08.02.2019 yildagi PQ-4168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, uning raqobatbardoshligini taʼminlash, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, huquqni qoʻllash amaliyotining oʻtkazilgan tahlili shuni koʻrsatdiki, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berish boʻyicha ishlarning lozim darajada bajarilmaganligi, davlat xizmatlari koʻrsatish tizimining samarasizligi, idoralararo mustahkam hamkorlikning mavjud emasligi, intellektual mulk sohasida malakali kadrlarning yetishmasligi, shuningdek patent bojlari va toʻlovlarining yuqori darajada ekanligi ushbu sohani rivojlantirishga salbiy taʼsir etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va ushbu sohadagi umum eʼtirof etilgan xalqaro normalarni implementatsiya qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) etib qayta nomlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik, shu jumladan Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan toʻliq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari — direktor boshchilik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2019-yil 1-martdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalar topshirilgandan soʻng, Agentlik bir ish kuni mobaynida ushbu talabnomalar haqidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, sotuvchilar yoki ularning vakillari talabnomalar eʼlon qilingandan soʻng Agentlikka roʻyxatdan oʻtkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma eʼtirozlarini taqdim etishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir mutlaq huquq, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi (keyingi oʻrinlarda — tovar belgisi) oʻsha kunning oʻzida tovar belgisi haqidagi maʼlumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytida majburiy tarzda joylashtirgan holda Tovar belgilari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi Oʻzbekiston Respublikasi hududida soʻnggi uch yil mobaynida uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek, jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan avval toʻliq yoki qisman tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019-yil 1-sentabrdan boshlab tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan talabnomalarni faqat elektron shaklda davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlar loyihalarini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Intellektual mulkning samarali himoyasini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab patent vakillari har besh yilda kamida bir marta keyinchalik attestatsiyadan oʻtkazilgan holda intellektual mulk sohasida oʻz malakalarini oshirishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda ilgʻor taʼlim standartlari va texnologiyalari hamda Toshkent davlat yuridik universitetining oʻquv va ilmiy salohiyatidan foydalangan holda intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga “xufiyona iqtisodiyot” shakllanishi holatlarini aniqlash, yashirin ishlab chiqarish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek qoʻyish funksiyalari yuklangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan hammaga maʼlum tovar belgilarining nohalol roʻyxatdan oʻtkazilishini aniqlash nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha tovar belgilarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bekor qilish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni taʼminlovchi intellektual mulk obyektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqsin va joriy etsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlgan intellektual mulk obyektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual mulk obyektlari huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlganda ularni avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini, shu jumladan Mulk huquqini himoya qilish xalqaro indeksi mezonlarini inobatga olgan holda taʼminlashning zamonaviy baholash va tahlil qilish tizimini joriy etish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2019-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020-yil 1-yanvardan boshlab intellektual mulk sohasidagi integratsiya jarayonini inobatga olgan holda patent bojlari va toʻlovlarini, shuningdek norezidentlardan tovar belgisi va sanoat namunasining huquqiy muhofazasini berish uchun undiriladigan individual boj stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agentlikning faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish, shu jumladan uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 8-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4168-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi PQ-4168-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Intellektual mulkning samarali himoyasini taʼminlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi intellektual mulk sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish:

Internetning kundalik hayotdagi tobora oshib borayotgan rolini inobatga olgan holda tovar belgilari “ommabopligi”ning aniq mezonlarini belgilash;

intellektual mulk obyektlarini (tovar belgisi, sanoat namunasi va boshqalar) nohalol roʻyxatdan oʻtkazish tushunchalarini mustahkamlab qoʻyish;

tovar belgisidan foydalanishning aniq holatlarini uning maqsadli qoʻllanilishini nazarda tutgan holda belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar

2.

Milliy qonunchilikka intellektual mulk sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarni, shu jumladan Xalqaro savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari boʻyicha bitimi talablarini inobatga olgan holda implementatsiya qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil oktabr

Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar

3.

