“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati samaradorligining tahlili ko‘rsatdiki, so‘nggi bir necha yillarda kon yuzasini ochish ishlarini bajarishda qoloqlikka yo‘l qo‘yilgani, ko‘mir qazib olish samaradorligi darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi respublikada ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borayotgan hajmlari qondirilmayotganligiga sabab bo‘lmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini hamda ko‘mir sanoatini kelgusida barqaror va muvozanatli rivojlantirishga yo‘naltirilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash, shuningdek, 2019 — 2023-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ko‘mir mahsulotlariga o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4497-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 07/19/4497/3957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. “O‘zbekko‘mir” AJga, istisno tariqasida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi aksiyalari ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, ishonchli boshqaruvchi bilan kelishgan holda, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK ekspertizasidan o‘tkazilgan, cheklangan narxi belgilangan texnik topshiriqlarga asosan 2-ilovaga* muvofiq kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4497-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 07/19/4497/3957-son)
7. “O‘zbekko‘mir” AJ boshqaruv organlariga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda ishonchli boshqaruvchi bilan birgalikda auditor xulosasi olingandan so‘ng ikki hafta muddatda ishonchli boshqaruvchi tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekko‘mir” AJni “Angren” ko‘mir razrezi kesimida rivojlantirish strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) tasdiqlash hamda “O‘zbekko‘mir” AJning 2019-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati rejasini ushbu Strategiyaga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekko‘mir” AJ bilan birgalikda Strategiya tasdiqlangandan so‘ng bir oy muddatda Strategiyada nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
b) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning o‘z mablag‘lari hisobiga “Chinniobod” shaharchasida yer uchastkalari olinishi munosabati bilan buziladigan uylar, binolar, inshootlar, ekin maydonlarining bozor qiymati va mulkdorlarga yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash to‘g‘risidagi;
v) “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “O‘zbekko‘mir” AJlarning “O‘zbekko‘mir” AJ uchun mazkur qarorning 2-ilovasida* nazarda tutilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni jamiyatning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan moliyalashtirish manbalari hisobidan xarid qilish to‘g‘risidagi;
10. Ishonchli boshqaruv va Strategiyani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida 2024-yil 1-yanvarga qadar:
a) “O‘zbekko‘mir” AJ va ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb etiladigan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan loyiha va pudrat tashkilotlari — yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan;
b) ishonchli boshqaruvchi, “O‘zbekko‘mir” AJ hamda ular tomonidan jalb etiladigan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan loyiha va pudrat tashkilotlari:
ko‘rsatiladigan xizmatlar, olib kiriladigan tovarlar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar, materiallar va texnologik jihozlarni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlash bilan bog‘liq to‘lovlar, yig‘imlar va davlat bojlarini to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga muvofiq chetdan olib kiriladigan loyiha va texnik hujjatlar, metall prokati, qurilish va yordamchi materiallar, asboblar va ularning qismlari, butlovchi buyum va qismlar, kimyoviy reaktivlar va laboratoriya mebellari uchun bojxona bojlarini to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur qarorning 2-ilovasiga* muvofiq olib kiriladigan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalar hamda Strategiyada qo‘shimcha ravishda belgilanadigan uskuna, texnika, laboratoriya uskuna va jihozlari, ularning ehtiyot qismlari uchun bojxona to‘lovlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
(10-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4497-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 07/19/4497/3957-son)
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan;
g) jismoniy shaxslar — xorijiy mutaxassislar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin.
operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasi asosida shakllantiriladi;
yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan uyg‘un ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 2019-yil 1-iyunga qadar respublikada tog‘-kon ishi, shu jumladan ko‘mir sanoati sohasidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va loyiha institutlarining filiallarini ochish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.