11.02.2019 yildagi PQ-4185-son
Hujjat 09.10.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbasi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga o‘tkazish, shuningdek quyidagilarni nazarda tutgan potensial ota-onalarni erta aniqlash tartibini takomillashtirish:

mazkur toifadagi bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;

to‘liq davlat ta’minotiga olinadigan bolalarning toifalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-aprelga qadar

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Oliy sud (K.Kamilov), Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova), manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, 3 yoshga to‘lmagan bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish orqali voyaga yetmaganlarning huquqlarini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-oktabrga qadar

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov)

3.

Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasalariga ajratiladigan homiylik mablag‘laridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-sentabrga qadar

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

4.

“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “Muruvvat” uylari va bolalar uylari xodimlari uchun odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-avgustga qadar

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

5.

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-aprelga qadar

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev)

6.

Bolalar uylarida bo‘lgan bolalarni tarbiyalash sohasida davlat talablarini joriy etish masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil

1-iyunga qadar

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

7.

Tutingan ota-onalar, vasiylar va homiylar tomonidan ularga bolalarni parvarish qilish bo‘yicha yuklangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-iyunga qadar

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Oliy sud (K. Kamilov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova)

8.

Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-avgustga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova)

II. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun bolalar tarbiya muassasalarida tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish

9.

Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi va kasb-hunarni muvaffaqiyatli tanlashi, ularda ijtimoiy va hayotiy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida “Mehribonlik” uylarida, zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlagan holda, o‘quv kurslarini (“Uy-ro‘zg‘or akademiyasi”) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjet mablag‘lari

2019-yil

davomida

Xalq t�’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

10.

A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘quv dasturlarini takomillashtirish orqali tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

davomida

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

11.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining sohaga ixtisoslashtirilgan muassasalarida sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

12.

Quyidagilar:

tutingan ota-onalarni tayyorlash;

o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy ishlar hamda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muassasalarda kompleks diagnostika, profilaktika, korreksion faoliyat, ijtimoiy pedagogika va psixologiya yo‘nalishida uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

Uslubiy qo‘llanmalar

2019-yil

1-avgustga qadar

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kodirov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova)

13.

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari va pedagog xodimlarining malakasini oshirish.

Grafik asosida

Doimiy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

14.

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari va pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

31-dekabrga qadar

Ta’lim sifatini nazorat qilish

davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

15.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun sog‘lomlashtirish oromgohlari va shahar tashqarisidagi uylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Davlat budjeti mablag‘lari

2020 — 2023-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

III. Jamiyatda ijtimoiy yetimlikni profilaktika qilish va oldini olish

16.

Quyidagilarni nazarda tutgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bolalari “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalariga vaqtincha joylashtirilgan kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar, shuningdek yolg‘iz ota-onalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

og‘ir hayotiy vaziyatga (xavf-xatar guruhiga) tushib qolgan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy-moddiy, ruhiy-pedagogik, axborot va huquqiy yordam ko‘rsatish, ishga joylashtirish hamda imtiyozli kreditlar olishda va boshqa muammolarini hal etishda ko‘maklashish orqali ijtimoiy yetimlikni profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar;

yangi tug‘ilgan chaqaloqdan voz kechish, oilaviy notinchlik va bolalarni ota-onalaridan ajratishni profilaktika qilish, oilani lozim darajada ijtimoiy-huquqiy va ruhiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash hamda ota-onalik huquqidan mahrum etish holatlari sonini kamaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019–2020-yillar

davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova), manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari rolini oshirish, ijtimoiy reklamalar, roliklar, maxsus teleko‘rsatuvlar va maqolalarni namoyish qilish va ilgari surish, shuningdek yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va joylashtirish, shu jumladan ularni oilaga joylashtirish mexanizmlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda xalqimizning ko‘p asrlik oilaviy qadriyatlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Ijtimoiy reklama va roliklar, tele- va radio eshittirishlar, maqolalar

Doimiy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), MTRK (A. Xodjayev),

O‘zA (A. Kuchimov), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov),
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kodirov)

IV. Boshqa yo‘nalishlar

18.

Tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan (uy-joyga muhtoj bo‘lganlar sifatida hisobda turganlar) bolalarning uy-joy bilan ta’minlanganligini o‘rganish, ularni uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

1-iyulga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

19.

Tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ish bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva)

20.

Oliy ma’lumotli ijtimoiy xodimlarning mehnatiga haq to‘lash darajasini, shu jumladan mehnatiga haq to‘lash tarif razryadini qayta ko‘rib chiqish orqali oshirish masalasini o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil

1-aprelga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)