Intellektual mulk huquqi sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllash huquqini adliya organlariga taqdim etgan holda, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Tadjiyev), DBQ (Azimov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), IIV (Bobojonov)

4.

Intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Raximov), Oliy sud (Kamilov), DBQ (Azimov)

5.

Patent vakillari institutini, shu jumladan:

patent vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash tizimini;

patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini;

Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-saytida patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini real vaqt rejimida audio va videotranslyatsiya qilish amaliyotini joriy etish orqali patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini;

ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida advokatlarga patent vakillari sifatida faoliyat yuritish huquqini berish orqali takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil avgust

Adliya vazirligi (Davletov)

6.

Intellektual mulk sohasidagi integratsiya jarayonini inobatga olgan holda, amaldagi patent bojlari stavkalarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan 2020-yil 1-yanvardan boshlab patent bojlari va toʻlovlar stavkalarini, shuningdek norezidentlardan tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga huquqiy muhofaza taqdim etish uchun undiriladigan individual bojlar stavkalarini bosqichma bosqich kamaytirishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), vazirlik va idoralar

II. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini, shu jumladan Agentlik tuzilmasini tasdiqlash, uning xodimlariga adliya organlari va muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari, martaba darajalari va boshqa ragʻbatlantiruvchi ustamalar tatbiq etilishini nazarda tutgan holda kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

8.

Apellyatsiya kengashini tashkil etish, apellyatsiyalarni koʻrib chiqishning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, qaror qabul qilishda tor idoraviy manfaatlar ustunligining oldini olishni nazarda tutuvchi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomning yangilangan loyihasini kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar

9.

Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk kafedrasi faoliyatini tashkil etish.

Adliya vazirining buyrugʻi

2019-yil mart

Adliya vazirligi (Davletov), TDYU (Kanyazov)

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qoshida Patent sudini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqib, asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy hujjat

2019-yil mart

Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

11.

Oʻzbekiston Respublikasining Tovar belgilari boʻyicha qonunlar toʻgʻrisidagi Singapur shartnomasiga, shuningdek mamlakatda investitsion muhitning yaxshilanishiga koʻmaklashuvchi intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalasini ilgari surish.

Axborot-tahliliy hujjat

2019-yil dekabr

Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), MTRK (Xadjayev)

III. Texnik va oʻquv-metodik bazani takomillashtirish, shuningdek intellektual mulk sohasidagi yutuqlarni amaliy roʻyobga chiqarish.

12.

Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalar va dasturlarni, oʻquv-uslubiy material va qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentabr

Adliya vazirligi (Davletov), TDYU (Kanyazov)

13.

Quyidagilarni taʼminlovchi intellektual mulk obyektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish:

huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlgan intellektual mulk obyektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish;

huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlgan intellektual mulk obyektlarini avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish;

intellektual mulk huquqi buzilishi holatlarini aniqlash va oldini olishda manfaatdor davlat organlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil iyun

Adliya vazirligi (Davletov), LBMA (Li), DBQ (Azimov), DSQ (Musayev), Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish departamenti (Raximov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

IV. Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish

14.

“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (Tulyakov)

15.

Xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, JIMTning texnik qoʻllanmalari va ilmiy kitoblarini tarjima qilish va moslashtirish boʻyicha JIMTning texnik koʻmagini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

tasdiqlangan grafikka muvofiq

Adliya vazirligi (Davletov), TIV (Kamilov), TDYU (Kanyazov)

16.

Intellektual mulk, shu jumladan uning huquqiy himoyasi sohasidagi milliy mutaxassislarni JIMTning shtab-kvartirasiga stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

tasdiqlangan grafikka muvofiq

Adliya vazirligi (Davletov), DBQ (Azimov), TIV (Kamilov) TDYU (Kanyazov)

17.

Jamiyatda intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targʻibot choralari va ishlarini oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

tasdiqlangan grafikka muvofiq

Adliya vazirligi (Davletov), Innovatsiya vazirligi (Abduraxmonov), MTRK (Xadjayev)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2019-y., 07/19/4168/2594-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son; 28.11.2025-y., 07/25/358/1105-son)