1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, shuningdek, davlat uy-joy fondidagi turar joylar berishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar davlat uy-joy fondidagi turar joylarni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olishni yoʻlga qoʻysin hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirib, ularni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 26-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham mazkur Nizom qoidalari tatbiq etiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom talablari maxsus uylarga (yotoqxonalar, vaqtinchalik yashash uchun beriladigan uy-joy fondining uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun uy internatlari, shuningdek, mehribonlik uylari va boshqa maxsus maqsaddagi uylar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi davlat uy-joy fondiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat uy-joy fondi — munitsipal uy-joy fondi, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy uy-joy fondi — davlat muassasalari va tashkilotlarning toʻliq xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga beruvchi — balansida ijaraga beriladigan davlat uy-joy fondi hisobga olingan yuridik shaxs yoki uning vakolatli organi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchi — mazkur Nizomda belgilangan tartibda va shartlarda turar joyning ijara shartnomasini tuzgan, voyaga yetgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara shartnomalarini hisobga oluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” Davlat unitar korxonasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ijaraga berilgan turar joy garovga qoʻyilishi yoki oʻzgacha tarzda uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ijaraga oluvchi mulkni soz holatda saqlash, oʻz hisobidan joriy taʼmirlashni amalga oshirish va uni saqlashga ketadigan xarajatlarni qoplashga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish uchun ustunlik huquqiga ega boʻladi. Turar joyni ijaraga beruvchi, agar u turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, bu haqda ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirgan holda yangi muddatga shartnoma tuzishni rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Turar joyni ijaraga berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻlgan order asosida, ijaraga beruvchi order berilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini tuzadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avval foydalanishga berilgan turar joylar boʻyicha, asosiy ijaraga oluvchi boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibdagi taqdim etilgan uy daftarining nusxasi boʻyicha yangi asosiy ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ijaraga beriladigan turar joy belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob beradigan boʻlishi hamda kommunal xizmatlardan qarzi mavjud boʻlmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan binoning bir qismini yoki hammasini muayyan muddatga ikkilamchi ijaraga oluvchiga beradi (aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylar bundan mustasno). Ikkilamchi ijaraga oluvchi uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilik hujjatlarining jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi talablariga rioya etilgan taqdirdagina tuzilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi haq evaziga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, bir vaqtning oʻzida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi muddatga shartnoma tuzishga boʻlgan imtiyozli huquq toʻgʻrisidagi qoida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Turar joyning ijara shartnomasini tuzish va bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Turar joyning ijara shartnomasiga koʻra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga toʻlov evaziga vaqtinchalik foydalanish va yashash uchun turar joyni berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Ijara shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, fuqarolik va uy-joy kodekslarida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Koʻp kvartirali uyda turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda ushbu uyning umumiy foydalanishdagi mulkidan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 13-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Turar joyning ijara shartnomasi turar joyning balansda saqlovchisi yoki vakolatli organlari tomonidan turar joyni olayotgan fuqarolar bilan Fuqarolik kodeksi va Uy-joy kodeksida belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shaklda tuzilishiga rioya qilinmasligi va uning hisobga olinmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan turar joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa mulkdorga oʻtishi shartnomaning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi. Bunda yangi mulkdor avval tuzilgan turar joyning ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilayotgan turar joyning tarkibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara uchun toʻlov, uning shartlari va toʻlash muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara haqi miqdorini qayta koʻrib chiqish muddatlari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchi tomonidan turar joydan foydalanish, shu jumladan kommunal va boshqa foydalanish toʻlovlarini toʻlash shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma tugagandan soʻng turar joyni qaytarish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga olingan turar joyni tiklash va taʼmirlash boʻyicha majburiyatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara shartnomasini bekor qilish shartlari, shu jumladan ijara haqini toʻlash muddatlarining buzilishi munosabati bilan tomonlarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Turar joyning ijaraga oluvchisi oila aʼzolari va oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning ijara shartnomasi shartlarini buzganligi uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan birga doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanish boʻyicha ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Turar joyning ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolarining hamda oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Bunda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar-joy ijara haqini toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun joʻnab ketgan yoki shu aholi punktining boshqa joyiga koʻchib oʻtganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi joʻnab ketgan yoki koʻchib oʻtgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Turar joyning ijara shartnomasi istalgan taraflarning talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz yoki avariya holatiga kelgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Turar joy ijaraga oluvchi tomonidan sotib olingan taqdirda, shartnoma balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ijara shartnomasi quyidagi hollarda ijaraga beruvchining talabi bilan sud tartibida bekor qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchi tomonidan shartnomada belgilangan toʻlov muddati tugagandan soʻng olti oydan ortiq muddat uchun ijara haqi toʻlanmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchi yoki ularning harakatlari uchun u javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar tomonidan turar joy buzilgan yoki unga zarar yetkazilgan taqdirda. Agar turar joy ijarachisi yoki ularning harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar turar joydan maqsadga muvofiq boʻlmagan tarzda foydalanayotgan boʻlsa, yoxud turar joydan foydalanish qoidalarini doimiy buzayotgan boʻlsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi va ushbu talablar bajarilmagan taqdirda esa turar joyning ijara shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ijara haqi

21. Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joyning umumiy maydonidan kelib chiqib, turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi va bu miqdor ushbu kalendar yilida oʻzgarmay qoladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat turar joyini ijaraga oluvchilar uchun ijara haqi “0” qiymatda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Turar joyning ijara shartnomasi boʻyicha hisob-kitob qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda toʻlab turilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ijara uchun toʻlov balansda saqlovchining hisob raqamiga kelib tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara haqining oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi ustidan nazoratni balansda saqlovchi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kommunal va foydalanish xizmatlari uchun toʻlovlarni kiritishning miqdori, tartibi va muddatlari ijaraga oluvchi va ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan bitim bilan tartibga solinadi. Zarur boʻlgan elektroenergiya, suv va gazni hisoblash asboblarini oʻrnatish ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Balansda saqlovchi kommunal va foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Turar-joyni topshirish va qaytarib olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ijara shartnomasiga muvofiq holda balansda saqlovchi yoki uning vakolatli shaxsi ijaraga oluvchi ishtirokida unga turar joyni berish, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagandan soʻng yoki muddatidan oldin bekor qilingan, ijara shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda balansda saqlovchiga yoki vakolatli organga turar joyni shartnoma shartlari va uyning foydalanish maqsadiga muvofiq boʻlgan soz holatda qaytarib berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Turar joyni berish va uni qaytarib olish tomonlarning vakolatli shaxsi ishtirokida, mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan namunadagi shaklida, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda amalga oshirilib, ushbu dalolatnomada quyidagilar qayd etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyning texnik holati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Topshirish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobini yuritish va uni nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ijaraga berilayotgan davlat mulkining maʼlumotlar bazasining yuritilishi va hisobga olinishi hisobga oluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga oluvchi organ tomonidan ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimcha kiritilishi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara shartnomasini hisobga olish uchun joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ijara shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida hisobga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilova xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar oʻrtasida imzolangan ijara shartnomasining va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining uchtadan asl nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchi pasportining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchib kirish uchun asos boʻlgan order yoki uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasining (17-shakl) nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara shartnomasining bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va unga qoʻshimcha kiritilishini hisobga olish hisobga oluvchi organ tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yozma murojaati asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga oluvchi organ uch ish kuni mobaynida yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar asosida ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimcha kiritilishini hisobga qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara shartnomasini hisobga qoʻyish uchun hisobga oluvchi organ tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Bunda toʻlov ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. Ijara shartnomasining bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va unga qoʻshimcha kiritilishini hisobga olish bepul amalga oshiriladi.
