1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 413-sonli “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash, muddatli harbiy xizmatni oʻtash tizimini yanada takomillashtirish, chaqiriluvchilarni tanlab olishda shaffoflik, oshkoralik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y, 3-son, 13-modda) 2-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarni aloqador vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan jadvallarga muvofiq test sinovlaridan oʻtkazish yuzasidan shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 9-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
291-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tanlov chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat oʻtkazish maqsadida mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan tarkibda tuman (shahar) hokimining qarori bilan tuziladigan Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, ular bilan kasbiy tanlov hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashi (keyingi oʻrinlarda Tanlov kengashi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi va 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanlov kengashi chaqiriluvchilarni tanlab olish maqsadida chaqiriluvchilarning hujjatlarini oʻrganish, ularning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, kasbiy tanlov oʻtkazish hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish tadbirlarini tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, kasbiy tanlov hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish joylari tuman (shahar) hokimining qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda suhbat oʻtkazish — Oʻzbekiston tarixi, Amir Temur (tuzuklari) va boshqa ulugʻ ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda chaqiriluvchilar kuch, tezlik va chidamlilikni aniqlovchi normativlarni topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy tanlov kompyuterdan foydalangan holda oʻtkaziladi. Bunda chaqiriluvchilar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va chaqiriluvchilarning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar asosida beriladigan savollarga javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibda suhbat jarayonida chaqiriluvchilarning mahalla va jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy ahvoli, obroʻ-eʼtibori, yurish-turishi, qiziqishlari, Oʻzbekiston tarixi, buyuk sarkardalarimiz va ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlari aniqlanadi, shuningdek, umumjismoniy tayyorgarlik va kasbiy tanlov boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki ularning muddatli harbiy xizmatni oʻtashi yuzasidan tavsiya beriladi yoki tavsiya berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari Tanlov kengashi tomonidan berilgan tavsiya asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Chaqiriluvchilar tanlovda bir yilda faqat bir marta ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligi ostida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishning umumiy talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovga chaqirish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, sogʻligining holati boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash istagida boʻlgan chaqiriluvchilar yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovda ishtirok etishda chaqiriluvchilarning soni cheklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tanlovning shaffofligini bevosita kuzatib borish uchun mazkur jarayonga chaqiriluvchilarning ota-onalari taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashga, kasbiy tanlovga va yakka tartibda suhbatga chaqiriluvchilar roʻyxat asosida fuqarolik pasporti bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tanlov natijalari Tanlov kengashi tomonidan rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tanlovni oʻtkazish jarayonida tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot xodimlari, zarur hollarda jamoat tartibini saqlash uchun ichki ishlar organlari xodimlari jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tanlovga jalb etiladigan Tanlov kengashi aʼzolarining ish joyi, lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi ular mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni bajarayotgan butun davr mobaynida saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqiruv tadbirlari uchun ajratiladigan mahalliy budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirishda dastlab chaqiriluvchilarga umumjismoniy tayyorgarlikni baholash uchun Tanlov kengashi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar (tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi vakili, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi, chaqiriluvchilar ota-onalari orasidan boʻlgan vakillar) tomonidan normativlarni bajarish boʻyicha belgilangan talablar, mezonlar va ularni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turnikda tortilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 metrga yugurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3000 metrga yugurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) turnikda tortilish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12 marotaba va undan koʻp tortilganda — 5 (aʼlo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-11 marotaba tortilganda — 4 (yaxshi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-9 marotaba tortilganda — 3 (qoniqarli);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 — 7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — 2 (qoniqarsiz);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 100 metrga yugurish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda — 5 (aʼlo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14,0 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — 2 (qoniqarsiz).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda bitta 2 (qoniqarsiz) baho olgan chaqiriluvchi umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan chaqiriluvchilarga normativlarni takroran topshirishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirgan chaqiriluvchilarga baholar qaydnomasi rasmiylashtiriladi. Mazkur baholar qaydnomasida chaqiriluvchilar tomonidan bajarilgan normativlar va ularga qoʻyilgan baholar qayd etiladi. Baholar qaydnomasi Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan imzolanib, qoʻyilgan baholar bilan tanishganliklari yuzasidan chaqiriluvchilar tomonidan ham imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirmagan chaqiriluvchilar kasbiy tanlov tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Kasbiy tanlovni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kasbiy tanlov kompyuterdan foydalangan holda beriladigan savollarga toʻgʻri javoblarni belgilash yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kompyuter xonalarini tayyorlash uchun mudofaa ishlari boshqarmasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi boshligʻi shaxsan masʼuldir. Kasbiy tanlov, zaruratga koʻra, taʼlim muassasalarining kompyuter xonalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kompyuter