki amalga oshirilayotgan) natijasida koʻrsatiladigan xizmatlarning material, energiya va mehnat talab qilish darajasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) davlat dotatsiyalariga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralariga boʻlgan ehtiyoj (zarurat boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob materiallarining elektron variantlari ham taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga soluvchi organ mahsulot va xizmatlarga tarifni shakllantirish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda idoralararo axborot hamkorligi orqali, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan va tartibga soluvchi organning soʻrovi boʻyicha qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar quyidagi talablar hisobga olingan holda rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) taqdim etilgan materiallar tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan, tashkilotning muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, moliyaviy hujjatlar esa tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan birgalikda imzolangan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hujjatlar avvalgi tartibga solish davri uchun taqdim etiladi (yangidan tashkil etilgan tashkilotlardan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot tomonidan tariflarni asoslash boʻyicha hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, tartibga soluvchi organ hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma ravishda bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qayta ishlash uchun qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tovarlar uchun tariflar shakllantirilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Monopoliyaga qarshi davlat organi tartibga solinadigan tariflar toʻgʻri shakllantirilishi va qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu Nizom talablariga rioya etilishni tekshiradi va oʻrganadi (tahlil qiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi
2.
T.A. Ishmetov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri
3.
A.S. Sultanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri
4.
M.X. Saliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
5.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
I.R. Mahkamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
N.Sh. Sharipov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)