(29-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobga qoʻyish maqsadida hisobga oluvchi organ tuzilgan ijara shartnomalarini hisobga qoʻyadi, roʻyxatga tegishli qaydni kiritadi va shartnomaning har bir nusxasida hisobga olish sanasi va raqamini koʻrsatadi. Hisobga olinganlik haqidagi qaydni kiritadi va muhr bilan tasdiqlaydi. Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi balansda saqlovchi, ijaraga oluvchi va hisobga oluvchi organga bir nusxadan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ijaraga berilishi lozim boʻlgan turar joy reyestri balansda saqlovchi tomonidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ijara shartnomasining amal qilishi davomida balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlarning tegishlicha bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Shu maqsadda ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmlarda maʼlumotlarni soʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga oluvchining hayotiga aralashmagan holda ijara mulkining jismoniy holatini koʻzdan kechirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilgan turar joydan qanday foydalanilayotganini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik va shartnomada belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondidagi turar joyda ijara shartnomasi asosida yashayotgan ijaraga oluvchi, u bilan birga yashayotgan barcha voyaga yetgan oila aʼzolari va yashash maydoniga huquqi boʻlgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar-joydan tashqari, ushbu turar joyni sotib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joyni xususiylashtirish ijara shartnomasi tuzilgan va hisobga oluvchi organda hisobga qoʻyilgan taqdirdagina, qonunchilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Turar joyning ijara shartnomasini rasmiylashtirish, tuzish, bekor qilish, qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirish vaqtida qonunchilik talablariga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik balansda saqlovchi va uning vakolatli organi zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Balansda saqlovchi har chorakda kamida bir marta uning ixtiyorida boʻlgan davlat uy-joy fondining xatlovini amalga oshirishi va turar joydan ijara shartnomasiz foydalanilayotgani aniqlangan taqdirda, oʻn kun muddatda ijara shartnomasini tuzish boʻyicha choralar koʻrishi va ijara haqi miqdorini ushbu Nizom tasdiqlangan sanadan belgilashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni yashirish, oʻz vaqtida taqdim qilmaganlik, shuningdek ularni notoʻgʻri koʻrsatganlik uchun balansda saqlovchi va boshqa aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davlat mulkini ijaraga berish munosabati boʻyicha vujudga kelgan nizolar qonunchilik va shartnomada belgilangan tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ijaraga berilgan turar joy uchun ijara haqining oʻz vaqtida va tegishlicha hisoblanishi, toʻlanishi ustidan nazorat balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bizkim, Ijaraga beruvchining topshirigʻiga koʻra uning nomidan ish yurituvchi ___________________________________ va ____________________ ning “___”_________20__ y. dagi ______-son qaroriga muvofiq Seriya_______________ № _____________ order asosida harakat qiluvchi ijaraga oluvchi fuqaro _____________________________________________________ tomonidan ushbu dalolatnoma tuzildi shu haqdaki, Ijaraga beruvchining vakili va Ijaraga oluvchi oʻrtasida ____________________________________________ manzilida joylashgan ____ uyning _____qavatidagi _______ kvartirani topshirish va qabul qilish amalga oshirildi. Turar joy umumiy maydoni _________ kv.m. boʻlgan __________ ta yashash xonasidan iborat. Turar joyning tarkibi:
Turar joy suv taʼminoti (sovuq va issiq suv), kanalizatsiya va issiqlik tarmogʻi (markaziy va mahalliy isitish tizimi), elektr tizimi, telefon aloqasi bilan taʼminlangan (yoʻq boʻlgani oʻchirib tashlansin). Turar joyning qoʻshimcha xonalarida uskunalar oʻrnatilgan. ________________________________________________________________________________________________ Xonalarning texnik holati ________________________________________________________________________________________________
(xonalarning texnik holati koʻrsatiladi)
Ijaraga beruvchi vakili _______________________________________ (F.I.Sh. imzo, muhr)
Ijaraga oluvchi _______________________________________ (F.I.Sh. imzo)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarorining uchinchi xatboshi va unga 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) 1-bandi va unga 1 — 4-ilovalar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; 12.01.2021-y., 07/21/4940/0018-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)