xonasidagi oʻrinlar soni 25 nafar chaqiriluvchiga moʻljallangan, chaqiriluvchilar va Tanlov kengashi aʼzolari uchun yetarli miqdordagi stol-stullar va kompyuterlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Kasbiy tanlov jarayonining shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash, uni toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish uchun ota-onalarga sharoit yaratib berish maqsadida kompyuter xonasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Savollar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va chaqiriluvchilarning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi tomonidan tuziladi va kompyuterga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi masʼul vakili savollarning mavzulari va variantlari, javoblarning oshkor qilinmasligi hamda savollarni kasbiy tanlov oʻtkaziladigan joyga olib kelishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Kasbiy tanlov boshlanganidan soʻng kompyuter xonasiga Tanlov kengashi aʼzolaridan boshqa hech kim kiritilmaydi, chaqiriluvchilar bilan kompyuterda berilgan savollar boʻyicha savol-javoblar oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Kasbiy tanlov oʻtkaziladigan kompyuter xonalariga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kasbiy tanlov vaqtida chaqiriluvchining kompyuter xonasidan chiqishi man etiladi, sogʻligʻi yomonlashgan holatlarda Tanlov kengashi aʼzolarining kuzatuvi ostida kompyuter xonasidan chiqish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Chaqiriluvchilarga kasbiy tanlov oʻtkazish tartibi va savollarga javob berish qoidalari Tanlov kengashi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar (tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi vakili, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi) tomonidan tushuntirib oʻtiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Savollarning soni 60 tani tashkil etib, ularga javob berish uchun 1 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Chaqiriluvchilar tomonidan belgilangan javoblar quyidagi baholash mezonlariga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56 — 60 ta savolga toʻgʻri javob uchun — 5 (aʼlo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51 — 55 ta savolga toʻgʻri javob uchun — 4 (yaxshi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46 — 50 ta savolga toʻgʻri javob uchun — 3 (qoniqarli);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45 ta va undan kam savolga toʻgʻri javob uchun — 2 (qoniqarsiz).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Kasbiy tanlovda savol-javoblarning yakuniy bahosi avtomatik tarzda kompyuter monitorida koʻrinadi. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida chaqiriluvchilarning yakuniy baholari qulay joyga oʻrnatilgan ekranda ota-onalar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Kasbiy tanlov yakunida chaqiriluvchilarning natijalari boʻyicha baholar qaydnomasi rasmiylashtiriladi. Mazkur baholar qaydnomasida chaqiriluvchilarning natijalari va qoʻyilgan baholari koʻrsatib oʻtiladi. Baholar qaydnomasi Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan imzolanib, qoʻyilgan baholar bilan tanishganliklari yuzasidan chaqiriluvchilar tomonidan ham imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Kasbiy tanlovdan 5 (aʼlo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli) baho olgan chaqiriluvchilar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkaziladi, 2 (qoniqarsiz) baho olgan chaqiriluvchilar esa mazkur tadbirga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Chaqiriluvchilarga kasbiy tanlovni takroran topshirishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Yakka tartibda suhbat oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Yakka tartibda suhbat jarayonining shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash, uni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib borish uchun ota-onalarga sharoit yaratib berish maqsadida yakka tartibda suhbat oʻtkazish xonasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yakka tartibda suhbat oʻtkazish xonasini tayyorlash uchun mudofaa ishlari boshqarmasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi boshligʻi shaxsan masʼul hisoblanadi. Yakka tartibda suhbat, zaruratga koʻra, tuman (shahar) chaqiruv uchastkasining maʼnaviyat va maʼrifat xonasidan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Yakka tartibda suhbat chaqiriluvchining harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka yoki muddatli harbiy xizmatga borish sababini, yetakchilik fazilatlari, aqliy qobiliyati va boshqa muhim professional xususiyatlarini aniqlash maqsadida umumjismoniy tayyorgarlik darajasi va kasbiy tanlov natijalari asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Yakka tartibda suhbat kollegial prinsip boʻyicha Tanlov kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Yakka tartibda suhbatdan oʻtayotgan chaqiriluvchining shaxsiy hujjatlar jildi, umumjismoniy tayyorgarlik darajasi va kasbiy tanlov natijalarining baholar qaydnomalari Tanlov kengashi aʼzolariga tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi tomonidan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Yakka tartibda suhbat yakunida Tanlov kengashi chaqiriluvchini harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etadi yoki tavsiya etmaydi. Tavsiya mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Chaqiriluvchining harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etilishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtashi yuzasidan Tanlov kengashi tomonidan qabul qilingan qaror qaydnoma kitobiga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Yakka tartibda suhbat yakunida Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq tavsiya rasmiylashtiriladi. Mazkur tavsiya Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan imzolanib, qabul qilingan qaror bilan tanishganligi toʻgʻrisida chaqiriluvchi tomonidan ham imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va hududiy boʻlinmalarining tanlovni oʻtkazish jarayonidagi vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi “Nuroniy” Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tanlov tadbirlarini oʻz vaqtida, xolisona va shaffof oʻtkazilishiga amaliy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha harbiy okrug shtablari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan kasbiy tanlov, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxati, kasbiy tanlov oʻtkaziladigan kompyuter xonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga taqdim etish uchun umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi tanlov tadbirlarining sifatli tashkil etilganligi va tegishli darajada oʻtkazilayotganligini oʻrganadi, bu borada ularga amaliy yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Harbiy okrug shtablari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning 25-avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish, kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxati, kasbiy tanlov oʻtkaziladigan kompyuter xonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlab olish tadbirlari jarayonini bevosita joylarga borib oʻrganadi, amaliy yordam koʻrsatadi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning sentabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 28 sanasiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Mudofaa ishlari boshqarmalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning 1-avgustiga qadar shahar va tumanlarda “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyat hokimlarining qarori loyihalarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning 1-avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tanlovga oid buyrugʻini tayyorlaydi. Mazkur buyruq bilan tanlov rejasini hamda boshqarma harbiy xizmatchilari orasidan masʼul shaxslar tarkibini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning 10-avgustiga qadar tanlov tadbirlarini oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslar bilan seminar mashgʻulotlarini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning avgust oyidan boshlab har oyda shahar va tumanlarda oʻtkazilayotgan tanlov tadbirlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari — televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlonlar berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan chaqiruv resurslarini oʻrganish natijalari, tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish, kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxati, kasbiy tanlov oʻtkaziladigan kompyuter xonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirib, yilning 15-avgustiga qadar harbiy okrug shtabiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda tanlovning oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etadi va amaliy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning sentabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 25 sanasiga qadar tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi maʼlumotlarni harbiy okrug shtabiga taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning 1-iyulidan 30-iyuliga qadar chaqiruv resursini toʻliq oʻrganadi, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarni topshirish uchun tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxatini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriluvchilarni tanlab olish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarorining loyihasini ishlab chiqadi va yilning 1-avgustiga qadar tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi. Qarorda mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan tarzda Tanlov kengashi tarkibi, tanlov oʻtkazish rejasi va umumjismoniy tayyorgarlik normativlari oʻtkaziladigan taʼlim muassasalari roʻyxati, chaqiriluvchilar bilan kasbiy tanlov va yakka tartibda suhbat oʻtkazish joyi belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning avgust oyidan boshlab har oyda tanlov tadbirlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari — televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlonlar berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovni oʻtkazish tartibi, vaqti va joyi haqidagi eslatmani tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi hududida fuqarolarga koʻrinish uchun qulay joylarga, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy binolari va aholi gavjum boʻlgan boshqa joylarga joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar roʻyxatini shakllantiradi va kasbiy tanlov oʻtkazish uchun Tanlov kengashiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar roʻyxatini shakllantiradi va yakka tartibda suhbat oʻtkazish uchun Tanlov kengashiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda roʻyxatdagi chaqiriluvchilarning toʻliq ishtirokini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning yakuniy natijalarini tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimining fuqarolarga koʻrinishi qulay boʻlgan joylariga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlov natijalari boʻyicha berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Apellyatsiya murojaatlarini koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, “Nuroniy” Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari vakillaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan chaqiriluvchi tanlov natijasi eʼlon qilingandan keyin uch ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini ikki ish kuni ichida chaqiriluvchi ishtirokida koʻrib chiqadi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma tuziladi hamda bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya komissiyasining bayonnomasidan koʻchirma chaqiriluvchiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan chaqiriluvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Tanlov natijalariga oid hujjatlar 2 yil davomida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarida saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, ular bilan kasbiy tanlov hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

Tanlov kengashi raisi — Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashi raisining birinchi oʻrinbosari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov kengashi aʼzolari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nuroniy” Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashi vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriluvchilarning ota-onalari orasidan vakillar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Muddatlar
1-bosqich
Chaqiruv resurslarini va chaqiriluvchilarning hujjatlarini oʻrganish
mudofaa ishlari boʻlimi
1-iyuldan 30-iyulgacha
2-bosqich
Tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarorini qabul qilish
mudofaa ishlari boʻlimi,
tuman (shahar) hokimligi
Har yili 1-avgustgacha
3-bosqich
Harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxatini tuzish
mudofaa ishlari boʻlimi
10-avgustdan 10-fevralgacha alohida
grafik asosida
4-bosqich
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
Tanlov kengashi aʼzolari
10-avgustdan 10-fevralgacha alohida
grafik asosida
5-bosqich
Kasbiy tanlov oʻtkazish
Tanlov kengashi aʼzolari
10-avgustdan 10-fevralgacha alohida
grafik asosida
6-bosqich
Yakka tartibda suhbat oʻtkazish
Tanlov kengashi aʼzolari
10-avgustdan 10-fevralgacha alohida
grafik asosida
7-bosqich
1. Yakka tartibda suhbat natijalari boʻyicha chaqiriluvchilarni:
harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etishga tavsiya etish;
muddatli harbiy xizmatga chaqirishga tavsiya etish.
2. Natijalarni Chaqiruv komissiyasiga yuborish
Tanlov kengashi
1. Yakka tartibda suhbat oʻtkazilgan kuni.
2. Tanlov tadbirlari yakunlangandan soʻng 3 kun ichida
8-bosqich
Chaqiruv komissiyasi tomonidan Tanlov kengashi tavsiyasiga asosan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qarorlar qabul qilish
Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish (yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish) uchun tavsiya etiladi (yoki tavsiya etilmaydi). ___________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________